Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida TRIZ usullaridan
foydalanish
Gulmira G'ofurovna Baxromova Buxoro davlat Pedagogika Instituti
Muxayyo Komilovna Yarasheva Turkiston Yangi Innovatsiyalar universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida TRIZ usullaridan foydalanishning ahamiyatli tomonlari, texnologiyaning amaliyotda qo'llanilishi, TRIZ amaliyotidagi muammolar va ularning echimlari, aqliy hujum usuli, bu usulning ta'limdagi samaradorligi, ixtirochilik, g'oyalar topish, bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ijodkorlikka o'rgatishda TRIZ texnologiyasining o'rni haqida umumiy ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: TRIZ, texnologiya, salohiyat, metod, samaradorlik, qobiliyat, muvaffaqiyat, g'oya, kreativlik, ixtirochilik, intallekt
Use of TRIZ methods in preschool educational organizations
Gulmira Gafurovna Bakhromova Bukhara State Pedagogical Institute Mukhiya Komilovna Yarasheva New Innovation University of Turkestan
Abstract: In this article, the important aspects of the use of TRIZ methods in preschool educational organizations, the application of technology in practice, problems in TRIZ practice and their solutions, the brainstorming method, the effectiveness of this method in education, inventiveness, finding ideas, developing the child's creative ability , provides general information about the role of TRIZ technology in teaching creativity.
Keywords: TRIZ, technology, potential, method, efficiency, ability, success, idea, creativity, inventiveness, intellect
Bugungi kundagi zamonaviy jamiyat yosh avlod ta'lim tizimiga, jumladan, uzluksiz ta'limning ilk bo'g'ini - maktabgacha ta'limga yangi talablarni qo'ymoqda. Ammo muammo iqtidorlilarni izlashda emas, balki ijodiy qobiliyatlarni maqsadli shakllantirish, dunyoga nostandart, yangicha qarashni, yangicha fikrlashni rivojlantirishdan iboratdir. Bu izchillik, ijodkorlik, yaratuvchanlik, ixtiro qilish,
bolaning shaxsiyatini shakllantiradigan, uning mustaqilligi va menligi, kognitiv qiziqishini rivojlantiradigan eng yaxshi, eng yangi narsalarni yaratish qobiliyatini shakllantirish asosida namoyon bo'ladi.
TRIZ usullari haqida tushuncha, ya'ni ixtirochilik muammosini hal qilish nazariyasi bo'lib, unga ixtirochi olim T.S.Altshuller asos solgan. Bunda pedagog bolani faol ijodiy fikrlashga undovchi noan'anaviy ish shakllaridan foydalanadi. TRIZ texnologiyasi Maktabgacha yoshdagi bolani "Hamma narsada ijodkorlik!" shiori ostida ta'lim berish va tarbiyalash imkonini beradi. Aynan maktabgacha yosh davr o'ziga xos davr bo'lib, bu davr bolaning ijodiy salohiyatini ochib berish, shakllantirish va uning kelgusi hayotida ta'sir ko'rsatuvchi, shuning har bir bola uchun bu davrni o'tkazib yubormaslik muhimdir.
TRIZning bolalar bog'chasida qo'llashdan maqsad - moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik, dialektizm kabi fikrlash fazilatlarini rivojlantirish, izlanish, tadqiqot va ixtirochilik faoliyatini amalga oshirish, qidiruv faoliyati, yangilikka intilish, nutq va ijodiy tasavvurni kengaytirishdan iborat. Shaxsdagi rivojlangan tafakkur qarama-qarshilik, uning shakllanishi va yechimi haqidagi tasavvurni nazarda tutadi. Qarama-qarshilikni hal qilish natijasi ixtirodir. Ijodkorlik esa bugungi kun zamonaviy tez o'zgaruvchan dunyoda insoniyatning va shaxsning faol moslashuvi bilan bog'liqdir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida TRIZ texnologiyasidan foydalanishning asosiy vazifasi - maktabgacha yoshdagi bolaga ijadkorlikni o'rgatish, ijodiy kashfiyotlar quvonchini singdirish, o'ziga ishonch, qandaydir vazifalarni bajara olish hislarini shakllantirishdan iborat.
