Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Toshev Olmas Nuriddinovich

Sharq mutafakkirlarining tarbiya masalasidagi qarashlarida tarbiya qancha erta boshlansa shuncha samarali bo‘lishi ta’kidlangan. Uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimida olib borilgan ma’naviy tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi”gi qonunida maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi deb ko‘rsatilgan.[1] Demak maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog tarbiyachilar ma’naviy tarbiya masalasiga katta ahamiyat qaratishlari lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISH

Toshev Olmas Nuriddinovich

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Ijtimoiy fanlar"kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11234675 Sharq mutafakkirlarining tarbiya masalasidagi qarashlarida tarbiya qancha erta boshlansa shuncha samarali bo'lishi ta'kidlangan. Uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bo'g'ini sifatida maktabgacha ta'lim tizimida olib borilgan ma'naviy tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi"gi qonunida maktabgacha ta'lim va tarbiya — bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turi deb ko'rsatilgan.[1]

Demak maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog tarbiyachilar ma'naviy tarbiya masalasiga katta ahamiyat qaratishlari lozim.

Professor olimlar M.Sharifxodjaev va Z.Davronovlar fikricha ma'naviyat insonlarda yuqori darajada kamol topgan insonparvarlik hislatlarini yig'indisidir. Ta'rifdan ko'rinib turibdiki, ma'naviyat keng qirrali sermazmun va insondagi nozik tomonlarni qamrab olgan falsafiy tushunchadir.[2] Yuksak ma'naviyatga esa ma'naviy tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish bilan erishiladi. Ma'naviy tarbiya yuksak ma'naviyatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, muayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barqarolik, ruhiy axloqiy, ma'naviy yetuklik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim va tarbiya jarayonini ifodalovchi tushunchadir.[3]

Tarbiyaning maqsadi shaxsni har tomonlama va uyg'un kamol toptirish, uning ma'naviy, axloqiy-estetik qadriyatlarini shakllantirish, yuksak darajada uyushgan va shakllangan jamoalarni vujudga keltirishdir.[4]

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola shaxsining rivojlanishini hisobga olib, shuni ta'kidlash kerakki, uning shaxsiy rivojlanishi tug'ilgan paytdan boshlanadi. Ularning rivojlanishi va maqsadga muvofiq tarbiya jarayonida bola kattalar yordamida jamiyatda qabul qilingan talablar, normalar va xulq-atvor qoidalari bilan tanishadi. Dastlabki bilim olish jarayonida ularda tizimli va umumlashtirilgan g'oyalar shakllanadi. Bilim va g'oyalar asosida bolada muayyan talab, axloqiy me'yor, sifatga bo'lgan munosabat rivojlanadi, bu esa egalik va zaruriyatning tashqi motivi paydo bo'lishini taqozo etadi. Shu tufayli maktabgacha yoshdagi bola elementar axloqiy maqsad va vazifalarni belgilab olish, uning hatti-harakati va harakatlarida ifodalangan qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish imkoniyatiga ega.

Ma'lumki, maktabgacha yosh davri ijtimoiy ta'sirlarga nisbatan sezuvchanlikning ortishi bilan tavsiflanadi. Bola bu dunyoga kelib, hamma narsani: muloqot yo'llari, xatti-harakatlari, munosabatlarini o'ziga singdiradi, shu maqsadda o'z kuzatishlari, empirik xulosalari, kattalarga taqlid qilishlaridan foydalanadi. Va bularni o'zida sinaydi, oxir-oqibat inson jamiyatda hayotning asosiy normalarini o'zlashtirish mumkin.[5]

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida beriladigan ma'naviy tarbiya ta'limning keyingi bosqichlarida yoshlarni ma'naviy kamolatiga zamin xozirlaydi. Tarbiya-insonning ma'naviy qiyofasi, axloqiy va ma'naviy qadriyatlar esa tarbiya ta'sirida shakllanadi.Ta'lim ijtimoiy hayotning ham o'ziga xos sohasidir. Ta'lim-tarbiya (individual bilish faoliyati), ta'lim va o'z-

o'zini tarbiyalash, rivojlanish va o'z-o'zini rivojlantirish, o'sib borish va ijtimoiylashuvning birligini ifodalaydi.

