MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA INKILYUZIV
TA'LIMNI JORIY ETISH
1Qoraxonova Mashhura Karimovna, 2Bozorova Muhayyo Ulashevna
1Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 2-Ko'p tarmoqli davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim tashkiloti defektologi, 2Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 2-Ko'p tarmoqli davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim tashkiloti tarbiyachilari https://doi.org/10.5281/zenodo.11278710
Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizdajoriy qilinayotgan yangi ta 'lim tizimi ya 'ni inklyuziv ta 'lim tizimining takomillashuvi, va bu ta 'lim tizimi maktabgacha ta 'lim tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, maktabgacha ta'lim tizimidagi imkoniyati cheklangan bolalarga o'z tengdoshlari qatorida ta 'lim berish va shu bilan bir vaqtda ularning ehtiyoji hamda qobiliyatlariga qarab individual yondoshish, inklyuziv ta 'lim tizimini rivojlantirish maqsadi va vazifalari haqida so 'z boradi.
Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat, inklyuziya, ijodiyyondashuv, maxsus ta'lim, uyg'unlashish.
Abstract. In this article, the new educational system introduced in our country, i.e. the improvement of the inclusive education system, and the fact that this educational system is also introduced in preschool education organizations, children with disabilities in the preschool education system are among their peers. Education and, at the same time, an individual approach based on their needs and abilities, the goal and tasks of developing an inclusive education system are discussed.
Keywords: education, upbringing, inclusive, development, improvement, movement, inclusion, creative approach, special education, adaptation.
Аннотация. В данной статье к числу их задач относится новая образовательная система, внедряемая в нашей стране, а именно совершенствование системы инклюзивного образования, а также то, что данная образовательная система внедряется и в организациях дошкольного образования, дети с ограниченными возможностями в системе дошкольного образования. Сверстники. Образования и одновременно индивидуального подхода, исходя из их потребностей и способностей, обсуждаются цели и задачи развития системы инклюзивного образования.
Ключевые слова: образование, воспитание, инклюзивный, развитие, совершенствование, движение, инклюзия, творческий подход, специальное образование, адаптация.
Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda o'sib borayotgan avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovini ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to'ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko'rsatmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoniga muvofiq O'zbekistonda
inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
O'quvchilarni mazkur sinflarga qabul qilish hududiy xalq ta'limi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko'ra, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi. Inklyuziv ta'lim sinflarida jami o'quvchilar soni 30 nafardan oshmasligi kerak. Inklyuziv va boshlang'ich tayanch korreksion sinflarga faqat bir xil tibbiy tashxisdagi o'quvchilar qabul qilinadi.
Qarorga ko'ra, inklyuzif ta'lim sinflari o'qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to'lanadigan ustama haqi quyidagicha:
- sinfda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bir nafar bola uchun - lavozim maoshining 10
foizi;
- 2 nafar bola uchun - lavozim maoshining 20 foizi;
- 3 nafar bola uchun - lavozim maoshining 30 foizi;
- ikki va undan ortiq inklyuziv ta'lim sinflarida 4 nafar va undan ortiq bola uchun ta'lim-tarbiya ishlarini olib borgan o'qituvchilarga va maxsus pedagoglarga - lavozim maoshining 30 foizi miqdorida.
Inklyuziv ta'lim tamoyillari
Inklyuziv ta'limning e'tirof etilishi tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalrni umumta'lim muassasalari tizimida o'qitish borasida bir qancha jahon miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko'plab davlatlari e'tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida ko'plab muammolar mavjud. Ba'zi davlatlarda esa umumiy ta'lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta'lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta'limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog'liq bo'lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto'g'ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya'ni inklyuziv ta'limni e'tirof etgan holda, aholi o'rtasida targ'ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir. Inklyuziv ta'limning barcha uchun ochiq bo'lishi tamoyili. O'tgan yigirma yil davamida maxsus ehtiyojli bolalrni umumta'lim muassasalari tizimida o'qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo inklyuziv ta'limi tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqiyosida bo'lib qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta'limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta'minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta'limga jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olgan bo'lishi ta'minlanishi lozim. Bog'lanishning mavjud bo'lishi tamoyili. "Bog'lanish"-bu so'zning zaminida-ommaviy binolarning sifati, ayniqsa nogiron bolalar uchun maktablarga kirishning oson bo'lishi kabilar yotadi. Bola maktab binosiga (zinapoyalar aravachada yurishga moslashtirilmaganligi sababli) kira olmaganmi yoki maktab xojatxonasi aravachada harakatlanuvchilarga moslashtirilmaganligi uchun oddiy maktabdan chiqarib tashlamasligi kerak. Bu kabi qulayliklarni yaratish unchalik katta mablag' talab qilmaydi. Yangi maktab binosi nogiron bolalarning ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda rejalashtirilgan paytdan boshlab qurilishi kerak. Alatta nogiron bolalar uchun yaxshi bo'lgan qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar uchun hyech bir muammo keltirib chiqarmaydi. Jismonan bog'lanishlarni yaratish inklyuziv ta'limning asosiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
Erta yoshdagi bolalar ta'limini isloh qilish - milliy qonunchilik va siyosat UNICEF 2019-yil 14-dekabrda Senat tomonidan ma'qullangan O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi qonuniga o'z hissasini qo'shdi. Asosiy natijalar:
• Hukumatning SDG 4.2 (bir yillik maktabgacha ta'lim) bo'yicha majburiyati.
• Maktabgacha ta'lim muassasalarida xususiy xizmatlar ko'rsatish sohasida tan olish, tartibga solish va hamkorlik qilish
• O'zbekiston ijtimoiy sektorida birinchi muvaffaqiyatli PPP; maktabgacha ta'lim muassasalariga kirish va ularni qamrab olishni kengaytirish.
• Xalqaro moliya institutlari (Jahon banki va ITB) PPP modelidan foydalangan holda maktabgacha ta'lim muassasalariga sarmoya kiritmoqda.
Bizning fikrimizcha inklyuziv ta'lim bu, shunday ta'lim-tarbiya jarayoniki, unda jismoniy, ruxiy, aqliy va boshqa muammolaridan qat'iy nazar barchabolalar umumiy tarzda, o'z uyi va hududida, ehtiyojlariga mos barcha sharoitlaryaratilgan maktablarda, o'z tengqurlari bilan birga ta'lim olishi demakdir. Inklyuziv ta'limning maqsadi: Alohida ehtiyojli bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, umumta'limmuassasalarida to'laqonli ta'lim olishlarini ta'minlash, ta'lim muassasalarida harbir bola uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun tashkil etilgan ta'lim turlari:
-Maxsus ta'lim - Bolalarning muammolari bo'yicha maxsus tashkil etilganmaktab-internatlari.
-Sanatoriya turidagi maktab internatida.
-Inklyuziv integratsion ta'lim. Umumta'lim muassasalarida tashkiletiluvchi uyg'un ta'lim. -Uydagi ta'lim. Ta'lim muassasalarida o'qish imkoniyatiga ega bo'lmaganbolalar uchun oilada tashkil etiluvchi ta'lim.
-Muruvvat uylari. Rivojlanishida og'ir nuqsonlarga ega bolalar uchuninternat tipida maxsus tashkil etiluvchi ta'lim.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida qarori PQ-4312 08.05.2019
2. https://uzreport.news/society/maktablarda-inklyuziv-ta-limni-tashkil-etish-tartibi-belgilandi
3. http://kompy.info/61 -inklyuziv-talimning-mohiyati.html?page=3
4. https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/maktabgacha-talim
5. http://info-tashxis.uz/home/SinglePage/6492