MAKTABGACHA TA'LIMDA INKLYUZIV TA'LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA CHET EL TAJRIBASI
Qarshiyeva N.E.
Jizzax viloyati Baxmal tumani DMTT-10 direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11273888
Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizdajoriy qilinayotgan yangi ta'lim tizimi ya'ni inklyuziv ta'lim tizimining takomillashuvi, va bu ta'lim tizimi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, maktabgacha ta'lim tizimidagi imkoniyati cheklangan bolalarga o'z tengdoshlari qatorida ta'lim berish va shu bilan bir vaqtda ularning ehtiyoji hamda qobiliyatlariga qarab individualyondoshish, inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadi va vazifalari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat, inklyuziya, ijodiyyondashuv, maxsus ta'lim, uyg'unlashish.
Аннотация. В данной статье в новой образовательной системе, внедряемой в нашей стране, а именно совершенствовании системы инклюзивного образования, и внедрении этой образовательной системы в организациях дошкольного образования, дети с ограниченными возможностями здоровья в системе дошкольного образования находятся среди своих сверстников. образования и при этом индивидуальный подход, исходя из их потребностей и способностей, обсуждаются цели и задачи развития системы инклюзивного образования.
Ключевые слова: образование, образование, инклюзивное, развитие, совершенствование, движение, инклюзия, творческий подход, специальное образование, адаптация.
Abstract. In this article, the new educational system introduced in our country, i.e., the improvement of the inclusive education system, and the introduction of this educational system in preschool education organizations, children with disabilities in the preschool education system are among their peers. education and, at the same time, an individual approach based on their needs and abilities, the goal and tasks of developing an inclusive education system are discussed.
Keywords: education, education, inclusive, development, improvement, movement, inclusion, creative approach, special education, adaptation.
Mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirish uchun avvalo, tarbiyachilarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etilishi kerak. O'quv reja, o'quv mashg'ulotlar maxsus ehtiyojli tarbiyalanuvchilarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo'lishi kerak. Bolaning maxsus ta'limga bo'lgan ehtiyojlari har qanday integratsiya faoliyatining asosini tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo'lganligi tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan bo'lishi talab etiladi. L.S.Vigotskiy fikricha nuqsonli tarbiyalanuvchini yetuk qilib tarbiyalashning vazifasi tarbiyalanuvchidagi nuqsonlarni kompensatsiya qilish va uning integratsiyasini ta'minlash deb hisoblaydi va buning uchun shunday ta'lim tizimini yaratish kerakki maxsus yordamga muhtoj tarbiyalanuvchi mashg'ulot o'ish jarayonida har tomonlama rivojlansin. Ya'ni L.S.Vigotskiy umumiy va maxsus ta'limni uyg'unlashtiradigan ta'lim tizimini tashkil etishni maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim tizimida o'qitishni e'tirof etgan. Imkoniyati cheklangan tarbiyalanuvchini oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo'yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta'lim muassalari tarkibiga
qarab olinishi jahon miqyosida „inklyuziv" yoki ,,integratsion''ta'lim atamalari bilan ataladi. Inklyuziv ta'lim to'g'ri tanlovdir, sababi tinglovchilar uyda yoki maxsus muassasalarda ta'lim olgandan ko'ra oddiy maktabda o'z tengdoshlari bilan ta'lim olganda ularning bilim olishga bo'lgan ishtiyoqi oshadi, ta'lim samaradorligi ham yuqori bo'ladi.
Inklyuziv ta'limda imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?
> o'z imkoniyatini o'zi uchun kashf etish imkonini beradi;
> mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga
keladi;
> dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;
> o'qishga bo'lgan ehtieji va qiziqishlari ortadi;
> o'zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;
> ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;
> yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yo'qoladi.
Rossiyada inklyuziv ta'limni rivojlantirish
Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida inklyuziv ta'lim tizimi mavjud. Bu, bir tomondan, bolani o'qitishda moslashuvchan yondashuvni rivojlantirish uchun, boshqa tomondan, unga sog'lom tengdoshlar jamoasida o'qish imkoniyatini berish uchun mo'ljallangan. Maxsus, axloq tuzatish maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab-internatlarda bo'lgani kabi, faqat kasal odamlar atrofida yolg'iz qolmang. Ammo amalda Rossiyada inklyuziv ta'limni rivojlantirish bir qator muammolarga duch keladi:
• Tarbiyachilar adashishadi, o'zlarining qobiliyatsizligini his qilishadi - axir ular nogiron tarbiyalanuvchilar bilan, nogiron tarbiyalanuvchilar bilan ishlaydigan tarbiyachi roliga tayyor emas edilar;
• hatto tarbiyalanuvchini butun qalbi bilan sevadigan tarbiyachilar ham bolaning noo'rin xatti-harakatlari sabablarini tushunib etishlari va unga bu muammoni engishga yordam berishlari nihoyatda qiyin bo'lib, bu ta'lim jarayonini sezilarli darajada murakkablashtiradi;
• tarbiyachilarga bunday tarbiyalanuvchilar bilan ishlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan aniq, tushunarli ko'rsatmalar, maxsus o'quv qo'llanmalari yoki ish daftarlari etishmaydi;
• zamonaviy maktabgacha ta'lim tizimi orasida tajovuzkorlik va bezorilik odatiy hol emas, shuning uchun sog'lig'i buzilgan tarbiyalanuvchi uchun xavfsizlik sharoitlarini yaratish oson emas.
