Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA O’QUVCHILARNI MA’NAVIY –AXLOQIY TARBIYALASHDA TURK XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI O’RGATISH YO‘LLARI'

BO‘LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA O’QUVCHILARNI MA’NAVIY –AXLOQIY TARBIYALASHDA TURK XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI O’RGATISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq og‘zaki ijodiyoti / tarbiya / maqol / qo‘shiq / еrtak / doston / fazilat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tursunova Marjona

Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda turk xalq og’zaki ijodi va o’zbek xalq ijodidan foydalanish texnalogiyalarini o’rgatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA O’QUVCHILARNI MA’NAVIY –AXLOQIY TARBIYALASHDA TURK XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI O’RGATISH YO‘LLARI»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIGA O'QUVCHILARNI MA'NAVIY -AXLOQIY TARBIYALASHDA TURK XALQ OG'ZAKI IJODIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI O'RGATISH YO'LLARI

Tursunova Marjona

SHahrisabz davlat pedagogika institute Magistranti Tel:912474092 https://doi.org/ 10.5281/zenodo.10679922

Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda turk xalq og'zaki ijodi va o'zbek xalq ijodidan foydalanish texnalogiyalarini o'rgatadi.

Kalit so'z: xalq og'zaki ijodiyoti, tarbiya, maqol, qo'shiq, ertak, doston,

fazilat.

KIRISH

Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish har doim ham eng dolzarb muammolardan biri bo'lib kelgan. Jamiyatning taraqqiyoti insonlarning ongiga, aql-zakovati, axloq-odobiga ko'p jihatdan bog'liq. Yaxshi tarbiya ko'rgan kishi eng avvalo el-yurtning, xalqning manfaatini o'ylaydi. Chunki har bir shaxsning baxt-saodati alohida, o'z holicha amalga oshmaydi. Atrofdagilar baxtli va farovon turmush kechirganlarida huzur-halovat hammaga tatiydi. Bu qoida qadim zamonlardan mavjud bo'lib, unga turli davrlarda turlicha amal qilib kelingan. Yoshlarning ta'lim-tarbiya olishlariga mas'ul bo'lgan barcha o'rinlarda xalq pedagogikasi xazinasidan foydalanish hayotiy ehtiyoj darajasiga ko'tarildi.Yoshlarning ma'naviy- axloqiy tarbiyasi quyi sinflarda xalq og'zaki ijodi namunalaridan samarali foydalanilganda bu darajaga erishish engil amalga oshadi.O'rta umumiy ta'limning birinchi bosqichi bo'lgan boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning bilim egallashga bo'lgan qiziqishlari, havasi asosida aqliy qobiliyatlari shakllantiriladi. Aqliy kamolotga uyg'un tarzda o'quvchilarning ma'naviy dunyosini boyitiladi. Axloqiy fazilatlar takomillashtiriladi. O'quvchilarda mehnatsevarlik, yuksak didli, fahm-farosatli, nafis his-tuyg'ular rivojlanadi.Boshlang'ich sinflardayoq iqtisodiy va ekologik tarbiya haqida tushuncha, ko'nikma va malakalar berib boriladi. Ta'lim-tarbiya muassasalarida o'quvchi-yoshlarning har tomonlama kamol topishiga e'tibor qaratiladi.

METODLOGIYA

Xalq og'zaki ijodi - mehnatkash omma ijodi, xalq san'atining boshqa, ya'ni musiqa, teatr, raqs, o'yin, tasviriy va amaliy san'at kabi turlaridan o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og'zaki so'z san'atidir. Xalq og'zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san'at. Har bir xalqning og'zaki ijodi o'sha xalqning fe'l - atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an'analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o'ziga xos ko'zgudir. Biz ana shu ko'zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg'ularini ko'ramiz. Ma'naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o'rnini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bo'lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma'naviy qashshoq kimsa hayotda ro'y berayotgan voqealarga loqayd bo'ladi. Loqaydlik esa tuzatib bo'lmas oqibatlarga olib keladi. Ma'naviy qashshoq odam uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar begonadir. Shuning uchun keksa avlod, avvalo, farzandning ma'naviy dunyosini shakllantirish chorasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq dostonlari, ertaklari, qo'shiqlari, maqollari va boshqa o'nlab janrdagi asarlar yosh avlodning ma'naviyatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga

