SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
EFFECTIVE WAYS TO USE FOLKLORE EXAMPLES IN PRIMARY
SCHOOL LESSONS Kasimova Odinaxon Alimjonovna Nizomiy nomidagi TDPU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6471067
Annotation: This article discusses the role of folklore in the educational process, the educational significance of content of folklore, as well as the pedagogical basis for the use offolklore in the educational process.
Key words: mature person, parents, family, pedagogue, school, morality, upbringing, spiritual and moral values, national values, society, nation, people, folklore.
BOSHLANGICH SINF TARBIYA DARSLARIDA XALQ OG'ZAKI IJODI NAMUNALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI YO'LLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada xalq og'zaki ijodining ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o 'rni, xalq og 'zaki ijodi na 'munalarining tarbiyaviy ahamiyati, mazmun-mohiyati, hamda xalq og'zaki ijodidan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanishningpedagogik asoslari to 'g 'risida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: barkamol inson, ota-ona, oila, pedogog, maktab, odob-axloq, tarbiya, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, jamiyat, millat, xalq, xalq og'zaki ijodi na'munalari.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilayotgan keng islohotlar vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelajakdagi boshqaruvchilari-yangi avlod tarbiyasiga qaratilmoqda. Yurtimizda azal-azaldan umuminsoniy va o'zbekona qadriyatlami,milliy urf-odat va an'analarni ulug'lash,ularga chuqurroq nazar tashlab kelajak avlodga yetkazish
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
uchun e'tibor qaratib kelingan.Mustaqil Vatanimizga har tomonlama yetuk,mukammal, axloqiy pok, yuksak ma'naviy hislatlarga ega,iymon-e'tiqodi butun,o'z xalqi, o'z ona- Vataniga fidoiy, barkamol insonlarni tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri sifatida qaralmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev kelajak yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib: "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,yuksak intelektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib,dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi,baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz "1 deb takidlaydilar
Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o'quvchilarda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan.
O'quvchilarning qiziqishlari, qobiliyati mos ravishda o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra, ko'lamiga ko'ra, kelib chiqish manbaiga ko'ra turkumlanishi asosida Interfaol metodlar: "Case study" (yoki "O'quv keyslari"), "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Munosabat"; Strategiyalar: "Galereya", "Rotatsiya", "Yumaloqlangan qor"; Grafik organayzerlar: "Konseptual jadval", "Insert", "Nima uchun jadvali" kabilardan samarali foydalanish mumkin. Albatta bunda, shakl va mohiyatiga ko'ra turkumlangan metodlarni tanlashda o'qitish maqsadi bilan o'qituvchilarning kuchli bilimi va salohiyati, dunyoqarashi keng, insonparvarlik, vatanparvar, tashabbuskor, ijodkor, madaniyatli va savodli nutq, kasbiy mahorati, o'z kasbini sevish - o'ziga ishonch yotadi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ta'lim maqsadlari o'quvchini faqat tayyor bilimlarni o'zlashtirib olishga emas, aksincha, bola bilimni qidirib topishiga erishish, o'z xulosasini chiqara olishga o'rgatish, tanqidiy munosabat bildira olishiga erishish bugungi kunda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning bosh maqsadiga aylanmoqda.
Maktabda o'qitiladigan har bir fan, asosan tarbiya fanining har bir mavzu o'quvchi ma'naviy qiyofasining boyishiga hissa qo'shib boradi.Ayniqsa, xalq og'zaki ijodi namunalari bolalarga kuchli ma'naviy ta'sir ko'rsatish imkoniga ega.Tez aytish, maqollar, ertaklar tajribada sinalgan, minglab yillar davomida jamiyat a'zolarini eng yaxshi fazilatlar sohibiga aylantirgan tarbiya vositalari hisoblanadi.Tez aytish, maqollar, xalq ertaklari mazmun jihatidan boy, shakl jihatidan xilma-xildir.Ularning paydo bo'lishi ham uzoq o'tmishdan boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.Xalqning umumiy dahosi mahsuli bo'lgan folklor materiallari aynan bir xalq, bir millat tomonidan yaratilsa ham, umuminsoniy qiymati kuchli hisoblanadi.
