Научная статья на тему 'Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning mazmun mohiyati'

Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning mazmun mohiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
270
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
iqtisod / ehtiyoj / pul / mulk / mahsulot / ta’limiy o’yin pedagogik texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxnoza Shuhratovna Musirmonova

Mam lakatimizda iqtisodiyotning siyosatdan ustuvor bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi hukumati ta’lim-tarbiyani iqtisodiyot bilan chambarchas rivojlantirishga, pirovardida iqtisodning siyosatdan ustuvorligini ta’minlashga va ushbu jarayonning tarbiyashunoslikka ta’siri masalasini o’rganishga katta ahamiyat bermoqda. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iqtisodiy tushunchalarn berishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish yo’llari xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning mazmun mohiyati»

Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning

mazmun mohiyati

Shaxnoza Shuhratovna Musirmonova Angor pedagogika kolleji

Annotatsiya: Mam lakatimizda iqtisodiyotning siyosatdan ustuvor bo'lishiga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi hukumati ta'lim-tarbiyani iqtisodiyot bilan chambarchas rivojlantirishga, pirovardida iqtisodning siyosatdan ustuvorligini ta'minlashga va ushbu jarayonning tarbiyashunoslikka ta'siri masalasini o'rganishga katta ahamiyat bermoqda. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida iqtisodiy tushunchalarn berishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish yo'llari xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: iqtisod, ehtiyoj, pul, mulk, mahsulot, ta'limiy o'yin pedagogik texnologiya

The essence of economic education for preschool children

Shakhnoza Shuhratovna Musirmonova Angor Pedagogical College

Abstract: In our country, special attention is paid to the priority of economy over politics. The government of the Republic of Uzbekistan attaches great importance to the development of education closely with the economy, ultimately ensuring the priority of the economy over politics, and studying the impact of this process on education. This article talks about ways to use new pedagogical technologies in providing economic concepts in preschool educational organizations.

Keywords: economy, need, money, property, product, educational game, pedagogical technology

Kelajagimiz bo'lgan yosh barkarnol avlod jamiyatning ishlab chiqarish jtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotida qatnasha olish u^un mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik, farovonlik bo'lishi zarur. Ijtimoiy farovonlik - bu iqtisodiy ijtimoiylikning umumiy shart-sharoiti va turmush tarzini bildiradi. Farovonlik istе'mol bilan chеklanmay, hayot kеchirishning naqadar qulayligini ham talab qiladi. Hamma narsa yеtarli bo'la turib turmush taхlikasi bo'lsa farovonlik ta'minlanmaydi. Ijtimoiy farovonlikning muhim tomoni aholining savodхonlik darajasidir. Bu o'qish yoshidagilarning qan^a qismi amalda o'qishi, har bir kishining o'rtacha nеcha yil

ta'lim olishi, ishlaydiganlarning qanchasi savodxon bo'lishini bildiradi. Farovonlik ko'rsatkichi sifatida aholi jon boshiga ta'lim-tarbiya harajatlari, kommunal xizmatlar, toza ichimlik suvi, gaz, elektro energiya, kanalizatsiya va boshqa xizmatlardan foydalanish kiradi. Davlatimizning maqsadi-milliy iqtisodiyotning barqaror o'sishi va shu asosda xalq farovonligini ta'minlashdir. Demak, farovonlik bo'lgan joyda iqtisodiyot tez suratlar bilan rivojlanib boradi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga ilk iqtisodiy bilimlar berish asosan o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berish, ularning mantiqiy fikrlash doiralarini o'stirish, ishbilarmonlik, tejamkorlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. O'rta guruh bolalariga ilk iqtisodiy tushunchalarni berish quyidagi bilimlar: 1-Inson va uning ehtiyojlari; 2-Inson va iqtisod; 3-Pul, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash asosida tashkil etiladi.

