Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM VA TARBIYA'

INKLYUZIV TA’LIM VA TARBIYA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv / hamkorlik / insonparvarlik / imkoniyati cheklangan bolalar / ta`lim olish / psixologikpedagogik / koorreksion ishlar / ta’limdagi tenglik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rasulova Shoxsanam Shuxratovna

Ushbu maqolada Inklyuziv ta’lim haqida tushuncha, inklyuziv ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan ishlash masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM VA TARBIYA»

INKLYUZIV TA'LIM VA TARBIYA

Rasulova Shoxsanam Shuxratovna

Qo'qon shaxar 29-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11211784

Annotatsiya. Ushbu maqolada Inklyuziv ta'lim haqida tushuncha, inklyuziv ta'limga muhtoj bo'lgan bolalar bilan ishlash masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: inklyuziv, hamkorlik, insonparvarlik, imkoniyati cheklangan bolalar, talim olish, psixologik- pedagogik, koorreksion ishlar, ta'limdagi tenglik.

Аннотация. В данной статье освещено понятие инклюзивного образования, научно-теоретическая значимость работы с детьми, нуждающимися в инклюзивном образовании, уровень ее исследования и ее значение в настоящее время.

Ключевые слова: инклюзивность, сотрудничество, гуманизм, дети с ограниченными возможностями, образование, психолого-педагогическая, коррекционная работа, равенство в образовании.

Abstract. In this article, the concept of inclusive education, the scientific theoretical importance of working with children who need inclusive education, the level of its research and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: inclusive, cooperation, humanitarianism, children with disabilities, education, psychological-pedagogical, correctional work, equality in education.

Inklyuziv- (inklyuziya-inglizcha{inclusion}-uyg'unlashish) Hamkorligidagi ta'lim butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta'lim sifatida tan olingan. Inklyuziv ta'lim - imkoniyati cheklangan bolalarni maktablarda sog'lom tengdoshlari bilan birga ta'lim olishi. Inklyuziv ta'limning maqsad va vazifalari: -talim tashkilotsida imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarning ta'li m olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, kooreksion sharoitini yaratish, ularning imkonyatlariga yo'naltirilgan umumtalim dasturlari va kooreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanish, ishtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o'quvchilarning ta'limdagi tenglik huquqini kafolatlash; -jamiatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog'lom bolalarning ehtiyojini qondirish; ishtimoiy hayotga erta moslashtirish; - o'qitish jarayoni pedagogning o'rgatuvchilik faoliyatini va ta'lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o'z ichiga oladi. Shu o'rinda bu jarayonlarning tahliliga e'tibor qarataylik, Ta'limda pedagogning boshqaruychilik roli o'z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini , insoniyatning asrlar davomidagi bili sh, mehnat muloqot, umumiy aloqal ar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo'iga kiritgan yutuqlarini egallashni shart qilib qoyadi. Bularning barchasi pedagogning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi yazifalarini amalga oshirishida o'z aksini topmog'i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim jarayonida pedagog ta'limoluvchilariga qo' lga kiritilgan bilimlarni o' rgatadi. O'quv faoliyatida ularni ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradi, Shu bilan bir paytda u ta'lim oluvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shakllantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. Pedagogning faoliyati ta'lim oluvchi shaxsining magsadga muvofig shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun mashg'ulot jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda ta'lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. Ta'lim oluvchilarga qiyinchiliklarni yengib o'tishda yordam beradi hamda ularning