TRIZ - aniqlik va soddalikning mavjudligi bilan, murakkab ko'rinadigan vaziyatni qulay shakllantirish bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga dastlab eng oddiy misollar yordamida asosiy qoidalarni tushuntiriladi va undan so'ngra ularni TRIZ amaliyotiga jalb etish mumkin.
Maktabgacha yosh davri o'ziga xos bir davr sanaladi. Bola bu davrda qanday shakllangan bo'lsa, uning hayotida shunday rivojlanish o'z ta'sirini namoyon qiladi. Har bir bolaning ijodiy salohiyatini, imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun ushbu davrni juda diqqatli, samarali, maqsadli tashkil etish lozim. Zero bolalarning intellektual imkoniyatlari juda keng va serqirradir. Layoqatni qobiliyatga aylantirishda aynan bu davr o'ta ahamiyatlidir. Bolaning imkoniyatlarini yuzaga chiqarish muammosini oddiy bir xil qolip asosida an'anaviy ish shakllari yordamida to'liq hal qilish mumkin emas.
TRIZ - pedagogika sohasiga1980-yillardan boshlab maktabgacha ta'lim tizimida rivojlana boshladi. TRIZning asosiy maqsadi - zamon talabiga javob bera oladigan, turlicha muammolarni hal etishga qodir, innovatsion fikrlovchi shaxsni tayyorlashdir.
TRIZ texnologiyasi barcha yosh guruhlari uchun qo'llaniladigan texnologiya. Bu bola ongida dunyoning o'zgacha yagona, uyg'un, ilmiy asoslangan modelini shakllantirish imkonini beradi. Muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratiladi, tasavvur doirasini kengaytiradi, bola fikrlaydi, tafakkur takomillashadi, bola qaror qilishga o'rganadi, bir bolaning qarori boshqasining fikrini faollashtiradi, boshqacha aytganda TRIZ bolani ruhan rivojlanishini rag'batlantiradi. TRIZ bolalarni o'z imkoniyatlari, individualligini ko'rsatish, hammasini eplay olish imkoniyatini beradigan, bir qolipda fikrlashga yo'l bermaydigan texnologiyadir.
Shu bilan bir qatorda TRIZ boshqalarning muvaffaqiyatidan quvonish, ularga yordam berish istagi, qiyin vaziyatdan chiqish yo'lini topish kabi axloqiy fazilatlarni rivojlantiradi. TRIZ ortiqcha zo'riqmasdan, zavqlanib, mazminli, siqilmasdan bilim olishga imkon beradi.
Xulosa o'rnida aytib o'tish lozimki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ta'lim jarayonida TRIZni qo'llash natijasida bolalarda tortinchoqlik, uyatchanlikni yengishda yordam beradi, tafakkur, fikrlash, ijodkorlik, tasavvur va mantiq rivojlanishida etakchi hisoblanadi. TRIZ bolalarga nutq, tashabbus hamda individuallikni ko'rsatish imkoniyatini beradi. TRIZ texnologiyasi bolalarning yoshidan qat'iy nazar, bolalarni ijodkorlik usullari va vositalari bilan ta'minlaydi. TRIZ hamkorlik pedagogikasi tamoyillari asosida ishlaydi, bolalar va pedagoglar hamkorligi muvaffaqiyatli sharoitlarni yaratilishi, o'z kuchlari va imkoniyatlariga ishonch, dunyoni o'rganishga qiziqishini yanada oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2013 y. -279 bet
2. O'.J. To'ldoshev. Umumiy pedagogika. - T.: "Fan va texnologiya", 2017 y. -
376
3. M.J.Tursunova, D.B.Safarova Bolalarning nutqni rivojlantirishda TRIZ usullaridan foydalanish. Science and Education, 4(7), (2023). 248-251.
4. M.X. To'xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010 y. -400 bet.
5. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: "Sano-standart" nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.
6. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. - T.: "Fan va texnologiya". 2019 y. -296 bet.
7. A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.
8. G.Niyozov, M.E.Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: "Noshir" 2011 y. -140 bet.
9. M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O'quv qo'llanma. O'zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo'stoni, 2011y. -128 bet.
10. N.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik.- T.: "Iqtisod-moliya" 2009 y. - 240 bet.
11. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.
12. E.A. Migranova, Sh.X. Pozilova Kasbiy pedagogik faoiiyatga kirish / o'quv qo'llamna. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2018 y. - 200 b.
13. S.M.Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No.12
14. https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.