Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
169
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mirbabayeva Yoqut Parxadovna

Yurtimizda maktabgacha taʼlim tizimining bugungi rivojlanish jarayonlari davlatimizning yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga berayotgan ulkan va doimiy eʼtiborining amaliy ifodasidir. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalarni ilk davrlardanoq har jihatdan uygʻun rivojlantirishning asosiy va muhim ijtimoiy institutiga aylanib bormoqda. “2017-yili yurtimizda 5 ming 211 ta bogʻcha faoliyat yuritgan boʻlsa, joriy yilda bu raqam – tasavvur qiling – 19 ming 316 taga yetdi. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hamda oilaviy bogʻchalarning joriy etilishi, bir qator imtiyozlar berilishi tufayli 13 mingdan ziyod nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ushbu islohotlar natijasida biz maktabgacha taʼlimga qamrov darajasini 62 foizga, 6 yoshdagi bolalar oʻrtasida esa 77 foizga yetkazishga erishdik” deya taʼkidlagan edi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM

MASALALARI

Mirbabayeva Yoqut Parxadovna

MTTDMQTMOI "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion

tadqiqot laborotoriyasi" mutaxassisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11278516

Yurtimizda maktabgacha ta'lim tizimining bugungi rivojlanish jarayonlari davlatimizning yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga berayotgan ulkan va doimiy e'tiborining amaliy ifodasidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalarni ilk davrlardanoq har jihatdan uyg'un rivojlantirishning asosiy va muhim ijtimoiy institutiga aylanib bormoqda.

"2017-yili yurtimizda 5 ming 211 ta bog'cha faoliyat yuritgan bo'lsa, joriy yilda bu raqam - tasavvur qiling - 19 ming 316 taga yetdi. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hamda oilaviy bog'chalarning joriy etilishi, bir qator imtiyozlar berilishi tufayli 13 mingdan ziyod nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Ushbu islohotlar natijasida biz maktabgacha ta'limga qamrov darajasini 62 foizga, 6 yoshdagi bolalar o'rtasida esa 77 foizga yetkazishga erishdik" - deya ta'kidlagan edi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Umuman olganda, maktabgacha ta'lim va tarbiya O'zbekistonda "bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma'naviy-ahloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turi" bo'lib, uning asosiy tamoiyllari sirasida "har bir bolaning iste'dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi"ni ham alohida ta'kidlash joizdir.

Ma'lumki, har bir bola o'ziga xos qobiliyati va iqtidori bilan dunyoga keladi. Rivojlanishining turli bosqichlarida asta-sekin qobiliyatlar yuzaga chiqadi, rivojlanadi yoki rivojlanishdan to'xtab, oxir oqibatda yuzaga chiqmay qolishi ham mumkin. Birinchi galda, boladagi qobiliyatni barvaqt aniqlash qanchalik muhim bo'lsa, keyingi va muhim bosqichlar qobiliyatni rivojlantirish uchun faol pedagogik va psixologik aralashuv va ta'sirdan iborat bo'ladi.

Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyatni rivojlantirish masalasi pedagogikada bugun yuzaga kelgan masala emas. Ya'ni, "Shaxsdagi ijodkorlik xususiyatlarini qanday tarbiyalash mumkin?" degan muammo bugun paydo bo'lgan emas. Azaldan ijodkorlikning boshlanishi bo'lgan insondagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish masalasi bevosita bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi pedagoglarni ham, ilmiy tadqiqotchilarni ham birdek qiziqtirib keladi".

Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda "qobiliyat" tushunchasiga turli (falsafiy, pedagogik, psixologik, fiziologik va b.) yondashuvlar mavjud bo'lib, pedagogik jihatdan insondagi qobiliyatlar uchta muhim xususiyatlarni o'zida mujassam etadi:

- qobiliyat, birinchi galda, insonning individual xususiyati, faoliyatining individual vositasidir;

- qobiliyat - insonni biror-bir sohada muvaffaqiyatga olib boruvchi vositadir;

- qobiliyat - bilim, malaka va ko'nikmalarning o'rganishga va rivojlantirishga tayyorligidir.

Ko'rishimiz mumkinki, har uchchala xususiyat ham maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta'lim tashkiloti muhitida individual rivojlanishi, yoshiga mos bilim, malaka va

ko'nikmalami sifatli egallashi va mustaqil rivojlanishga intilishi va bu intilishlarini motivatsiyalovchi muhim omillar hisoblanadi.

Badiiy-ijodiy qobiliyat tushunchasiga ilmiy adabiyotlarda berilgan ta'rif va talqinlarni umumlashtirgan holda, uni insonning ijodiy faoliyatni samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan individual xususiyati va sifati, estetik va ijodiy faoliyatining muhim omili va tarkibiy qismi, shaxsda yuqori insoniy funksiyalarni rivojlantirish vositasi sifatida bayon qilish mumkin.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar uchun tashkil etiladigan badiiy-ijodiy faoliyatning bir qator muhim jihatlari majud bo'lib, ular sirasida quyidagilarga alohida e'tibor qaratgan bo'lar edik. Jumladan,

- badiiy-ijodiy rivojlantirish dasturlari nafaqat iqtidorli bolalarni barvaqt aniqlash, tarbiyalash va qo'llab-quvvatlashda, balki barcha bolalarning aqliy, ma'naviy, estetik, hissiy va fiziologik (masalan, mayda motorika) rivojlanishi uchun ham katta ahamiyatga ega;

