Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA MA’NAVIY – AXLOQIY FAZILATLARINI TARBIYALASHGA AKSIOLOGIK YONDASHUVLAR'

O’QUVCHILARDA MA’NAVIY – AXLOQIY FAZILATLARINI TARBIYALASHGA AKSIOLOGIK YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

33
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq pedagogikasi / xalq og‘zaki ijodi / integratsiya / innovatsiya / texnologiya / interfaol / ijtimoiy faollik / zamonaviy yondashuvlar / interaktiv metodlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kibriyo Ravshanbekovna Abdullayeva

Mazkur maqolada o‘quvchilarda ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodidan, xalq pedagogikasidan foydalanishning zamonaviy va aksiologik yondashuvlari yoritilgan bo‘lib, unda uzluksiz ta‘lim tizimida tashkil etiladigan xalq og‘zaki ijodi janrlarining o‘quvchi ijtimoiy faolligiga ta‘siri, qadriyatlar, urf-odat va an‘analarning ahamiyati hamda afzalliklari, ularning qo‘llanilishi va ta‘lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi interaktiv metodlar ham keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA MA’NAVIY – AXLOQIY FAZILATLARINI TARBIYALASHGA AKSIOLOGIK YONDASHUVLAR»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

O'QUVCHILARDA MA'NAVIY - AXLOQIY FAZILATLARINI TARBIYALASHGA AKSIOLOGIK YONDASHUVLAR

Kibriyo Ravshanbekovna Abdullayeva

Namangan davlat universiteti p.f.f.d.(PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda xalq og'zaki ijodidan, xalq pedagogikasidan foydalanishning zamonaviy va aksiologik yondashuvlari yoritilgan bo'lib, unda uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan xalq og'zaki ijodi janrlarining o'quvchi ijtimoiy faolligiga ta'siri, qadriyatlar, urf-odat va an'analarning ahamiyati hamda afzalliklari, ularning qo'llanilishi va ta'lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi interaktiv metodlar ham keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: xalq pedagogikasi, xalq og'zaki ijodi, integratsiya, innovatsiya, texnologiya, interfaol, ijtimoiy faollik, zamonaviy yondashuvlar, interaktiv metodlar.

Xalqimiz o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlab, barcha sohalarda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari darajasiga yetib olishdek ezgu maqsad sari intilmoqda. Uni amalga oshirish uchun yuksak malakali, axloqiy barkamol mutaxassislar kerak. Shu jihatdan, aqlan yetuk, axloqan pok va jismonan baquvvat insonlarni tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu borada ajdodlarimizning boy manaviy, axloqiy merosining ahamiyati beqiyosdir. Darxaqiqat, buyuk siymolar bo'lmish ota-bobolarimsh qoldirgan manaviy merosni talim-tarbiya sohasiga tatbiq etish jamiyatimizning axloqan barkamol azolarini shakllanishida samarali vositadir.

Farzand tarbiyalashda ko'p asrlik milliy pedagogik an'analar, umuminsoniy qadriyatlardan keng va oqilona foydalanish masalalariga mamlakatimizda katta e'tibor berilmoqda.

Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimiz yaratgan boy ma'naviy merosni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini shakllantirish zaminini musahkamlash, uni davr talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga katta ahamiyat berildi.

Ta'lim-tarbiya berish jarayonida xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish, topishmoqlarni o'rganish orqali ularning aqliy qobiliyatlarini o'stirish ham juda

17-aprel, 2024

565

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

samarali o'rin egallaydi. Shu bois xalqimiz azal-azaldan farzandlarini aqliy qamolatga etaklashda, topqirlikka, zukkolikka o'rgatishda topishmoqlardan unumli foydalanishgan.