I bo'limda - Inson va uning ehtiyojlari haiqda tushuncha berishda inson uchun bo'lgan hayotiy ehtiyojlar (kiyim-kechak,oziq-ovqat va hokazo), tejamkorlik haqida (suvni, vaqtni tejash), maktabgacha ta'lim muassasalaridagi va uydagi jihozlardan (o'yinchoq, kitob va hokazo) tejamkorlik bilan munosabatda bo'lish vaqt haqida ilk tushuncha berish orqali vaqt tejash orqali tushunchalar beriladi. Bu tushunchalarni berish orqali tevarak -atrofdagi buyum va xom-ashyolar, ularning xilma-xil sifatlariga, uy-ro'zg'or buyumlari (ko'rpa-to'shak, ko'pacha, yostiq, choyshab, idish-tovoqlar) ularni bir-biridan farqlash va umumlashtirish, ustki kiyimlar turlari haqida tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishadi. Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi-suv, havo, yer tog'risida tasavvurlari shakllantiriladi. Vaqtni chamalash va bolalarning vaqtni ifodalovchi kun-tun kabi so'zlarni nutqda to'g'ri qo'llashga o'rgatish asosida vaqt haqida tasavvurlari mustahkamlanadi. Shuningdek, sutka qismlari (kechasi, kunduzi, ertalab, kechqurun, bugun, kecha, ertaga) tushunchalarini farqlash va to'g'ri qo'llay olishga, harakat tarzini ifodalashga (tez, sekin) o'rgatiladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida " Non va suv biz uchun aziz", "Uy-ro'zg'or buyumlari", "Oshxona buyumlari" kabi mavzularda suhbatlar o'tkaziladi.

II bo'limda inson va iqtisod haqida tushuncha berishda mehnat inson hayotidagi asosiy faoliyat ekanligi, kattalar mehnatiga hurmat va qiziqish hissini tarbiyalash, o'zbek xalqining milliy hunarmandchiligi, duradgor mehnati, dehqon mehnati haqida qisqacha ma'lumot beradi. Bolalar o'z tarbiyachisi, enaga, oshpaz, haydovchi, bog'bon mehnati bilan tanishtirish jarayonida ularda inson va uning mehnatiga hurmat hissi shakllantiriladi. Mehnat qurollariga nisbatan ehtiyot bo'lib, tejamkorona munosabatda bo'lishga tarbiyalanadi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida quyidagi: "Duradgor mehnatini kuzatish", "Dehqonlar mehnati haqida", "Haydovchi mehnati haqida", "Bog'bon", "Oshpaz", "Quruvchi" mehnati haqida suhbatlar o'tkaziladi.Bolalarni xo'jalik mehnat qurollari bilan yaqindan tanishtirladi.

III bo'lim. Pul - mahsulotlarni sotib olish va ayri boshlash bo'limida bolalarga bozor, uning turlari, sotuvchi, xaridor, bozorda oldi-sotdi ishlarini amalga oshiruvchi vosita -pul to'g'risida tushuncha beriladi.Milliy pul, uning turlari, vazifalari haqida bolalarga iqtisodiy bilim beriladi.Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida: "Do'kon " ta'limiy o'yini, oziq-ovqat do'koniga sayr o'tkaziladi. Katta guruhda quyidagi:

- Inson va uning hayotiy ehtiyojlari;

- Inson va iqtisodiyoti;

- Pul, narx mahsulotlari sotib olish va ayirboshlash;

- Ishlab chiqarish,mehnat faoliyati.

Bo'limlar asosida iqtisodiy bilim beriladi, bolalarga iqtisodiy ongni shakllantirish,mustaqil fikr yurita olish, puldan to'g'ri foydalana olish, pul qiymati milliy valyutamiz, davlatimiz rivojidagi kuchi, xizmati haqida tushuncha beriladi.

I-bo'limda -insonlarning tabiiy ehtiyojlari (ichimlik suvi, yerga o'simlik va hayvonatlar dunyosi) va imkoniyatlari, moddiy ma'naviyat ehtiyoji va uni qondirish usullari, vaqtni tejash, undanunumli foydalana olish, suvning inson hayoti uchun zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik, uni asrash bizning burchimiz ekanligi, quyosh, oy harakatlari haqida tushuncha beriladi. Insonlarning transport va aloqa vositalari bo'lgan ehtiyoji haqida tushuncha beriladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida "Aloqavositalari", "Havo" transporti haqida suhbatlar o'tkazib, Yengil transport turlari harakati kuzatiladi va kompyuter bilan yaqindan tanishtiraladi.

II-bo'limida. Inson va iqtisodiyot-Inson shaxsi, unga zarur bo'lgan sog'lom muhit, sog'liqni saqlash, kattalar mehnati,ularning dam olishlari uchun davlatimiz tomonidan qilinayotgan g'amxo'rliklar haqida tushuncha beriladi.Maktabgacha ta'lim muassasi shifokori va hamshirasi mehnati bilan tanshtirilib bolalar sog'lig'i uchun barcha sharoitlar mavjudligi, fitoborlar tashkil etilganligi, baseyn va sog'lomlashtiruvchi jihozlarning bolalar uchun, ularni sog'lom o'sishlari uchun yaratilganligi tushuntirladi.Buning uchun quyidagi "Shaxsiy gigiyena", "Vitaminlar", "Salomatlik-tuman boylik", "Sog' tanda-sog'lom aql" mavzularida suhbatlar o'tkaziladi.