Sinov va xato bilan ko'r-ko'rona harakat qilishingiz kerak. Amalda turli xil yondashuvlarni sinab ko'ring va yangilarini o'zingiz ishlab chiqing. Ammo muammo shundaki, bitta "maxsus" bola bilan to'plangan tajriba boshqa talaba uchun umuman befoyda bo'lishi mumkin. Nima qilish kerak?
Qozog'istonda 2003 yil ,,Maxus ehtiyojli bolalarni korreksion ijtimoiy va tibbiypedagogik qo'lab-quvvatlash haqidagi'' Qonun qabul qilinadi. Bu qonun asosida mahsus ehtiyojli bolalarni umumta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya berish, korreksion pedagogik ish olib borish maqsadida reabilitatsion markazlar, psixologik-pedagogik korreksiya xonalari, mahsus maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida qoshida qisqa muddatli guruhlar tashkil etildi. Inkyuziv ta'limga kadrlarni tayyorlash uchun oliy ta'limda ,,Maxsus pedagogika'',,Maxsus psixologiya'' ,,Maxsus metodikalar" kurslari kiritildi. Bu kabi kurslar kadrlar malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Xitoyda integratsiyalash jarayoni barcha umummillat ma'lumotlarini yig'ish, tajriba almashish, muloqot va fikr almashish, kadrlarni tayyorlash,maktabgacha ta'lim va maktab o'quv jarayonlarini isloh kilish,maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari bilan uchrashuv va savol
javoblar o'tkazish hamda barcha axborotlarni yig'ib tahlil qilishdan boshlandi. Nuqsonli bolalar ta'limi Xitoy ta'lim tizimida birmuncha yangi edi. Har bir tumanda integratsion ta'lim borasida seminarlar uyushtirildi. 8 ta o'quv seminarida 1000 dan ortiq kishilar ishtirok etdilar. Bir qancha pedagogika institutlarida nuqsonli tarbiyalanuvchilarga ta'limi nomli o'quv kurslari o'tila boshladi. (Ainscov M., va boshkalar 1996 yil). Xitoyda Internet tizimidagi elektron resurs markaz orqali mutaxassislarning bilim va malakalaridan foydalangan holda butun mamlakat hududidagi alohida ehtiyojli tarbiyalanuvchi va shaxslarning ta'lim olish talabini qondirish imkoniyati paydo bo'ldi. Mazkur dastur maxsus ehtiyojli bolalarni ta'lim jarayoniga kiritish bo'yicha boshqa chora-tadbirlarga qo'shimcha yordam sifatida qo'llaniladi. Ayrim hollarda esa ta'lim berish va rivojlantirish imkonini beruvchi yagona vosita bo'lib qoldi.
Hindistonda 1 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar 2.000.000 ni tashkil etadi. Ta'lim tizimini rivojlantirish 1947-yilda mamlakat mustaqillikga erishgandan so'ng qonuniy tasdiqlangan. 1986- yilda ishlab chiqilgan va 1992-yilda milliy ta'lim qonuniga ko'pgina mutaxassislar va turli shtatlarning vakillari ishtirokida hamda boshqa tegishli fuqarolarning hamkorlikdagi sayiharakati bilan qo'shimchalar kiritilgan. Mamlakatda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarning ta'lim olish huquqi kafolatlangan. Ta'lim to'g'risidagi qonunning asosiy bandida rivojlanishida alohida ehtiyoji bo'lgan bolalarni barchalar qatori ta'lim olishi va ular o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf qilinishi qayd etilgan. Shuningdek qonunda mamlakatda yashovchi fuqarolarning ko'p tilligi va diniy-ijtimoiy, madaniy rivojlanishining xususiyati hamda mamlakatda yashovchi nogiron bolalar, qiz bolalar har-xil hududlarda yashovchi mayda millat bolalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligi aniqlanib ularga qo'shimcha ravishda e'tibor berilib, ta'lim olish huquqi ta'kidlangan. Keyingi vaqtda ta'lim olishning bir qator mavhum tizimi rivojlana boshladi. Bunday tizimni shakllantirish yaxlit bitta vazirlik doirasida bo'lishi kerak" deb ,ta'kidlaydi :- Keralin Daier. Ushbu shakllangan ta'lim tizimining vazifasi o'yin orqali o'qitishga asoslangan yangi ishlab chiqilgan dastur yordamida, o'qituvchi o'quvchiga yondoshish yo'li bilan o'qitish talab etiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim tizimida inklyuziv ta'limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan tarbiyalanuvchilarni ilk yoshlaridanoq sog'lom tarbiyalanuvchilar qatoriga qo'shib sifatli ta'lim olishini ta'minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir. Nuqsoni bor tarbiyalanuvchilarni har tomonlama tarbiyash orqali ularni ona-Vatanga, tabiatga nisbatan go'zallikni his etishga, tafakkurini rivojlantirishga, bolalarning talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. "Inklyuziv ta'lim" - o'quv uslubiy qo'llanma. Toshkent 2019.
2. "Inklyuziv ta'lim asoslari" -o'quv uslubiy qo'llanma.Urganch 2020.
3. Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010
4. Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Современный образовательный стандарт / Т. В. Волосовец, А. М. Казьмин, В. Н. Ярыгин. - М.: Мозаика-Синтез, 2011. - 144 с.
5. D.S.Qaxarova " Inklyuziv ta'lim texnologiyasi" o'quv va metodik qo'llanma 2014-yil
6. R.Sh. Shomaxmudova ,, Maxsus va inklyuziv ta'lim xalqaro va milliy tajribalar''-o'quv uslubiy qo'lanma.Toshkent 2011.
7. Valiyeva FR. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/
8. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
9. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil