Научная статья на тему 'UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI'

UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
47
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ilm-fan / ta’lim / tarbiya / uzluksiz ta’lim / inklyuziv ta’lim / integratsiya / o‘quvchi / alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar / shaxs / barkamol shaxs / huquq.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamatqulova Ozoda Xikmat Qizi

Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy etishning istiqbollari va uning huquqiy asoslari bayon etilgan, shuningdek, mazkur mavzu yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI»

UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA'LIMNI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI

Mamatqulova Ozoda Xikmat qizi

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch

doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11183450

Annotatsiya. Ushbu maqolada uzluksiz ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni joriy etishning istiqbollari va uning huquqiy asoslari bayon etilgan, shuningdek, mazkur mavzuyuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ilm-fan, ta'lim, tarbiya, uzluksiz ta'lim, inklyuziv ta'lim, integratsiya, o'quvchi, alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar, shaxs, barkamol shaxs, huquq.

ПЕРСПЕКТИВЫ ВНЕДРЕНИЯ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В СИСТЕМУ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ И ЕГО ПРАВОВАЯ ОСНОВА

Маматкулова Озода

Докторант НИИ педагогических наук Узбекистана имени Т. Н. Кори Ниёзи

Аннотация. В данной статье описаны перспективы внедрения инклюзивного образования в систему непрерывного образования и его правовая основа, а также сделаны соответствующие выводы и рекомендации по данной теме.

Ключевые слова: наука, образование, воспитание, непрерывное образование, инклюзивное образование, интеграция, учащийся, дети с особыми образовательными потребностями, личность, всесторонне развитая личность, право.

PROSPECTS OF IMPLEMENTATION OF INCLUSIVE EDUCATION IN THE CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM

AND ITS LEGAL BASIS

Mamatkulova Ozoda

Doctoral student of the scientific research institute of pedagogical sciences of Uzbekistan named

after T. N. Kori Niyozi

Abstract. This article describes the prospects of introducing inclusive education in the continuous education system and its legal basis, as well as the relevant conclusions and recommendations on this topic.

Key words: science, education, upbringing, continuous education, inclusive education, integration, student, children with special educational needs, person, well-rounded person, law.

Ta'lim-mamlakat taraqqiyotini ta'minlab beruvchi omillardan biri bo'lib, u bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, insonni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta'lim jarayonida bilimlar egallanadi, tarbiya amalga oshiriladi va bu juda

katta ahamiyatga ega. Zero, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: "Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq"[1]deb aytgan jumlalarining o'zi ham yuqoridagi fikrimizning yaqqol isbotidir. Zotan, ta'lim va tarbiya har bir millat taraqqiyotini va rivojlanishini ta'minlovchi omildir.

Jamiyat rivojlanishining bugungi bosqichida yuz berayotgan ijtimoiy o'zgarishlar bolalarning ta'lim olishi va tarbiyasiga bo'lgan qarashlarning o'zgarishiga, bu esa mamlakatimiz ta'lim tizimida jiddiy o'zgarishlarning sodir bo'lishiga olib keldi. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda inklyuziv ta'limga, ya'ni alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarning ta'lim olishlari uchun alohida e'tibor va yetarli shart-sharoitlarning yaratib berilayotganligi esa alohida diqqatga sazovordir. "Inklyuziv ta'lim" atamasi fransuzcha "inclusive" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "o'z ichiga oladi" deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari bo'lgan va shartli ravishda sog'lom, ya'ni sog'ligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi ta'limini anglatadi.

Inklyuziv ta'lim olish jarayoni bir-biriga o'xshamaydigan, intellektual, jismoniy va aqliy xususiyatlarga ega bo'lgan odamlar maxsus bilimga muhtoj bo'lmagan tengdoshlari bilan birgalikda zarur bilim va ko'nikmalarni oladigan tarzda tashkil etiladi. Zotan, inklyuziv ta'lim -bu umumta'lim maktablarida sog'lom o'quvchilar bilan alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni birga uyg'unlashgan tarzda o'qitish jarayoni sanaladi. Inklyuziv ta'lim bolalarga nisbatan har qanday kamsitishni istisno qiluvchi, barchaga teng munosabatda bo'lishni ta'minlovchi hamda alohida ta'limga ehtiyojli bolalar uchun alohida shart-sharoitlar yaratuvchi ta'limdir. Jumladan, inklyuziv ta'limning bosh g'oyasi: "Bola ta'lim jarayoniga emas, ta'lim jarayoni bola imkoniyatiga moslashtiriladi"[2].

