Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA'LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV'

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA'LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Inklyuziv ta’lim / tarbiya / integratsiyalash / identifikatsiya / hamkorlik / anomal bolalar / o'zaro ta'sir / teng huquqlilik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xallokova Maksudaxon Ergashevna, Nuriddinova Muslima Komiljon Qizi

Ushbu maqola inklyuziv ta’lim-tarbiyani to’g’ri tashkillashga bag’ishlangan bo’lib, jamiyatda nuqsonli bolalar ham sog’lom bolalar qatorida ta’lim-tarbiya jarayonida ishtirok eta olishiga oid vazifalarni belgilashga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA'LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA'LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV 1Xallokova Maksudaxon Ergashevna, 2Nuriddinova Muslima Komiljon qizi

^arg'ona davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi, p.f.b. f.d (PhD)

2Farg'ona davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11046824 Annotatsiya. Ushbu maqola inklyuziv ta'lim-tarbiyani to'g'ri tashkillashga bag'ishlangan bo'lib, jamiyatda nuqsonli bolalar ham sog'lom bolalar qatorida ta'lim-tarbiya jarayonida ishtirok eta olishiga oid vazifalarni belgilashga qaratilgan.

Kalitso'zlar: Inklyuziv ta'lim, tarbiya, integratsiyalash, identifikatsiya, hamkorlik, anomal bolalar, o'zaro ta'sir, teng huquqlilik.

Аннотация. Данная статья посвящена правильной организации инклюзивного образования и направлена на определение задач, связанных с возможностью детей -инвалидов в обществе участвовать в образовательном процессе наравне со здоровыми детьми.

Ключевые слова: Инклюзивное образование, образование, интеграция, идентификация, сотрудничество, аномальные дети, взаимодействие, равенство.

Abstract. This article is dedicated to the proper organization of inclusive education and aims to determine the tasks related to the ability of disabled children in the society to participate in the educational process along with healthy children.

Keywords: Inclusive education, education, integration, identification, cooperation, anomalous children, interaction, equality.

Inklyuziv ta'lim- tarbiyalanuvchilar duch kelishi mumkin bo'lgan har qanday qiyinchiliklardan qat'i nazar o'z hududidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'z yoshiga mos guruhlarga joylashtirishdir. Bu jarayon to'gri tashkillanishi orqali ta'lim sifati oshadiva inklyuziv ta'lim ishtirokchilari muvofaqqiyatga erishadilar. Inklyuziv ta'limning asosy maqsadi ham aslida ta'lim sifatini oshirish hisoblanadi. So'ngi yillarda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki-nogironligi bo'lgan bolalar inklyuziv ta'lim orqali yuqori natijalarga erishgan. Inklyuziv ta'limning bir qancha asosiy tamoyillari mavjud: -barcha bolaga ta'lim-tarbiya berish; -faoliyatlarga mos materiallar tanlash; -faoliyatlarni moslashtirish va integratsiyalash; -ijtimoy adolatni shakllantirish; -noto'g'ri qarashlarni oldini olish; -bir necha identifikatsiya(o'ziga xoslik)ni o'rganish;

-ta'lim-tarbiya bilan birgalikda madanyat va dinni ham o'rgatish kabilarni o'z ichiga oladi. Yuqoridagilar to'g'ri tashkillansa kutilgan natijaga albatta erishamiz. Qaysidir soha rivojlanishi uchun avvalo, uning oldida turgan muammolarni ijobiy hal qilishimiz lozim. Noto'g'ri inklyuziv ta'lim, qattiq metodlar, o'quv dasturlari, ota-onalarning ta'lim-tarbiya jarayonida ishtirok etmasligi, noto'g'ri hamkorlik, o'qtuvchi va o'quvchilarning munosabatlari kabi muammolar mavjud. Biz pedagoglarning vazifamiz esa ana shu muammolarni ijobiy hal qilish hisoblanadi. Bu natijaga erishish uchun quydagilarni amalga oshirish lozim: Birinchidan, inklyuziv ta'limning asl mohiyatini tushunish, noqulay metodlar va o'quv dasturlarini korreksiyalash, o'qituvchi-pedagoglarning vazifalarini belgilab berish, hamkorlikni to'g'ri yo'lga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

qo'yish, ta'lim-tarbiya jarayodida ota-onalar ishtirokini yo'lga qo'yish, faoliyatlar uchun o'quv qurollar va jihozlar bilan ta'minlash, turli foydali va qiziqarli treninglar tashkillash kabilarni shakllantirish orqali inklyuziv ta'limni rivojlantirish mumkin.

Hamkorlik-bu "tenglik sharoitda" muloqot, bu yerda hech kim buyurish, nazorat qilish, baholash imtiyoziga ega emas. O'zaro ta'sir-bu aloqa orqali amalga oshiriladigan qo'shma faoliyatni tashkil etish usuli. Tashkilot va oila bolaning rivojlanishi uchun yagona makon yaratishga intilishi kerak.

