Научная статья на тему 'MA’NAVIY TARBIYA ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SHAXS SIFATIDA SHAKLLANTIRISH'

MA’NAVIY TARBIYA ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SHAXS SIFATIDA SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
axloq / ma’naviy tarbiya / axloqiy ong / axloqiy xulq atvor / ma’naviy-axloqiy rivоjlanish / tasavvur / madaniy xulq-atvоr.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Safarova Ma’rifat Shomrotovna

Maktabgacha pedagоgika yosh avlоdni barkamol shaxs etib voyaga yetkazishda ma’naviy axloqiy tarbiyani muhim оmil dеb hisоblaydi. Ushbu ishda maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalash zaruriyati, hamda yning o’ziga xos xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY TARBIYA ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SHAXS SIFATIDA SHAKLLANTIRISH»

MA'NAVIY TARBIYA ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SHAXS SIFATIDA SHAKLLANTIRISH

Safarova Ma'rifat Shomrotovna

Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, 14-sonli DMTT https://doi.org/10.5281/zenodo.11288116

Annotatsiya. Maktabgacha pedagogika yosh avlodni barkamol shaxs etib voyaga yetkazishda ma 'naviy - axloqiy tarbiyani muhim omil deb hisoblaydi. Ushbu ishda maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy - axloqiy tarbiyalash zaruriyati, hamda yning o'ziga xos xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: axloq, ma'naviy tarbiya, axloqiy ong, axloqiy xulq atvor, ma'naviy-axloqiy rivojlanish, tasavvur, madaniy xulq-atvor.

Tarbiya bolalar madaniyatining poydevori. Murg'ak qalbda madaniyatning negizlari dastlab oilada kurtak yozadi. Ota-ona, buva-buvi, yaqinlarning madaniy xulqlari, tarbiyaviy o'gitlari farzandda madaniy ko'nikmalarning shakllanishiga namuna bo'ladi. Elementar odob-axloq madaniyati ko'nikmalari malakalarga, fazilatlarga aylanib boradi. Shuning uchun xalqimizda qadim-qadimdan farzand tarbiyasiga, uning xulqiga alohida e'tibor berilgan. Xulq madaniyatini xalq odob deb atagan. Bunga "Bola aziz, odobi undan aziz" degan qadimiy maqol dalil.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar madaniyatining asoslari shakllantiriladi. Ular mehribonlik, do'stlik, tartiblilik, xushfe'llik, shirinso'zlik, degan so'zlar bilan tanishadilar. Ularning namunalarini ota-ona, tarbiyachilarida ko'ra boshlaydilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalar madaniyatini shakllantirishda xalq og'zaki ijodiga nazar solmasdan bo'lmaydi. Ma'naviyat - madaniyatning o'zagi. Xalqimizning ma'naviy tarbiya xazinasi bo'lgan boy milliy xalq og'zaki ijodi hech qachon o'zining qadrini yo'qotmagan. Birgina ertaklarimizning bola madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyati beqiyosdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga tartiblilik, intizomlilikni o'rgatish ularning kelajakda qanday shaxslar bo'lib yetishishlarini belgilashda katta o'rin egallaydi. Tarbiyada arzimagan narsa bo'lmagani kabi, bolani o'rab turgan har bir narsa uning tarbiyasiga ta'sir o'tkazadi. Bolalarning qiziqishlarini to'g'ri yo'naltirish borasida juda ko'p izlanishlar olib borilgan. Lekin ularni to'g'ri oqimga solish pedagogdan katta mahorat talab etadi.

"Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham, kelajagi yo'q" - Muhtaram Prezidentimizning gaplari hozirgi kunda ayni haqiqat. Bolalarimizga kitobxonlik madaniyatini ham o'rgatishimiz aynan maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlanadi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbusning bittasi kitobxonlikni rivojlantirishni tizimli tashkil etishdir. Aynan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda madaniy xulq ko'nikmalarini shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda har bir ota-onaning asosiy vazifasidir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta'minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma'naviy ta'lim va tarbiya o'zaro bog'liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxs ma'naviy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma'naviy tarbiya bolalarga ma'naviy-axloqiy munosabatlar

mohiyati to'g'risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma'naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish ma'naviy ongini shakllantirish jarayoni bo'lib, izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.

Maktabgacha pedagogika yosh avlodni ma'naviy rivojlanishida tarbiya va tarbiyani muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, maktabgacha tarbiya davri bolaning ma'naviy shakllanashida eng muhim boshqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga yo'naltirilgan tarbiya-tarbiya ta'sirida shaxsning ijobiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabatlarida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab ma'naviy tarbiya berib borish muhimdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy tarbiya vazifalari quyidagilar:

1.Bolalarda axloqiy his-tuyg'ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.

2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.

3. Xulqdagi salbiy sifatlarni barham toptirish.

Ma'naviy tarbiya maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda amalga oshirish. Turli xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o'yin, ommaviy axborot vositalari - oynai jahon, radio va boshqalar bolalarning ma'naviy- axloqiy tarbyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi ozlashtirib oladilar.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- g'oyaviy va tarbiya ishining ma'lum maqsadga qaratilganligi;

- ta'lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;

- axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish;

- bolalarning faolligi;

- oila va MTTlarining tarbiyaviy ta'sirining birligi;

- bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;

- bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko'zda tutish.

Ma'naviy tarbiya tamoyillarini pedagogik shart-sharoit bilan qo'shib amaga oshirish bolaning shaxs sifatida shakllanishida samarali ta'sir etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ma'naviy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Ma'naviy tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo'linadi:

1-guruh. Axloqiy ongni, axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xohishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.

2-guruh. Madaniy xulq-atvor, ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan metodlar.

3-guruh. Axloqiy his tuyg'ular va munosabatlarni rag'batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar.

Bu guruh metodlariga qo'yiladigan asosiy talablar asosan:

- bolalarning yaxshilik, yomonlik to'g'risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish;

- axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning ozlarini faol qatnashtirish;

- har bir bolaning his-tuyg'usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lish.

Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan barcha metodlar orqali bolalarga axloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o'rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, keyinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa ma'naviy tarbiya asosi sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxs sifatida shakllantiradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar ma'naviyatini shakllantirish bosqichlarini ishlab chiqish zarur bo'lib, fikrimizcha bu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:

- tarbiyalanuvchilar ma'naviyatining shakllanganlik darajasini o'rganish;

- tarbiyalanuvchilar ma'naviyatini shakllantirish muammosining mazmunini aniqlash, shakl va metodlarini tanlash;

- tarbiyalanuvchilar ma'naviyatini shakllantirish bo'yicha aniq maqsadga qaratilgan pedagogik jarayonni amalga oshirish.

Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalardagi harakterning ijobiy na'munalarini, ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda ma'naviy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595-son Qonuni. 2019 yil 16 dekabr. www.lex.uz

2. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - T.: O'zbekiston, 2017.

3. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika". -T.,"Ma'naviyat", 2013.

4. Shodmonova Sh. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi (o'quv-metodik qo'llanma). - T.: "Fan va texnologiya", 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.