Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TARBIYACHINING BOLALAR BILAN MASHG‘ULOT JARAYONI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TARBIYACHINING BOLALAR BILAN MASHG‘ULOT JARAYONI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha yosh / kreativlik / pedagog / mashg‘ulot / didaktik materiallar / jamoa bo‘lib ishlash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mukimova Mehrigul Farhod Qizi, Rafiyeva Mohichehra Bekzod Qizi

Maktabgacha ta’lim tashkilotida eng asosiy rol bu pedagogning roli hisoblanadi. Pedagog bu tarbiyachi hisoblanadi. Tarbiyachining bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashuvi, ta’lim tarbiya jarayonlarida bolalarning tarbiya jarayonlarida, faoliyat jarayonlarida interaktiv metodlardan foydalangan holda bolalarning muloqotchanligini shakillantirishda tarbiyachi kreativ yondashuvining roli katta hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TARBIYACHINING BOLALAR BILAN MASHG‘ULOT JARAYONI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TARBIYACHINING BOLALAR BILAN MASHG'ULOT JARAYONI

1Mukimova Mehrigul Farhod qizi 2Rafiyeva Mohichehra Bekzod qizi

1TAFU "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi. 2TAFU pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi mukimovamehrigul@gmail.com, mohishrafiyeva@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13292387 Annotatsiya: Maktabgacha ta'lim tashkilotida eng asosiy rol bu pedagogning roli hisoblanadi. Pedagog bu tarbiyachi hisoblanadi. Tarbiyachining bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotiga moslashuvi, ta'lim tarbiya jarayonlarida bolalarning tarbiya jarayonlarida, faoliyat jarayonlarida interaktiv metodlardan foydalangan holda bolalarning muloqotchanligini shakillantirishda tarbiyachi kreativ yondashuvining roli katta hisoblanadi.

Key words: Maktabgacha yosh, kreativlik, pedagog, mashg'ulot,didaktik materiallar, jamoa bo'lib ishlash.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi (quyida: «MTT davlat o'quv dasturi») O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.

Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblanib, u har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va ularni maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda yoshlarning kelajagiga qaratilayotgan e'tibor, ta'lim tizimida istiqbolli dasturlar asosida olib borilayotgan amaliy ishlar Vatan, jamiyat taraqqiyoti yo'lida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari maktab yoshigacha bo'lgan bolalarning savodini chiqarish, ularda Vatanni sevish, u bilan g'ururlanish hissini uyg'otish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini beradi. Zamonaviy bog'chalarda ta'lim-tarbiya olayotgan o'g'il-qizlar jamiyatga munosib inson bo'lib ulg'ayishadi.

Har bir kichik yoshdagi bolalar ertalab uygonar ekan maktabgacha ta'lim tashkilotiga boradi. Ertalabdan tarbiyachisi ularni iliq mehr ila kutib oladi. Barcha bolalar bir joyga yeg'ilganidan keyin sekin kun ham boshlanadi. Bolalar asta sekin joylariga joylashib ertalabki nonushtani qilishadi. Kuchli energiyaga to'lganidan so'ng, ana endi sekin mashg'ulot jarayonini ham o'tsak bo'ladi.

Bizda har harfta turli hildagi mashg'ulot mavzulari beriladi.Bunda biz bir kun qog'ozdan , bir kun plastilindan, yana bir kun turli o'yinchoq yoki didaktik materiallar bilan mashg'ulot jarayonini olib boramiz. Bizga mashg'ulot jarayonida tarbiyachidan talab qilinadigan narsa kreativlik. Bunda mashg'ulot

jarayonini noodatiy qilib bolalar bilan qiziqarli mashg'ulot olib borish desak bo'ladi, sababi bolani diqqatini ushlab qolish uchun ko'p vaqt talab qilinmaydi. Ozgina vaqt davomida o'zimizga qiziqtira olishimiz bilan bolada jarayonni yahshi kechishini taminlaymiz. Mashg'ulot mavzusiga doir turli musiqalar qo'ysak diqqatini yana ham torta olamiz.

Endi bolalarda jamoa bo'lib ishlash maqulmi yoki ular bilan alohida shug'ullangan afvzalmi?

Aynan maktabgacha yoshdagi bolalarda jamoa bo'lib ishlagan ma'qul. Sababi ular do'stlari orasida o'zini erkin tutadi. Ulardan ko'rib bilmagan narsalarini o'rganadi. Jamoadoshlarini oldida uyalmasdan ishtirok etadi. Shuning uchun ham ko'p mashg'ulotlar jamoa bo'lib ishlash uchun mo'ljallangan.