bilimlarini va butun ta'limjarayonini tashxis qiladi. O'z navbatida ta'lim oluvchilarning faoliyati mashg'ulotjarayonida o'rganishga, bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallashga, o'zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo'naltiradi. Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilarning faoliyati ko'pginali yo'nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi. Maktabgacha ta'lim yoshida o'quv faolyatiga doir shart-sharoitlar tarkib toptiriladi, uning alohida unsurlari shakllantiriladi. Kichik maktab yoshida mashg'ulotlar jarayonida bolalarda o'z faoliyatini tashkil etish maqsadini shakllantirish (ikki yoshdan uch yoshgacha), turli faoliyat usullarini o'zlashtirishga o"rgatish (uch yoshdan to'rt yoshgacha) zarur. To'rt yoshdan boshlab bola natijaga qarab aniq yo'nalganlikni egallaydi. Pedagog bolalarni tinglash. tushunish. topshiriqni bajarish, bir-biriga halaqit bermaslikga o'rgatadi, mashg' ulotlar mazmuniga giziqishni qo' llab- quvvatlaydi, faollik va intilishni rag'batlaydi. Ta'lim maqsadi jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasiga bog'liq. Ta'lim mazmuni ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va magsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati, bolalarning imkoniyatlari, ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o'quv yurtining moddiy-texnik va igtisodiy imkoniyatlariga bog'liq. Ta'lim sifati (samaradorligi) avvalgi bosgich mahsuldorligi va mazkur boshichda erishilgan natijalar, o'rganilayotgan material xususiyati va hajmi, ta'lim oluvchilarga tashkiliy-pedagogik ta'sir ko'rsatish hamda bolalarning bilim olishga gobiliyatlari va ta'lim vaqtiga bog'liq. Ta'!im uslublari samaradoriigi uslublarni qo'llashda bilimlari va ko'nikmalar ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim oluvchilarning yoshi, ta' lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta'minot hamda o'quv jarayonini tashkil etishga bog'lig. Ta'limni boshqarish mahsuldorligi ta'lim tizimida qayta aloqalaming intensivligi va tuzatish, ta'sir ko'rsatishlaming asoslanganliligiga bog'liq. Ta'iimni rag'batlantirish samaradorligi ta'limning ichki rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, igtisodiy, pedagogik) rag'batlariga bog'liq . 1. Inklyuziv ta'limga muhtoj bo'lgan bolalar bilan ishlash O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF - 5712- son Farmoniga muvofiq O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yahshilash maqsadida: - 2020 -2025 -yillari xalq ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi 1 - ilovaga muofiq; - 2020 - 2025-yillarda xalq ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020 -2021-yillarda amalga oshirish bo'yicha " yo'l haritasi" 2-ilovaga muofiq - Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar ta'limini 2025- yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari 3-ilovaga muofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalar maqsadli ko'rsatkichli va tegishli davrga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlardan kelib chiqqan holda 2022 -yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida "Yo'l haritasi" asosida boshichma - boshich amalga oshiriladi. Xalq ta'lim vazirligi 2021- yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar o'tayotgan yilning " Yo'l haritasi" bajarilishi yakunlarini batafsil o'rganih asosida keying yil uchun " Yo'l haritasi" ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Vazirlar Mahkamasi " Yo'l haritasi" hamda maqsadli ko'rsatkichlarining bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borilsin hamda yiliga bir martta uning natijalarini Hukumat majlislarida tanqidiy ko'rib borilsin. Belgilab qo'yilganki, Konsepsiya ikki boshichda amalga oshiriladi, jumladan:

a) 2020-2022-yillar davomida: inklyuziv ta'lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtirish; - inklyuziv ta'lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi; -inklyuziv ta'lim joriy etilgan tashkilotlarning moddiy -texnik bazasi mustahkamlanadi, ular mahsus moslamalar zarur adabiyotlar, metodik qollanmalar, turli kasblarga o,qitish uchun uskuna va jihozlar bilan taminlanadi; - inklyuziv ta'lim sohasiga zamonaviy axborat - kommunakatsiya texnalogiylari va innovatsion loyihalar joriy etiladi; -alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomilada bo'lishning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshiriladi; - inklyuziv ta'lim tizimi tajriba sinov tariqasida aloxida ta'lim tashkilotlarining faolyatiga joriy qilinadi;

