Научная статья на тему 'BOLALARNI TEJAMKORLIKKA, ISHBILARMONLIKKA O‘RGATISH.'

BOLALARNI TEJAMKORLIKKA, ISHBILARMONLIKKA O‘RGATISH. Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tejamkorlik / ishbilarmonlik / iqtisod / maktabgacha ta’lim / boshlang‘ich ta’lim / tarbiyachilar / o‘qituvchilar / bolalar / maktab / bog‘cha / darslar / mashg‘ulotlar / axloq / tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nilufar Hasanboyevna Rustamboyeva, Nargiz Shuxratovna Artikova

Ushbu maqola muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning yoshlarga ko‘rsatayotgan siyosati, yuksak e’tibor va g‘amxo‘rligi, istiqboli asosida tayyorlangan. Maqsad – bolani nafaqat aqlan, ham jismonan tarbiyalashda faol ishtirok etishga, balki bog‘cha yoshidanoq mustaqil hayotga, chuqur tuyg‘uga ega bo‘lgan aqlli, iqtisodli, ma’suliyatli, yetuk bilimli inson bo‘lib yetishishga o‘rgatishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI TEJAMKORLIKKA, ISHBILARMONLIKKA O‘RGATISH.»

BOLALARNI TEJAMKORLIKKA, ISHBILARMONLIKKA O'RGATISH.

Nilufar Hasanboyevna Rustamboyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishi 2-kurs talabasi

Ilmiy rahbar Boshlang'ich ta'lim nazaruyasi kafedrasi o'qituvchisi Nargiz Shuxratovna Artikova

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqola muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning yoshlarga ko'rsatayotgan siyosati, yuksak e'tibor va g'amxo'rligi, istiqboli asosida tayyorlangan. Maqsad - bolani nafaqat aqlan, ham jismonan tar-biyalashda faol ishtirok etishga, balki bog'cha yoshidanoq mustaqil hayotga, chuqur tuyg'uga ega bo'lgan aqlli, iqtisodli, ma'suliyatli, yetuk bilimli inson bo'lib ye-tishishga o'rgatishdir.

Kalit so'zlar: Tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisod, maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, tarbiyachilar, o'qituvchilar, bolalar, maktab, bog'cha, darslar, mashg'ulotlar, axloq, tarbiya.

Mamlakatimiz mustaqilikka erishgan 1991-yil 31-avgustdan e'tiboran mam-lakatda kichik va o'rta biznesga keng yo'l ochib berilishi natijasida bu borada yoshlar bilimini oshirishga ham alohida e'tibor qaratildi. Maktab va oliy ta'lim tiziml arida biznes, raqobat, bankrot, ulush, foyda va ziyon kabi terminlar darsliklarda paydo bo'ldi.

2016-yil muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev ho-kimiyat tepasiga kelgandan keyin moliya va iqtisodiyotni aniqroq qilib aytganda, iqtisodiy tarbiyani bolalar bog'chasidan boshlash kerak degan tashabbusni ilgari surdi. Shu bois davlat va xususiy nashriyotlarda iqtisodiyot sohasi bo'yicha fan ar-boblari va olimlarining yosh bolalarga mo'ljallangan iqtisodiy saboqlar mavzusida ko'plab o'quv qo'llanmalari chop etildi.

Hatto mazkur yo'nalishda oliygoh magistrantlari ilmiy izlanishlar olib borib bolalar psixologiyasidan kelib chiqqan holda iqtisodiy tarbiya bilim va ko'nikmalarini shakllantirish borasida fan nomzodlik dessertatsiyalarini yoqlab ko'plab ibratli o'quv qo'llanmalari chop etishdi. Zero, tejamkorlik va ishbilarmonlik sir-sinoatlarini chuqur egallagan bolalar hayotda tez o'z o'rnini topa olishadi. Ota-ona, ustoz-murabbiylar,

April 23-24, 2024

678

rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, tarbiyali, tejamkor isrofgarchiliklarni yoqlamaydigan bo'lsa shu jamiyat va muhitda o'sayotgan bola shaxsi ham shunchalik tarbiyali bo'lib yetishadi. O'z xatti-harakatlarimiz bilan ularga yaxshi ibrat va namuna bo'lishimiz bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimizda islohotlarni amalga oshirish, bozor munosabatlarini shakllantirish masalalarida muvaffaqiyatga erishish eng avvalo ko'p jihatdn iqtisodiy ta'limga bog'liqdir. Kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib, chuqur o'zgarishlarni amalga oshirib bo'lmaydi. Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko'pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolari-dan biri bo'lib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir.

Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bo'lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobili-yatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy matemat-ika fani inson hayotida asosiy o'rin tutishini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u o'z mehnatining na-tijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Abu Nasr al-Farobiy insonga yashash uchun juda ko'p narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yo'lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni e'tirof etadi. Bu o'rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko'rsatib o'tgan edi. Darhaqiqat, iqtisodiy aloqa o'rnatish uchun odamlar, davlatlar, jamiyatlar integratsiya yo'lida harakat qiladilar.

Hozirgi paytda bu fikr nechog'lik to'g'ri ekanligini Yevropa amaliyoti misolida ko'rib turibmiz. Iqtisodiy integratsiya davlatlarga faqat boylik keltiryapti. Al-Farobiy "Baxt-saodatga erishuv haqida" asarida shunday yozadi: "Inson o'z mablag'ini sar-flashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pul-larni rejasiz ishlatilishi esa insonni beboshlikka yetaklaydi". Ko'rinib turibdiki, O'tmish mutafakkirlari maktab va oila sharoitlarida bolalarni iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni hamkorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o'rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga e'tibor qaratganlar. Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Har bir kishi bug'doy, guruch, mevalarni saqlash yo'llarini bilishi kerak. Ota-ona ne'matlarini uvol qilish gunohlig-ini farzandiga yoshligidanoq nasihat yo'li bilan o'rgatadi. Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o'rgatish lozim deb ko'rsatadi. Inson hunarni puxta o'rganishi shart.

Chunki, hunar unga kelajakda ro'zg'or tebratish uchun kerak. Bu shunday olib

April 23-24, 2024

679

borilishi kerakki, u o'z mehnatining natijalarini ko'ra bilsin. Shundagina bola o'z im-koniyatidan to'g'ri yoki noto'g'ri foydalanayotganini his qila oladi. Hunar egallsh yoshlarni mustaqilikka o'rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham o'rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo'ladi. Farzand oilada ota-ona tajribalari ta'sirida tarbiya ko'radi. Ota-ona har qadam, har nafasda bolaga saboq beradi:

- Asbobni ishlatgach, darhol o'rniga, yopiq joyga olib qo'y. U yomg'ir emas, shudring tegsa ham zanglaydi,o'tmaslashib qoladi.

- Tovoningni to'g'ri bos, poyabzalning poshnasi yeyilmasin...

- Suvning bir tomchisi ham aziz. Uni qadrla...

- Nonning uvoli turmushga, qog'ozning uvoli obro'ga putur yetkazadi.

- Uvoqni ko'rdingmi, ko'zingga surt, qog'oz parchasini chetga olib qo'y.

Mazmuni olamcha bo'lgan bu o'gitlar ota-onalar tomonidan farzandlar ongiga

singdirilayotgani xasislik alomatlari emas, balki turmush tajribasining durdona xulosasi, tejamkorlikka undashdir. Tejamkorlik tarbiyasi axloqiy tarbiyaning hisob-kitob bilan yashashga o'rgatadigan muhim sohasi sanaladi. Ishlab chiqarish korx-onasidami, ro'zg'ordami, tabiat bag'ridami, qayerda bo'lmasin, tejalgan ne'mat katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ladi. Insonlardagi tejamkorlik fazilati oila yoki davlatning moddiy qudratini mustahkamlshdan tashqari, ularda turmush kechirish me'yoriga amal qilish malakasini ham shakllantiradi.

Vaqt - inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Nafaqat dunyoni o'rganish va o'zgartirishga, shaxsiy manfaati va el-yurt xizmatiga, mehnat samaradorligini oshirish va mahsulot tannarixini arzonlashtirishga sarf etish xususiyatini har bir ki-shida shakllanishi muhim fazilatdir. Saxiylik yuksak darajadagi ijobiy fazilatdir. Shu bilan birga, saxiylik, tejamkorlik ruhi bilan sug'orilmog'i kerak. Yoshlarga daromad hajmini belgilash va harajatning me'yorini barqarorlashtirish, boshqacha aytganda, ne'mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va unga qat'iy amal qilish ko'nikmasini shakllantirish darkor. Qiymati qay darajada bo'lishidan qat'iy nazar, narsani egasidan so'rab yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qay-tarish halollik belgidir.

Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada asrash lozimligi, tejashning mohiyati va usullarini to'g'ri anglatish tejamkorlik tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning to'laqonli amalga oshishi ota-onalar, o'qituvchilar, tarbiyachilar, rahbarlar, jamoatchilikning faolligiga bog'liq. Tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta'sirchanligi va samarasi bilan bolalar dastlab o'z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qilivchi roli ana shu tanishuvidan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya bordi. Namuna ko'rsatish, ishontirish, nasihat qilish,

April 23-24, 2024

680

maslahat berish yo'li bilan farzandlarni tejamkor bo'lishga undash, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish, lozim bo'lsa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash ota -onalarning tarbiyalay olish mahoratlariga bog'liq. Tarbiyaviy ta'sir tarbiyalanuvchi shaxsida qisqa muddatli, uzoq muddatli, beqaror yoki doimiy ta'sir ko'rsatishi mum-kin. Ta'sir qanchalik to'g'ri, asosli va kuchli bo'lsa, farzandlarda tejamkorlik fazilati shu qadar mustahkam shakllanadi.Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va kiyim-kechakni yamash, ro'zg'or asboblari va uydagi jihozlarini ta'mirlash sohasida bolalar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumishlarini bolalarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda topshirishlari kerak. Ishni topshirish bilan cheklanmay, bola uni qanday baja-rayotganini nazorat qilib turish, lozim bo'lsa, maslahat, ko'mak berishi, ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Bola mustaqil topshiriqni bajarish jarayonida rejadagi ishni uddalash uchun sarf etiladigan xomashyo, mablag' vaqt - kuchini aniqlash, kerakli uskunalarini tayyorlash, sozlash malakalarini egallab boradi. Matbuot, radio, televediniya xabarlari, o'qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan berilgan tejamkorlikka oid ma'lumotlar, ota-onalar hamda keksalarning bu to'g'risidagi maslahatlari, tanbeh-lari ham bolalarda mazkur tushunchaning kengayishiga ijobiy ta'sir etadi.

Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning xilma-xil vazifalari bir nechta fan bo'yicha darslarda amalga oshiriladi. O'zbekiston davlatining moddiy va ma'naviy o'sish iqtisodiy qonuniyati bilan o'quvchilar tabiiy fanlarga oid darslarda tanishadi-lar.

Jamiyatshunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko'tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarini bajarilishi lozimligini o'rganadilar. O'quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yurutishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg'ulotlardan unumli foydalanish mumkin. O'quvchilarni nechog'lik iqtisodiy tarbiya topganliklari o'quvchilar tomonidan kuzatib borishi kerak. Tejamkorlik, ijodkorlik, ma'suliyat hissi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o'quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq olayotganlikla-rini ko'rsatuvchi muhim mezondir.

Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o'zgrishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o'z-o'zidan yuz beramaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an'analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma'naviy muhit mavjud bo'lmog'i kerak. Biz ko'p masalalarda g'arb va sharq falasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualism, egoism, qarashlarini ilo-hiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin. Lekin ularni hisobga olishimiz, kerak-lisi e'tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur. Chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy usul va prinsplar asosida o'rganish, tadqiq etish, ayniqsa,

April 23-24, 2024

681

qadimgi va hozirgi sharq falsafasi ixtisosligi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash im-koniyatlarini ham ochib berdi. Aslini olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o'ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish... shu asosdagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish mumkin. Shuning uchun biz bugungi kunda sharq falsafasi vakili Abu Nasr Farobiy qarashlarini o'rganishni o'zimizga maqsad qilib oldik.

Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o'ziga xos ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g'arb va sharq faylasuflarining o'rni beqiyosdir. "Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan. Taqdirdagina ma'naviyat olimi yangi ma'no-mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma'naviyatining shakllanishga o'ziga xos ta'sir o'tkazadi. Shu nuqtai naz-ardan qaraganda, zaminimizda yashab o'tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobo-larimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g'urur bilan ta'kidlash lozim.

REFERENCES:

1. . Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: - O'zbekiston 2017 Ma'rifat gazetasi.

2. . Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. - "A.Qodiriy" nashriyoti.

3. .Sodiqova SH.A Maktabgacha pedagogika. Toshkent: Tafakkur sarchashmalari.

4. . Mirziyoyev. Sh.M Buyuk kelajagimizni mard va oilyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, O'zbekiston, 2017-yil.

5. . www.pedagog.Uz

6. . www.edu.Uz

7. . www.ziyonet.Uz.

682

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.