Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA PEDAGOGNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRIShNING KONSEPTUAL ASOSLARI'

INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA PEDAGOGNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRIShNING KONSEPTUAL ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Inklyuziv ta’lim / ijtimoiy-pedagogik kompetensiya / malaka / ko‘nikma / mahorat / ta’lim-tarbiya asoslari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umaralieva Muxayyo Abdugaparovna

Maqolada inklyuziv ta’lim muhitida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA PEDAGOGNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRIShNING KONSEPTUAL ASOSLARI»

INKLYUZIV TA'LIM MUHITIDA PEDAGOGNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRIShNING KONSEPTUAL ASOSLARI Umaralieva Muxayyo Abdugaparovna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti"Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash" bo'limi boshlig'i, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori

(PhD),k.i.x https://doi.org/10.5281/zenodo.10678018

Annotatsiya. Maqolada inklyuziv ta'lim muhitida umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'qituvchilarining ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: Inklyuziv ta'lim, ijtimoiy-pedagogik kompetensiya, malaka, ko'nikma, mahorat, ta'lim-tarbiya asoslari.

Inklyuziv ta'limni rivojlantirish respublikamizda o'qituvchilarning umumiy pedagogik malakasini oshirish, inklyuziv madaniyatni rivojlantirish, inklyuziv kadrlar tayyorlashni shakllantirish masalalarini hal etishni taqozo etadi.

Ayni paytda alohida ta'limga muhtoj bolalarning ota-onalari faollashdi, ijtimoiy tashkilotlar tuzila boshlandi. Nodavlat jamoat tashkilotlari jamoatchilik e'tiborini nogiron bolalarni himoya qilish, ularning huquqiy maqomi masalalariga qaratishga harakat qila boshladi.

Bunday holda, ota-onalar jamoasi alohida ta'limga muhtoj bolalar uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlarni ishlab chiqishga harakat qildi.

Davlat organlari alohida ta'limga muhtoj bolalar uchun yangi ijtimoiy paketlarni tashkil etish choralarini ko'rdi. Shu bilan birga, bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash sohasida ham ko'plab islohotlar amalga oshirildi.

Inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilish bo'yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul

qilindi.

Mazkur hujj atlarda jamiyatimizning bir bo'lagi bo'lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim-tarbiya berish, ularning sog'lom bolalar qatoridan o'rin olib o'z qobiliyati, imkoniyatlarini ko'rsata olishiga, ma'naviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Xususan, O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3931-son qarorida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarining ijtimoiy kafolatlarini ta'minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta'lim-tarbiya ( shu jumladan, inklyuziv ta'lim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo'yicha alohida vazifalar qayd etib o'tilgan.

Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo'yicha:

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar ta'lim oladigan ta'lim muassasalari binolariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar o'qitiladigan ta'lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshisrish;

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish, umumta'lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko'tarish qurilmasi, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo'yicha mutaxassis) bilan ta'minlash;

- jamoatchilik o'rtasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o'qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;

- o'quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta'im muassasasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar o'qitiladigan ta'lim muassasalarini optimalllashtirish;

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internetlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta'minlash;

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan har bir bolaning inklyuziv ta'lim olish huquqini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan.

Alohida ta'lim olish ehtiyoji bo'lgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va kasbga yo'naltirishda ta'lim muassasalari har tomonlama yordam ko'rsatishi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida"gi Nizomda belgilab berilgan.

Birlashtirilgan, inklyuziv ta'lim - inson huquqlarining dolzarb muammosi bo'lib kelmoqda. Hali juda ko'p bolalar ota-onalarining bola uchun qulay sharoiti mavjud, deb hisoblagan maxsus internatlarda o'qitishi tarafdori bo'lib kelmoqda. Lekin voyaga yetgan katta yoshli nogironlar, o'zlarini inklyuziv ta'lim shartlarini boshidan kechirgan deb ta'riflab, alohida ta'limning bekor qilinishini talab qilmoqdalar. Chunki qulay, imtiyozli sharoitda, hamma narsa tayyor bo'lgan sharoitdan chiqqach, tashqari moslashish, o'z o'rnini topish mashaqqati uzoq yillar davom etadi. Har bir bolaning ta'lim olishdagi teng huquqliligini ta'minlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladigan inklyuziv ta'lim tushunchasi ham qonuniy kuchga kiritilishi uzoq kutilgan yangiliklardan biri hisoblanadi.

