Научная статья на тему 'OLIY TAʼLIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING NAZARIY ASOSI'

OLIY TAʼLIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING NAZARIY ASOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / pedagogik texnologiya / ta’lim sifati / IT mutaxassislari / innovatsion yondashuv.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ne’matova Mavsuma Ulug’bek Qizi

Mazkur maqolada ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mohiyati va ta’lim sifatini oshirishdagi o’rni, hamda ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur maqolada ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash samarasi haqida fikr yuritilgan va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga yangicha yondashish borasida takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TAʼLIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING NAZARIY ASOSI»

OLIY TA'LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNING

NAZARIY ASOSI Ne'matova Mavsuma Ulug'bek qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11548950

Annotatsiya. Mazkur maqolada ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mohiyati va ta'lim sifatini oshirishdagi o'rni, hamda ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur maqolada ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash samarasi haqida fikr yuritilgan va oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoniga yangicha yondashish borasida takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, pedagogik texnologiya, ta'lim sifati, IT mutaxassislari, innovatsion yondashuv.

Uzluksiz ta'lim tizimining har bir bo'g'inida ta'lim mazmunining maqbul me'yorini tanlab olish va tahsil oluvchilar mulkiga aylantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, har qaysi fan o'zining yuzlab yillar taraqqiyoti davomida juda katta hajmdagi bilimlarni to'plab shiddatli ravishda uni orttirib bormoqda. "Fanshunos olimlar ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi paytda dunyo bo'yicha axborotlar soatiga 200-300 mln so'zga ortmoqda, bu miqdor 500-600 bet kompyuterda terilgan materialga ekvivalentdir. Inson bu vaqt ichida faqatgina yarim bet yangi ilmiy matnni o'zlashtirish imkoniyatiga ega xolos".

Yuqorida keltirilgan jumladan ko'rinib turibdiki, inson hech vaqt dunyo miqyosida barcha axborotlarni o'zlashtira olmaydi. Nima qilinsa jamiyat a'zolari fan, texnika, ishlab chiqarish texnologiyalari taraqqiyotidan orqada qolib ketmasdan uning istiqboli uchun zamin yaratiladi. Mana shu dolzarb masala har doim jamiyatning ilg'or namoyondalarini o'ylantirib kelgan.

Ma'lumki, ta'lim mazmuni tahsil oluvchilarni ma'lumotli qilish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlarini ko'zlab, o'quv muassasasining turi, maqsad va vazifalari, tahsil oluvchilarning individual yosh xususiyatlari, o'qish muddati, shart-sharoiti va ko'plab pedagogik, psixologik, fiziologik omillarni hisobga olgan holda ekspert va tajriba-sinov usulida tanlab olinadi.

Bundan maqbul axborot hajmini tanlab olish va uni tahsil oluvchilar imkoniyatlariga uyg'unlashtirish zaruriyati kelib chiqadi. Zarur va yetarli o'quv materialini ajratib olish uchun oliy ta'lim muassasalariga qo'yilgan davlat talablarini bilishning o'zi kifoya.

Lekin, bu material tahsil oluvchilarning hayoti va salomatligiga xavf tug'dirmagan holda o'z kasbiy funksiyalarini oqilona bajarish, yuqori sifat va samaradorlikka erishishi, hamkasblari bilan to'laqonli fikr almashishi, mushohada yuritishi, murabbiy va tajribasi katta shaxslardan maslahat so'rashi, yoshlarga yo'l-yo'riq ko'rsatishi, mustaqil holda o'z bilimi va tajribalarini oshirish hamda ijodiyot bilan shug'ullanishiga imkon berishi ham zarur.