Abdurauf Fitrat bola tarbiyasi haqida fikr bildirar ekan "Agar saodat, izzat, osoyishtalik, rohat, sharaf, nomus va e'tibor kerak bo'lsa, tezroq avlod tarbiyasi usullarini bilib olib, bolalarimizni shu usul va qoidalar asosida tarbiyalashimiz lozim" deya takidlagan edi.[6]

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy tarbiyani olib borishning yana bir ahamiyatli tarafi shundaki bu yerdagi muhit bitta bolaning emas butun bolalar jamoasiga ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyalanuvchilar turli hil oilaviy muhitlarda tarbiyalangan, lekin ular maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bitta bolalar muhitda tarbiyalanadi. Bu esa ma'naviy tarbiyani barcha bolalarda bir hilda amalga oshirish bilan ahamiyatlidir.

Maktagacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga dastlabki odob axloq qoidalari to'g'risidagi tarbiyalar beriladi. -Inson odobiga oid sehrli so'zlar "Rahmat", "Marhamat", "Yaxshi keldingizmi", "Labbay", "Xayr yaxshi boring"degan so'zlar bilan tanishadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nafaqat bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishga, balki bola shaxsini - xarakteri, irodasi, qobiliyatlari va qiziqishlarini shakllantiriishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bola shaxsining rivojlanish darajasini ko'rsatadigan mezonlardan biri. Bolaga ta'lim-tarbiya berish jarayonida shakllanadigan axloqiy normalar, e'tiqodlar, maqsadlar, his-tuyg'ular, bolaning xulq-atvorida namoyon bo'ladigan ma'naviy qarashlar, shuningdek bilimlar, e'tiqodlar va xulq-atvorning uyg'unligi bilan belgilanadi.

Bola o'zini qadrlagan, sevgan, tushungan, himoyalangan joyida qulay his qiladi. Bu jamoa axloqiy munosabatlar hukmron bo'lgan jamoadir. Ko'p narsani bajara olish qo'lidan kelmaydigan bola ko'pincha tengdoshlarining tanqidiga, hatto qattiq tanbehlariga duch keladi. Shu sababli, bolalarning munosabatlari hamdardlik, g'amxo'rlik kabi axloqiy asoslarga qurilsagina bunday jamoa har bir bola uchun zarurdir. Bolalarning axloqiy tarbiyasiga asoslangan bolalar muhitidagi jamoaviy munosabatlar, har qanday maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi layoqatida namoyon bo'ladigan, keyinchalik qobiliyat bilan rivojlanishi mumkin bo'lgan, tengdoshlar guruhida bolaning o'zini-o'zi anglash shartlaridan biri bo'lishi mumkin. Bolaning shaxsiy kechinmalari boshqa bir bolaga yo'naltirilishi juda muhimdir, chunki bu boshqa bolaga hissiy yo'naltirish jarayoni bo'lib, u maktabgacha yoshdagi bolaning tengdoshlar guruhiga kirishini osonlashtiradi va unda bo'lishini nisbatan qulayligini ta'minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, tarbiya jarayonida tarbiyachi tarbiyalanuvchi ongiga ma'naviy-axloqiy tarbiya tamoyillarini singdirish va tushuntirish shaxsni shakllantirish maqsadida uning his-tuyg'ulari, xulq atvori va muomala-munosabati tizimiga faol ta'sir etish uchun turli usul, shakl va medod, vosita va omillar samarali foydalanishi lozim. Bunda tarbiyalanuvchilar ma'naviyatini shakllantirishda quyidagi tamoyillarga amal qilish talab etiladi. Yosh xususiyatini inobatga olish, muammolik va natijani oldindan ko'ra bilish, tizimlilik, hamkorlik, insonparvarlik, nazariya amaliyot bilan aloqasi, tarbiya jarayonida milliy pedagogika asoslarida to'g'ri foydalanish, ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595-son Qonuni. www.lex.uz

2. M.Sharifxo'jaev "Ma'naviyat asoslari" Toshkent 2006 y 23 b.

3. «Ma'naviyat» asosiy tushunchalar izohli lug'ati G'afur G'ulom nomidagi nashriyoti. Toshkent-2010.317.b

4. R.Mavlonova, O.To'raev, K.Xoliqberdiev «Pedagogika» T.: "O'zbekiston" 2001 y 92 b

5. S.A.Kozlov, T.A.Kulikova «Doshkolnaya pedagogika» Moskva. «Akademiya» 2001. 62 st

6. Abdurauf Fitrat "Oila yoki oilani boshqarish" T.:2006 "Ma'naviyat". 55 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.