Inklyuziv ta'lim sharoitida bola sog'lom tengdoshlari orasida bo'lib, oilasidan ajralmagan holda ta'lim-tarbiya olishga muyassar bo'ladi. Hozirgi kunda jahon miqyosida keng targ'ibot qilinayotgan inklyuziv ta'lim strategiyasi, ya'ni rivojlanishida muammolari bo'lgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash masalasi O'zbekistonda ham dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Respublikada inklyuziv ta'lim siyosatini keng joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, xalqaro va milliy ish tajribalarini o'rganish davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorlik loyihalari, xalq ta'lim xodimlarini malakasini oshirish, qayta tayyorlash va milliy nodavlat jamoa tashkilotlarinnng hamkorlik loyihalari asosida respublika va xalqaro seminar, konferentsiya, forumlarni o'tkazish, targ'ibot-tashviqot ishlari asosida amalga oshirib kelinmoqda. Vigotskiyning muhit va shaxsning uyg'unligi to'g'risidagi ta'limotiga ko'ra, ijtimoiy muhit imkoniyati cheklangan bolalar uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir.

Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumta'lim tizimida o'qitish, tarbiyalash masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Biroq inklyuziv ta'limning mazmun mohiyati to'g'risidagi bilim va ma'lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integratsiyalashgan» atamalari ko'pincha bir xil ma'noda ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo'yilgan birinchi qadamdir. Integratsiyalashgan ta'lim bu-diqqat markazida bolaning aynan tashkilotga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning tashkilotga qatnash jarayonidir.

Inklyuziv ta'lim bu - davlat siyosati bo'lib, nogron va sog'lom bolalar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etish, maxsus ta'limga muxtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko'ra nogiron bo'lgan) o'smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo'naltirilgan umumta'lim jarayoniga qo'shishni ifodalovchi ta'lim tizimidir.

Inklyuziv ta'lim alohida yordamga muxtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta'lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Inklyuziv ta'limda tashkilotdagi jismoniy sharoit ham katta o'rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan bo'lsak, barcha bog'chalar eshigiga tarbiyalanuvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar ko'tarila olmaydilar, hatto qo'ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham, eshiklardan ham sog'lom bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o'tishlari uchun qulay sharoit yaratilishi shart. Bundan tashqari, guruh xonalaridagi maxsus o'rindiq hamda moslamalar ham nogiron bolalarga mos bo'lishi kerak. Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og'zaki informatsiyani olishlari kerak. O'quv rejasini bunday differensiyalash pedagoglarda o'z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. tashkilot ma'muriyati buning uchun pedagoglarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv o'quv rejasiga qattiq talab qo'yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Bola - bu qanday imkoniyatga ega bo'lishidan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

qat'iy nazar har doim kattalar yordamiga muhtoj farzanddir. Uni alohidalash yoki alohida nom bilan «anomal bolalar», «ko'r bolalar», «kar bolalar», «aqli zaif bolalar», «tayanch-harakat a'zolari falajlangan bolalar» va shunga o'xshash qalbga ozor yutkazuvchi tushunchalar bilan ajratib ko'rsatish insonparvarlik nuqtai nazariga to'g'ri kelmaydi. Ushbu tushunchalar imkoniyati cheklangan bolalarning huquqlarini kamsitish bilan bir qatorda ota-onalarga ham salbiy ta'sir etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar normal rivojlanishdagi bolalar kabi topshiriq va vazifalarni tezlik bilan mukammal amalga oshira olmasalarda, ammo imkoniyat darajasida bajara oladilar. Shuning uchun ham taxqirlashlarga yo'l qo'ymasliq bolaning huquqlarini himoya qilish, ularga ijobiy munosabatda bo'lish tarbiyalashning muhim usulidir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir bola ta'lim-tarbiya ishtirokchisi bo'lishga haqli. Ularni ajatib qo'yish insoniylikga hos fazilat emas. Aksincha, ularga yordam berishimiz kerak: hamkorlikni yo'lga qo'yalik( oila, turli soha mutaxassislari, hukumat). Inklyuziv ta'lim hozirgi kunda dolzarbligi jihatidan yuqori o'rinlarda turibdi. Inklyuziv ta'limni to'gri tashkillash uchun har bir shaxs o'zining hissasini qo'shmog'i lozim. Agarda biz nuqsonli bolalarning imkoniyatlarini to'gri yo'naltira olsak, albatta ular yurt ravnaqi uchun xizmat qila oladilar.

REFERENCES

1. CRITERIA FOR NON-EDUCATIONAL INSTITUTIONS TO IMPROVE THE QUALITY OF EDUCATION ME Khallokova World Bulletin of Social Sciences (WBSS)Available Online at:https://www ...

2. Нодавлат таълим муассасаларида таълим тизимини модернизациялаш М Халлокова Общество и инновации 3 (1), 151

3. M.Xallokova. Nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim tizimini modernizatsiyalash. Obshestvo I innovatsii 3 (1), 151-157, 2022

4. Khallokova, M. E. (2018). Important Aspects of Establishing Non-State Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2)

5. Khallokova, M. (2022). Modernization of the education system in non-governmental educational institutions. Society and Innovations, 3 (1), 151-157.

6. F.A.Boltayeva. The Essence of Integrating Innovative Technologies in Preschool Education. Pindus Journal Of Culture, Literature and ELT. 110 https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/256

7. MAKTABGACHA TA'LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA ILG 'OR AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR M Olamova, DA qizi Ma'murova, INTERNATIONAL CONFERENCES, 2022 https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=zK2c628AAAAJ &authuser= 1&citation for view=zK2c628AAAAJ:Y0pCki6q DkC

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.