So'nggi paytlarda mamlakatimizda inklyuziv ta'lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko'pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog'lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda o'qishi, bir partada o'tirishi deb tushunadi, xolos. "Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta'lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada - bir xil sharoitda ta'lim olishini anglatadi. Ya'ni, imkoniyati cheklangan bola sog'lom bolalar bilan bir xil e'tiborda o'qiy olishi kerak. Kam ta'minlangan oilaning farzandi kambag'al oiladan bo'lgani uchun ta'mirlanmagan maktabga borishi kerak emas"[3], - deydi O'zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov.

Inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadi esa - ta'lim olish uchun teng imkoniyatni ta'minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta'lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat'iy nazar ta'limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish O'zbekiston Respublikasida ham davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 50- moddasida "Har kim ta'lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir" deb belgilab qo'yilganligi ham hammaning qonun oldida tengligining kafolatidir. Bundan tashqari, inklyuziv ta'limga doir xalqaro huquqiy me'yoriy hujjatlar, rivojlangan chet el davlatlarning inklyuziv ta'lim tajribalari o'rganib chiqildi va ularga asoslangan holda yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'risida"[4]gi

Qonunining 20-moddasi "Inklyuziv ta'lim" deb nomlanib, "Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan"ligi qonuniy asos bilan mustahkamlab qo'yildi.

Shuningdek, inklyuziv ta'lim masalasi Respublikamiz Prezidenti tomonidan davlat siyosatining eng ustuvor vazifasi sifatida qaralib, ushbu ustuvor vazifalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"[5]gi PQ-4860-sonli Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"[6]gi 638-sonli Qarorida o'z aksini topdi. Mazkur ishlarning natijasi sifatida inklyuziv ta'limning barcha jihatlari, joriy etish yo'llari, maqsad va vazifalari, bu sohadagi islohotlar "Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida"gi Nizom, 2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha tegishli "Yo'l xaritasi" belgilab olinib, amaliyotga joriy etish borasida juda ahamiyatli bo'lgan ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv ta'limni bosqichma-bosqich joriy etish masalasi qo'yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun tegishli muhit yaratish, yangi barpo etiladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o'quv bazasini takomillashtirish kabi muhim vazifalar belgilangan.

2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi[7]ga binoan, mamlakatimizda inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

a) inklyuziv ta'lim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

b) inklyuziv ta'limda o'qitish usullarini takomillashtirish, mazkur jarayonga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

v) inklyuziv ta'lim jarayonida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, bolaning jismonan sog'lom va baquvvat shakllanishiga erishish;

g) alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash;

d) inklyuziv ta'lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

ye) inklyuziv ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni byudjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish;

j) inklyuziv ta'limga jalb qilingan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish.

Xulosa qilib aytganda, inklyuziv ta'lim alohida yordamga muhtoj bolalarni sog'lom bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta'lim-tarbiya olishlarini ta'minlaydi. Shuning uchun ham u muhim ahamiyat kasb etadi. Inklyuziv ta'limning asosiy vazifasi bolalarning qobiliyatlari va imkoniyatlari holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etishdir. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega

bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birgalikda oddiy maktabda ta'lim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish mamlakatimiz ta'lim tizimining yanada rivojlanishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, sog'lom va sog'lig'i bilan bog'liq muammolari bo'lgan o'quvchi shaxsining har tomonlama barkamol rivojlanishi imkoniyatlarini oshirishni e'tibordan chetda qolmasligi kerakligini yodimizdan chiqarmasligimiz zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Xalq so'zi (xs.uz).

2. Inklyuziv ta'limning me'yoriy-huquqiy asoslari va maxsus ta'lim | образование наука и инновационные идеи в мире (newjournal.org).

3. Inklyuziv ta'lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi? (kun.uz)

4. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni.24.09.2020. lex.uz.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida" 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori.Lex.uz.

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirar Mahkamasining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"1gi 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli Qarori. Lex.uz.

7. 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.10.2020 y. PQ-4860-son qaroriga 1-ilova)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.