Bolalarning nutqni rivojlantirishda TRIZ usullaridan
foydalanish
Maxfurat Jalolovna Tursunova Buxoro viloyat, Vobkent timani, 20-DMTT Dildora Baxtiyor qizi Safarova Turkiston Yangi Innovatsiyalar Universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada TRIZ texnologiyasining bolalar faoliyatidagi, hayotidagi o'rni, texnologiyaning amaliyotda qo'llanilishi, TRIZ amaliyotidagi muammolar va ularning echimlari, aqliy hujum usuli, bu usulning ta'limdagi samaradorligi, maksimal darajada imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradigan metodlar, ixtirochilik, g'oyalar topish, bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ijodkorlikka o'rgatishda TRIZ texnologiyasining o'rni haqida umumiy ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: TRIZ, texnologiya, g'oya, metod, ixtirochilik, samaradorlik qobiliyat, muvaffaqiyat, intallekt, salohiyat, kreativlik
Use of TRIZ methods in children's speech development
Makhfurat Jalolovna Tursunova Bukhara region, Vobkent district, 20-SPO Dildora Bakhtiyor kizi Safarova Turkestan New Innovation University
Abstract: In this article, the role of TRIZ technology in children's activities and life, practical use of technology, problems in TRIZ practice and their solutions, brainstorming method, the effectiveness of this method in education, methods that help to maximize their potential, inventiveness, g general information about the role of TRIZ technology in finding ideas, developing the child's creative ability, teaching creativity.
Keywords: TRIZ, technology, idea, method, inventiveness, efficiency, ability, success, intellect, potential, creativity
Zamonaviy jamiyat ta'limi yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda yangi talablarni qo'ymoqda. O'z navbatida bolaga ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'rni muhimligini inkor qilib bo'lmaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya ishlarining olib borilishidan asosiy
maqsad, yuqori ijodiy salohiyatga ega, muvaffaqiyatli bo'lgan bolalarning yangi avlodini tarbiyalashdir. Iqtidorli, zukko bolalarni izlab topish emas, balki bolalarning bo'shliqlarini to'ldirish, ularda ijodiy qobiliyatlarni maqsadli shakllantirish, dunyoga nostandart qarashini, yangicha fikrlashini rivojlantirish, kreativ, keng imkoniyatli iste'dodlarni yaratishdan iboratdir.
Maktabgacha yosh davr o'ziga xos davrdir. Bolaning menligi, o'zini-o'zi anglashi, ijodiy salohiyati aynan shu davrda shakllanadi va bu davrga alohida etiborli bo'lib uni o'tkazib yubormaslik lozim. Bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning samarali pedagogik texnologiyalaridan biri bu TRIZ tehnologiyasidir..
TRIZ (Teoriya pesheniya izobretatelskix zadach), ya'ni ixtirochilik muammosini hal qilish nazariyasi bo'lib, taniqli rus olimi, ixtirochi olim Genrix Saulovich Altshuller tomonidan asos solingan. Bunda pedagog bolani faol ijodiy fikrlashga undovchi noan'anaviy ish shakllaridan foydalanadi. TRIZ - bu asl manzilli g'oyalarni izlab topish, bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun noyob vosita, ijodkorlikni o'rgatish mumkinligini va o'rgatish kerakligini isbotlovchi vositadir.
Maktabgacha yoshga moslashtirilgan TRIZ texnologiyasi bolani "Hamma narsada ijodkorlik!" shiori ostida tarbiyalash va o'qitish imkonini beradi. TRIZ texnologiyasidan foydalanishning maqsadi, bir tomondan, moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik, dialektika, ikkinchi tomondan, qidiruv faolligi, yangilikka intilish, nutq va uni rivojlantirish kabi fikrlash fazilatlarini rivojlantirishdir. Bu texnologiyani qo'llashda pedagog o'z tabiatidan chiqishi lozim. Bola imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olib, ta'limni bolaga moslashtirgan holda yondashish maqsadga muvofiqdir.
TRIZ - rivojlangan tafakkur qarama-qarshilik, uning shakllanishi va yechimi haqidagi tasavvurlardir. Qarama-qarshilikni hal qilish natijasi esa ixtirodir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun TRIZ - bu jamoaviy o'yinlar tizimidir. Bu o'yinlar tizimi dasturni amaliyotda joriy etilishda samaradorlikni oshirish uchun xizmat qiluvchi tadbirlardir.
TRIZ texnologiyasidan foydalanish bolaga o'z faoliyatidan, kashfiyotlaridan quvonchni his etish va ularda vazifalarni uddalay olishiga ishonch hislarini shakllantiradi. Bolalarning ijodiy va aqliy faoliyati sezilarli darajada faollashadi. Faoliyat jarayonini tushungan holda keng fikrlashga va muammoning yechimini topishga o'rgatadi.