Ko'p asrlik xalq donishmandligining durdonalari - topishmoqlar inson idroki, kuzatuvchanligi, poetik tasavvur qobiliyatini o'stiruvchi aqlning quvnoq o'yini, ma'naviy dam olish vositasigina bo'lib qolmay, ajdodlarimizning ruhiy olami, tarixiy o'tmishini bilishda kalit vazifasini ham o'taydi. Ular tarixiy madaniyatining bebaho hujjatlaridir. Ajoyib istioralar, yorqin qiyoslamalar, obrazli ifodalar bilan jilolangan o'zbek topishmoqlari qadimiy o'zbek elining jozibasi va o'ziga xosligini tasvirlabgina qolmay, xalq og'zaki ijodi asarlari silsilasida ulkan estetik qimmati bilan xalq ma'naviy dunosi taraqqiyotining xazinasi sifatida bugungi kunda ham jamiyatimiz yaxlit madaniy hayotida o'z o'rniga ega, qimmatini yo'qotmasdan kelyapti. Topishmoq aniq narsa yoki voqelik tushunchasini ongli ravishda yashirishda, sir tutishga asoslangan kichik poetik asardir. Shubhasiz, qadimiy ko'p asrlik tarixga ega bo'lgan xalq topishmoqlarining ildizlari insoniyat jamiyati taraqqiyetining ilk bosqichlariga borib taqaladi.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlardan to'la bahramand bo'lmagan, jamiyatning har tomonlama rivojlanishga ongli ravishda hissa qo'shmagan inson ma'naviy qoshshoqdir. Shuning uchun ham ma'naviy madaniyat manbalarini o'rganish, ularda olg'a surilgan g'oyalarga amal qilish, ularning kelgusi avlodlarga ma'naviy qadriyat sifatida yetkazish jamiyat har bir a'zosining vazifasi va vatan oldidagi burchidir. Mazkur burchni shakllantirishda boshlang'ich ta'lim muassasalarida tashkil etilgan ma'lum tarbiyaviy ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz madaniy me'rosi, an'analari, urf-odatlari bizlar uchun barcha ma'naviy boyliklarning tarkibiy qismi, inson aql-idroki va tafakkurning buyuk yutug'i hamdir. Har bir millat va elat ajdodlari yaratgan bilim boyliklaridan, tajriba va tarixiy saboqlardan, odob-axloq, ta'lim-tarbiyaga oid o'gitlari va yo'l-yo'riqlaridan foydalanadi, bularsiz yashay olmaydi.

Xalqimizning madaniy va ma'naviy boyliklari va milliy qadriyatlarini to'la, odilona egallash va rivojlantirish hozirgi ajdodlarning vazifasidir. Gap o'tmish madaniy-ma'naviy boyliklarga ega bo'lishdagina emas, balki uni chuqur egallab, yangi, yuksak bosqichga ko'tara bilishdir.

Tarbiya xususida taniqli jadidchi o'zbek adibi Abdulla Avloniyning "Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, mamot, yo najot — yo falokat, yo saodat - yo razolat masalasidur " - deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish

17-aprel, 2024

566

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir.

Ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan o'qituvchining ijodiy ishlashida xalq rivoyatlaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir.

Axloqiy tarbiyaga, jumladan, bolalarni ma'naviy - axloqiy ruhda tarbiyalashga oid xalq pedagogikasi namunalaridan ta'lim jarayonida o'rganish yuzasidan quyidagilarni tavsiya qilamiz.

l.Xalq pedagogikasi namunalaridan o'rganishda axloqiy tarbiyaga; jumladan,bolalarda ma'naviy - axloqiy fazilatlarini tarbiyalashga xizmat qiluvchi rivoyatlarni saralab olish.

2. Xalq pedagogikasi namunalaridan hikoya qilib berilgandan so'ng, mustaqil o'qitiladi, o'qish jarayonida ayrim, tushunilishi qiyin so'zlarga izoh berish.

3. Xalq pedagogikasi namunalarini g'oyasi savol- javob bilan ochish.

4. Xalq pedagogikasi namunalari syujeti asosida rasm chizdirish.

5. Xalq pedagogikasi namunalaridagi qahramonlarining sifatlari hayotdagi ayrim kishilar harakterlariga, sifatlariga solishtirib o'z xulosalarini mustaqil aytishlari o'quvchilardan talab etish.