yetishini ta'minlash maqsadini nazarda tutgan holda yaratilgan. O'tgan asrgacha bugungi kundagi matbuot, o'quv dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televideniya, internet kabi ta'lim, ma'rifat tizimi bo'lmagan. Bu vazifalarni bajarish, asosan, xalq og'zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og'zaki ijodi xalq pedagogikasi zaminini tashkil etgan. To'g'ri, umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida ham xalq og'zaki ijodidan namunalar beriladi. Ma'lum bo'ladiki, madaniyat, san'at, til xalqning xalq sifatida ravnaq topishining bosh omili ekan. Xalq ijodi esa madaniyat, san'at, tilning asosini tashkil etuvchi tarkibiy qismdir. Shuning uchun ham 1997-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasida "Ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlar" alohida bo'lim sifatida tasdiqlanishi bejiz emas. Unda yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi ta'kidlanadi. Qadimdan ota-bobolarimiz o'z orzu-umidlarini turmush haqiqatlari bilan uyg'unlashtirgan holda go'zal mo'jizakor manzaraga, sodda va o'ta teran mazmunga ega ertaklarni yaratganlar. Hayot haqiqati va kishilarning ruhi, psixologiyasini o'zida aks ettirgan ertaklarning badiiy kuchi hanuzgacha kattalar va kichiklar uchun ham birday qiziqarli, jozibali xalq kitobi sifatida ta'sir etib kelmoqda.

Ertaklar - yaxshilikka yetaklar, deb xalqimiz bejizga aytishmagan. Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ertaklarda voqealar, asosan, mo'jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo'jiza yoki fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan bog'lab, haqiqat, ozodlik, to'g'rilik, odamiylik kabi didaktik g'oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag'ishlaydi, tinglovchi e'tiborini o'ziga jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg'ular dunyosiga g'arq etadi. Umumlashtirilgan holda ertakka xos quyidagicha ta'rif e'tirof etilgan: "Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deb ataladi". Darhaqiqat, ertaklar bolalarga mo'ljallangan ijod turi bo'lib, ularni tuzilishi jihatidan bolalarning yosh xususiyatiga ko'ra quyidagicha tasniflash mumkin:

Kichik yoshdagi bolalar ertaklari (2 yoshdan 6 yoshgacha); o'rta yoshdagi bolalar ertaklari (7 yoshdan 11 yoshgacha); o'smir yoshdagi bolalar ertaklari (12 yoshdan 16 yoshgacha). Kichik yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalarga aytiladigan ertaklarning voqeasi juda sodda, ishtirok etuvchi ertak qahramonlari va personajlarining ham soni 3-4 nafardan oshmaydi. Ularning ham aksariyati bolalarga tanish uy hayvonlari, parrandalari, qushlar yoki o'rmon hayvonlari, shuningdek, oila a'zolariga o'xshagan nomlari tanish (ota-ona, bobo-buvi, tog'a va shu kabi) kishilardan iborat. Bunday ertaklar, xususan, bolalarni ovutish, fikrini biror narsaga jalb qilish, biror foydali odatga o'rgatish, ularga notanish hayvonlarning o'zini, xarakterini tanishtirish maqsadida aytiladi. O'rta yoshdagi (7 yoshdan 11 yoshgacha) bolalar ertaklari - u yoshdagi bolalarning xotirasi, fikrlash doirasi ancha takomillashgan bo'lib, ular oila, turmush haqida qisman tushunchaga ega bo'ladilar. Ularga yanada fikran chuqurroq, biroz bo'lsada o'ylab, xulosa chiqarishga undaydigan ertaklar tavsiya etiladi. Shunday qilib, o'zbekning butun fazilati, falsafasi, donoligi, dunyoqarashi, oliy himmatliligi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati maqollarda aks etgan. Insondagi mehnatga muhabbat, ishq tuyg'ulari qo'shiqlarda eng go'zal ichki kechinmalar sifatida ifodalangan. Ertaklarda xalqimizning eng oliy orzu-havaslari namoyon bo'ladi. Ular bilan tanishgan yosh avlod o'zbek uchun vatan, xalq, oila, mehnat, ilm, g'urur naqadar muqaddas tushunchalar ekanini anglab yetadi.

