Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI VA KO’P TARMOQLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TURLI YOSHDAGI BOLALARNI GRAMMATIK NUTQINI SHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI VA KO’P TARMOQLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TURLI YOSHDAGI BOLALARNI GRAMMATIK NUTQINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1206
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Grammatik kategoriya / tilshunoslik / tilshunoslik / morfologiya / sintaksis / konstruksiya / ekspressiv nutq / aqli zaif / impressiv nutq. / грамматическая категория / Лингвистика / Лингвистика / морфология / синтаксис / конструкция / выразительная речь / умственно отсталая / импрессивная речь.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Jabborova Marifat Qodiraliyevna, Sharipova Gulbahor Rahmatjonovna

Ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishi ko’p jihatdan bola nutqining rivojlaninsh darajasiga, uning lug’at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to’g’ri gapira olishiga bog’liq bo’ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni tushunib, yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe’l, sifat, olmosh, kelishlik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikani og’zaki nutq, ta’limiy o’yinlar va mashqlar orqali amaliy ravishda o’zlashtirib boradilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ФОРМИРОВАНИЕ ГРАММАТИЧЕСКОЙ РЕЧИ ДЕТЕЙ РАЗНОГО ВОЗРАСТА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ И МНОГОПРОФИЛЬНЫХ СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

успешность обучения во многом будет зависеть от уровня речевого развития ребенка, его словарного запаса, умения говорить самостоятельно, четко, выразительно и грамматически правильно. Дошкольники не понимают и не запоминают грамматические правила. Они не знают ни о существовании, ни о том, что такое грамматические категории, такие как существительное, глагол, прилагательное, местоимение, спряжение. Поэтому грамматику они осваивают на практике посредством устной речи, обучающих игр и упражнений.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI VA KO’P TARMOQLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TURLI YOSHDAGI BOLALARNI GRAMMATIK NUTQINI SHAKLLANTIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI VA KO'P TARMOQLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TURLI YOSHDAGI BOLALARNI GRAMMATIK NUTQINI SHAKLLANTIRISH Jabborova Marifat Qodiraliyevna,

Farg'ona davlat universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi, Sharipova Gulbahor Rahmatjonovna,

Farg'ona shahar ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan 21-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi https://doi. org/10.5281/zenodo. 7431045

Annotatsiya: Ta 'limning muvaffaqiyatli bo 'lishi ko 'p jihatdan bola nutqining rivojlaninsh darajasiga, uning lug 'at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to 'g 'ri gapira olishiga bog 'liq bo 'ladi.

Maktabgacha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni tushunib, yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe 'l, sifat, olmosh, kelishlik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikani og'zaki nutq, ta'limiy o 'yinlar va mashqlar orqali amaliy ravishda o 'zlashtirib boradilar.

Kalit so'zlar: Grammatik kategoriya, tilshunoslik, tilshunoslik, morfologiya, sintaksis, konstruksiya, ekspressiv nutq, aqli zaif, impressiv nutq.

ФОРМИРОВАНИЕ ГРАММАТИЧЕСКОЙ РЕЧИ ДЕТЕЙ РАЗНОГО ВОЗРАСТА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ И

МНОГОПРОФИЛЬНЫХ СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация: успешность обучения во многом будет зависеть от уровня речевого развития ребенка, его словарного запаса, умения говорить самостоятельно, четко, выразительно и грамматически правильно.

Дошкольники не понимают и не запоминают грамматические правила. Они не знают ни о существовании, ни о том, что такое грамматические категории, такие как существительное, глагол, прилагательное, местоимение, спряжение. Поэтому грамматику они осваивают на практике посредством устной речи, обучающих игр и упражнений.

Ключевые слова: грамматическая категория, Лингвистика, Лингвистика, морфология, синтаксис, конструкция, выразительная речь, умственно отсталая, импрессивная речь.

FORMATION OF GRAMMATICAL SPEECH OF CHILDREN OF DIFFERENT AGES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS AND MULTIDISCIPLINARY SPECIALIZED PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Abstract: the success of learning will largely depend on the level of the child's speech development, his vocabulary, the ability to speak independently, clearly, expressively and grammatically correctly.

Preschoolers do not understand and do not remember grammar rules. They do not know about the existence or what grammatical categories such as noun, verb, adjective, pronoun, conjugation are. Therefore, they learn grammar in practice through oral speech, educational games and exercises.

