Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI AXLOQIY TARBIYALASHDA MAQOL, HIKMATLI SO‘ZLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

O‘QUVCHILARNI AXLOQIY TARBIYALASHDA MAQOL, HIKMATLI SO‘ZLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun / ta’lim – tarbiya / milliy g‘urur / boshlang‘ich sinf о‘quvchilari / qadriyatlar / rivoyat va dostonlar / urf-odatlar / axloq odob / xalq pedagogikasi / iqtisodiy-ijtimoiy hayot.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G. Uzoqova

Maqolada ta’lim – tarbiya jarayoniga yangicha yondoshish, tarbiya nazariyasini takomillashtirishda halq an’anlari va og‘zaki ijodida axloqiy tarbiyadan ilmiy asosda foydalanish, umumta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlarni tahlil qilish, unda yuz berayotgan qarama-qarshiliklar, ijtimoiy va ma’naviy yо‘nalishni aniqlash, halq og‘zaki ijodi, jumladan rivoyat va dostonlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish va bunga bolalar e’tiboriga jalb etish va hokazo ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq masalalarning yechimi to‘g‘risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI AXLOQIY TARBIYALASHDA MAQOL, HIKMATLI SO‘ZLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

O'QUVCHILARNI AXLOQIY TARBIYALASHDA MAQOL, HIKMATLI SO'ZLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

G. Uzoqova

Toshkent shahri M.Ulug'bek tumani 207-umumta'lim o'rta maktabi o'zbek tili va adabiyoti

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11243088

Annotatsiya. Maqolada ta'lim - tarbiya jarayoniga yangicha yondoshish, tarbiya nazariyasini takomillashtirishda halq an'anlari va og'zaki ijodida axloqiy tarbiyadan ilmiy asosda foydalanish, umumta'lim muassasasida tarbiyaviy ishlarni tahlil qilish, unda yuz berayotgan qarama-qarshiliklar, ijtimoiy va ma'naviy yo 'nalishni aniqlash, halq og'zaki ijodi, jumladan rivoyat va dostonlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish va bunga bolalar e 'tiboriga jalb etish va hokazo ta 'lim-tarbiya bilan bog'liq masalalarning yechimi to 'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: "Ta'lim to'g'risida"gi qonun, ta'lim - tarbiya,, milliy g'urur, boshlang'ich sinf o'quvchilari, qadriyatlar, rivoyat va dostonlar, urf-odatlar, axloq - odob, xalq pedagogikasi, iqtisodiy-ijtimoiy hayot.

Abstract. In the article, a new approach to the process of education and upbringing, the scientific basis of using moral education in folk traditions and oral works in improving the theory of education, the analysis of educational work in a general educational institution, the contradictions that occur in it, social and spiritual The solution of issues related to education and upbringing is to determine the nature, create conditions for educating preschool children in the spirit of spiritual and moral values by means offolklore, including narratives and epics, and draw children's attention to it. will be considered.

Key words: "Law On Education", education - upbringing, national pride, primary school students, values, narratives and epics, customs, ethics - manners , folk pedagogy, economic and social life.

I.KIRISH

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi respublikada pedagog kadrlar tayyorlash, ularning sifati va malakasini oshirish bilan bir qatorda o'quv jarayoni va mazmuniga tubdan o'zgartirish kiritishni talab etmoqda. Bugungi kunda yosh avlodga ta'lim-trbiya berish, ularni hayotga va mehnatga tayyorlash vazifalari iqtisodiy va ijtimoiy tub o'zgartirishlariga hamnafas holda, yangi mazmun va shaklga ega bo'lishi lozimligini tobora ravshan bo'lib bormoqda. Bu esa butun ta'lim - tarbiya jarayoniga yangicha yondoshishni taqozo etib, biz o'zimizning milliy g'ururimiz, milliy mafkuramizga ega bo'lgandan so'ng ta'lim-tarbiya tizimida shunga xos yoshlarni milliy ruhda, milliy ongni shakllantirishga, halqimizning qadimiy boy tarixiy o'tmishini ifodalaydigan asarlarni o'rganishga qiziqtirish va unga e'tibor berishimiz kerak. Milliy tarbiya konseptsiyasi o'quvchilarni tarbiyalash va milliy tarbiyani amalga oshirishga tayyor yosh avlodni tarbiyalab yetishtirishga hizmat qilishi kerak. Albatta Ushbu maqsadga erishishning o'ziga xos nazariy muammolaridan biri - tarbiya nazariyasini takomillashtirishda xalq an'anlari va og'zaki ijodida axloqiy tarbiyadan ilmiy asosda foydalanmaslikning natijasidir. Ikkinchi muammo - bu yangi O'zbekiston yoshlari va yosh avlod

qanday fazilatlarga ega bo'lishi kerak, degan savolga aniq tajribaga asoslangan javoblar olish masalasidir.

