Научная статья на тему 'Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlimtarbiyaning zamonaviy usullari va texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xosligi'

Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlimtarbiyaning zamonaviy usullari va texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xosligi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2970
117
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy maktabgacha ta’lim / TRIZ texnologiyasi / STEAM ta’lim texnologiyasi / kompyuterli ta’lim / salohiyat / qobiliyat / faoliyat / muvaffaqiyat / kompetensiya / kompetentlik / tafakkur / faollik / tasavvur / tanqidiy fikrlash / ixtirochilik / yaratuvchanlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nargisa Murodilloyevna Isoyeva, Marjona Ahmad Qizi Muxtorova

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim va tarbiyaning zamonaviy usullari va metodlari, TRIZ texnologiyasi va uning imkoniyatlari, STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish usullari, MTMlarda kompyuterli ta’limning qulay va samarali tomonlari, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati hamda ularning ta’lim tizimi, zamonaviy maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarni rivojlantirish, pedagoglarga qo‘yiladigan talablar haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlimtarbiyaning zamonaviy usullari va texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xosligi»

Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiyaning zamonaviy usullari va texnologiyalaridan foydalanishning o'ziga xosligi

Nargisa Murodilloyevna Isoyeva

Marjona Ahmad qizi Muxtorova Vobkent pedagogika kolleji

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim va tarbiyaning zamonaviy usullari va metodlari, TRIZ texnologiyasi va uning imkoniyatlari, STEAM ta'lim texnologiyasidan foydalanish usullari, MTMlarda kompyuterli ta'limning qulay va samarali tomonlari, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati hamda ularning ta'lim tizimi, zamonaviy maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarni rivojlantirish, pedagoglarga qo'yiladigan talablar haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy maktabgacha ta'lim, TRIZ texnologiyasi, STEAM ta'lim texnologiyasi, kompyuterli ta'lim, salohiyat, qobiliyat, faoliyat, muvaffaqiyat, kompetensiya, kompetentlik, tafakkur, faollik, tasavvur, tanqidiy fikrlash, ixtirochilik, yaratuvchanlik

The uniqueness of the use of modern methods and technologies of education in the state and non-state preschool

education organization

Nargisa Murodilloyevna Isoyeva Marjona Ahmad kizi Mukhtarova Vobkent Pedagogical College

Abstract: In this article, modern methods and methods of education and upbringing in a preschool educational organization, TRIZ technology and its possibilities, methods of using STEAM educational technology, convenient and effective aspects of computer education in MTMs, activities of non-governmental preschool educational organizations and their education are discussed. lim system, development of children in modern preschool education, requirements for pedagogues are given in general.

Keywords: modern preschool education, TRIZ technology, STEAM educational technology, computer education, potential, ability, activity, success, competence, competence, thinking, activity, imagination, critical thinking, inventiveness, creativity

Bugungi kunda bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotiga emas, balki maktabgacha ta'lim tashkiloti bolalarga moslashishi, shuningdek, har bir bolaning xohish-istagi, qobiliyati, ularning ruhiy va jismoniy salomatligidan kelib chiqib, ular uchun kerakli imkoniyatlarni уaratish zarur. Maktabgacha уoshdagi bolalarning рsiхik jihatdan rivojlanishida ularda paydo bo'ladigan xilma-xil ehtiyoj va qiziqishlar juda muhim sanaladi. Bolalarning kun sayin o'sib-rivojlanishi, ularning hali nutqiy faolligi yetarli darajada bo'lmasa ham, dunyoni his etishi, kundan kunga ortib borayotgan savollardan ularning intellektual salohiyati ortib borayotganini his etamiz.

Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari endilikda, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy yetuk, ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom tarzda maktab ta'limiga tayyorlashi bilan birga ularning ichki yashirin qobiliyatlarini namoyon qilish, erkin fikrlay olish, liderlik, boshqaruvchanlik, ijodiy faoliyatlarini kashf etish va ochib berishi talab qiladi. Bu esa tarbiyachi-pedagog oldida turgan muhim masala sanaladi. Pedagog o'quv-faoliyatni shunday rejalashtirishi kerakki, bola o'zini ta'limga jab etilganini his qilsin.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida butun ta'limiy faoliyat bevosita o'yin orqali amalga oshirilar ekan, markazlardagi faoliyatni o'yin-ta'lim shaklida olib borishni talab qiladi. Pedagog egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini, o'z kreativligini namoyon qilgan holda dastur asosida berilgan mavzu yuzasidan bolalar uchun qiziq bo'lgan va eng muhimi, bu o'quv-faoliyat bolalarning bilim darajasini oshirishga xizmat qilishi zarur.

Ta'lim va tarbiya bu ikki tushunchani bir biridan ayro tasavvur qilish qiyin. Tarbiya bor joyda ta'limni berish mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda bu ikki jarayonni bir butunlikda olib borilishi ta'lim tizimining asosiy ko'rinishi hisoblanadi. Shunday ekan , bolaning barkamol shaxs bo'lib rivojlanishi, psixologik xususiyatlari taraqqiy etishi, ma'nan sog'lom qatlamning shakllanib borishida buyuk kasb egalari -pedagog-tarbiyachilar zimmasida turgan vazifadir.

Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish, ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash, bolalarni maktabgacha ta'limga to'liq qamrab olish maqsadida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yildi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 545 [MJ^^^H

joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.