Keywords: grammatical category, Linguistics, Linguistics, morphology, syntax, construction, expressive speech, mentally retarded, impressive speech.

KIRISH

Ustozning eng buyuk burchi xalqqa nafi tegadigan, aql - idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z ma'suliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga, o'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va hamkasblarining ishdagi o'sishiga ko'maklashishda yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonunlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo'lishi kerak. Shu bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdek ma'suliyatli vazifani ham amalga oshiradi. Tarbiyachi bolalarni zehnli, ziyrak, topqir, mustaqil bo'lishi uchun tinmay mehnat qilishi kerak.

Ta'limning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan bola nutqining rivojlaninsh darajasiga, uning lug'at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va Grammatik jihatdan to'g'ri gapira olishiga bog'liq bo'ladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bola maktabda nutqini Grammatik jihatdan shakllantirishda grammatika qoidalarini o'rganishga asoslanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar esa nazariy bilimlarga tayanmay, balki atrofdagilar bilan o'zaro muloqotga asoslanadilar. Bog'cha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni tushunib, yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe'l, sifat, olmosh, kelishlik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikani og'zaki nutq orqali amaliy ravishda o'zlashtirib boradilar.

Bolalar bog'chasida egallangan grammatik malakalar, boshlang'ich sinfda nutqning grammatik tuzilishini nazariy jihatdan egallashlariga asos bo'lib xizmat qiladi.

Yilning boshida tarbiyachilar bolalar nutqidagi grammatik xatolarni mashg'ulotlarda va mashg'ulotdan tashqari vaqtlarda payqlab oladilar. Bu tarbiyachilar uchun bajariladigan ish mazmunini belgilashda yordam beradi.

"Grammatika" termini tilshunoslikda ikki ma'noda ishlatiladi: birinchidan, u tilning Grammatik qurilishini belgilaydi ikkinchidan, u fan sifatida tushunilib, so'z shaklining o'zgarishi va ularning gapda moslashuvi to'g'risidagi qoidalarni tushuntirib beradi.

Grammatika tilshunoslikning so'z shaklining o'zgarishi, so'z birikmalarining turlari va gapning tiplarini o'rganuvchi qismidir.

Grammatika ikki qismdan iborat;

1- morflogiya

2- sintaksis

Morfologiya so'zlarning tuzilishi va o'zgarishini, so'zlarning nutqda o'zaro birikishiga xizmat qiladigan struktura o'zgarishlarini, so'zlarning tuzilishi, ularning turkumlarga ajralish va bundagi qonuniyatlarni o'rganadi.

Sintaksis esa so'z birikmasida va gapda so'zlarning birikish yo'llarini, gapning strukturasini, tiplarini, gap bo'laklarini tekshiradi. Bolalar tilning grammatik tuzilishini kattalar bilan muloqotda bo'lish va taqlid qilish asosida asta-sekin o'zlashtirib boradilar.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar atrofdagi kishilardan taqlid qilish yo'li bilan turli grammatik shakllardagi so'zlarni o'zlashtirib oladilar va ulardan asta-sekin mustaqil ravishda foydalana boshlaydilar. Biroq nutqning grammatik tuzilishini o'zlashtirish murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda, ya'ni

ularning nutq malakalarini takomillashtirishda og'zaki nutqning grammatik qurilishini shakllantirishga alohida ahamiyat beriladi.

Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish ishlari ikkinchi kichik guruhdan boshlanadi. Ushbu guruhda otlarni kelishlik qo'shimchalari bilan to'g'ri turlashga, fe'llarni shaxs-son va zamon qo'shimchalari bilan to'g'ri tuslashga o'rgatish. Buyumlarni va narsa-hodisalarning nomlarini birlik va ko'plikda ifodalshga o'rgatish, nutqning sintaktik tomonini shakllantirish va takomillashtirish amalga oshiriladi. Bu guruh bolalariga voqeaning sodir bo'lgan vaqtini, joyini ifodalaydigan so'zlarni, soda va qo'shma gaplarning tuzilishini o'zlashtirib olishlarida yordam berish, ularni uyushiq bo'lakli gaplar tuzishga o'rgatish maqsadga muvofiq.