Bu texnologiyalardan o'rinli, maqsadli foydalanish bolalardan haqiqiy ixtirochilarni etishtirishga imkon beradi va shu bilan birga boshqalarning muvaffaqiyatidan quvonish, yordam berish istagi, qiyin vaziyatdan chiqish yo'lini topish istagi kabi axloqiy fazilatlarni rivojlantiradi. TRIZ texnologiyasi bolalarga mustaqil ravishda savollarga javob topa olish, muammolarni mustaqil hal qilish, tahlil
qilish imkonini beradi. TRIZ texnologiyasidan ham ta'limiy faoliyatda, ham mehnat faoliyatida, ham o'yinlarda foydalanish mumkin. Bu maktabgacha yoshdagi bolaning ongida dunyoning yagona, uyg'un, ilmiy asoslangan modelini shakllantirishga imkon beradi.
TRIZ qat'iy ilmiy nazariya hisoblanmaydi. TRIZ - fan va texnika taraqqiyoti qonuniyatlarini ixtiro qilish va o'rganishning umumlashtirilgan tajribasidir. Texnologiya har bir bolaga o'zining imkoniyatlarini maksimal ochib berish, individualligini ko'rsatish imkoniyatini beradi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida eng ko'p qo'llaniladigan TRIZ usullaridan biri bu - Aqliy hujum usuli. Bu ijodiy faoliyatni rag'batlantirishga asoslangan muammoni hal qilishning operativ usuli bo'lib, unda munozara ishtirokchilaridan imkon qadar turli xildagi echimlar talab etadi va eng qulayi, muvaffaqiyatlilari tanlab olinadi. Har bir beriladigan topshiriq bolaning yosh jihatiga mos bo'lishi lozim.
Bolalarni TRIZ amaliyotiga jalb etishda eng avvalo uning qoidalarni tushuntirish lozim. Bolalar bilan ishlashda asosiy mezon materialini taqdim etishda oddiydan murakkabga qadar faoliyatni tashkil etish, aniqlik va soddalikka asoslanish muhim ahamiyat kasb etadi. TRIZ amaliyotida bola muammolarga duch kelganda turli xil resurslardan foydalangan holda, turlicha fikrlab ular orasidan eng muvoffaqiyatlisini tanlab olib ideal natijaga intilishga harakat qiladi.
Bugungi kundagi zamonaviy ta'limning talabi ta'lim va tarbiya jarayonlariga turli xildagi pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda muammolarni mustaqil ravishda ko'ra oladigan va ularni ijobiy hal qila oladigan, ijodkor, yuksak ijodiy salohiyatga ega bo'lgan yangi avlod vakillarini yetishtirishdan iboratdir. Ilgari esa ijtimoiy jihatdan muvaffaqiyatli shaxs bo'lish uchun yaxshi ijrochi bo'lish, ma'lum bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish yetarli bo'lgan xolos.
Xulosa o'rnida aytib o'tish lozimki, TRIZ texnologiyasi bolalarning tasavvurini, fantaziyasini rivojlantirishga imkon beradi, atrofdan olgan ta'surotlarini yanada boyitadi, bilimlarni qiziqarli shaklda taqdim etadi, ularning kuchli va uzoq muddatda o'zlashtirilishi va tizimlashtirilishini ta'minlaydi, nutqini yanada rivojlantiradi, maksimal darajada imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi, ijodkorlikning namoyon bo'lishini rag'batlantiradi. TRIZ hamkorlik pedagogikasi tamoyillari asosida ishlaydi, bolalar va pedagoglar hamkorligi muvaffaqiyatli sharoitlarni yaratilishi, o'z kuchlari va imkoniyatlariga ishonch, dunyoni o'rganishga qiziqishini yanada oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2013 y. -279 bet
2. O'.J. To'ldoshev. Umumiy pedagogika. - T.: "Fan va texnologiya", 2017 y. -
376
3. M.X. To'xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010 y. -400 bet.
4. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: "Sano-standart" nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.
5. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. - T.: "Fan va texnologiya" 2019 y. -296 bet.
6. A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.
7. G.Niyozov, M.E.Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: "Noshir" 2011 y. -140 bet.
8. M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O'quv qo'llanma. O'zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo'stoni, 2011y. -128 bet.
9. N.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik.- T.: "Iqtisod-moliya" 2009 y. - 240 bet.
10. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.
11. E.A. Migranova, Sh.X. Pozilova Kasbiy pedagogik faoiiyatga kirish / o'quv qo'llamna. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2018 y. - 200 b.
12. S.M.Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No.12
https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.
13. S.M. Raxmonova МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЁШИДАГИ БОЛАЛАРГА ТАЪЛИМ БЕРИШДА КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ. Respublika OAK. Илимий-методикалы; журнал 5/1 2022 y.101-105 bet
14. S.M. Raxmonova, D.M. Murotovna. Ta'lim jarayonida pedagogning innovatsion kasbiy faoliyati va xususiyatlari. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 2181-0842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https://drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUsSvaN14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 862-866 bet
15. S.M. Rakhmonova. System of inclusive education in preschool education development. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 21810842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023.