2021-Yilda qabul qilingan Milliy o'quv dasturi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi darslikda VII bo'lim ."Ertaklarning sehirli olamidan bahra olamiz" bo'limida o'quvchilarga "Shirin uyqu","Och bo'ri","Yo'lbars bilan tulki","Suv bilan daraxt" kabi mavzudagi ertaklar berilgan.Ertaklarni o'qish orqali o'quvchilarni ma'naviyatini boyitib boramiz.

Ertaklar-to'qima va uydirmaga asoslangan,sehirli-sarguzasht va maishiy

Xalq og'zaki ijodining janrlaridan biri.

Og'izdan og'izga o'tib kelayotgan hikoya.

Muallifi ma'lum

Muallifi ma'lum bo'lgan ertaklar.Ular sheriy shaklda ham yoziladi.

Maqol-deganda hayotning eng xilma-xil hodisalarini ifodalovchi va to'liq gap shakliga ega bo'lgan, tuzatuvchi xarakterga ega bo'lgan maqsadli majoziy so'z tushuniladi.Maqollar ishchilarning ko'plab ma'naviy ehtiyojlarini qondirdi: kognitiv va intellektual (tarbiyaviy), ishlab chiqarish, estetik, axloqiy va boshqalar.Maqollar qadimiylik emas, o'tmish ham emas, xalqning jonli ovozi xalq o'z xotirasida faqat bugun kerak bo'lgan va ertaga kerak bo'ladigan narsanigina saqlaydi. Maqolda o'tmish haqida gapirilsa, u bugun va kelajak nuqtai nazaridan baholanadi - aforizmda aks etgan o'tmish xalq ideallari, umid va intilishlariga qay

darajada mos kelishiga qarab qoralanadi yoki tasdiqlanadi.

Qo'shiqlar xalq she'riyatining topishmoq va maqollarga qaraganda ancha murakkab shaklidir. Qo'shiqlardan ko'zlangan asosiy maqsad go'zallikka muhabbat uyg'otish, estetik qarash va didni rivojlantirishdan iborat. Qo'shiq xalq hayotining barcha jabhalari, jumladan, yosh avlod tarbiyasi yuksak poetiklashtirilganligi bilan ajralib turadi. Qo'shiqning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, go'zal kuylashni o'rgatgan bo'lsa, u o'z navbatida go'zallik va ezgulikka o'rgatgan.Bolalar va yoshlarni mehnat tarbiyasida qo'shiqning ahamiyati beqiyos. Yuqorida aytib o'tilganidek, qo'shiqlar mehnat jarayoniga jo'r bo'ldi va rag'batlantirdi, ular ishchilarning mehnat sa'y harakatlarini muvofiqlashtirish va birlashtirishga hissa qo'shdi.

TADQIQOT NATIJASI

Turk xalq ijodi va o'zbek xalq ijodi bir-biriga o'xshash bo'lib,o'quvchini ma'naviyatini ,qadiryatlarini ,axloqiy omillar va urf-odatlarini o'sib kelayotgan yosh avlodga yetkazib berishni ta'minlaydi.1-2-3-4-sinflarning o'qish savodxonligi darsligida xalq og'zaki ijodidan biri ertaklar,maqollar,topishmoqlar berilgan bo'lib,bu o'quvchini tafakkurini oshiradi,fikrlashga undaydi,hayotiy darslarni olishadi.

DISKUSSIYA

Ma'lumki, har bir xalq pedagogikasi boshqa xalqlar pedagogikasi bilan bog'liq holda yaratilgan. SHu sababli ham ularning ijtimoiy siyosiy va madaniy hayotlari, tarixiy taqdirlari ifodalangan urf-odatlarida, an'analarida o'xshashlik mavjud. Bu o'xshashlik ularning mehnat va

