Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIMGA SIFATLI TAYYORLASHDA TIL BILISHGA QIZIQISHLARINI O‘STIRISH USULLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIMGA SIFATLI TAYYORLASHDA TIL BILISHGA QIZIQISHLARINI O‘STIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bola psixologiyasi / til ko’nikmalari / guruh bilan ishlash.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — D.Dehqonova

Ushbu maqolada bolalarga xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqshlarini yanada oshirish haqida to‘xtalib o‘tilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan dars davomida qay tarzda ishlash, qanday metodlardan foydalanish ham yoritib o‘tilgan. Shuningdek, maqola bolalikdan ikki va undan ortiq tilni bilishning foydalarini ham qamrab olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA’LIMGA SIFATLI TAYYORLASHDA TIL BILISHGA QIZIQISHLARINI O‘STIRISH USULLARI»

<U ASIAN ¡QUKNAI. OF

l0ISC[PCIfl*RY RESEARCH IANAGEMENT STUDIES

.ISSJf

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TA'LIMGA SIFATLI TAYYORLASHDA TIL BILISHGA QIZIQISHLARINI O STIRISH

USULLARI D.Dehqonova Farg'ona Davlat Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.12667348

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 27th June 2024 Accepted:28th June 2024 Published: 05th July 2024 KEYWORDS

bola psixologiyasi, guruh bilan ishlash.

til ko'nikmalari,

Ushbu maqolada bolalarga xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqshlarini yanada oshirish haqida to'xtalib o'tilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan dars davomida qay tarzda ishlash, qanday metodlardan foydalanish ham yoritib o'tilgan. Shuningdek, maqola bolalikdan ikki va undan ortiq tilni bilishning foydalarini ham qamrab olgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar barcha jabhalarda innovatsion g'oyalarni qo'llash, yangiliklar kiritish va raqobatga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarishni talab etmoqda. Bu nafaqat ishlab chiqarish yoki sanoatda, balki ta'limda ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Bugungi kunda barchaga ayonki, muvaffaqiyatning kaliti til bilishdir. Inson qancha ko'p til bilsa, unga jahon eshiklari shunchalik keng ochiladi. Buni bilgan holda, bugungi kunda ko'plab ota-onalar farzandining kichik yoshdan til bilishiga e'tibor qaratmoqda. Xo'sh, qanday qilib bolalarda til bilishga qiziqishni shakllantirish va rivojlantirish mumkin? Maktabgacha yoshdagi bolalarga til o'rgatishda, avvalo, bola psixologiyasidan kelib chiqib, bolaning kun davomidagi tetiklik vaqtini ajrata olish muhim hisoblanadi. Ta'lim tashkilotlarida bu davr faoliyatlar vaqtiga to'g'ri keladi. Bola har kuni bir vaqtda faoliyatga jalb etilsa, unda shu vaqtda berilgan ta'limiy faoliyatni o'zlashtirish ko'nikmasi paydo bo'la boshlaydi. Bu ko'nikma bora-bora mustahkamlanib, malaka hosil qiladi. Ana endi bolada o'rganishga qiziqish shakllandi.

Endigi vazifa bolaga nimani qanday o'rgatish masalasidir. Ba'zan maktabgacha yoshdagi bolalarga til o'rgatish faqat o'yin uslubida bo'lishi kerak degan fikrlarni eshitib qolamiz. Yo'q, bola o'yin bilan birgalikda qandaydir bir ta'limiy vazifalarni, gramatik qoidalarni ham o'zlashtirishi kerak. Bular faqatgina o'yin orqali emas, o'qituvchining tushuntirishlari orqali amalga oshirilishi kerak. Masalan, narsa buyumlarni birlikda va ko'plikda qo'llanishiga oid grammatik qoidalarni o'qituvchi tushuntirib berishi kerak. Uni o'yin orqali goh birlikda, goh ko'plikda talaffuz qilgan bilan bola so'zlarning birlik va ko'plikda qo'llanilishini o'zlashtirib ololmaydi.

Til o'qituvchisi mavzu maqsadi sifatida birlik va ko'plik otlar haqida, qanday qilib ko'plik shaklini hosil qilish, birlik va ko'plik atamasini bilishning ahamiyati kabilarni olsa bo'ladi. Dars bolalarga qancha ko'p ularni o'rab turgan atrof-muhit bilan bog'langan holda olib borilsa, bola shuncha ko'p diqqatini darsga qaratib, faollikni saqlab qoladi. Aynan "Birlik va ko'plik" mavzusi bolalar xonasidagi narsalar, jihozlar, shaxslar yordamida tushuntirilishi ayni muddao. O'qituvchi xonadagi narsalar soni yoki kimning nechta opa-singlisi, aka-ukasi borligini so'rash

Volume 1, Issue 11, July 2024

Page 38

orqali bolalarda birlik va ko'plik son to'g'risida tushuncha hosil qilinadi. So'ngra ingliz tilida birlik (singular) va ko'plik (plural) atamalarini izoh berib o'tiladi.

Birlik (singular) ot - bitta shaxs, narsa, joyni bildiruvchi ot. Ingliz tilida birlikdagi otlar

oldida a/an artikllari qo'llanadi.

Masalan:

• Shaxs: a boy, a girl, a friend, a queen, an actor.

• Narsa: a pen, a book, a doll, an apple, a car.

