Научная статья на тему 'Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani tashkil etishning o‘ziga xosligi'

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani tashkil etishning o‘ziga xosligi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
jismoniy tarbiya / malaka / ko‘nikma / kompеtеnsiуa / ta’lim / tarbiya / metod / prinsip / salohiyat / imkoniyat / rivojlanish / takomillashuv / salomatlik / sog‘lik / faoliyat / jarayon

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Malika Otabek Qizi Ro‘Ziyeva, Mohigul Baxshillo Qizi Davronova

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va bu jaraуonlarini to‘g‘ri, maqsadli va izchil tashkil еtish, ta’lim-tarbiya jarayonlarining muvaffaqiyatli tashkil etilishi va amalga oshirilishi, bolalarning salomatligini mustahkamlash, ularga jismoniy tarbiya berish va madaniygigiyenik malakalarni shakllantirish, jismoniy tarbiya berishning vazifalari, prinsiplari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani tashkil etishning o‘ziga xosligi»

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani tashkil

etishning o'ziga xosligi

Malika Otabek qizi Ro'ziyeva Mohigul Baxshillo qizi Davronova Vobkent pedagogika kolleji

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlari va bu jaraуonlarini to'g'ri, maqsadli va izchil tashkil еtish, ta'lim-tarbiya jarayonlarining muvaffaqiyatli tashkil etilishi va amalga oshirilishi, bolalarning salomatligini mustahkamlash, ularga jismoniy tarbiya berish va madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, jismoniy tarbiya berishning vazifalari, prinsiplari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, malaka, ko'nikma, kompetensiya, ta'lim, tarbiya, metod, prinsip, salohiyat, imkoniyat, rivojlanish, takomillashuv, salomatlik, sog'lik, faoliyat, jarayon

Peculiarities of organization of physical education in preschool

educational organizations

Malika Otabek kizi Roziyeva Mohigul Bakhshillo kizi Davronova

Vobkent Pedagogical College

Abstract: In this article, the correct, purposeful and consistent organization of physical education classes and these procedures in preschool educational organizations, the successful organization and implementation of educational processes, strengthening children's health, providing them with physical education and the formation of cultural and hygienic skills, the tasks and principles of physical education are discussed.

Keywords: physical education, qualification, skill, competence, education, training, method, principle, potential, opportunity, development, improvement, health, health, activity, process

Buyuk mutaffakkir, hakim Abu Ali ibn Sino "Badan tarbiya - sog'likni saqlashda ulug'vor usuldir" deydi. Darhaqiqat, salomatlik boylik, uni saqlab qolish esa jismoniy tarbiya, madaniy - gigiyenik malakalar bilan bog'liqdir. Mamlakatning ravnaqi, ertasi

uchun sog'lom va ma'naviyati yuksak, baquvvat, iymon-e'tiqodli va sadoqatli yosh avlodni voyaga yetkazish jamiyat oldidagi muhim masalalardan biri sanaladi.

Ta'lim - tarbiya jarayonlarining muvaffaqiyatli tashkil etilishi va amalga oshirilishi bolaning salomatligiga bog'liqdir. Shuning uchun aksariyat pedagogik faoliyatlar bolaning jismoniy imkoniyati va salomatligini inobatga olgan holda maqsadli amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'limda jismoniy tarbiya bu - bolaning hayotini, salomatligini mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish hamda aniqroq qilib aytganda bolaga jismoniy tarbiya berish, unda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, sog'lom, tartibli turmush tarzini shakllantirish va odat tusiga aylantirishga qaratilgan.

Hayotda har tomonlama rivojlangan inson bo'lishda, bolaning jismonan rivojlangan bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sog'lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati doimo yuqori bo'ladi, turli xil sharoitlarga osongina moslasha oladi, muammolanni yechishda sog'lom, aniq yechimga ega bo'la oladi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar organizmining o'ziga xos jihati shundan iboratki, ular juda tez, jadal o'sishadi va rivojlanadilar. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo'ladi, shunga ko'ra u tez jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagilar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi:

> Sog'lomlashtiruvchi vazifalar

> Ta'limiy vazifalar

> Tarbiyaviy vazifalar

Jismoniy tarbiya - bolada ta'limiy vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, kerakli ko'nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar ya'ni chaqqonlik, epchillik, tezkorlik, egiluvchanlik, harakatchanlikni o'stirish, to'g'ri qaddi-qomatni shakllantirish, gigiyena ko'nikmalar haqidagi bilimlarni o'zlashtirishda yordam beradi. Jismoniy mashqlar jarayonida bolalar tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlab boradilar.