b) 2023 - 2025 - yillar davomida: - inklyuziv ta'lim tizimi boshichma - boshqich boshqa umumiy ta'lim tashkilotlarida joriy qilinadi; - alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan har bir bolalarning inklyuziv ta'lim olish huquqini ta'minlashga qaratilgan chora tadbirlar oshiriladi; - inklyuziv talimda o'qitish usullari takomillashtiradi hamda ta'lim jarayoniga individuallashtirish tamoillari boshichma - boshich joriy etiladi; - inklyuziv ta'lim jarayonida o'quvchilarni ma'naviy- axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog'lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko'riladi; - o'quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta'lim tashkilotlarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashgan ta'limtashkilotlari soni optimallashtiriladi. Bolalarning o'quv faoliyatini tashkil etishning individual shakli o 'zida bir qancha ijobiy jihatlarni aks ettiradi: o'quv faoliyati mazmuni, uslubi va sur' atini to'la individualashtirish imkoniyatining ma vjudligi haroda aniq bir masalani hal etishda ta'lim oluvchining har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishi kabilar. Biroq ta'limning individual shakli ayrim kamchiliklarga ham ega: vaqtning tejamli emas1igi (bir guruhda yigirma nafar bola bo'1sa, pedagog hal' biri uchun 20-25 minutdan vaqt sarflaydi. Demak, pedagog qariyb olti soat individual o'qitish bilan shug'ullanadi); pedagog ta'sirining cheklanganligi (pedagogning vazifasi bolaga topshiriq berish va uning bajarilishini tekshirishdan iborat); boshqa bolalar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi); jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi. Biroq ba'zan o'quv faoliyatining individual shaklidan foydalanish zaruriyati tug'iladi. Eng avvalo, rivojlanishida nuqsoni bor, tez-tez kasallikka chalinuvchi bolalar bilan individual tartibda ishlash, ularni zarur bilim va ko'nikmalami egallashlariga yordamlashish, psixik jarayonlami boshqarishga qobiliyatlilikni rivo.ilantirish ehtiyoji mavjud. Shuningdek, maxsus qobiliyatlar (rasm chizish. qo'shiq aytish, matematikaga doir)ga ega bolalar bilan ham individual tarzda mashg' ulotlar olib borish talab etiladi. Guruhdagi har bir bola bilan pedagog uning ta 'lim olganlik darajasi, bilim va ko'nikmalarni egallashdagi uzilishlarni o'z vaqtida aniqlash uchun vaqt-vaqti bilan nazorat-tashxis etish tavsifiga ega individual mashg'ulotlami o' tkazadi . Bolalarning o- quv faol iyatini tashkil etishning gllrllhli shakli lllashg' ulotlarni kichik guruhlarda amalga oshirishni talab etadi. Buning uchun guruh olti nafar boladan oshmagan holda kichik guruhlarga bo'linadi. Kichik guruhlarga birlashtirish bolalarning o'z xohishistaklari, umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin. biroq ularning o'zlashtirish darajasiga ko'ra guruhlarga ajratish tavsiya etilmaydi. Aksincha, kuchli o'zlashtirish darajasiga ega bolalar bilan pastroq 0'zlashtiruvchi bolalardan iborat tarzda guruhni shakllantirish maqsadga muvo fiq. Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish texnologiyasi ham turlicha bo'lishi mumkin. Ba'zan mashg'ulot birdaniga kichik guruhlarga bo'lingan holda o'tkaziladi. Bunday holatda pedagog bolalarni qanday tartibda joylashtirish hagida o'ylashi lozim. Har bir guruh a'zolari bir-biriga

quIay tarzda o'tirishlari, shu bilan birga oraliq masofani ham hisobga olish lozim. Chunki guruhlarda ishlash jarayonida kichik guruh a'zolari bir-birlari bilan muloqotga kirishadi, o'zaro hamkorlikda topshiriqni bajarishadi. Shuning uchun ham bunday mashg' ulotlarda hamma vaqt tinchlikni saqlab turish imkoniyati boo Imaydi. Mashg' ulotga doir topshiriq hamma uchun bir xilda yoki alohida-alohida berilishi mumkin. Mashg'ulot berilgan topshiriqni o'ziga xos tarzda tagdim etish bilan tugallanadi. Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning o'quv faoliyatini tashkil etishning ananaviy (frontal) shakliga ham alohida zaruriyat mavjud. Ommaviy tarzda o'tkaziladigan mashg'ulotlar mlazmuni ko'pincha badiiy tavsifga ega faoliyat ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, musiqa mashg'ulotlari, sahna ko'rinishlarini namoyish etish, o'yin-sayohatlar. san'at asarlari bilan tanishish va boshqalar. Bunday mashg'ulotlarda aqliy faollikni oshirishga undovchi "emotsional ta'sir ko'rsatish" yaxshi samara beradi. Bolaning o'z-o'zini namoyon eta olishiga imkon beradi.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистон"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova, Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna. "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.