II. ASOSIY QISM

Ma'lum davrlarda bizning ta'lim tizimimiz jahonning ilg'or yutuqlaridan, o'z xalqining tarixiy ildizlaridan ajralib qolgan edi. Endilikda bunday holatni o'zgartirish vaqti kelganligi, oldimizda amalda jahon fani va madaniyatining eng ilg'or yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgan, inson aql-zakovati yaratgan boyliklardan bahramand bо'lgan yangi avlodni shakllantirish vazifasi turibdi. Har qanday ilmiy nazariya mazmuni va mohiyati jihatdan ma'lum bir halqning, millatning tarixiy, diniy, ma'rifiy, hududiy boy merosining asl negizini yoritishga, ma'naviyatini, ulkan muammolarini yechishning asosiy yo'llarini ko'rsatib berishi lozim. Shu maqsadni amalga oshirish uchun umumbashariy, milliy ma'naviy tajribalarga tayangan holda, boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni xalq og'zaki ijodi, jumladan rivoyat va dostonlar orqali ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning ilmiy - nazariy va amaliy tomondan quyidagi vazifalarni yechishdan iborat deb bildik: boshlang'ich sinf o'quvchilarini xalq og'zaki ijodi namunalari, asotirlar, rivoyat va dostonlarini o'rganish orqali ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga, xalqimizning milliy urf-odat, an'analarini bilishga yo'naltirish; boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'z halqining tarixiy, madaniy, milliy xususiyatlarini anglab olishga bo'lgan zaruriyatni tarkib toptirish; hozirgi davrda boshlang'ich sinf o'quvchilarini zamon talablarini anglab yetishga yo'naltirish va bu borada fidokoron amehnat qilish talab etiladi.

Umumta'lim muassasaslarida tarbiyaviy ishlarni tahlil qilib borish, unda yuz berayotgan qarama-qarshiliklar, ijtimoiy va ma'naviy yo'nalishni aniqlash pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri bo'lib, Markaziy Osiyo halqlarining milliy urf-odat va an'analarini, ma'rifiy tajribalarini ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshirish maktabgacha yoshdagi bolalarini xalqimizning, ota-bobolarimizning merosini o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Albatta, bu ishlar mustaqil respublikamizning istiqbolini mustahkamlash va rivojlantirishda hamda ma'naviy jihatdan yetuk, e'tiqodi mustahkam yoshlarni tarbiyalashda asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.

O'zbek xalqi barcha halqlar singari o'zining asrlar mobaynida saqlanib kelgan milliy urf-odatlari, axloq-odobi, qadriyatlari, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, rasm-rusumlari, umuman aytganda, madaniy-ma'rifiy dunyosiga egadir. Shu bilan bir qatorda dunyo madaniyatining rivojlantirishga ham o'z hissasini qo'shdi. Buyuk donishmand va mutafakkirlarning aytishicha har qanday davlatning mustahkamligi, buyukligi, farovonligi uning fuqarolarining, yoshlarining tarbiyalanganlik darajasiga bog'liq. Biz o'zimizning tariximizni yaxshi bilmasdan turib, buyuk maqsadimizga erishishimiz mumkin emas. Ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondoshuv asosida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning asosiy yo'nalishlarini quyidagi muammolarni hal etishda deb bildik: har bir tarbiyalanuvchining umuminsoniy, milliy, ma'naviy axloqiy xususiyatlarining sifatini oshirish; o'quvchining o'z xalqining urf-odati, an'analari, tarixiy o'tmishini bilib olish, chuqur tasavvurga ega bo'lishini ta'minlash; yangi O'zbekistonning talablariga javob beruvchi ma'naviy jihatdan barkamol, axloqiy tomondan mustahkam barkamol shaxsni shakllantirish; halq og'zaki ijodi, jumladan rivoyat va dostonlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish va bunga bolalar e'tiboriga jalb etish; -Rivoyat va dostonlarni o'rganish orkali Vatanimiz halqi uning an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat bilan qarash hamda uni rivojlantirsh hissini tarkib toptirish; o'z millati, Ona-Vataniga sadoqatli, sodiq vatanparvar bo'lish hissini tarbiyalash; rivoyat va dostonlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash negizida ularda

halqning hayoti, tarizini bilib olish, axloqiy qoidalarni o'z ongiga singdirishni ta'minlash; milliy tarbiya negizida ta'lim-tarbiya tizimini milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida amalga oshirish va hokazolardan iborat.

III. MUHOKAMA

Bugungi kunda ta'lim-tarbiya sohasidagi bu ishlarni birdan amalga oshirish ma'lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. O'zbektonimizning yangi davrga o'tayotgan bir davrda asta-sekinlik bilan bo'lsa ham umumta'lim muassasalari milliy ruh olib rivojlanmoqda, dasturlar yaratilib, amaliyotda o'z natijalarini bermoqda, tevaragidagi ijtimoiy muxitning barcha ijobiy omillaridan unumli foydalanilib, o'ziga xos mazmun kasb etmoqda.