nafosat tarbiyasida aqliy va axloqiy tarbiya usullarida yorqin ko'rinadi.O'rta Osiyo xalqlari tarixiy etnogirafik jihatdan yaqin aloqada bo'lganlar. Etnografik pedagogika ilmiy pedagogikaning uzviy qism sifatida bir xalqning ma'naviy madaniyati, urf-odatlari, an'analariga xos xususiyatlarining majmuidir. U o'z vazifasiga ko'ra har bir xalqning bola tarbiyasi haqidagi fikri va tajribalarini o'rganadi.Ilk ibtidoiy jamiyatda urf-odatlar kishilarning mehnati zaminida vujudga kelgan va jamiyat rivojiga, kishilar ongining o'sishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Kishilar o'z mehnatlari, hatti-harakatlarini urf-odat va an'analar orqali davom ettirganlar. Bu holat ularning mehnat malakalarining o'sishiga jiddiy ta'sir etgan, ularda kuchli his hayajon uyg'otgan. Har bir kishi urf-odatlar orqali jamoa bilan uzviy bog'langan, jamoaning ijtimoiy vazifalarini, axloqiy qonun-qoidalarini orzularini o'rgangan, anglagan. Shu bois urf- odat va an'ana har bir inson hissiyotiga, hatti- harakatiga kuchli ta'sir qiluvchi hodisa bo'lgan.

O'zbek xalqi ko'p asrlik tarixiy taraqqiyotida milliy xususiyati, yashash joyiga ko'ra, urf-odatlari va an'analari, dunyoqarashi, ruhiyati va orzulari mujassamlashtirilgan iqtisodiy va ma'naviy madaniyatini yaratdi. U yaratgan maddaniy boyliklar, yodgorliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo'lib xizmat kildi. Chunonchi, Ismoil al-Buxoriy, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy , Abu Ali ibn Sino, Rudakiy, Firdavsiy, Abu Rayxon al-Beruniy , Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sa'diy, Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Fariddin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa allomalar o'z asarlarida axloq, odob, nafosat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik g'oyalarini bayon etishda xalq pedagogikasidan samarali foydalanadilar.

XULOSA

Insoniyat taraqqiyotida avloddan-avlodga ko'chib, tarix sinovlaridan o'tib kelayotgan umuminsoniy va madaniy-ma'naviy qadriyatlar, milliy an'analar, axloqiy omillar va urf-odatlar muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Chunki ular xalqning jamoa ijodkorligining mahsuli bo'lib, insonlarning talab-ehtiyojlari zamirida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvuri, dunyoqarashi, tafakkuri, orzu-armonlari, e'tiqodi va axloq-odob qoidalarini o'zida mujassam etgan, jamiyatning ma'naviy-madaniy rivojiga katta hissa qo'shuvchi moddiy va ma'naviy boyligi bo'lgan.Xalqning bu boyligi, birinchi navbatda asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan o'zbek xalq og'zaki ijodi asarlari - qo'shiq, maqol, topishmoq, afsona, rivoyat, latifa, ertak, naql va dostonlarda o'z aksini topgan. Chunki ularda xalqning pedagogik g'oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, ma'naviy-axloqiy ideallari o'ziga xos yo'sinda aniq, ibratli va qiziqarli tasvirlargan, hikoya qilingan voqea-hodisalarda o'rnak bo'ladigan o'gitlar berilgan, xalqning hayotiy tajribasi, milliy an'analari, urf-odatlari va falsafasi bayon etilgan. Xalq og'zaki ijodi asarlari badiiy jihatdan yuksak takomilga ega ekanligi, tinglovchilarning, ayniqsa, yosh bolalarning oson tushunishiga, idrok etishiga qulayligi tufayli xalq pedagogikasining eng muhim, ko'p qamrovli va tarbiyaviy ta'siri g'oyat kuchli tarmog'i hisoblanadi.

REFERENCES

1. Nafisa Saydullayevna Karimova Boshlang'ich sinf o'quvchilarini axloqiy tarbiyalashda,xalq og'zaki ijodidan foydalanish. Academic Research in educational sciences volume 4 ISSUE 2023 ISSN:2181-1385

2. Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qo'llanadigan tayanch kompetensiyalar. Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 | 2022.

3. A.B. Rakhmonovich, A.N. Bakhtiyorovna. The main motives and tasks of children's folklore. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL).

4. Nigora Baxtiyorovna Adizova. Boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqini o'stirishda

5. mustaqil ishlarning o'rni va ahamiyati. Scientific progress.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.