Shuning uchun ham tez aytishda, maqollarda, ertaklarda turli xalqlarda yaratilgan, mazmun jihatidan bir xil, yoki bir-biriga yaqin bo'lgan materiallar uchrab turadi.Bu hol xalq og'zaki ijodini umumbashariy ta'siriga ega ekanligidan dalolat beradi. Tez aytishlar, maqollar, ertaklar mazmuniga qarab, yoshlarni tarbiyalashni turli yo'nalishlarini, aqliy, axloqiy, jismoniy, ruhiy, estetik, mehnatsevarlik va boshqa xususiyatlarni tarkib toptirishga qaratilgan bo'ladi.
Inson kamolotining biror sohasi yo'qki, unga tez aytish, maqollar, ertaklar ta'sir etmagan bo'lsin. Tarbiya fanidagi ayrim materiallar yoshlarni tarbiyalashni qonun-qoidalari, printsiplari, metodlarini aks ettirish bilan ajralib turadi.Shunday imkoniyatlarga ega bo'lgan xalq og'zaki ijodi boshlang'ich sinflarda tarbiya fanining asosiy mazmuni tarkibiga kiritilgan holda o'rganib kelinmoqda. Folklorshunos olimlarning tadqiqotlarida xalq og'zaki ijodi janr xususiyatlari, badiiy qiymati, paydo bo'lishi va taraqqiyoti haqidagi qarashlari katta ilmiy ahamiyatga ega ekanligini tan olish zarur. Ma'lumki, inson barkamolligi uning
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ma'naviy qadriyatlar haqidagi xalq og'zaki ijodi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirishda, kundalik faoliyatlarida doim amalga oshirib borishlari uchun eng qulay vositadir. Zero, xalq og'zaki ijodi bolalar hayotida alohida o'rin tutadi. Ular o'quvchilarga samarali tarbiyaviy ta'sir qilib, ma'naviy va axloqiy shakllanishlarida katta yordam ko'rsatadi.
Xalq og'zaki ijodi milliy ozlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan g'oyalarni ruhiyatga singdirish katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiya va talimning milliy xususiyatlari ham xalq og'zaki ijodida oz o'rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bogliq ekanligi qanchalik haqiqat bo'lsa, o'quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash zarurati bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Milliy axloqiy tarbiya xalqning o'z-o'zini saqlash va istiqbolini taminlash omili bo'lib hisoblanadi.
Boshlang'ich ta'limda darsning noan'anaviy tarzda tashkil qilinishi o'qituvchi va o'quvchining samimiy munosabati, kichik guruh a'zolarining faolligi, jamoa bo'lib ishlashga o'rgatish, bolada guruh ishtirokchisi sifatida tashabbuskorlik, aniq maqsadga intilish, ijodkorlik, o'z fikrini bayon qilish madaniyati, bunyodkorlik sifatlarini shakllantiradi. Bu jarayon, albatta, o'qituvchidan darsni rejalashtirish va loyihalashtirish mahoratini, barcha o'quvchilarning bir xil ishlashlariga erishish, kreativlik, kommunikativlik, tashkilotchilik, perseptivlik qobiliyatlarini rivojlantirishni talab etadi.
Boshlang'ich sinf tarbiya darsalarida xalq og'zaki ijodidan bolalarga topishmoq aytish, uning javobini topish va xulosalar chiqarish, o'quvchilarni faqatgina o'sha aytilayotgan topishmoqning javobini topish uchun harakat qilishidagina emas, balki bolalar o'rtasida bir-biriga mehr, do'stlik, o'rtoqlik, hamjihat bo'lib harakat qilish kerakligi haqida fikrlar bildirilgan. Tarbiya darslarida xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda boshlang'ich sinf pedagog-tarbiyachilari tomonidan bolalarni tarbiyasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati va yo'nalishiga
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ko'ra rejalashtirish va tashkil qilish funksiyalari quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi:
- maqsadi, vazifasi va shakliga ko'ra xalq og'zaki ijodi turlaridan foydalanish uchun mashg'ulot va uchrashuv, suhbat jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish;
- modellashtirish, ya'ni tashkil qilinadigan pedagogik jarayonlarda xalq og'zaki ijodidan foydalanishda o'quvchilar uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda faolligini ta'minlash bo'yicha vazifalarni oldindan belgilash;
- yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud vaziyatlarga ko'ra tarbiya darslarini tashkil etilishini nazorat qilish, ibrat, namuna ko'rsatish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash asosida rag'batlantirish.