Respublikamizdagi bu kabi say-harakatlardan ko'zlangan asosiy maqsad zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari, mobil bog'chalar, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maqsadli barpo etilishi kalajagimiz poydevori bo'lmish yosh avlodni maktabga tayyorlash, balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirib borish, immuniteti mustahkam, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Mamlakatimizda har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash ta'lim-tarbiya jarayonining pirovard maqsadi o'laroq belgilab olingan. Mazkur maqsad ob'ekti bo'lgan intelluktual salohiyatli shaxs uchun kasbiy kompetentlik bilan birga umumiy kompetentlikka ega bo'lish ham muhim sifat sanaladi. Buning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'limiy-tarbiyaviy muhit o'ta yuqori darajada tashkil etilishi lozim.

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning salohiyatini oshirish, bilimini yanada takomillashtirish maqsadida ta'limda yangicha yondashuvlar, yangi texnologiyalar joriy etilmoqda.

Maktabgacha yoshga moslashtirilgan TRIZ texnologiyasi bolani "Hamma narsada ijodkorlik!" shiori ostida tarbiyalash va o'qitish imkonini beradi. Chunki maktabgacha yoshdagi davr o'ziga xos bo'lib, bu davrda bolaning qanday shakllanishi uning kelgusi hayotida ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun har bir bolaning ijodiy salohiyatini ochib berish uchun bu davrni o'tkazib yubormaslik kerak.

TRIZning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo'llashdan maqsad - bir tomondan, moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik, dialektizm kabi fikrlash fazilatlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan, qidiruv faoliyati, yangilikka intilish, nutq va ijodiy tasavvurni kengaytirishdan iborat.

TRIZ texnologiyasidan foydalanishning asosiy vazifasi - maktabgacha yoshdagi bolaga ijodiy kashfiyotlar quvonchini singdirish va ularda qandaydir vazifalarni uddalay olishiga ishonch hislarini shakllantirishdan iborat.

Maktabgacha ta'limda steam texnologiyasi fanining vazifasi - talabalarga STEAM - bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo'lib, bolalarning zerikishlariga to'sqinlik qiladi. Ular vaqt o'tayotganini sezmaydilar, biroq charchamadilar ham.

S - science - tabiiy fanlar T - technology - texnologiya E - engineering - muhandislik A - art - san'at M - math - matematika.

Ushbu yo'nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo'lib kelayotgan tizimdir.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 546 [MJ^^^H

Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta'limi yo'nalishi va amaliy yondashuvni qo'llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta'lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.

STEAM ta'lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o'rgatish, STEAM ta'lim texnologiyasini ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llashda turli xil faoliyatlarni integratsiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash vazifalarini bajaradi.

Bu kabi zamonaviy texnologiyarni, metodlarni ta'limda qo'llash bolalarni rivojlantirishga yordam beradi, muammolarni keng qamrovli tushunish, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, ilmiy metodlarni tushunish va qo'llash, yangilikka intilish, nutq va ijodiy tasavvurni kengaytirish imkonini beradi.

XXI asr kompyuter asri bo'lgani uchun Respublikamizda ham, xorijiy mamlakatlardagi kabi MTM lar kompyuterlashtirilib borilayapti va asta-sekinlik bilan kompyuter ta'limiga o'tilishi muqarrardir. Shuning uchun bu borada hozirdanoq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va uning metodikasini ishlab chiqish dolzarb masala bo'lib, davr talabi hisoblanadi.

MTMlarda kompyuterli ta'limning eng qulay va samarali varianti multimedia texnologiyasiga asoslangan komyuterli ta'limdir. Bu esa MTMlarning ta'lim jarayoniga yangicha yondashuvdan iborat.

Ta'lim sohasidagi multimedia texnologiyasi asosida o'rganiladigan material bolalarga bir vaqtning o'zida matn, audio, video, grafika, musiqa, tasvir va animatsiya ko'rinishida jozibali taqdim etiladi.

Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarining yosh jihatini hisobga olgan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan va yangi materialni o'rgatishga qaratilgan kompyuter ishtirokidagi turlicha metodlardan foydalanish mashg'ulotlarning samaradorligini oshirishga imkon berdi. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, ta'lim jarayoniga ta'lim texnologiyalarini joriy etish tarbiyachidan pedagogik faoliyatiga nisbatan ijodiy yondashishni talab etadi, hamda bolalarda mustaqil ta'lim olishga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltiradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotimi, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotimi qat'iy nazar, zamonaviy maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarni rivojlantiruvchi xarakterga ega bo'lgan ta'lim tizimi tatbiq qilinadi va bu bola hayotida ahamiyatli o'rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.A. Migranova, Sh.X. Poziiova Kasbiy pedagogik faoiiyatga kirish / O'quv qo'llamna. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2018 y. - 200 bet

2. I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi T: 2022.

3. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika".-T., "Ma'naviyat" 2019 y.- 688 bet

4. Sh.A. Sodiqova "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y.- 288 bet.

5. N.M. Qayumova "Maktabgacha pedagogika", "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y-184 bet.

6. A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.

7. G.Niyozov, M.E.Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: "Noshir" 2011 y. -140 bet.

8. M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O'quv qo'llanma. O'zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo'stoni, 2011y. -128 bet.

9. N.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik.- T.: "Iqtisod-moliya" 2009 y. - 240 bet.

10. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.

11. S.M. Raxmonova МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЁШИДАГИ БОЛАЛАРГА ТАЪЛИМ БЕРИШДА КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ. Respublika OAK. Илимий-методикальщ журнал 5/1 2022 y.101-105 bet

12. S.M. Raxmonova PREPARING THE GRADUATE STUDENTS OF PRIMARY EDUCATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITY. Web of Scientist: International Scientific Research Journal (WoS) ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 8, August, 2023. 288-293 bet

13. S.M. Raxmonova PRACTICAL FEATURES OF PREPARING PRIMARY EDUCATION STUDENTS FOR PROFESSIONAL ACTIVITY. SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM, 2(9), 67-71. https://doi.org/10.5281/zenodo.8314153

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.