MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA TA'LIM JARAYONINI TASHKIL QILISH TAMOYILLARI
Sayfutdinov Islomjon Erkinovich
Namangan viloyati Yangi Namangan tumani Maktabgacha va maktab bo'limi boshlig'i
https://doi.org/10.5281/zenodo.11257196
O'zbekiston Respublikasi hukumati ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadida respublikada maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha besh yillik Davlat dasturini va Yo'l xaritasini ishlab chiqdi. Maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha davlat vazifalarini bajarish uchun Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi.
Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yilga mo'ljallangan rejasida tizimni yaxshilash, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan bir nechta chora-tadbirlarni bajarish rejalashtirilgan. Bu rejaning yutuqlaridan biri bo'lib maktabgacha ta'lim uchun kompetentli-yo'naltirilgan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturining ishlab chiqilishi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo'yiladigan Davlat talablarining yangilanishi hisoblanadi.
Davlatning bu ikki hujjati maktabgacha ta'lim sohasidagi boshqaruv va maktabgacha ta'lim tizimidagi pedagoglar turli xildagi MTTlarda ta'lim oluvchi har bir bolaning yuqori sifatli ta'lim olishini ta'minlash maqsadlarida yo'riqnoma sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlar bo'lib hisoblanadi.
Davlat dasturi sifatida Ilk qadam dasturining alohida muhimligi shundan iboratki, bunda u o'z ichiga o'qitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun davomida bolaning ta'lim olishi tuzilmasini ta'minlaydi, shuningdek, pedagoglar bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga o'z diqqatlarini jamlashlari lozimligi tushunilishini ta'minlaydi.
Davlat dasturi bo'lish bilan birga Ilk Qadam dasturi butun maktabgacha ta'lim tizimini to'liq qamrab oladigan va uni tartibga soladigan hujjat bo'lib sanaladi. Mana shu bilan Ilk Qadam dasturi turli xil bolalar guruhlariga maktabgacha ta'limning bir xil sifatini ta'minlashga mo'ljallangandir. Dastur pedagoglarga bolalar uchun rag'batlantiruvchi o'qitish muhitini qanday qilib yaratish va bunga ota-onalarni ham qay yo'l bilan ta'limga jalb qilishni tushunish va bilib olishga yordam beradi.
Ushbu o'quv dasturi eng yaxshi xalqaro amaliyot hamda Janubiy Koreya tajribasi asosida ishlab chiqilgan. "Ilk qadam" o'quv dasturining asosiy maqsadi hayoti davomida uzluksiz rivojlanishga qodir bo'lgan shaxsni shakllantirish. Ushbu zamonaviy pedagogik tizimning asosiy o'ziga xosligi bolalarda o'qishga qiziqish uyg'otish hisoblanadi. Bu esa bolalarni ta'lim jarayoniga qiziqtirishga alohida e'tibor berish kerak deganidir. Bugungi bolalar qayerda yashashidan qati nazar doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologiya, ilmiy-texnikaviy va industrial sohalarda o'zgarishlar hamda yangilanishlarga duch kelishadi. Mazkur islohatlar natijasida jamiyatdagi munosabatlarning, hayotiy zarur kasblar majmuining ham ma'lum ma'noda o'zgarishiga olib keladi. Bu kabi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi narsalarni o'zlashtirilishini, butun umri davomida o'qib-o'rganib borishini taqozo etadi. Bolalarni o'z bilimini mustaqil ravishda to'ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatish Dasturning asosiy maqsadlaridir. Bu dastur bolalarda hozirgi kun muammolarini hal etish uchun hayotiy zarur qobiliyat va ko'nikmalar asosini yaratishga harakat qiladi. Buning uchun har bir pedagog xodim tinimsiz izlanishi va o'rganishi lozim.
Dastur uch yoshdan olti yoshgacha bo'lgan bolalarga mo'ljallangan bo'lib, u har
bir bolaning hayotiy faoliyat sharoitlarini o'ziga xos ravishda, alohida shakllantirish (individuallashtirish) maqsadida ilmiy asoslangan va tajribada o'zini oqlagan usullarning oilalar va uyushmalar bilan o'z manfaatlarini ham ustuvor bilgan holda o'zaro harakatini qo'shib olib borishga asoslangan. Dastur har bir bolaning ta'limga bo'lgan aniq ehtiyojini qondirishga mo'ljallangan bo'lib, turli madaniy an'analarga ham hurmat bilan munosabatda bo'lishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi (quyida: "MTT davlat o'quv dasturi") O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
MTT Davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim tashkilotlarida qo'llash uchun majburiy:
• davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
• maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat tashkilotlari;
• maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bo'lgan "Mehribonlik" bolalar
uylari;
• maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari;
• boshlang'ich ta'limga tayyorlov guruhlari;
• oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari.
MTT davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta'lim tashkilotlari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTT ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim tashkilotining ishchi o'quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
• bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari asosida hamda MTT davlat o'quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
• ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatda ma'naviyat va ma'rifat ishlarini tashkil etish hamda ularni amalga oshirish;
• ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishi masalalarida ota-onalar(oila) va jamiyat bilan o'zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
Ta'lim jarayonining maqsadi va vazifalari.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim jarayonining maqsadi - bolalarda rivojlanish sohalari bo'yicha tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat.
Ta'lim jarayonining vazifalari - maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarni shakllantirish, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko'zda tutgan holda har tomonlama rivojlantirish.
Pedagog vazifasi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarni ochish va ularni rivojlantirishga yordam berish Shuning uchun ushbu davrda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolaning ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga e'tibor beriladi.
Ijodiy-rivojlantiruvchi muhitni to'g'ri tashkil etish - bola shaxsining har tomonlama yetuk bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, bolalarda mustaqil, maqsadga intiluvchan, ishni to'g'ri rejalashtira olish qobiliyatini takomillashtiradi. Bunday vaziyatda bolani to'g'ri anglab harakat qilishga o'rgatadi. Tarbiyachilar bolalarning o'ziga xos individual bo'lishlarini hurmat qilishi lozim. Bolani majburlamasdan, erkin faoliyat yuritishi uchun imkoniyat yaratib berish zarur. Eng asosiysi hamma narsa bola uchun qiziqarli bo'lishi lozim.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ 595 son Qonuni.
2. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim Agentligining 2023-yil 28-avgustdagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 99-sonli buyrug'i.
3. Grosheva I.V., Olimov K.T., Nazarova V.A, Djanpeisova G.E., Mikailova U.T., Kenjabaeva D.A., Gulyamova N.B., Miftaeva N.A. "Kuzatish va baholash". T.:2020-y.
4. Maktabgacha ta'lim agentligi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun kun tartibini va ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish" yo'riqnoma. T.:2024-y.
5. Kalmuratov T.N. Norboev A. Expansion of the network of non-public preschool educational institutions on the basis of publicprivate partnership: experience of uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 8, 2020 Part III ISSN 2056-5852 Bet. 98 102.5 bet
6. Valiyeva Feruza Rashidovna, Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna, Zakirov Alisher Akbarovich SCOPUS. The importance of ensuring the mental, physical, spiritual, spiritual development of educators of pre-school educational organizations. PhD. Valieva Feruza Rashidovna //Bosma //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 12, Issue 8. July. 2021:6919.
7.