INKLYUZIV TA'LIM JARAYONI ISHTIROKCHILARINING VAZIFALARI VA ULARNI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK QO'LLAB QUVVATLASH Shoaxmedova Surayyo Kamilovna Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika va inklyuziv ta'lim faklteti logopediya kafedrasi
o' qituvchisi TEL: 974017577 https://doi.org/10.5281/zenodo.8051078
Annotasiya. Ushbu maqolada inklyuziv ta lim sharoitida tashkillashtirilgan umum ta lim maktablarida Inklyuziv ta limni joriy etish , ishtirokchilari ,vazifalari va ularni psixologik -pedagogik masalalari yoritib berilgan.
Kalit so^zlar : Alohida yordamga muhtoj bolalar , Logoped , inklyuziv ta lim , nutq nuqsonlari.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ro'y berayotgan ijtimoiy o'zgarishlar bolalarning ta'lim va tarbiyasiga bo'lgan qarashlarning o'zgarishiga, bu esa mamlakatimiz ta'lim tizimida jiddiy o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Umumiy va maxsus ta'limning integratsion jarayonlarida tendensiyalar mavjud bo'lib, buning natijasida nogironligi bo'lgan bolalarni tarbiyalash muammosi asosiylardan hisoblanadi. Alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarga erta tashxis qo'yish va ularga yordam ko'rsatish davlat tizimi ilmiy o'rganish va amaliyotga joriy etish uchun dolzarb bo'lib bormoqda. Shunga ko'ra, turli yosh guruhlari va toifalaridagi bolalarga, ularning yaqin atrofiga, shuningdek, ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilariga psixologik, tibbiy va pedagogik yordam va qo'llab-quvvatlash zarur. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41- moddasida "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir" deb belgilab qo'yilganligi ham ta'lim sohasiga bo'lgan ulkan e'tibordir. Undan tashqari O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi qonunga alohida modda kiritilishi va ushbu modda inklyuziv ta'limga bag'ishlanganligi diqqatga sazovordir. Alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar inklyuziv ta'limini yanada takomillashtirish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish 20-modda. Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim tashkil etiladi. chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Qarorda inklyuziv ta'limning barcha subyektlari uchun psixologikpedagogik va ijtimoiy rivojlantirishga yo'naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish hamda inklyuziv sharoitlarda ta'lim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish vazifalari yuklatilgan. 2021/2022 o'quv yilidan respublikamiz miqyosida umumta'lim muassasalarida tajriba sinov tariqasida inklyuziv ta'lim joriy etildi. Bunday birinchi inklyuziv ta'lim sinflari va boshlang'ich tayanch korreksion sinflariga o'quvchilar ular yetti yoshga to'ladigan yilda qabul qilinadi. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida umumta'lim maktablari uchun belgilangan yosh me'yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi. Inklyuziv ta'lim subyektlarini psixologikpedagogik qo'llab-quvvatlash alohida ta'lim ehtiyojli o'quvchilari
kamsitilmasdan sifatli ta'lim olish, rivojlanish buzilishlarini tuzatish va ijtimoiy moslashish, maxsus pedagogik yondashuvlar va usullar asosida erta tuzatish yordami ko'rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi. Inklyuziv ta'lim sinflari va boshlang'ich tayanch korreksion sinflarga qabul qilinadigan bolalar: - eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar (eshitish qobiliyatining yo'qotilishi 60 Db gacha bo'lgan rivojlanishida qo'shimcha buzilishlar bo'lmagan bolalar); - ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar (ko'rish qobiliyatining buzilishi 0,1 gacha bo'lgan rivojlanishida qo'shimcha buzilishlar bo'lmagan bolalar); - somatik