Boshlang'ich sinf tarbiya darslarida xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish jarayonining ishlab chiqilgan pedagogik-tashkiliy tuzilmasi (modeli)ni amaliyotda to'liq joriy etish orqali boshlang'ich sinflarda tashkil qilingan tarbiyaviy tadbir, mashg'ulotlar, oilaviy marosimlar natijasida pedagogik samaradorlikka erishiladi. Ushbu modelning amaliyotga tatbiq etilishi boshlang'ich sinf tarbiya darslarini xalq og'zaki ijodidan foydalanish tizimini takomillashtirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keldi:
- xalq og'zaki ijodidan foydalanib tarbiya darslarini takomillashtirishda falsafiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy yondashuvning mazmun mohiyatini anglashga erishiladi;
- boshlang'ich sinf tarbiya darslarni takomillashtirishda xalq og'zaki ijodi namunalariga tayanish zarurligi asoslandi;
- boshlang'ich sinf Tarbiya darslarni takomillashtirishda xalq og'zaki
ijodidan foydalanishda —Sinkveynll, —Art-texnologiyall, —Eventl
texnologiyalarini qo'llash orqali yuqori samardorlikka erishiladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyida topshiriqdan na'muna keltiramiz:
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Topshiriqqa misol: O'qituvchining guruhga beradigan topshirig'i o'quvchi shaxsini rivojlanishi va shakllanishiga ta'sir etuvchi xalq o'zaki ijodining asosiy omillarni hayotiy misollar bilan sharhlab berish kerak.
Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko'proq sonda javob variantlari berishi kerak. Bir varaq qog'ozga yozilgan topshiriq bir o'quvchidan ikkinchisiga uzatiladi. O'quvchi javobni yozib, qog'ozni keyingi o'quvchiga uzatadi, ruchkasini esa, o'ziga ro'baro' qilib, stolga qo'yib qo'yadi. Javobni bilmaydigan o'quvchi qog'ozni keyingi o'quvchiga uzatadi-yu, lekin ruchkasini qo'lida olib qoladi. Bu metodikaning yana bir sharti: bitta variantni ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha aytganda, qaytariqlar bo'lishiga bu o'rinda yo'l qo'yilmaydi.
Topshiriq bajarildi. Javob variantlari yozilgan qog'oz o'qituvchida. U o'sha variantlarni sanab o'tadi. Variantlar sanab o'tilar ekan, ularning biri muhokama qilib boriladi: Insondagi tug'ma qobiliyatni qanday izohlaysiz? Bolani o'rab turgan ijtimoiy muhit deganda nimani tushunasiz? Va hokazo. «Ruchka stol o'rtasida» metodi bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan, o'qituvchi mashg'ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko'rib turadi:
Mashg'ulotga tayyorlanmagan o'quvchi og'zaki muhokama paytida ko'rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar olishi mumkin;
- bu guruhda olib boriladigan ish bo'lib, o'quvchilar intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki o'z variant ustida juda uzoq o'ylab o'tiradigan talaba butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi.
Shuningdek, o'quvchi mashg'ulotga tayyor bo'lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishlashi kerak bo'ladi;
- o'quvchilar o'z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og'zaki muhokama vaqtida tahlil qilib borishadi.
Shunday qilib, tarbiya darslarida qo'llaniladigan mazkur interfaol usullar o'quvchilarning mustaqilligi, ishchanligi, uyushqoqligi, xushmuomalaligi, ijodiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam beradi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz", 0'zbekiston-2017.
2. Mirziyoyev SH.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz", 0'zbekiston-2017.
3. Mirziyoyev Sh.M. "Ta'lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan videoselektor mavzusida", 30.10.2020.
4. Haydarov M. "Xalq og'zaki ijodi na'munalarida tarbiya masalalari", Fan,
2004.
5. To'rayev S. "Folklorshunoslik: udumlar, qadriyatlar, marosimlar", Mehnat,
2005.
6. Madayev O. "O'zbek xalq og'zaki ijodi", Mumtoz so'z, 2010.
7. Madayev O., Sobitova T. "Xalq og'zaki poetic ijodi", Sharq, 2010.
8. Zamonov Z. va boshqalar. "Tarbiya" o'qituvchi uchun metodik qo'llanma, Zamin nashr, 2020.
9. www.ziyonet.uz
10.www.pedagog.uz