Shular nazarda tutilgan holda hozirgi kunda birlashtirilgan inklyuziv davlat siyosati darajasida ko'rilmoqda. Birlashtirilgan ta'limga o'tish jarayoni uchun quyidagilar amalga oshirilishi talab etiladi:

- ta'limda alohida ehtiyojlari bo'lgan bolalarga munosabatlarning o'zgarishi;

- oilaning bunga tayyor bo'lishi;

- maxsus maktab ta'limida bolalarning o'qitilish vaqti qisqartirilib bolalar boshlang'ich bosqichda reabilitatsiya bo'lishini ta'minlovchi shart-sharoitlar yaratilishi;

- maxsus maktab ta'limi sohasi malakali mutaxassislar bilan ta'minlanishi, korreksiya va reabilitatsiya jarayonini sifatli va tezkor amalga oshirilishu uchun zarur jixozlar bilan ta'minlanishi;

- maxsus maktab ta'limi va oila hamkorligiga erishish, oilaning reabilitatsiya jarayonida faol bo'lishiga erishish.

Bolalarning ta'lim olish huquqining kafolatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlari to'g'risida", O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida", "Ijtimoiy va tibbiy yordam to'g'risida" gi qonunlarida.

Umumta'lim muassasasida alohida ta'limga muhtoj bolalarni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlarini ochib, biz "o'rganish" tushunchasi orqali uning mohiyatini bilib olamiz. Demak, N.Volkova ta'limni o'qituvchi va o'quvchining o'zaro ta'siri jarayoni sifatida belgilaydi, buning

natijasida o'quvchi bilim oladi, ko'nikma va malakalarni egallaydi. Hozirgi kunda, ayniqsa, inklyuziv ta'lim sharoitida "o'rganish", "o'rgatish" tushunchalarini qayta ko'rib chiqish zarur.

"Umumiy ta'lim muassasasining inklyuziv muhiti" tushunchasining terminologik mohiyatini biz oldingi bo'limda ochib bergan edik. Shuni ta'kidlaymizki, biz buni quyidagicha tushunamiz: 1) bunday bolalarni samarali o'rganish, tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beradigan va bir vaqtning o'zida boshqa maktab o'quvchilarining ta'lim olishiga to'sqinlik qilmaydigan pedagogik, psixologik, ijtimoiy sharoitlar majmui; 2) maktab va uning atrofidagi hududlarni qamrab olgan maktab muhiti dizaynini birlashtirish, shunda o'quvchilar darslar va dinamik tanaffuslar paytida xavfsiz harakatlanishlari mumkin; 3) ijobiy hissiy muhitni ta'minlash va pedagogik jamoaning alohida ta'limga muhtoj shaxslarga va ularning ota-onalariga munosabatini o'zgartirish; 4) talabalarning birgalikdagi ishini va o'zaro yordamini tashkil etish; 5) ta'lim dasturlari va rejalarini, ta'lim usullari va shakllarini moslashtirish va o'zgartirish va boshqalar.

Ko'pgina olimlar e'tiborni an'anaviy ta'lim tamoyillarining inklyuziv ta'lim talablariga va inklyuziv ta'lim jarayonining har bir ishtirokchisining kognitiv qobiliyatini rivojlantirishga mos kelmasligi faktiga qaratadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son "Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida" Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6018-son "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining O'zbekiston Respublikasi Prizidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normative huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" gi qarori.

6. Umaralieva M.A. O'zbekistonda ayollar ijtimoiy muammolarini xal etishda xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosat.- Т.: Xalq ta'limi" ilmiy-metodik jurnali №1.,2023. 6-10b.

7. Umaralieva M.A. Analysis of inclusive education policy and new pedagogical approaches -SCIENCE AND INNOVATION SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 5. 2023: 8.2 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ.R. 25-27.

8. Umaralieva M.A. Development of pedagogical competences of teachers in inclusive educational environment and mechanisms of using effective methods.- European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices ISSN (E): 2938-3625.Volume 1, Issue 2, May, 2023.P.181-187.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.