6. Xalq pedagogikasi namunalari mazmuni asosida o'quvchi aqliy faoliyatining rivojlantirilishiga doir mustaqil ish o'tkazish.

Bugun asossiz ravishda unitilib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga intilyapmiz. Xalq an'analari, madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga to'liq javob berish uchun an'analarning o'zi nima? Degan savolga javob izlab ko'raylik.

An'ana nima? "An'ana" asli arabcha so'z bo'lib, uzoq zamonlardan beri avloddan avlodga, otalardan bolalarga o'tib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, ahloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir.

An'ana ijtimoiy va madaniy merosdir. U iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovor, ilmiy, ommaviy an'analar sifatida jamiyatda ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan, shuning uchun ijtimoiy hayot va an'analarni o'rganish, ularning mazmunini bilash, odamlarning xulqi va hatti-harakatlariga ta'sir etilishi tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.

Ta'lim-tarbiya ishlariga xalqimizning eng ilg'or, hayotda o'zini oqlagan, an'analarini, oila, maktab va mehnat jamoalarida qo'llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo'lib kelgan. Shu kungacha ayniqsa vatanparvarlik, millatlararo do'stlik, ekologik tarbiyaga doir an'analarni, oilaviy tarbiya jarayoniga tadbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko'rsatmalari

17-aprel, 2024

567

Tashkent State University of Economics

asosida tarbiyalashni keng qo'llash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq donishmandligida ota-onalar haqida ularning bolalar bilan munosabatlari. Onaning madaniyati, tarbiyaviy ta'siri, donoligi atrofida yoritilgan.

Masalan, oilada hamma kishi, bir kishiga - otaga itoat etgan. Otaning yoki onaning gapi ikki qilinmagan. Otaning izmidan chiqish, u kishining buyrug'ini bajarmaslik, otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblangan. Ota farzandining nojo'ya ishi, qilig'i, gapi uchun urishishi mumkin bo'lgan. Lekin farzand otaga tik boqmagan, otaga yoki onaga qo'l ko'tarmagan.SHu sababli bunday tartibli oilalarda, bebosh o'g'il, nopok qiz bo'lmagan. Xadisda yozilganidek "otaga itoat qilish, tangriga itoat qilishdir". Uning oldida gunoh qilish tangri oldida gunohdir.

Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, xalq donishmandligi, an'analar avlodlardan-avlodlarga o'tishi jarayonida shakl jihatdan o'zgarishlarga uchraydi. Lekin o'z mazmuni, tarbiyaviy ta'sirini yo'qotmasdan hozirgi va keyingi avlodlarga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, xalq pedagogikasi namunalari to'g'ridan - to'g'ri tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Bular bilan bir qatorda tarbiyalanuvchi yashab turgan muhit - sharoitning vositachi roli mavjudki, ular yoshlarning ma'naviy fazilatlarini shakllantirishda katta va samarali tarbiya vositasi xisoblanadi. Xalq maqollari yordamida o'quvchilarining mehnatsevarlik fazilatlarini kamol topishida birgalashib, jamoa bo'lib o'ynaydigan bolalar o'yi nlari ham katta rol o'ynaydi. Chunki bolalar o'yini faqat iroda, batartiblik, hozirjavoblik va tashabbuskorlikni tarbiyalash bilan birga o'rtoqliq, ahillik hissini va o'z hatti -harakatlarida jamoa manfaatlarini ko'zlab ish ko'rish fazilatlarini ham tarbiyalaydi.

REFERENCES

1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq.-T.: «Sharq». 1992.

2. Abdullayeva Q. - Savod o'rgatish. -T.: «O'qituvchi». 1975.

3. Abdullayeva Q., Nazarov K., Yo'ldoshev Sh. Savod o'rgatish metodikasi. -T.: «O'qituvchi». 1996.

4. Abdullayeva K.R. Xalq pedagogikasi vositasida o'quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmlari. Diss.Namangan. 2023.

5. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: «O'zbekiston». 1998.

6. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: «Fan». 2003.

568

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.