Mashg'ulot jarayonini o'tkazib olib ularga erkin mashqlar qilsak bo'ladi. Chunki ko'pincha bola bo'sh qolmasligi uchun u bilan turli o'yinlar ham o'ynashadi, yoki jismoniy harakatlar qilishadi. Mashg'ulotni ham o'tib oldik, mashq bajardik albatta ularni energiyasi kamayadi, ularni ovqatlantirib, uhlash uchun yotqizsak ham bo'ladi. Dam olib miyya faoliyati energiyaga to'lganidan keyin yana kunning yarim qismida turli o'yinlar bilan bola bilan kunimizni o'tkazsak bo'ladi. Bola esa har kunlik bohchada o'tkazayotkan kunidan mamnun bo'ladi va har kuni nim tabassum bilan kirib keladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Ushbu ta'lim insonning asosiy huquqi sifatida tushunishga asoslanadi. Inklyuziya keng ma'noda ham, tor ma'noda ham qo'llaniladi. Keng ma'noda - u urush qurboni bo'lgan alohida ehtiyojli bolalar, qochoq bo'lgan bolalar, kam ta'minlangan oilalarning farzandlari, ijtimoiy zaif oilalaning bolalari, iste'dodli bolalar, sog'ligida muammolari bo'lgan bolalar va boshqalani o'z ichiga oldi.

Inklyuziv ta'lim g'oyalari ijtimoiy - madaniy nazariyalarga asoslanadi. Psixolog L.Vigotskiy (19861934) inklyuziv ta'lim g'oyasining asoschisi bo'lib, uning ijtimoiy konstnrktivizm nazariyasi orqali bolalar ijtimoiy muhitda eng samarali bilim oladilar. L.Vigotskiy oliy aqliy funksiyalarning rivojlanishi

PPSUTLSC-2024

. . .E.jÎ.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™2157centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

ijtimoiy hamkorlikdan boshlanadi va keyin shaxsiy bo'ladi deb aytib o'tgan.

Shunday qilib, bu ijtimoiy hamkorlik har doim rivojlanish va o'rganishning asosiy usuli hisoblanadi. Shuningdek, u ta'lim rivojlanishdan oldin ekanligiga ishongan. Kattalar bolaning "bevosita rivojlanish zonasida" bo'lgan ko'nikma yoki bilimlariga e'tibor berib, o'rganishni rag'batlantirishlari mumkin L.Vigotskiy "bunday rivojlanish zonasi"ni bolaning biladigan yoki qila oladigan va qobiliyatli odam yordamida nima qilishlari yoki tushunishlari mumkin bo'lgan maydon yoki makon sifatida aniqladi. L.Vigotskiyning ijtimoiy - madaniy rivojlanish nazariyasi pedagogning ro'lini aniq belgjlaydi. Biz farzandlarimizni yaxshi bilishimiz va ulaming "yaqin rivojlanish markazi" doirasida o'quv faoliyatini aniqlash uchun ular bilan faol muloqotda bo'lishimiz kerak. Agar bolalar birinchi navbatda ijtimoiy hamkorlik orqali o'rgansalar, biz pedagoglar bolaning boshqa bolalar va kattalar bilan o'zaro aloqada bo'lgan vaqlini maksimallashtirishimiz kerak. Makrabgacha yoshdagi bolalaming shovqinli (lekin baland bo'lmagan), band (lekin tartibsiz bo'lmagan) guruhi - bu normal o'quv muhitidir.

Ko'pgina mamlakatlarda inklyuziv ta'lim amaliyoti bu nazariyaning to'g'riligini ko'rsatib berdi Tadqiqotlarga ko'ra, alohida ehtiyojli bolalar o'z tengdoshlari bilan birga o'qisalar. o'rganishda, ijtimoiy muloqotda ancha yaxshi natijalami ko'rsatishga moyildirlar.

Barcha bolalar inklyuziv ta'lim amaliyotidan yaxshi foyda oladilar. Odatda, alohida ehtiyoji bor bola rivojlanayotgan tengdosh bolalar bilan hir guruhda bo'lishi ularga taqlid qilishga, ular bilan muloqot qilishga, ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi. Rivojlanayotgan bolalar alohida ehtiyojlari bor odamlar duch keladigan muammolarni tushunib boradilar. Ular boshqalarning ehtiyojlariga sezgir bo'lib, farqlami yaxshiroq anglaydilar Ular barcha odamlar muhim muammolarni bartaraf eta olishlariga va muvaffaqiyatga erishishlari mumkinligini bilib oladilar.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Pedagoglarga guruhida alohida ehtiyojli bolalar bo'lishi ham manfaatlidir, bunda ular o'quv uslublaridagi farqlarni kuzalishda malakaga ega bo'lishlari mumkin. Ular, shuningdek, bolalarning individual kuchli tormmlarini baholashda o'zlarga ko'proq ishonch orttiradilar va shu bilan birga qo'llab-quvvatlash kerak bo'lgan tomonlarini aniqlaydilar. Bu barcha bolalarni o'qitihda tarbiyachilarga bolaning individual kuchli tomonini va alohida ehtiyojlarini aniqlashga va shu asosida ta'lim ulubini yaxshilashga imkon beradi. Inklyutiv ta'limning mavjudligi bolalar hir-biridan ko'p jihatdan farq qilishini va bu farqlar to'siq emas, balki qimmatli manba ekanligini tan olish demakdir. Bolalarning turli ta'lim ehtiyojlari va imkoniyatlari va ularning turli rivojlanish sur'atlarini o'quv faoliyali va ta'lim straregiyasini individuallashtirish va differensiallashtirish yo'li bilan