Uch yoshli bola o'z nutqida kelishik, shaxs-son va boshqa grammatik kategoriyalardan foydalanib, soda va murakkab jumlalar tuzadi. Jismlarning fazoviy munosabatlarini, ba'zi bir ravishlarni bilib ishlatadigan bo'ladi, ish harakatning nomini bildiruvchi fe'llarni ham to'g'ri ishlata boshlaydi. Bu yoshda bolaning lug'ati juda tez o'sa boradi, nutqidagi so'zlar soni 1300 -1500 taga yetadi, endi uning nutqi juda tez rivojlanadi, mazmunan boyiydi, lug'ati kengayadi, nutqi grammatik jihatdan shakllanadi. Ular so'z turkumlaridan otlarni tez o'zlashtiradilar, chunki bolalar narsalarning nomlarini o'z nutqlarida ko'proq ishlatadilar, ular so'z boyligining asosiy qismi otlardan iborat bo'ladi. Biroq bu yoshda nutqning grammatik shakllarini egallashda bir qancha qiyinchiliklarga duch keladilar, ya'ni ular nutqida quyidagi grammatik xatolar uchraydi:

1. Kelishik qo'shimchalarni buzib talaffuz qiladilar, so'zlarni turlashda qiynaladilar.

2. Sonlarni noto'g'ri ishlatadilar.

3. Fe'l shakllarini ishlatishda qiynaladilar.

4. Old qo'shimcha va old ko'makchini bir-biriga aralshtirib yuboradilar.

Bolalar nutqidagi morfologik va sintaktik xatolar bir vaqtda yuzaga keladi. Biroq sintaktik xatolar marfalogik xatolarga qaraganda uzoq saqlanadi, hatto bu kamchilik bolani maktabga o'tish davrigacha davom etadi. Bola nutqidagi shu xususiyatlarni hisobga olib, quydagi vazifalarni amalga oshirishni belgilab qo'yish mumkin:

- gapning to'g'ri tuzilishini nazorat qilish;

- ikkinchi darajali va uyushiq bo'lakli gaplarni tuzilishiga va unda o'z nutqlarida foydalanishga yordam berish.

Yuqorida bayon etilgan maktabgacha yoshidagi bolalar nutqidagi gramatik xatolarning sabablarini quyidagilardan ko'rsatish mumkin:

1). Bola ona tilining marfalogik qurilishini hali yaxshi o'zlashtirmaganliklaridan;

2) tarbiyachilar va kattalarning noto'g'ri nutqlari ta'surida;

3) pedagogik ishlarni tog'ri yo'lga qo'yilmaganligidan,

4) mahalliy (sheva) ta'sirida.

TADQIQOT NATIJALARI

Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalaridagi aqli zaif bolalarni grammatik nutqini to'g'ri rivojlantirishning murakkablik tomoni shundaki, aqli zaif bolalarda nutqning grammatik tomondan shakllanmaganligi kuzatiladi. Bu holat bolalar tomonidan grammatik umumlashmalarni talab qiluvchi ko'plab topshiriqlarni bajarishdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Gaplarning sintaktik tuzilishlari, so'z yasalishdagi va so'z o'zgartirishdagi morfologik shakllarning to'liq rivojlanmaganligi ham buning sabablari hisoblanadi.

Aqli zaif bolalarda otlarning bosh va tushum kelishiklari nisbatan yaxshiroq shakllangan bo'ladi. Ularda kelishiklarni qo'llashda eng ko'p xatolar qaratqich va chiqish kelishiklar

konstruksivalarida uchraydi. Qaratqich kelishigi ko'proq bosh kelishik bilan almashtiriladi. Aqli zaif bolalarda kelishiklarni old ko'makchilar bilan noto'g'ri joylash, shu konstruksiyalarni old ko'makchilar bilan noto'g'ri tushunishga qaraganda ko'proq kuzatiladi. Impressiv nutqda orqa, oldi, yonida, ustida, tagida old ko'makchilarning o'rnini almashtirib qo'llash kuzatiladi. Ekspressiv nutqda -ga, -dan ko'makchilarini tushirib qoldirish, shuningdek, ustida, yonida, oldida, orqasida o'rtasida orqali old ko'makchilarining yo'qligi kuzatiladi.

Ravish va otdan hosil bo'lgan birikmadagi buzilishlar, ot va sonning noto'g'ri birikishi kuzatiladi. Bolalar otning qaratqich kelishigidagi, ko'plikdagi shaklini noto'g'ri qo'llaydilar. Ba'zi bir hollarda qaratqich kelishigi qo'shimchalari almashtirib yuboriladi. Sifatga oid so'zlarning otlar bilan sodda va kelishikda moslashuviga doir bo'lgan topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo'l qo'yiladi. To'liq shakldagi sifatlarini qisqa shakldagi sifatlar bilan almashtirishdagi xatolar ham o'ziga xos tomonlarga ega.

