Научная статья на тему 'Maktabgacha ta’limda o‘quv-tarbiуa jarayonini kompеtеnsiyaviy yondashuv asosida shakllantirish'

Maktabgacha ta’limda o‘quv-tarbiуa jarayonini kompеtеnsiyaviy yondashuv asosida shakllantirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
103
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / shaxsiy / kasbiy / salohiyat / kompetentlik / kasbiy faoliyat / perseptiv qobiliyat / faollik / mahorat / qobiluyat / muvaffaqiyat / bilim / malaka / ko‘nikma

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nafisa Mavjudovna Qodirova

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’limiy faoliyatlari, kompetensiyaviy yondashuv va uning ahamiyatli jihatlari, soha va tayanch kompetansiyalar, pedagogik qobiliyatlar va uning ta’limiy jarayonlardagi o‘rni, haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha ta’limda o‘quv-tarbiуa jarayonini kompеtеnsiyaviy yondashuv asosida shakllantirish»

Maktabgacha ta'limda o'quv-tarbiya jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirish

Nafisa Mavjudovna Qodirova Buxoro shahar 4-DMTT

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ta'limiy faoliyatlari, kompetensiyaviy yondashuv va uning ahamiyatli jihatlari, soha va tayanch kompetansiyalar, pedagogik qobiliyatlar va uning ta'limiy jarayonlardagi o'rni, haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, shaxsiy, kasbiy, salohiyat, kompetentlik, kasbiy faoliyat, perseptiv qobiliyat, faollik, mahorat, qobiluyat, muvaffaqiyat, bilim, malaka, ko'nikma

Forming the educational process in preschool education based

on a competency approach

Nafisa Mavezhovna Kadyrova Bukhara city 4-SPO

Abstract: This article provides general information about the educational activities of preschool educational organizations, the competency approach and its important aspects, field and basic competencies, pedagogical skills and their role in educational processes.

Keywords: competence, personal, professional, potential, competence, professional activity, perceptive ability, activity, skill, ability, success, knowledge, competence, skill

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, hayot darajasining beqiyos yuksalib borishi ilm-fan taraqqiyoti, ta'lim tizimining raqobatbardoshligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda Respublikamiz ta'lim sohasida bir qator islohotlar olib borilmoqda. Sohadagi olib borilayotgan islohotlar jamiyat oldida ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, mafkurasi mustahkam, har tomonlama yetuk, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish va malakali kadrlarni tayorlash, bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta'lim tizimi yaratishni vazifa qilib belgilab qo'ydi.

Uzluksiz ta'lim tizimini amalga oshirish jarayoni g'oyat murakkab jarayondir. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining ilk bo'g'ini hisoblanib, ushbu soha har

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 242 [Ml^^^H

tomonlama bola shaxsini tarbiyalash, sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish va maktab ta'limiga sifatli tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha ta'lim bolalarning har tomonlama rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bolani ta'limning keyingi bosqichlariga muvaffaqiyatli ko'chishida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib, o'z o'rniga, mavqeyiga ega bo'lishida poydevor sanaladi.

Bizga ma'lumki, maktabgacha ta'lim tashkilotlari "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida ta'limiy faoliyatlar olib boriladi. Davlat o'quv dasturi esa kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligidan barchamizning xabarimiz bor. Maktabgacha ta'limda barcha faoliyat turlari bola kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Kompetensiya - inglizcha "competence" tushunchasining lug'aviy ma'nosi "qobiliyat" demakdir. Bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmui sanaladi. Kompetensiya - o'z bilimlarini muntazam boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, yaratuvchilik, ixtirochilik va ularni amaliy faoliyatida qo'llashni talab qiladi.

"Kompetentlik" - tushunchasi esa, bola shaxsining muntazam o'sib boruvchi tasnifi bo'lib, o'z bilim, ko'nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va o'rinli qo'llay olishi, o'z maqsadiga erisha olishi va rivojlanishning har bir bosqichida o'zining yoshiga mos ravishda vazifalarni hal qila olishidir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning imkoniyatlarini inobatga olgan holda yondashish demakdir. Bolalarning bilishi bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, tengdoshlari, kattalar, umuman insonlar bilan muloqot qilish, "Men" konsepsiyasini shakllantirishni o'z ichiga oladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv 5 ta soha kompetensiyasi va tayanch kompetensiyalarini o'z ichiga oladi. 5 ta soha kompetensiyasiga quyidagilar:

- "Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish" sohasi kompetensiyalari

- "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish" sohasi kompetensiyalari

- "Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari" sohasi kompetensiyalari

- "Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi kompetensiyalari

- "Ijodiy rivojlanish" sohasi kompetensiyalari mavjud.