III-bo'limda. Tovarni ishlab chiqarish, ularning turlari, pul, uning turlari, insonlar uchun pulning zaruriyati, mahsulotlarni sotish va sotib olish, savdo turlari -chakana, ulgurji savdo, mahsulotlarning narxi va uni nimaga bog'liqligi, arzon va qimmatbaho mahsulotlar haqida tushuncha beriladi. Bular, dastavval, ishlab chiqaruvchi kim? Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmen kabi tovar egalari haqida "pul"-nima?, milliy pulimiz haqida to'liq ma'lumot beriladi . Bozor haqidagi tushunchalarni kengaytirib boorish bozordagi oldi-sotdi, tovar ayirboshlash naqd pul, narx-"tannarx", "foyda"," zarar" ishlab chiqarish shakllari to'g'risida to'liq ma'lumot beriladi. Atrof -olam bilan

tanishtirish mashg'ulotlarida: "Pul nima?","Pulni saqlash","Oziq-ovqat do'koniga sayr" tashkil etiladi.

IV-bo'lim. Ishlab chiqarish, mehnat faoliyati bo'limida. Mehnat insonlarning asosiy faoliyati ekanligi, mehnat turlari, ishlab chiqarish korxonalari, qurilishlar, bog'bon, pillakor, chorvachilar mehnati bilan yaqindan tanishtirish. Mebel, avtomobil, televizor, chinni, nonvoyxona korxonalari, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, mehnat quroli va asboblari haqidagi bilimlarini takomillashtirish. Ular ishlab chiqaryotgan mahsulotlari mamlakat aholisi uchun ahamiyati haqida ma'lumot beriladi. Korxona, tashkilotlar va ularning turlari haqida korxona moliyaviy ta'minoti, ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan, ashyolar firma haqida tushuncha shakllantiriladi. Mehnat turlaridan aqliy va jismoniy mehnat soha vakillarining tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma'naviy ne'matlar tushuntiraladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida Tikuvchi Mehnatlari va xo'jalik mehnat qurollari (ketmon, Shifokor belkurak chelak, tesha) bilan yaqindan tanishtiraladi.

Maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalarga iqtisodiy bilimlar berish mazmun jihatdan bir muncha bunda "mulk" oila byudjeti, "bank", "import", "eksport" kabi tushunchalar berildi.

I-bo'limda. Inson va uning tabiiy ehtiyojlari bo'limiga "mulk" va uning turlari, insonlarning hayot kechirishlari uchun yaratilgan moddiy ehtiyojlardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanish ko'nikma, malakalari takomillashtiriladi, turli vaziyatlarda o'zlarini boshqara olishva ulardan chiqa olish, mulkiy munosabatlarning uyg'unlashuvi, egalik qilish, sotish, ijaraga qo'yish,to'lov evaziga mulkdan vaqtinchalik foydalanish va mulkni boshqarish iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda ekspert va importing roli haqida ma'lumot beradi.

II-bo'limda. Iqtisodiy resurslar ya'ni moddiy, mehnat va information axborot resurslari va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish, inson mehnati bilan yaratilgan barcha moddiy ,ma'naviy resurslari ishbilarmonlik bilan boshqara olish va uni reklama qila olishning ahamiyati haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi.

III-bo'limda. Pul, narx, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlashda: bozor va uning turlari (kiyim-kechak, oziq-ovqat, mashina, mol, dehqon, yoyma bozorlar va ularning faoliyati) haqida, narxning paydo bo'lishi, biror narsani sotib olish ustida fikr yuritish, kerakli tovar haqida ma'lumot - axborotlar olish, oila va uning daromadi, oilada turmush tarzini o'zgartirish, oila va aholining xarid qilish qobiliyati baho-narx-navo daromadidan kelib chiqishi, iqtisodiy sharoit, tabiiy omillar ilmiy-texnika taraqqiyoti, madaniy omillarning insonlarning dunyoqarashiga ta'siri, korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalari ularning olib boradigan tashqi iqtisodiy operatsiyalari bu eksport bo'lib hisoblanishi, korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlarga xomashyo, tayyor tovarni yetkazib berishi ekanligi haqida. Inport-har bir korxona tomonidan ichki iste'mol bozorida bo'lmagan tovarlarni chetda xarid qilishga asoslanadi.Bank, plastic

kartochka va uning turlari, qimmatbaho qog'ozlar faoliyatida haqida tushuncha beriladi.