kasalliklar (psixofizik va nutqning rivojlanish darajasi yoshiga mos kelmaydigan bolalar); - nutqida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish); - tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo'lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo'y o'sishining yetishmovchiligi — pakanalik); - aqliy rivojlanishi saqlangan holda tayanch-xarakat tizimidagi buzilishi bo'lgan bolalar; - aqliy rivojlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (o'zi harakat qila oladigan yoki qo'shimcha moslamalar va nogironlik aravachasida harakatlana oladigan bolalar tserebral falaji); - intellektual rivojlanishning potensial buzilmagan imkoniyatlari bilan ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar; - hulq-atvor va ruhiyatning qo'pol buzilishlarisiz autistik spektri buzilgan bolalar; - intellektual rivojlanishi saqlanib qolingan, tutqanoq holatida bo'lgan bolalar (agar bola antikonvulsant dorisini qabul qilganda, tutqanoq 1 oyda 1-martadan oshmagan paytda). Ushbu shaxslar uchun eng mos muloqot va ma'lum darajadagi va ma'lum bir yo'nalishdagi ta'lim olish, shuningdek, ushbu o'quvchila rning ijtimoiy rivojlanishi, shu jumladan alohida ta'lim ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta'limni tashkil etish orqali eng qulay bo'lgan sharoitlarni yaratish lozimdir. Shunday qilib, inklyuziv ta'limni qo'llab -quvvatlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish ushbu ta'lim modelida tashkiliy, huquqiy, uslubiy axborot va kadrlar muammolarining paydo bo'lishiga olib keladi
1. Maktab - Alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni inklyuziv ta'limga qamrab oladi va alohida ta'lim olish ehtiyoji bo'lgan bolalar va ularning otaonalariga korreksion pedagogik yordam olishida va kasbga yo'naltirishda har tomonlama yordam ko'rsatadi. Alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolani o'ziga o'xshagan nogironligi bo'lgan bolalar emas sog'lom bolalar bilan birgalikda ta'lim olishiga zamin yaratadi. Inklyuziv ta'lim haqida tushunchaga ega bo'lgan otaonalarni endilikda inklyuziv ta'limda o'qiydigan farzandi bo'lgan oilalarga tashriflarini tashkil etish; - ota-onalar uchun uyushma yoki o'z-o'ziga yordam guruhini tashkil etishga yordam berish (telegram guruhlari); - ta'lim jarayonida sinfdagi biror narsani tuzatishga yoki tuzishga yordam berish uchun otalarni taklif qilish; - maktab komissiyalari yoki yig'ilishlarida ota-onalarning vakilligini ta'minlash; - ota-onalarga bolalar uchun sevimli mashg'ulotlarni tashkil etishda yordam berish; - ota-onalarning o'z huquqlarini himoya qilishlarini ta'minlash, qonunchilik va xizmatlar ko'rsatishga ta'sir ko'rsatadigan jamoat tashkilotlarining ishlariga jalb qilish.
2. Maktab direktori: Direktor qo'llab-quvvatlash guruhining a'zosi. U dastur rejalarini tayyorlash, amalga oshirish va baholashni ta'minlaydi. Direktor o'quvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, yordamchi hodimlarni ta'minlaydi, talabga muvofiq tegishli materiallar va o'quv mashg'ulotlarini o'tkazadi. Direktor ko'pincha jamoaviy qarorlarning bajarilishini ta'minlaydigan shaxsdir. • o'quvchini maktabga qabul qilish; • jamoaviy qarorlarni qonuniylashtirish; • o'quvchini maktab faoliyatiga qo'shish; • ota-onalarning kutib olish; • ilg'or tajribalarni qo'llabquvvatlash. Shuningdek direktorning vazifasiga moslashtirilgan adaptiv
dasturni baholash vazifasini bajaradi. Maktab direktori o'quvchining individual moslashtirilgan adaptiv dasturini muvofiqlashtirish va ishlab chiqish uchun asosiy mas'uliyatni o'qituvchiga, odatda maxsus ta'lim o'qituvchisiga yuklaydi. Xodimlar ota-onalar va kerak bo'lganda o'quvchilar va boshqa mutaxassislar yordamida dastur rejalarini ishlab chiqadilar.
3. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi: Butun dunyo hamjamiyati tomonidan qabul qilingan bola huquqlariga doir xalqaro va O'zbekistonda qabul qilingan qonunlar, qarorlarni bilishi va ularga amalga oshirishi zarur. - ta'lim-tarbiya jarayonini davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'quv reja va dastur asosida maxsus korreksion tuzatish usullaridan foydalanilgan holda olib boradi; - alohida ehtiyojlari bo'lgan bolalarning psixologik xususiyatlarini bilishi va ta'lim jarayonini shunga mos ravishda olib bora olishi. - alohida ehtiyojlari bo'lgan bolalarning imkoniyatiga mos ravishda individual yondoshuvni amalga oshirish (dars davomida va darsdan tashqari); - ta'lim jarayonida hamkorlikda faoliyat olib borishning samaradorlikka erishish va unda ota-onaning o'rnini ko'rsatib berish; - ta'limda zamonaviy, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish (kompyuter, monitor, tarqatma materiallar va hokazo); - inklyuziv ta'lim bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribasini doimiy ravishda o'rganib borish, va ularning ish faoliyatida qo'llash; - innovatsion bilim, malaka hamda ko'nikmalar bilan qurollanib yurishi (har qanday vaziyatda ham qiziquvchilarning savollariga javob beraoladigan bo'lishi); - alohida ehtiyojlari bo'lgan bolalarni sinf, maktab jamoasiga moslashishi uchun zarur bo'lgan chora -tadbirlarni amalga oshirib borishi; - sinf jamoasi orasida do'stona munosabat muhitini o'rnatish va nazorat qilib birish. - doimiy ravishda o'z ustida ishlash va tajriba almashib borish; -o'quvchilarning yutuqlarini baholash va yetkazish strategiyasini ishlab chiqishi lozim. • ota -onalar bilan muloqot o'rnatish jarayonida sof adabiy tilda (samimiy) ochiq va muntazam ravishda muloqot qilish; • ota-onalarni ta'lim jarayonida qanday qilib ishtirok etishlari mumkinligini tushuntirish ya'ni maktabga har qanday vaqti kelib ta'lim jarayoni kuzatib borishi, farzandini dars jarayonidagi ishtirokini kuzatishi mumkin; Inklyuziv boshlang'ich sinf o'qituvchisi har doim alohida ta'lim ehtiyojli o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan muloqotda bo'lishadi. Ushbu muloqot uchun ba'zi tavsiyalar: • ota-onalarga bolaning milliy ta'lim dasturida qanday va qay darajada ishtirok etishini o'rgatish (asosan yakka mashg'ulotlarda); • ota-onalarga tarbiya dasturlari va qo'llabquvvatlash guruhlariga kirish huquqini berish (sinf va maktab yig'ilishida qatnashishini ta'minlash va ularni jalb qilish); • ota-onalar bilan aloqa bog'lash ya'ni: telefon yoki yozma aloqa bog'lash, ularni qo'llab -quvvatlash guruhi yig'ilishlari to'g'risida xabardor qilish; • qo'llab-quvvatlash guruhi yig'ilishlarida muhokama qilinadigan va ishtirok etadigan mavzular bo'yicha ota-onalarga maslahatlar berish; • yig'ilish oldidan ota-onalarga tanishish uchun uyga maqsad va vazifalarning taxminiy loyihasini yuborish; • maktab vakili ota-onalarni kutib olishi, ularni konferensiya zaliga olib borishi va mavzu yuzasidan tanishtirishi kerak; • ota-onalarning jamoa yig'ilishida qulay bo'lishini ta'minlash (zerikarli va ota-onalar tushunmaydigan bo'lmasligi kerak);
4. Maxsus o'qituvchi: Maxsus o'qituvchi butun ta'lim jarayonida korreksion rivojlantiruvchi faoliyat olib boradi. Sinf o'qituvchisi tomonidan o'tilgan mavzuni mustahkamlaydi va yangi mavzu yuzasidan alohida ehtiyojli o'quvchiga individual tarzda tushuntirib beradi. • o'quvchilarning kuchli tomonlarini va ehtiyojli sohalarini aniqlash uchu n diagnostik baholashni ta'minlaydi; • o'qituvchiga baholash jarayonida materiallar va manbalardan foydalanish borasida maslahatlar beradi; • milliy dastur asosidagi ta'limni samarali o'zlashtirilishida muhim o'rindagi maxsus yondoshuvlarni amalga oshiradi; • o'quvchilarning
bilimini nazoratini to'g'ri amalga oshirilishi va baholanishi uchun tavsiyalar ishlab chiqadi; • o'quvchilar bilan individual ta'lim dasturlarini, nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) va ular bilan bog'liq bola rivojlanishining o'ziga xosliklarini bartaraf etish ishlarini amalga oshiradi; • maktabda sog'lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda ishtirok etadi; • ota-onalar va keng jamoatchilikka maslahat beradi.
