Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O‘RNI VA TA’SIRI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O‘RNI VA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axloq / xalq og‘zaki ijodi / maktabgacha yosh / tarbiya. / ethics / folklore / preschool age / education.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Joniyeva T.B.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy sifatlarini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodi na’munalarining o‘rni va ta’siri haqida bayon etilgan bo‘lib, xalq pedagogikasi na’munalarining aynan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan janrlarini tanlab olib, axloqiy sifatlarni shakllantirishda foydalanish mumkinligi ko‘rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND EFFECT OF FOLK'S ORAL CREATION IN FORMING MORAL CHARACTERS OF PRESCHOOL CHILDREN

This article describes the role and influence of examples of folk art in the formation of moral qualities of preschool children. it is shown that it can be used in the formation of adjectives.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O‘RNI VA TA’SIRI»

Joniyeva T.B.

Termiz davlatpedagogika instituti o 'qituvchisi

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG'ZAKI IJODINING O'RNI VA

TA'SIRI

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy sifatlarini shakllantirishda xalq og'zaki ijodi na'munalarining o'rni va ta'siri haqida bayon etilgan bo'lib, xalq pedagogikasi na'munalarining aynan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan janrlarini tanlab olib, axloqiy sifatlarni shakllantirishda foydalanish mumkinligi ko 'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: axloq, xalq og'zaki ijodi, maktabgachayosh, tarbiya.

Joniyeva T.B. teacher

Termiz State Pedagogical Institute

THE ROLE AND EFFECT OF FOLK'S ORAL CREATION IN FORMING MORAL CHARACTERS OF PRESCHOOL CHILDREN

Annotation. This article describes the role and influence of examples of folk art in the formation of moral qualities of preschool children. it is shown that it can be used in the formation of adjectives.

Key words: ethics, folklore, preschool age, education.

Axloq so'zi - lotincha «myeros», ya'ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qatiy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan axloq normalaridan norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlami o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllangan boladi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlami ongli ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishilar xattiharakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.

Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobining «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'riso'zlikni insonning eng insoniy

sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alohida e'tibor beriladi. A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan. «Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy. A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan. MTT (maktabgacha ta'lim tizimi)da xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashgayo'naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda MTTpedagog-tarbiyachilar tomonidan bolalarni ma'naviyaxloqiy tarbiyasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati va yo'nalishiga ko'ra rejalashtirish va tashkil qilish funksiyalari quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi: maqsadi, vazifasi va shakliga ko'ra turli mashg'ulot va uchrashuv, suhbat jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish; modellashtirish, ya'ni tashkil qilinadigan pedagogik jarayonlarda tarbiyalanuvchilarning ma'naviyaxloqiy jihatdan tarbiyalanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda faolligini ta'minlash bo'yicha vazifalarni oldindan belgilash; yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud vaziyatlarga ko'ra tarbiyalanuvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajalarini nazorat qilish, ibrat, namuna ko'rsatish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash asosida rag'batlantirish.

Xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda falsafiy, milliy-ma'naviy, psixologik, pedagogik yondashuvning mazmun va mohiyatini anglashga erishiladi, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda ijtimoiy omillarning ta'sirini hisobga olish hamda ma'naviy -axloqiy tarbiyani o'zida mujassamlashtirgan xalq og'zaki ijodi namunalariga tayanish zarur. Dunyo miqyosida ta'lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi mintaqaviy, submintaqaviy hamkorlikni yuksaltirish masalalarning yuzaga kelishi tufayli jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu, o'z navbatida, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayanib, xalq og'zaki ijodi namunalari rivojini fan va texnologiya yutuqlari bilan hamohang tarzda ilmiy tahlil qilish, bolalarnng ijodkorligini rivojlantirish, strategik rejalashtirish bilan bog'liq ko'nikma-malakalarini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xalq og'zaki ijodi vositalaridan foydalanishning pedagogik mazmunini ishlab chiqish orqali badiiy adabiyot va tarbiya integratsiyasi asosida ma'naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Respublikamizda har bir hududning badiiy adabiyot va madaniyati, xususan, milliy madaniyati, urf-odat va marosimlari, badiiy an'analarini tarkib qilish sirlarini bolalar ongiga singdirish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda.

Yuqoridagi g'oyalarga tayanib, fikrimcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xalq og'zaki ijodi vositalaridan foydalanishning pedagogik mazmunini ishlab chiqish, o'zbek xalqining madaniy merosini o'rganishda va

rivojlantirishda milliy o'ziga xosligi, ma'naviy xususiyatlari hisobga olinib, xalq pedagogika an'analariga suyangan holda ish ko'rilishi muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.

Aytish o'rinliki bugungi texnogen sivilizatsiya bolalar tarbiyasiga bevosita ta'sir etib, tajriba va kuzatuvlarmiz jarayonida guvohi bo'lganimizdek, hatto yosh onalarimiz "mobil aloqa vositalari orqali murg'akkina go'daklarga milliy qadriyatlarimizdan biri sanalgan alla tinglatishayapti" Bu esa, xalk pedagogikasining bola tarbiyasidagi boy tajribalari hayotga to'la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari, sharqona urf-odatlar, boy an'analari hayotga joriy etilmaganligi tarbiya borasida bir qancha qusurlarning yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda.Shundan kelib chiqib aytishim mumkinki, Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, engilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini bolalik davridan boshlab yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak.

Sharq donishmandlari aytganidek, "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir 1" Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.T.B. Joniyeva" Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda xalq pedagogikasidan foydalanishning ahamiyati" //jahon ilmiy qarashlari tahlili international scientific journal. - 2023. - t. 1. - yo'q. 6. - 25-34-betlar.

2.T.B.Joniyeva" Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq pedagogikasining ahamiyati" //jahon ilmiy qarashlari tahlili international scientific journal. - 2023. - t. 1. - yo'q. 6. - 14-19-betlar.

3.T.B.Joniyeva" xalq pedagogikasining axloqiy tarbiyalash ishlaridagi ahamiyati" //oltin miya. - 2023. - t. 1. - yo'q. 28. - 121-125-betlar.

4.T.B.Joniyeva" Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda xalq pedagogikasidan foydalanish tajriba sinov ishlari samaradorligi" //oltin miya. - 2023. - t. 1. - yo'q. 3. - 315-317-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.