IV bo'limda. Ishlab chiqarish va uning turlari, ishlab chiqarish va mehnat jarayoni: yer, ishchi kuchi, ishlab chiqarish texnologiyasi moddiy xom-ashyo omillari, tadbirkorlik manbalari, mahsulot va buyumlar, turli mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi (inson hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan mahsulot va tovarlar), qurilish mollari va jihozlari, imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo'llari, ishlab chiqarish va ta'limot, ishlab chiqaryotgan mahsulotlarni uy ro'zg'orga kerakli mahsulotlar, texnika asboblari, mashinalar matolar, ip, ipak tolalari, o'quv qurollari va kitoblar, dehqonlar, chorvadorlar, bog'bonlar, paxtakorlar, xalq xo'jalogining muhim tarmog'inihisiblangan qurilish ashyolari, o'yinchoqlarni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishtirish.Buning uchun atrof-olam bilan mashg'ulotlarida quyidagi mavzularda: "Ishlash uchun uchun kimga nima kerak?", "Bog'bon-bog'bon", "Nimaning o'rni o'zgardi" o'yinlar, "Tejamkorlik yaxshi odat ", "Pul nima?", "Bozor turlari", "O'yinchoqlar va ularning yaratilishi", "Bank nima", "Do'kon turlari", "Nima qayerda ishlab chiqiladi?", "Ishlab chiqarish va uning turlari" mavzularida suhbatlar o'tkaziladi. Biz yuqorida "oila daromadi", "Oila farovonligi", "oila ehtiyojlari" kabi iboralarni qo'lladik. Maktabgacha yoshdagi bolalarning iqtisodiy bilimlarni shakllantirishda oila ham muhim rol o'ynaydi.

Xulosa qilib aytganda Mazkur iqtisodiy ta'lim darajasini 6-7 yoshdagi bolalarda aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: intervyular, shaxsiy suhbatlar, kuzatish. Ularga "Odamlarga pul nima uchun kerak?", "Reklama nima uchun qilinadi?", "Nega kitob, o'yinchoq, buyumlar, tabiatni muhofaza qilishimiz kerak?", "Do'konga borsang oilaga nimalarni sotib olish kerak?" kabi savollar bilan murojaat qilish orqali bolaning iqtisodiy tafakkurini aniqlash mumkin. Bolaning kelajak hayotdagi faolligi, uning farovon va to'kin yashashi haqidagi tasavvurlari, bilim, malaka va ko'nikmalari kichik yoshdan shakllantirilib borilishi lozim. Ko'rsatkichi past darajadagi bolalar bilan individual ishlash, ularni kelajak hayotga tayyorlash maqsadga muvofiq. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda san'atning har xil turlari va janrlaridan (musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, xalq amaliy san'ati, adabiyotlardan) foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil

2. O'zbekiston Respublikasining "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari" Toshkent-2018 yil

3. O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim vazirligining "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. Toshkent-2018 yil

4. "Ilm yo'li" variativ dasturi. Toshkent. O'zRMTV 2019 yil.

5. O. Xasanboyeva. "Maktabgacha ta'lim pedagogikasi". Toshkent- 2011.

6. F.Qodirova, Sh Toshpolatova, N. Qayumova, M.Zununova "Maktabgacha pedagogika" Toshkent -2019

7. Abramova G.S. Rivojlanish psixologiyasi: Universitet talabalari uchun darslik. - M .: Akademik 2010.

8. Azarov Yu.P. Oila pedagogikasi. M, 1985 yil.

9. Kovalev S.V. Zamonaviy oila psixologiyasi. M, 2010 yil.

10. Kulik L.A., Berestov N.I. Oilaviy ta'lim. M., Ma'rifat 1990 yil.

11. Makarenko A.S. Ta'lim haqida. - M.: Politizdat, 1990. - 415 b.

12. Mudrik A.V. Ijtimoiy pedagogika: Pedagogika universitetlari talabalari uchun darslik / Ed. V.A.Slastenina, 2002.-200 b.

13. Nemov R.S. Psixologiya: Proc. stud uchun. yuqoriroq ped. tarbiyaviy muassasalar: 3 ta kitobda. - M.: Insonparvarlik. Ed. VLADOS markazi 2010 yil.

15. Ota-onalar uchun mashhur psixologiya / ed. A.A.Bodaleva. M., Pedagogika 1988 yil

16. Ota-onalar uchun mashhur psixologiya / Spivakovskaya A.S. tahririyati ostida. - Sankt-Peterburg: SOYUZ, 1997 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.