Tyutor (yordamchi pedagog xodim) - Inklyuziv ta'lim sinflari joriy qilingan maktablarga tyutorlar (yordamchi pedagog xodim) sifatida tegishli malakaga ega oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi. Talabalarni inklyuziv ta'lim sinflari joriy qilingan maktablarga jalb etish O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tyutor: - ta'lim jarayonida sodir bo'ladigan muammolar va qiyinchiliklarni yengishga ko'maklashadi; - o'quvchilarning o'quv dasturlarini davlat ta'lim standartlari talablariga muvofiq darajada o'zlashtirishiga ko'maklashadi, bolaning o'quv yuklamasi va imkoniyatlarini tahlil qiladi, tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflar beradi; - ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikda ta'lim oluvchilarning ta'limiy qiziqishlarini aniqlash, shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni o'rnatadi. Tyutorlar dastlab o'zi biriktirilgan sinfni kuzatadi. Har bir bola haqida barcha ma'lumotlarni to'liq o'rganadi. Dars davomida o'qituvchiga yordamlashadi, lekin o'zining faoliyatini iloji boricha o'quvchilarga sezdirmasligi kerak bo'ladi. Sinf o'qituvchisi yo'q bo'lgan hollarda, tyutor o'qituvchi o'rnini bosuvchi sifatida ham faoliyat olib borishi mumkin. Shunda tyutorga sinfdagi o'quvchilar uchun javobgarlik yuklatiladi. O'quvchi haqida asosiy ma'lumotlar ham yig'ma jildlar tyutorda ham bo'lishi talab qilinadi.
Maktab psixologi - Maktab psixologi inklyuziv sinfdagi har bir o'quvchining psixologik -pedagogik tavsifi bilan tanishadi; - ularning ruhiy, jismoniy holatidan kelib chiqqan holda bu bolalar bilan yakka va kichik guruhda psixologik moslashuv treninglarini olib boradi; - inklyuziv sinf o'quvchilari bilan yalpi psixologik o'yinlar va mashg'ulotlar olib boradi; - sinfdagi ota-onalar bilan sinf jamoasida do'stona munosabat muhitini shakllantirishda ota-onaning o'z farzandi bilan olib borilishi zarur bo'lgan ishlar yuzasidan maslahatlar odib boradi; -o'quvchilarni doimiy ravishda psixolog-pedagogik jihatdan o'rganish va ularni tarbiyalash bo'yicha ota-onalarga maslahatlar berish.
Maktabdagi jismoniy tarbiya o'qituvchisi o'quvchilarning sog'lomlashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida quyidagi vazifalarni bajaradi: - o'quvchilarning jismoniy va psixik xususiyatlaridan kelib chiqib ular bilan yakka va guruhli tarzda mashg'ulotlar olib borish; - o'quvchilar bilan birgalikda sport tadbirlari va musobaqalarni tashkil etish; - ota-onalarga o'quvchilarni jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish sohasida maslahatlar berish; -tibbiyot xodimlari bilan birgalikda har bir o'quvchining jismoniy yuklamasini tartibga solish.
Tibbiyot xodimi - Maktabdagi inklyuziv sinfdagi alohida ehtiyojlari bo'lgan o'quvchilarni alohida hisobga olgan holda tibbiyot xodimi o'quvchilarga maxsus tibbiy yordam ko'rsatiladi. Tibbiyot xodimi: - o'quvchilarning ruhiy asab holatini tekshiradi, zarurat bo'lganda davolash muolajalarini tavsiya etadi; - korreksion-pedagogik ta'lim jarayonida bolalar sog'ligini nazorat qiladi hamda aqliy va jismoniy yuklamaning me'yorini belgilaydi; - o'quvchilarning somatik va ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan ota-onalarga maslahat beradi va boshqa mutaxassislar bilan xamkorlikda ularni sog'lomlashtirish ishlarini olib boradi
REFERENCES
1. Bozorov O. Bo'lajak logopedlarni kasbiy tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv //Центральноазиатский исследовательский журнал междисциплинарных исследований. - 2021. - №. Conference TSPU. - С. 401-407.
2. Муминова Л.Р. Логопедик текшириш ва укитиш. - Т.: Укитувчи, 1993URL: http://www.sisf.uz/
3. Муминова Л.Р. Узбекистон Республикасида инклюзив таълим концепцияси. Ривожланишида нуксони бор болалар нуткини логопедик курикдан утказиш методикаси. - Т., 2009.
4. Муминова Л. Узбекистон Республикасида инклюзив таълим концепцияси. Ривожланишида нуксони бор болалар нуткини логопедик курикдан утказиш методикаси. - Т., 2009.
5. 5.Nigora B. Zairova, . (2022). The use of articulatory states of sounds in the elimination of phonetic-phonemic speech deficits of students in general education schools in logopedic training. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 4(11), 23-27. https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume04Issue11-05
6. Surayyo K. Shoakhmedova. (2022). USE OF COMPUTER TECHNOLOGIES IN WORK WITH CHILDREN WITH SPEECH DISORDERS. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 4(11), 81-86. https://doi.org/10.37547/tajiir/Volume04Issue11-14