- bunday dasturlar bolalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy faoliyatning ma'lum yo'nalishlariga barvaqt qiziqtirish va mustaqil rivojlanishga bo'lgan moyilligi va harakatlarini motivatsiyalashda ham muhim o'rin tutadi;

- faol ijodiy jarayonlar maktabgacha ta'lim tashkilotida sog'lom ma'naviy, ijodiy muhitni hamda bolalarning individual xususiyatlarining jamoada namoyon bo'lishi vositasida jamoa kayfiyatini shakllantirish, guruhlarda ishlash, o'zaro ahil munosabatlariga ham zamin yaratadi;

- badiiy-ijodiy faoliyatning boshqa mashg'ulotlar tarkibiga sindirilishi yoki faol qo'llanilishi esa bola tarbiyasi uchun zarur bo'lgan faol va interfaol metodlarning yanada boyishiga, metodik rang-baranglikka xizmat qiladi.

- inklyuziv maktabgacha ta'lim tashkilotlarida badiiy-ijodiy faoliyat bolalarning ijtimoiy moslashuvi va korreksion maqsadlar uchun ham o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-ijodiy rivojlanishi asosan 1,5 yoshlardan boshlanib, bola 3 yoshga yetganda samarali davrlarga o'tiladi. Ya'ni bu davrga kelib, bolalarda rang, hajm, makon, mo'ljal to'g'risidagi fikrlar va tasavvurlar, shuningdek, qalamlar, flomasterlar, bo'yoqlar, plastilin, paxta, ba'zi plastmass buyumlar, turli qog'ozlar, to'quv iplari, va boshqa xavfsiz materiallar bilan ishlay olish ko'nikmalari yetarlicha shakllangan bo'ladi. Shuningdek, 4 yoshdan, ya'ni bola bevosita atrof-muhitga va narsa-hodisalarga mustaqil qizishni boshlashi bilan, bolalarda bevosita o'z ijodiy ishidan zavqlanishning kuchayishi bilan barcha badiiy-ijod turlarini yoshiga mos holda, hattoki, boshlang'ich texnik yechimlari bilan o'rgatish mumkin bo'lib boradi. Keyingi bosqichlarda esa iqtidorli bolalar bilan alohida ishlashga ehtiyoj kuchayib boradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bu yoshdagi bolalarni badiiy-ijodiy rivojlantirish uchun quyidagi pedagogik shart-sharoitlar talab etiladi:

- tarbiya dasturlarining rang-barangligi, bola uchun qiziqarli va qulay ekanligi va ularni tanlashda bola qiziqishlarining inobatga olinganligi;

- mutaxassislarning to'g'ri tanlanganligi, iqtidorli bolalarga alohida mashg'ulotlar tashkil etilishi va soha mutaxassislarining qo'shimcha jalb etilganligi;

- metodik rang-baranglik, faoliyatga innovatsion yondashuv va faol tarbiya texnologiyalari, modellarining samarali qo'llanilishi;

- zarur moddiy-texnik bazaning mavjudligi va zarur materiallar bilan yetarli darajada ta'minlanganlik;

- oila, madaniyat maskanlari bilan faol hamkorlik, jamoatchilik ishtirokidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar shular jumlasidandir.

Yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirgan holda, o'z navbatida quyidagi takliflarni berish mumkin:

- bolalar ijodiyotini rivojlantirishda moddiy-ma'naviy rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish (bolalar ijodiyoti fondlari, grantlari, loyihalar va boshqalar);

- bolalar badiiy-ijodiyoti bo'yicha xalqaro hamkorlikni va o'zaro tajriba almashish, ommalashtirish ishlarini yanada rivojlantirish;

- bola badiiy-ijodiy rivojlanishining psixologik va pedagogik diagnostikasining milliy metodlarini takomillashtirish;

- bolalar ijodiyoti jurnallari, metodik qo'llanmalar, tavsiyalar va o'yinlaming yangi avlodini yaratish;

- ijodiy faoliyat turlari bo'yicha pedagoglar uchun onlayn qisqa kurslar, masofaviy malaka oshirish va o'z ustida ishlash tizimini joriy etish shular jumlasidandir.

Xulosa sifatida aytganda, maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-ijodiy rivojlanishi, umumiy rivojlanishning, maktabga tayyorgarlikning muhim va ajralmas tarkibiy qismidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bu borada zarur pedagogik, tashkiliy va metodik shart-sharoitlarning to'laqonli yaratilishi, innovatsion takomillashuva esa ertangi kun egalari bo'lgan bolalarning har jihatdan uyg'un kamolga yetishida katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Непрерывное образование и развитие творческого потенциала (теория взоимодействия)

2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat dasturi ("Ilk kadam") t,: 2018-/70-72 b.

3. O'zbеkiston Rеspublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari. t.:2018-/ 54-57b.

4. О^е^^ Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22^kabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiklash to'grisida"gi qarori.

5. Mirziyoyev Sh.M. Vatanimiz mustaqilligi - biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag'ishlangan marosimdagi nutqi. www.uza.uz (8.02.2022)

6. O'zbekiston Respublikasining qonuni. Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida. 2019-yil 16-dekabr, O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019-y., 03/19/595/4160-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

7. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish: mavjud holat va muammolar. "Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarda ta'lim-tarbiya jarayonining dolzarb masalalari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 10-iyun 2021 yil Toshkent shaxri. 6-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.