O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim va ma'naviy ma'rifiy tarbiya konsepsiyasi hamda bir qatar qonunlarda ta'lim sohasiga oid bir qancha qonun hujjatlar milliy tarbiya asosida tuzilgan bo'lishini ko'rsatib berdi. Bu hujjatlarda birinchi o'rinda, yosh avlodni halq urf-odatlari, qadriyatlariga bo'lgan qiziqishini shakllantirish alohida ta'kidlab o'tilgan. Fikrlarimizni umumlashtirgan holda milliy ta'lim-tarbiyaning hususiyatlarini quyidagicha turkumlanadi:

- milliy tar'lim-tarbiyaning bosh maqsadi - shaxsni milliy qadriyatlar asosida shakllantirish va rivojlantirish hamda qiziqtirish, uni har tomonlama yetuk, yuqori axloqli va ma'naviy pok inson qilib - shaxsning milliy o'zligini va tarixiy tomondan o'zligini anglashni ta'minlash;

- milliy tar'lim-tarbiya asosida shaxs milliy madaniyatini shakllantirish natijasida milliy ruhni tarkib toptirish va rivojlantirish;

- boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni ona tilini mukammal egallash tilga hurmat - e'tibor va muhabbatni tarbiyalash;

- shaxsni o'qitish va tarbiyalashda milliy urf-odat, an'analar va qadriyatlarning tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlaridan keng foydalanish;

- boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni diniy ilmlarga bo'lgan qiziqishini, ularning ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni egallashga yo'naltirish;

- ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviylikni an'anaviylik bilan o'zaro bog'lash, yani amaliyotda zamonaviy ilmiy pedagogika va tarbiyaviy ish tajribasini an'anaviy halq tarbiya madaniyati bilan birgalikda foydalanish.

IV. XULOSA

Hozirgi vaqtda xalq pedagogikasi va milliy qadriyatlarni o'rganish va undan maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayonida kengroq foydalanish uchun avvalo to'plangan pedagogik ma'lumotlar, ko'nikma va malakalar qanday manbalardan olinganligini bilishimiz zarur. Milliy qadriyatlarni chuqur o'rganish, ulardan bola tarbiyasida kengroq foydalanish masalasi ahamiyatli bo'lib, buning uchun xalq pedagogikasiga asoslanib tuzilgan dastur va qo'shimcha materiallar talab etiladi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni ma'naviy - axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda xalqning orzu-istaklari, qarashlari, inson, oila, yosh avlod tarbiyasi haqidagi tasavvurlar hosil qiluvchi halq pedagogikasi muhim rol o'ynaydi. Bu borada xalq pedagogikasining muhim sohalaridan bo'lgan xalq og'zaki ijodi, milliy urf-odatlar, an'analar, marosimlar, halq o'yinlari, amaliy san'ati va boshqalar o'zaro bir-biri bilan uyg'unlashgan holda ta'lim-tarbiyada muhim manba sanaladi.

Xalq og'zaki ijodi va uning barcha turlari, ayniqsa, rivoyat va dostonlar ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni o'zida mujassamlashtirgan holda xalqning asrlar davomidagi turmush tajribalari mujassamlashtirgan epik ijodining qadimiy turi sifatida muhimdir. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda hozirgi zamon ta'lim vazifalariga quyilayotgan ta'limiy va tarbiyaviy talablar, ta'lim mazmuni, boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni

urf-odat qadriyatlariga qiziqtirishning shakl va usullarini yanada chuqurlashtirishni taqozo etadi. Xalq og'zaki ijodi, xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, san'atning boshqa turlaridan ajralib turadigan so'z san'ati bo'lib, har bir xalqning asrlar osha o'z idealini aks ettirgan so'z san'atidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 Yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-5712-son https://lex.uz/docs/4312785.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning xalqaro baxshichilik san'ati festivali ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi // Xalq so'zi. Toshkent, 2019. - № 68.

3. Musurmonov A. "Ta'lim-tarbiyada xalq og'zaki ijodidan foydalanish". T.: O'qituvchi, 1993.

4. Barakaev R. Bobolardan-bolalarga Toshkent, "Yulduzcha" nashriyoti, 1989 y. 125-b.

5. Alimova, X. B., and B. R. Ramazonov. "O'quvchi-o'quvchiga ustoz" tamoyili asosida tabiiy fanlar darslarini tashkil etishda pedagogik muammolar. Academic research in educational sciences 2.9 (2021): 940-945.

6. Эгамбердиева, Лола Норматовна, Мухлиса Абдирасуловна Хуррамова, Бахтиёр Рамазонович Рамазонов. "Пробудить у молодежи чувство любви к природе одна из актуальных задач". Academic research in educational sciences 2.Special Issue 2 (2021): 53-58.

7. Binazova, Z. A., Fayziev, V. B., & Ramazonov, B. R. (2021). PISA, PIRLS, TIMSS Xalqaro ta 'lim dasturlari asosida ta'lim sifatini baholash. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 1585-1588.

8. Alimova, X. B., Bozorova, D. S., & Ramazonov, B. R. (2021). Tib ilmining buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino o'gitlarining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati. Academic research in educational sciences, 2(4), 881-887.

9. Алимова, Х. Б., & Рамазонов, Б. Р. "Укувчи-укувчига устоз" тамойили асосида дарсларни ташкил этишнинг самарадорлиги. ББК 20.01. К 18, 239.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.