Bolalarda jismoniy mashqlar bajarish davomida uning shaxsiy kompetensiyasi uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko'ngilchanlik, halollik, haqqoniylik, o'rtoqlik hissi, jamoada ishlash ko'nikmasi, mas'uliyatlilik hamda, irodaviylik fazilatlari botirlik, qat'iylik, o'zga ishonch, chidamlilik kabi fazilatlar rivojlanib boradi.

Jismoniy tarbiya mashqlari va topshiriqlarini bajarishda bolaning yosh xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bo'ladi. Shu sababli birinchi navbatda:

- bola hayotni muhofaza qilish, tashqi muhit ta'siriga chidamliligini oshirish;

- organizmni to'g'ri va o'z vaqtida rivojlantirish, to'g'ri qaddi - qomatni rivojlantirishdir.

Bolalar organizmining nozikligi, nomukammalligi, bilan bir qatorda unga qudratli rivojlanishni ta'minlovchi to'qimalarning juda egiluvchanligi, tezkorligi, modda almashinuvi jarayonlarining jadalligi kabi xususiyatlar mavjuddir. Bolaning shiddatli, juda tez moslashish imkoniyatlari shuning natijasidir. Shu sababli bola kattalarga nisbatan jismoniy zo'riqishlarga ancha tezroq, yaxshiroq moslasha oladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida tana qismlarining to'g'ri rivojlanishiga, suyaklar o'sishi, muskullarni rivojlantirish ya'ni tana, oyoq, qo'l, ichki organlar - yurak-qon tomirlar, nafas olish, bukuvchi muskullar rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani tashkil etishning turli shakllarida olib boriladi. Ya'ni mashg'ulotlar, harakatli o'yinlar, mustaqil harakat faoliyatlar shaklida.

Tarbiya turlarini barchamiz bilamiz va aynan jismoniy tarbiya estetik tarbiyani mukammallashuvi, rivojlanishi uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlar bajarish jarayonida bolada estetik zavqni his qiladi. Bola idrok etishni o'rganadi, go'zallikni his etadi, harakatlari natijasini anglaydi, tevarak- atrofning go'zalligini tushunish va bolada to'g'ri baholay olish qobiliyati rivojlanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini olib borish jarayonida quyidagi didaktik prinsiplar qo'llaniladi:

> tizimlilik va izchillik;

> onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik;

> ta'limning ko'rgazmali, og'zaki va amaliy metodlarini optimal tarzda birga qo'shib olib borish;

> tushunarlilik va individual ishlash asosi;

> ta'limning frontal, guruhiy va individual formalarining birligi, talablarni tobora oshirib borish prinsipi.

Bu prinsiplar pedagogikaning juda muhim shartlari hisoblanib, o'zida ta'lim va tarbiya yagona pedagogik jarayonining metodik qonuniyatlarini ifodalaydi

Jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlar bolalarning to'laqonli aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasining rivojlanishida, bolalarning ma'naviy-irodaviy sifatlarini oshirishda asos sanaladi.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va o'sishi uzluksiz davom etadigan jarayon sanalib, bu davrda bolalarning jismoniy tarbiyasini to'g'ri tashkil etishi, bolaning ilk yoshdan boshlab jismoniy ko'nikmalar shakllantirib borilishi lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog'lomlashtirish, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalari kompleks ravishda hal etish tarzida qurilishi zarur deb bilaman.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K.Turg'unboyev, M.Tolipov, I.Oxunov "Ijtimoiy pedagogika asoslari" O'quv qo'llanma. Toshkent "Fan va texnologiya" 2008 y.

2. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, N.Kayumova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika".-T., "Ma'naviyat" 2019 y.- 688 b

3. N.M.Qayumova "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y. -

183

4. M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O'quv qo'llanma. O'zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo'stoni, 2011y. -128 bet.

5. N.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik.- T.: "Iqtisod-moliya" 2009 y. - 240 bet

6. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. - T.: "Fan va texnologiya". 2019 y. -296 bet.

7. Raxmonova S.M. "Preparing the graduate students of primary education for innovative professional activity". Web of Scientist: International Scientific Research Journal (WoS) ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 8, August, 2023 y. P 288-293.

8. Raxmonova S.M. ."In improving the innovative professional activity of future pedagogues, problem-based learning the most effective method of teaching". Science and technologies. 2023 y. № 3 (1). P 107-112.

9. Raxmonova S.M. "Practical features of preparing primary education students for professional activity" Science and innovation in the education system, 2 (9), 2023 y. P 67-71.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.