• Joy: a city, a town, a school, a kindergarden.

Ko'plik (plural) ot - ikki va undan ortiq shaxs, narsa, joyni bildiruvchi

otlar. Ularga -s yoki -es qo'shiladi.

Masalan:

• Shaxs: boys, girls, friends, queens, actors.

• Narsa: pens, books, dolls, apples, cars.

• Joy: cities, towns, schools, kindergardens.

Mavzu tushuntirilishidan so'ng bola, nafaqat, ikkinchi til ko'nikmalarini rivojlantirishga muvaffaq bo'ladi, balki birlik va ko'plik shakllarini qaysi holatlarda qo'llash bo'yicha ham tushunchaga ega bo'ladi.

Shularni o'rganib olgandan so'ng o'yinlar tashkillansa bo'ladi, masalan: narsa-buyumlarning birlik va ko'plikda qo'llanishiga doir rasmlarni aralash holda stol ustiga qo'yib, bolalarni ikki guruhga ajratib, 1-guruh birlikni bildiradigan narsalar rasmlarini yig'ishni, 2-guruh esa ko'plikni bildiradigan narsalarning rasmlarini yig'ishni topshiriq qilib berish mumkin. Kichik guruh bilan ishlashda bolada birlik va ko'plikni bildiradigan so'zlarni ajrata olish ko'nikmasi mustahkamlanadi. Bilolmagan yoki bilishda ikkilanayotgan narsalari bo'yicha jamoa bilan ishlaganda aniqlik kiritib oladi hamda shu kichik guruh bo'lib ishlashning yana bir afzallik tomoni bola bilimini namoyon eta olish ko'nikmasini shakllantirishda tajriba qilish vazifasini bajaradi, chunki bola kichik guruhda o'rtoqlari ko'magini yoki o'zining bilimining to'g'riligi bilan boshqalarga yordamini his qiladi. Bu esa bolaga ijobiy ta'sir qiladi.

Ana endi har bir bolaning individual salohiyatini tekshirish payti keldi. Bolalarni har birini rasmli kartochkalarni olishga va shu rasmda birlik yoki ko'plikni bildirishga oid rasm ekanligini aniqlashga da'vat etish mumkin.

- bola birlik va ko'plikni bildiruvchi so'zlarga oid qoidalarni o'qituvchidan eshitdi;

- kichik guruhda o'rtoqlari bilan rasmli kartochkalar orqali o'zlashtirilgan bilim mustahkamlandi;

- o'zida mavzuni o'zlashtirish ko'nikmasini hosil qildi va bu ko'nikmani malakaga aylantira oldi.

Agar shu natijaga erishsa, o'qituvchi oldiga qo'ygan maqsadga erishdi. Agar shu natijaga erisha olmasachi? Bola birlik va ko'plikni bildiradigan rasmlarni ajrata olmasachi? Unda endi o'yin faoliyati orqali mavzu mustahkamlanadi. O'yin faoliyatida o'qituvchi e'tiborini shu mavzuni o'zlashtira olmagan o'quvchiga ko'proq qaratishi kerak. Lekin shunda ham bolani zeriktirib qo'ymaslikka ahamiyat berish kerak.

Shuningdek, bolalarni til bilishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishda til o'qituvchisining nutqi ham muhim o'rin tutadi. O'qituvchi ta'lim berayotgan tilida ravon, chiroyli va bemalol gapira olsa, har qanday bola unga qiziqadi. Boshqa tilda gapirilayotgan nutq bolalarda qiziqish uyg'otadi. O'qituvchining mimikasi, qo'l va gavda harakatlari orqali so'zlayotgan nutqiga oid emotsiyalari bolalarni nafaqat o'qituvchini kuzatishga, balki unga qo'shilib muloqot qila olishga intilishini namoyon etadi. Shuning uchun har qanday til o'qituvchisi kichik yoshdagi bolalar auditoriyasiga kirganda bemalol o'sha tilda ko'proq gapirishi kerak. Bolalar tushunmaydi, degan fikr bilan ko'p o'qituvchilar o'zbekcha gapirishga harakat qilishadi. Bu noto'g'ri. Bu bolaning til bilishga qiziqishini rivojlanishini pasaytirishi mumkin.

Bolalarga yoshligidan boshlab chet tillarini o'rgatishning foydalari juda ko'p. Birinchidan, inson qancha yoshlik chog'ida o'rgansa, shuncha kam qiyinchilikni boshdan kechiradi, ya'ni o'rganish jarayoni osonlashadi. Ikkinchidan, ikki va undan ortiq tilda so'zlashuvchi bola kelajakda alsgeymer kasalligini yuqtirib olish ehtimoli kamayadi. Bundan tashqari, ertaroq xorijiy tilni o'rganish har jihatdan - gramatik, sintaktik, fonetik jihatdan sof holatta o'rganish imkonini yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. D.Dehqonova "Effective ways to teach English to pre-school children" International bulletin of engineering and technology Vol 4, Issue 1 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.10568490

2. O.Maxkambayeva, Sh.Maxkambayeva "Methods of teaching english to preschool and primary school children" A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal Vol 8, Issue 7 2022.

3. S.Mustafoyeva "Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatish usullari" Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 https://doi.org/10.5281/zenodo.6696329

X.G'aniyeva, O.Nazrullayeva, M.Qurbonnazarova "Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatishning zamonaviy usullari". https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.