Aqli zaif bolalarda so'z yasalishi funksiyasi, so'z o'zgarishiga qaraganda kamroq shakllangan, deb hisoblanadi.

Aqli zaif bolalarda bog'lanishli nutqning sekinlashgan holda rivojlanishi va o'ziga xos sifatlari bilan xarakterlanadi. Ular uzoq vaqt situativ nutqda va savol-javob bosqichida to'xtalib qoladi. Bu bolalarda mustaqil fikr bayon qilishga o'tish juda qiyin hisoblanadi. Bu holat maktablarning yuqori sinflarigacha cho'ziladi. Mustaqil fikr bayon qilishning hosil bo'lishi jarayonida aqli zaif bolalar kattalarning yordamiga muhtoj bo'ladilar. Aytib ko'mak bcrish yoki savol tarzida bcrish zaruriyati seziladi. Ayniqsa, bu bolalar uchun kontckstli nutq shakli qiyin hisoblanadi. Situativ nutq, ya'ni ko'rgazmalilikka, aniq situatsiyaga (holatga) tayangan nutq nisbatan ycngilroq amalga oshiriladi.

Mustaqil nutqning rivojlanmay qolishida dialogning to'liq shakllanmaganligi muhim rol o'ynaydi. Ma'lumki, dialogik nutq monologik nutqdan oldin shakllanadi va uning rivojlanishini tayyorlab bcradi. Aqli zaif bolalar ko'pincha biror-bir voqcaning mazmunini aniq bayon qilishning zaruriyatini tushunib yetmaydilar, ya'ni ular suhbatdoshiga (suhbat mazmuniga ko'ra) moslasha olmaydilar.

Ularni mustaqil fikr bayon qilishlari uzuq-yuluq bo'ladi. Hikoya qilishda mantiqiy tartib, qismlar orasidagi aloqa buziladi. Bog'lanishli matnlar ko'pincha fragmentlardan iborat bo'ladi, yagona bir butunlikni tashkil qilmaydi va bayon qilishning qisqaligi bilan xarakterlanadi. Aqli zaif bolalarda bog'lanishli nutqning shakllanishidagi ortda qolish sabablaridan biri ularning nutqiy aklivligi juda zaif va tczda holdan toyishi hisoblanadi. Ko'pincha ular matnda bo'lmagan voqea-hodisalarni, detallarni qo'shib yuboradilar.

Bolalarda Grammatik nutqni to'g'ri shakllantirishda ularni yosh hususiyatlari va aqliy rivojlanishini hisobga olgan holda quyidagi ta'limiy o'yin va mashqlardan foydalanish mumkin;

Bolalarning otlarini ko'plikda to'g'ri ishlatishga o'rgatish uchun barcha guruhlarda "Nima (kim) yoq?" ta'limiy o'yindan foydalanish mumkin. Bu o'yin uchun bir necha guruh buyumlar tanlanadi. Har bir guruhdagi bir hil nomdagi buyumlar soni bittadan ko'p bo'lishi kerak, masalan: ikkita o'rdakcha, ikkita bayroqcha, ikkita koptok va hakozolar. Bu o'yinda asosiy maqsad bolalarni so'zlarini to'g'ri grammatik shaklda ishlatishga o'rgatishdan iboratdir. Shuning uchun tanlangan buyumlarning soni uncha ko'p bo'lmasligi kerak, aks holda bolalar diqqati so'zlarni to'g'ri ishlatishga qaratilmay, balki buyumlarning nomini esda saqlshga qaratiladi. Shuning uchun kichik guruhlarda o'yin uchun 2-3 guruh buyumlar, katta guruhlarda esa 3-4 guruh buyumlar olinadi. Buyumlar (yoki suratlar) bitta o'yin jarayonida bolalar oldiga turli holatlarda qo'yilib, 1-

2 marta ularning o'rni almashtiriladi. Kichik guruhda quyidagi predmetlarni tanlash mumkin: koptoklar, bayroqlar, qo'ziqorinlar, piramidalar; noklar, olmalar, pomidorlar va hokazo.