www.in-academy.uz

qondirish mumkin. Inklyuziv maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'ziga xos xususiyatlari:

• alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning umumiy ta'limi bilan muntazam guruhlarda pedagoglar bilan birgalikda mutaxassislar j amoasi shug'ullanadllar;

• alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning qanchasini bir guruhga muvaffaqiyatli kiritish mumkinligini aniqlab olish zarur. Odatda, bu miqdor har bir bolaning xususiyatlari turiga va pedagogning o'z maktabgacha ta'lim tashkilotidan oladigan yordamiga bog'liq. Masalan, boshqa mutaxassislar yordami bilan pedagog faqat bitta og'ir kasallikka chalingan bolani yoki yengil tashxis qo'yllgan bir necha bolani o'z guruhiga olishi mumkin. Guruhdagi bolalar umumiy sonining 5-10 % dan ko'p bo'lmagan shtati bo'yicha alohida ehtiyojga muhtoj bolalarni ham o'z ichiga olish amaliyoti mavjud. Agar guruhda 20 nafar bola bo'lsa, alohida ehtlyojga muhtoj 1-2 nafar bolani qabul qilish;

• farzandlarining ta'lim-tarbiyasi va rivojlanishiga doir qaror qabul qilishda ota - onalar va boshqa oila a'zolari foal ishtirok etishi;

• barcha pedogoglar (guruh tarbiyachisi, maktabgacha ta'lim psixologi ya defektologi, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi) jamoa bo'lib ishlaydi va ularning sa'y-harakatlarini muvofiqlashtiradi. Qarorlar bir-biri bilan samarali hamkorlik qiladigan jamoa a 'zolari tomonidan qabul qilinadi;

• strategiyalor va ta'lim berish butun bolalarning rivojlanishini ta'minlaydi va har bir alohida bolaning maxsus rivojlanish ehtlyojlarini hisobga oladi;

• moxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash individual bolaning rivojlanish xaritasi, bolalarning kuchli tomoni va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tuzilgan;

• dasturlarning samaradorligi muntazam baholanadi; barcha manfaatdor tomonlar jalb etiladi (oila a'zolari, pedagoglar, boshqa mutaxassislar);

barcha pedagoglar maxsus ehtiyojli bolalarni o'qitish va rivojlanish xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo'ishlari, treninglar orqali maxsus tayyorgarlikdan o'tib, malakalarini oshirish, maxsus adablyotlarni o'rganishlari kerak.

ADABIYOTLAR:

1) Sh.M.Mirziyoyev. " Maktabgacha ta'lim tizmini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3651 son qarori. 05.04.2018-y.

2) Sh.M.Mirziyoyev. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" - Toshkent;- "O'zbekiston", 2017-y.

3) Muslimov N.A. "Bo'lajak kasb ta'lim o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish" /Monografiya.-T.:Fan,2004,.

4) Muslimov N.A. "Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompotentligini shakllantirish texnologiyasi" /Monografiya. -T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti,2013

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

5) Sayidahmedov N."Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya". - T."Innovatsiya - Ziyo", 2003-y.

6) R.G\Qodirov."Yosh davrlari va pedagogik psixologiya" T-"O'zbekiston"- 2005-y.

7) Sh.M.Mirziyoyev. " O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligi faoliyatini tashkil etish" to'g'risidagi PQ-3305 son qarori. 30.09.2017-y.

8) P.Yusupova. Maktabgacha pedagogika. -T.: O'qituvchi, 1993.

9) O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. T., 2018.

10) Professional Development for early Childhood Professionals: examining Pedagogy in early Childhood 8 October 2010

11) M.Xayrullayev. O'zbek pedagogik antologiyasi. T.: «O'qituvchi» 1995 y

12) N.Ochilov. Muallim qalb mehmori. T.: "O'qituvchi" 2001 y .

13) N.N.Azizxodjaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T.: "O'qituvchi" 2005 y

14) Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: Sharq, 1997.

15) A.Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. -T.: O'qituvchi, 1992.

www.in-academy.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.