Shu paytgacha oliy ta'lim muassasalarida o'rganilayotgan o'quv predmetlarining mazmunida obyektlarning ma'lum bir alohida jihatlari o'rganilishi ko'zda tutilgan bo'lib, majmuaviy muammo sifatida talqin etilmagan. Buning natijasida o'rganilgan bilimlar lavhalar shaklida shakllanib, ko'p hollarda majmuaviy muammolarni mustaqil va ijodiy yechimini topishga imkon bermaydi.YMyMaH олганда, таълим мазмуни мавзу матнлари, топшириклар, саволлар, чизмалар, жадваллар, мисол ва масалалар, далиллар, теоремалар, таърифлар, аксиома, гоя ва карашлар, техник воситалар ёрдамида намойиш этиладиган ахборотлар, дидактик аникликлар, коидалар, шартли белгилар ва шу кабиларда уз ифодасини топади.

Didaktik tuzilmalar nazariyasi M.N.Skatkin, VV.Krayevskiy, I.Ya.Lernerlar, insoniyat jamiyatning madaniyati quyidagi to'rtta elementdan iborat bo'lib, u ta'lim mazmunida o'z ifodasini topishi shartligini ta'kidlaydilar:

a) tabiat, jamiyat, tafakkur, ishlab chiqarish va faoliyat usullari haqida to'plangan bilimlar;

b) ma'lum faoliyat usullarini amalga oshirish tajribalari;

v) jamiyat oldida paydo bo'ladigan yangi muammolarni ijodiy yechimini topish tajribalari;

g) atrof olamga va insonlarning bir-biriga bo'lgan me'yoriy munosabatlari, ya'ni irodaviy-axloqiy, tarbiyalanganligi va hokazolar. Bu har qaysi element o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, boshqalar uning o'rnini bosa olmaydi va funksiyasini ham bajara olmaydi.

Ushbu boshlang'ich elementlar o'zlaricha alohida mavjud bo'lishi mumkin, lekin keyingilari oldingilarisiz mavjud bo'la olmaydi. Masalan: bilish mumkin, lekin bajara olmaydi; bilish mumkin, ma'lum standart vazifalarni bajarishi ham mumkin, lekin ijodiy faoliyatga tayyor emas; bilish mumkin, vazifalarni bajaradi va ijodiyot bilan ham shug'ullanadi, lekin bu faoliyatga munosabat turlicha bo'ladi. Bulardan ta'lim mazmunida yuqoridagilar o'z aksini topishi zarur, degan xulosa kelib chiqadi.

Hozirgi zamon va istiqbol talablari, fan, texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda ta'lim mazmunini isloh qilish, o'quv predmetlari mazmunida asosiy tushuncha va g'oyalarning aniq hamda tushunarli bayon etilishini ta'minlash; tahsil oluvchilarning aqliy va jismoniy zo'riqishlarini bartaraf etish; o'quv materialining murakkabligi va hajmini haddan tashqari ortib ketishini oldini olish; ta'lim mazmunining amaliyot bilan aloqasini kuchaytirish; ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari orasida ongli munosabatni ta'minlash davr zaruriyatidir. Chunki, ortiqcha yuklama tahsil oluvchining o'zi yaxshi ko'rgan mashg'uloti bilan shug'ullanishga, mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon bermaydi. Shuning bilan birga o'z kuchi va imkoniyatiga ishonchini yo'qotadi, o'qib o'rganishga bo'lgan qiziqishini so'ndiradi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, jamiyatda ro'y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo'lishda, iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo'lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g'oyalarini shakllantirish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.

Ushbu iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish ko'p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, uni chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog'liqdir.

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo'jaligi doirasida ro'y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo'jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida "iqtisod" tejamkorlik ma'nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e'tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma'noni anglatib, faqatgina uy yoki individual

xo'jalik yuritish yoki tejamkorlik ma'nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo'jalik, jamoa xo'jaligi, aksiyadorlik jamiyatlari, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, davlat xo'jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo'jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo'shma korxonalar, davlatlar o'rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o'ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.

Buning ustiga barcha resurslarimiz - pul mablag'lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste'mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to'xtovsiz o'sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to'g'ri taqsimlash yo'llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo'lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona iqtisodiyoti, bilimlar iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba'zan ular yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo'lishidan qat'iy nazar, ularning hammasi bir maqsadga bo'ysungan: u ham bo'lsa insoniyatning yashashi, ko'payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o'zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo'lmaydi va mazmunga ham ega emas.

Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo'yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:

1) ishlab chiqarish jarayoni;

2) ayirboshlash jarayoni;

3) taqsimlash jarayoni;

4) iste'mol qilish jarayonlariga talabalar diqqat-e'tiborini qaratib, ular haqidagi ma'lumotlarni tahsil oluvchilar mulkiga aylantirish tadbirlarini ko'rish imkonini beradi.

Tadqiqotlarimiz ushbu metodika yuqori sifat va samara ko'rsatkichlariga olib kelishiga ishonch hosil qildik. Shuningdek, bu metodika tahsil oluvchilarda mustaqil o'qib-o'rganishga, ijodiy izlanishga undovchi omil bo'lib ham xizmat qiladi.

Oliy ta'lim muassasalari zamon talablariga mos, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni ko'zda tutar ekan, bu muammo bevosita o'quv muassasalarida o'tkaziladigan mashg'ulotlarda o'ziga xos mo'ljal bo'lib xizmat qiladi. Ana shu ijtimoiy buyurtmadan har bir mashg'ulot maqsadini aniqlab olish, unga oqilona erishish yo'llarini to'g'ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar maqsadimiz yuksak ma'naviyatli mutaxassis tayyorlash bo'lsa, bunday fazilat nimalar asosida va qanday shakllanadi, degan savolga javob berishga to'g'ri keladi.

Biz yuksak kasbiy ma'naviyat deganda-mutaxassisning bilimi va kasbiy ish harakat usullarini san'at darajasida takomillashib hayotiy ehtiyoj darajasiga ko'tarilishini tushunamiz. Yuksak kasbiy ma'naviyatning sarchashmasi bizning nazarimizda, tushunchalarni o'zlashtirish hisoblanadi. Chunki, tushuncha - o'rganilayotgan obyekt (predmet, hodisa, jarayon, shaxs kabi)larning muhim xususiyatlarini, aloqa va munosabatlarini o'zida aks ettiruvchi tasavvurdir. Tasavvur, o'z navbatida, shaxs ongining mahsuli bo'lgani uchun shaxsiy tasavvur haqida gapirish mumkin.

Shu o'rinda aytib o'tish joizki, tushuncha o'rganilayotgan obyektning barcha muhim jihat va xususiyatlarini o'ziga qamrab ololmaydi. Ana shunga ko'ra, bilim-obyekt haqidagi o'zaro uzviy aloqador tushuncha, hukm va xulosalar majmuasidir.

Shaxs tomonidan o'rganilayotgan obyektni idrok etish bilan uning ma'lum jihatlari, xususiyatlari, miqdoriy va sifat ko'rsatkichlari aniqlanadi. Dialektik nuqtai nazardan olib qaraydigan bo'lsak, o'rganilayotgan obyekt haqidagi o'zaro bog'liq tushunchalar ustida fikr yuritib mantiqiy xulosaga kelinadi va shundan so'ng ushbu obyekt haqida shaxsiy hukm chiqariladi va u bilimning asosi deb qaraladi.

Demak, bilimga ega bo'lish-obyekt xususiyatlarini idrok etish, uning muhim jihatlarini ajratib olib tushunchalarda ifodalash, boshqa obyektlar bilan qiyoslab xulosa va hukm chiqarish, ularni umumlashtirish kabi ko'p bosqichli, murakkab jarayondir.

Bilimlarni amaliyotda qo'llash, moddiy va ma'naviy ne'mat yaratish jarayonida ish-harakat usullari (ko'nikma va malaka)ga aylantiriladi. Ish-harakat usullarining qanday darajada shakllantirilganligiga qarab, ularni ko'nikma yoki malaka deb aytilishini psixologiya fanida o'rganilganligi bois, biz ularni, yuqorida aytilganidek, ish-harakat usullari deb aytish bilan chegaralanamiz. Lekin shaxsiy ish-harakat usullari ko'p marta takrorlanishi natijasida sayqallanib, rivojlanib borib kasbiy mahoratga aylanishi isbot talab qilmaydi. Ma'lumki, kasbiy ish-harakat usullari rivojlanib mahorat darajasiga ko'tarilgan shaxsni jamiyat har doim ham yuksak qadrlagan.

Iqtisodiyotga yo'naltirilgan oliy ta'lim muassasalarida esa, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta'minlaydigani moddiy va ma'naviy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishdan iborat bo'lgan iqtisodiy faoliyatni tashkil etish, iqtisodiy tushuncha, qonun-qoida, tamoyillari, hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'naviy, siyosiy ehtiyojlar) haqida talabalarda kasbiy bilim va ish-harakat usullari tarkib toptiriladi. Talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bu bilim va ish-harakat usullari ularning amaliy faoliyatlarida bir necha marta takrorlanib, takomillashadi.

Shu bois, talabalarda tizimli bilimni shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Bu maqsadga erishishda o'quv materialining murakkabligi, umumlashganlik darajasi, aloqadorligi kabi xususiyatlarini hisobga olish zarur. Pedagogikada o'quv materiali murakkabligining umumlashganlik darajasi, mavhumligi, uning ichki va tashqi aloqalari orqali aniqlanadi. Tushunchalar qancha mavhum bo'lsa, ular o'zlashtirish shuncha murakkab bo'ladi.

Ana shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo'lsak, dalillar oson, sabab-oqibatli munosabatlarni, aloqadorlikni talab qiluvchi materillar esa qiyin bo'lishini ta'kidlash kifoya. Shuningdek, fanga oid ushunchalarni talabalar tomonidan o'zlashtirilishida ularning aloqadorligini, ya'ni aloqalari sonini ham hisobga olib ish ko'rish zarur. Olimlarning fikricha, bir, ikki aloqadorlikka ega tushunchalar oson, uchtadan oltitagacha aloqador tushunchalar o'rtacha, yetti va undan ortiq aloqadorlikka ega tushunchalar qiyin hisoblanadi.

O'qituvchi o'quv materialini tahlil qilib, uning barcha xususiyatlarini shuningdek qiyinlik darajasini aniqlab olgandan so'ng, unga mos ta'lim shakli, metodi va vositalarini tanlaydi, talabalar bilan monologik, dialogik yoki o'zaro fikr almashish (polilog) ko'rinishida muloqot hamda munosabatda bo'ladi. Imkon qadar o'rganilayotgan obyektni talabalar tomonidan bevosita idrok etib mushohada yuritishlari uchun shart-sharoit yaratadi.

Shunday qilib, mutaxassislik fanlarini o'qitish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishda o'quv fanining maqbul mazmunini tanlab olish tahlili jarayonida kasbiy ta'lim amaliyotida o'quv loyihalardan foydalanishni o'quv jarayoniga tatbiq etish lozimligini ko'rsatdi. Bu esa, o'quv axborotini o'rganishni jadallashtiradi va ta'lim sifatini ta'minlashga imkon beradi. Ushbu texnologiya ta'lim jarayonini individuallashtiradi, o'quv faoliyati davomida talabalarning o'zini-o'zi idora qilishini ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bita Mirzaie Feiz Abadi, Pros and Cons of Tomorrow's Learning: A Review of Literature of Gamification in Education Context Review Article (Pages: 543-554) http://medicaleducation-bulletin.ir

2. Satrio Raffani Raharjo, Active Student Learning through Gamification in a Learning Management System, https://files.eric.ed.gov/fulltext/EJ1330405.pdf Musakhanova G. M. Directions for Students' Independent Learning Skills

3. Developing in the Context of Digitalization of the Economy //International Journal of Social Science Research and Review. - 2022. - Т. 5. - №. 1. - С. 64-67.

4. Musaxanova G. M. "KEYS-STADI" texnologiyasi talabalarning mustaqil ta'lim jarayonida tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantiruvchi innovatsion metod sifatida //- 2022. - T. 2. - №.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.