Katta guruhlar uchun murakkabroq so'zlar (predmetlar) tanlanadi: etiklar, botinkalar, maxsilar, shippaklar. O'yin uchun oldindan to'siq tayyorlanadi va uning orqasida turib buyumlar o'rni almashtiriladi. O'yinning birinchi qismida bolalar tarbiyachi bilan birgalikda o'yin uchun tayyorlab qo'yilgan buyumlarni ko'rib chiqib, ularning nomlarini aniqlashtiradilar, o'yin qoidasi bilan tanishadilar (xontaxta yoki stol ustida turgan narsalarni eslab qolish, nima yo'qligini topish). Tarbiyachining o'zi to'g'ri javob namunasini beradi. Agar bolalar otlarni ko'plikda ishlatishda qiynalsalar, bu o'yinni takrorlash mumkin.

Kichik guruhda sonlar to'g'ri ishlatishga o'rgatish uchun "Do'kon" o'yini o'tkaziladi. Bolalar do'kondan narsa sotib olayotganda ularning sonini: bitta olma, ko'p qovunlar va hakozo aytishga o'rgatiladi.

Kichik guruhda otlarni birlikda va ko'plikda to'g'ri ishlatishga o'rgatish uchun "Kimning dumi?", "Buyumning egasiga qaytar", "Daraxtning nomini bargiga qarab top" kabi ta'limiy o'yinlar o'tkaziladi. Shuningdek, "Kim-kimni quvib o'tdi?", "Chelakda nima bor?", "Suratlarni terib qo'y" kabi ta'limiy mashqlar tashkil etiladi.

Nutqning sintaktik tomoni ustida ishlashda "Gap tuz" ta'limiy mashqi uchun xayvonlarning, meva va sabzovotlarning qushlarni tasvirlovchi suratlar tarqatilib chiqiladi. Mashqning boshida "Suratda nima tasvirlangan?" degan savolga javob beradilar. So'ngra tarbiyachi gapning birinchi so'zini aytadi: "O'rmonda ... (hayvonlar yashay-di)". Qo'llarida hayvonlar surati bor bolalar gapni davom ettiradilar.

Kichik guruhda fe'l shakllarini to'g'ri ishlatishni nutqda mustahkamlash maqsadida qo'g'irchoqlar bilan o'yin mashqlari o'tkaziladi. Bolalar tarbiyachining savol namunasi bo'yicha mehmon qo'g'irchoqlarga murojaat qiladi: " Barno va Nasiba, sizlar raqsga tushishni xohlaysizlarmi? Sizlar o'qishni xohlaysizlarmi? Sizlar bizning she'rlarimizni eshitishni xohlaysizlarmi?" va hakozo.

Bolalar nutqini grammatik jihatdan shakllantirish doimiy, uzluksiz jarayondir bolalar nutqining holatini faqat mashg'ulotlardagina kuzatib bormasdan, balki ularning kundalik hayot jarayonida ham kuzatib borish kerak.

XULOSA

O'z vaqtida tuzatilmagan grammatik xato bola nutqida mustahkamlashib, uni tinglayotgan boshqa bolalar nutqiga ham grammatik xatolarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Bola nutqidagi xatolarni do'stona, xushmuomalalik bilan tuzatish kerak. Hech vaqt bola nutqidagi xatoni takrorlash yaramaydi. Tarbiyachi barcha mashg'ulotlarda bola nutqini kuzatib borishi va grammatik xatolarini tuzatishi shart, Bola nutqidagi grammatik xatolarni mashg'ulot jarayonida yetarli ovoz tonida, boshqa bolalarga eshitarli qilib to'g'rilash kerak.

Adabiyotlar:

1. F.Soliyev. Psixologiya. Ma'ruzalar matni. Farg'ona, 2014.

2. Сазанова.С.Н. Развития речи дошкольников с обшим недоразвитием речи. Изд-во. Академия. —М. 2003.

3. Bakhrom, B. (2022). Information technologies in physical culture and sports. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(10), 288-292.

4. Askarova, D. I., & Jabborova, M. K. (2022). The Introduction Of Gender Issues In Preschool Education On The Example Of Folk Pedagogy. Oriental Journal of Social Sciences, 2(05), 81-87.

5. Askarova, D. I. (2022). USE OF INTERACTIVE METHODS IN DEVELOPING CREATIVITY OF STUDENTS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(10), 92-97.

