MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA'LIMNI JORIY ETISH SHART-SHAROITLARI
Bolibekov Alisher Abdusalomovich
Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi, dotsent, pedagogika
fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.11276593
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda alohida ehtiyojga ega bo 'lgan bolalar uchun mo 'ljallangan ta 'lim ya 'ni inklyuziv ta 'lim tizimi maktabgacha ta 'lim tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta 'lim tizimini rivojlantirish maqsadida yangi qaror va farmonlar qabul qilinib, turli vazifalar yuklatilganligi haqida so 'z boradi.
Kalit so'z: ta 'lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat.
Аннотация. В данной статье сегодня в нашей стране внедрена система инклюзивного образования для детей с особыми потребностями в организациях дошкольного образования, приняты новые решения и постановления в целях развития системы инклюзивного образования. были поставлены различные задачи.
Ключевые слова: образование, образование, инклюзивность, развитие, улучшение, действие.
Abstract. In this article, today in our country, the inclusive education system for children with special needs has been introduced in pre-school education organizations, new decisions and decrees have been adopted in order to develop the inclusive education system. it is said that various tasks have been assigned.
Keyword: education, education, inclusive, development, improvement, action.
Hozirgi O'zbekiston barcha sohalarda va jahon tendensiyalari asosida jadal rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Milliy ta'lim siyosatining zamonaviy va amaliy yo'nalishlaridan biri inklyuziv ta'limn i rivojlantirishdir. Buning uchun alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni jamiyatga qo'shilib ta'lim olishlari uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 13-oktabrda qabul qilingan "Alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim -tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bunga yaqqol misol bo'la oladi. Mazkur hujjatda mamlakatimizda inklyuziv ta'limni rivojlantirish imkonini beruvchi qator huquqiy va tashkiliy vazifalar belgilab berilgan.
2020-2025-yillarda inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi va "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi. Unda maxsus ta'limga muhtoj bolalar ta'limini tegishli davrgacha rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari ishlab chiqilgan. Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi:
2020-2022-yillarda:
Inklyuziv ta'lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
Tizim uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
Inklyuziv ta'lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko'tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta'minlanadi;
Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi;
Imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o'qitishning mazmun -mohiyatini tushuntirish orqali aholi o'rtasida ijo biy ijtimoiy muhit shakllantiriladi;
Ularni kamsitish, salbiy muomalada bo'lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Inklyuziv ta'lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta'lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilinadi.
2023-2025-yillarda:
Inklyuziv ta'lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy qilinadi;
Har bir bolaning inklyuziv ta'lim olish huquqini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
O'qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta'lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
Ta'lim jarayonida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog'lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko'riladi;
O'quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta'lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari (maktab va maktab -internatlar) soni optimallashtirilishi belgilab qo'yildi.
2021/2022-o'quv yilida tajriba-sinov tariqasida:
Shaharlar hamda Toshkent shahri tumanlarida joylashgan bittadan umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilinadi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta'lim maktabida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun boshlang'ich tayanch korreksion sinflarni ochiladi.
Qashqadaryo, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi.
Mazkur ta'lim tizimi bo'yicha erishilgan ijobiy tajriba respublikaning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.
Inklyuziv sharoitda o'quvchilarni psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlarni tashkil etish va boshqalar.
Bolalarning qobiliyatlari va har qanday holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etilishi kerak. Ma'lumki, maxsus ta'lim aqliy, jismoniy tashqi ko'rinishga muvofiq amalga oshirilsa, inklyuziv ta'lim bolaning qobiliyati va imkoniyatlariga ko'ra belgilanadi hamda inklyuziv ta'lim bolaga yo'naltirilgan va moslashtirilgan, yo'riqnomali, barchaga mo'ljallangan o'quv dasturi asosida o'qitiladi. Bunday ta'limning o'ziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va o'qituvchi bir birlaridan o'rganishadi hamda muammolarni birgalikda hal etishadi. Bunday ta'lim albatta bir tomonlama bo'lmaydi. Imkoniyati cheklangan bolada o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish, ko'nikma va qobiliyatini rivojlantirish, yoshligidan o'rganishni rag'batlantirishda oilaning o'rni muhim hisoblanadi. Inklyuziv ta'lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash ham muhim masalalardan biridir. Ta'kidlash joizki, alohida ehtiyojli ota-onalarga ularning farzandlari jamiyatning bir bo'lagi bo'lish huquqiga ega ekanini tushuntirish, bu
ishonchni ularning ongiga yetkazish kerak. Mamlakatimiz ta'lim tizimida bu masalaga alohida e'tibor qaratiladi.
Inklyuziv maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisi qanday sifatlarga ega bo'lish kerak? Inklyuziv ta'limda o'qituvchining kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo o'qituvchi inklyuziv tafakkurga ega bo'lish va ta'lim sifati mas'uliyatini o'z zimmasiga olishi shart.
Inklyuziv ta'limning vazifasi bolalarning qobiliyati va holatidan qat'iy nazar, ularga sifatli ta'lim berishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda, imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan oddiy maktabda tarbiya va ta'lim olishlarini ta'minlash zarurligini nazarda tutadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda inklyuziv ta'limning ahamiyati shundan iboratki, alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni ilk yoshidanoq oddiy bolalar qatorida sifatli ta'lim olishlarini ta'minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini hamda harakatlarini rivojlantirishdir.
Inklyuziv ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi:
O'z imkoniyatlarini o'zlari uchun kashf etadilar;
O'zlarini barcha bilan bir xil hisoblay boshlaydilar;
Ta'lim olishga bo'lgan qiziqishi ortadi;
O'zlarida mustaqil harakatlanishga bo'lgan ishonch ortadi;
Dunyoqarashi kengayib, hayotiy tajribasi ortadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 8-maydagi "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ -4312-son qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son qarori.
3. https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/inklyuziv-talim.