Tayanch kompetensiyalarga esa quyidagilar:

- Kommunikativ kompetensiya - turli xil vaziyatlarda muloqotdan o'rinli foydalana bilish ko'nikmasi;

- Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tutish mahorati;

- Shaxsiy "Men" kontseptsiyasini qurish;

- Bilish kompetensiyasi - atrof-olamni ongli ravishda idrok qilish, anglash va olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlardan faoliyatda, amaliyotda qo'llay olish, vazifalarni hal qilish uchun foydalanishdan iboratdir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning bilim, malaka, ko'nikmalari 5 ta faollik markazlari asosida mustahkamlab boriladi. Faollik markazlarida olib boriladigan ta'limiy faoliyatlar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga ta'lim berishning asosiy shaklidir. Mashg'ulot - tarbiyachining bolalarni kerakli bilim va malakalardan umumiy holda xabardor qilishidir. Pedagog bolalarga ta'lim berishni kun davomida omalga oshiradi va uning rahbarligida, uning ko'rsatmalari asosida olib boriladi. Tarbiyachi ta'limiy faoliyat davomida bolalarni yangi bilimlardan xabardor qilib, bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqib kompetensiyaviy yondashgan holda ta'lim berishi maqsadga muvofiqdir. Yani bolani ta'limga emas, ta'limni bolaga moslashtirishi lozim. Bolaning egallagan bilimi va bo'shliqlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkillashtirilsa berilgan ma'lumot bola uchun samarali xizmat qila oladi.

Kompetensiyaviy yondashuv bolaga qulaylik, aniqlik, o'ziga ishonch, uddalay olaman, bajara olaman hissini beradi. Kompetensiyaviy yondashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad intellektual rivojlangan va ma'nan mukammal shaxsni tarbiyalashdir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bolalarga ta'lim va tarbiya berishda nafaqat kompetensiyaviy yondashuvning muhimligi, balki pedagogning pedagogik faoliyatga to'laqonli kasbiy tayyorligi ham muhim sanaladi. Y'ani pedagogning faoliyatdagi mahorati, salohiyati, boladagi bo'shliqlarni, uning yutuqlarini ko'ra olish hamda perseptiv qobiliyatining mavjudligi. Pedagod yosh avlodni tarbiyalashda yuqori malakali, mahoratli bo'lishi talab etiladi. Pedagog ta'limiy jarayonni muvofaqiyatli kechishi uchun beradigan ma'lumoti haqida chuqur bilimga ega bo'lishi, bola uchun tushunarli tilda bo'lishi, ularning yosh xususiyatlarini inobatga olingan bo'lishi, bolani ta'limga qiziqtira olishi, zamonaviy texnologiyalardan o'rinli va maqsadli foydalana olishi, ta'lim sifatiga diqqat qaratmog'i lozim. Bundan anglash mumkinki, bugungi kun talabi pedagoglarining kreativ qobiliyatlarini zamon talablariga javob bera oladigan darajada rivojlantirish, ta'limni tubdan isloh qilish, mazkur tizimni yangi sifat bosqichiga ko'tarish, kuchli salohiyatli, tezkorlik bilan samarali bilim olishni ta'minlashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.A. Migranova, Sh.X. Poziiova Kasbiy pedagogik faoiiyatga kirish O'quv qo'llamna. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2018 y. - 200 bet

2. S.I.Mirhayitova Pedagogik texnologiya. O'quv qo'llanma.- Toshkent: 2020 y.-200 bet

3. I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi T: 2022.

4. F.Qodirova, Sh. Toshpo'latova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika"-T., "Ma'naviyat". 2019 y.- 688 bet

5. Sh.A. Sodiqova "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y.- 288 bet.

6. N.M. Qayumova "Maktabgacha pedagogika", "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y-184 bet

7. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.

8. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.- T., 2006.

9. Raxmonova, S. M., & Hikmatova, S. R. (2023). Pedagogik faoliyatni tashkil etishda bo'lajak pedagogning kasbiy faoliyatga oid kompetentligini rivojlantirish. Science and Education, 4(6), 634-638.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.