6. Askarova, D. I. (2022). THE ROLE OF FOLK PEDAGOGY IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVITY OF STUDENTS OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 89-96.

7. Dilafruz, A. (2022). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VA OILADA GENDER XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 183-189.

8. Арипов, З., & Сайдумарова, М. (2021). Zamonaviy o'qitish metodlari orqali iqtidorli o'quvchilarni tarbiylash va rivojlantirish. Общество и инновации, 2(12/S), 86-92.

9. Арипов, З. Т. (2020). ПРОЦЕСС ФОРМИРОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНО-РЕЧЕВОЙ ГОТОВНОСТИ СТАРШИХ ДОШКОЛЬНИКОВ К ОБУЧЕНИЮ. In ПРОБЛЕМЫ ФИЛОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 108-112).

10. Toirjonovich, A. Z. (2022). XALQ O'YINLARINING ETNOPЕDAGOGIK TASNIFI. Central Asian Research Journalfor Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 77-81.

11. Toirjonovich, A. Z. (2022). BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH. Central Asian Research Journalfor Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 92-96.

12. Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экономика и социум, (6-1), 156-159.

13. Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION. Теория и практика современной науки, (5), 29-31.

14. KIPCHAKOVA, Y., ABDUXAMIDOVA, M., & RAXMONALIYEVA, M. THE IMPACT OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN IMPROVING STUDENT KNOWLEDGE. СТУДЕНЧЕСКИЙ ВЕСТНИК Учредители: Общество с ограниченной ответственностью " Интернаука ", 37-38.

15. ^ипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕХНАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.

16. ^ипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОГЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АХАМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.

17. Karimov, U., Karimova, G., & Makhamadaliev, L. (2022). The role and significance of spiritual values in youth education. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(2), 181-185.

18. Ummatqulov, T. (2022). INSON SOG'LOM BO'LISHIDA VALEOLOGIYA FANINING AHAMIYATI. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(12), 80-88.

19. Rasulova, A., & Karimov, U. (2022). Socio-Pedagogical aspects of the formation of reading culture and skills. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(4), 114-118.

20. Tuhtarova, I. (2020). SOME ASPECTS OF USING EXAMPLES OF FICTION IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(6), 409-415.

21. Saminjonov, B. (2021). THE ROLE OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING IN THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE AREAS. Студенческий вестник, (11-4), 6-8.

22. Jаbbоrоvа, M. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Экономика и социум, (6-1), 129-132.

23. Zhabborova, M. R. K. (2021). Мактабгача таълим сохдси талабаларида бошкарувчанлик кобилиятларини ривожлантириш. Молодой ученый, (17), 394-395.

24. Jabborova, M. (2022). BO'LAJAK PEDAGOGLARNI TAYYORLASH TIZIMIDA MALAKAVIY AMALIYOTNING ROLI. Scientific progress, 3(4), 167-173.

25. Kodiraliyevna, J. M. (2022). TARBIYACHI KASBINING MA'NAVIY AXLOQIY NEGIZLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 64-70.

26. Askarova, D. I., & Jabborova, M. K. (2022). The Introduction Of Gender Issues In Preschool Education On The Example Of Folk Pedagogy. Oriental Journal of Social Sciences, 2(05), 81-87.

27. Jabborova, M. (2022). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ILMIY ME'ROSIDA BARKAMOL SHAXS TA'LIMTARBIYASI. Science and innovation, 1(B8), 92-98.

28. Jabbarova, M. K. (2022). THE IMPORTANCE OF EDUCATION DIRECTED TO THE PERSONALITY OF THE CHILD IN ENSURING THE EDUCATION, UPBRINGING, PHYSICAL, MENTAL AND SPIRITUAL MATURITY OF THE CHILD. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 2(17), 54-59.

29. Матмусаева, М. А. (2017). Оилада болаларни мех,натга ургатиш. Молодой ученый, (4-2), 23-24.

30. Матмусаева, М. А. (2016). ТАЛАБАЛАР ПОРТФОЛИОЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШ ШАРОИТЛАРИ. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 9, pp. 129-131). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.

31. Матмусаева, М. А. (2016). ТАЛАБАЛАРНИНГ У^УВ ФАОЛИЯТЛАРИНИ НАЗОРАТ ^ИЛИШНИНГ ИННОВАЦИОН ХАРАКТЕРИ. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 9, pp. 127-128). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.