Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KVEST TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TADQIQIY BILISH VA REFLEKSIV FAOLIYATNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KVEST TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TADQIQIY BILISH VA REFLEKSIV FAOLIYATNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kvest / o‘yin / mustaqil faoliyat / maktabgacha bo‘lgan yosh / refliksiv faoliyat / Masaru Ibuka / integral yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boltayeva Feruza A’Zam Qizi, Dehqonova Mubina Xurmatjon Qizi

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kvest texnologiyasi asosida ta’limiy faoliyatlarni tashkil etishning ustuvorlik xususiyatlari haqida batafsil to’xtalgan. Kvest texnologiyasi hozirgi kunda rivojlanayotgan sarguzasht-o‘yin usulidagi ta’limga yondashuv sifatida talqin qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KVEST TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TADQIQIY BILISH VA REFLEKSIV FAOLIYATNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KVEST TEXNOLOGIYASI ASOSIDA

TADQIQIY BILISH VA REFLEKSIV FAOLIYATNI SHAKLLANTIRISH

IMKONIYATLARI 1Boltayeva Feruza A'zam qizi, 2Dehqonova Mubina Xurmatjon qizi

1Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi 2Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11047874

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kvest texnologiyasi asosida ta'limiy faoliyatlarni tashkil etishning ustuvorlik xususiyatlari haqida batafsil to'xtalgan. Kvest texnologiyasi hozirgi kunda rivojlanayotgan sarguzasht-o'yin usulidagi ta'limga yondashuv sifatida talqin qilinadi.

Kalit so'zlar: Kvest, o'yin, mustaqilfaoliyat, maktabgacha bo'lgan yosh, refliksiv faoliyat, Masaru Ibuka, integral yondashuv.

Аннотация. В статье подробно рассмотрены приоритетные особенности организации образовательной деятельности на основе квестовой технологии в дошкольных образовательных организациях. Технология квестов трактуется как развивающийся в настоящее время подход к обучению приключенческо-игровому методу.

Ключевые слова: Квест, игра, самостоятельная деятельность, дошкольный возраст, рефлексивная деятельность, Масару Ибука, комплексный подход.

Abstract. The article details the priority features of the organization of educational activities on the basis of Quest technology in preschool educational organizations. Quest technology is interpreted as an approach to the currently evolving adventure-game method of Education.

Keywords: Quest, game, independent activity, preschool age, reflexive activity, Masaru Ibuka, integral approach.

Kvest inglizchadan tarjima qilinganda sarguzasht degan ma'noni bildirib, o'yin mashg'uloti mobaynida turli qiyinchliklardan chiqishni o'rgatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Bu usul jamoa bo'lib o'ynaladi va shuning uchun ham bolalar tomonidan iliq qarshi olinadi. Ayni usulda mashg'ulot olib borish uchun tarbiyachidan artistlik mahorati, ijodkorlik talab etiladi. Chunki bu usulda shunchaki, nomigagina qilingan o'yin tarbiyalanuvchilarni qiziqtira olmaydi. Aynan tarbiyachi bolalarga qiyin savollar topadi, ularni mushkul vaziyatlarga solib qo'yadi va oxir oqibat har bir bolani mustaqil fikrlashga o'rgatadi.

Kvest usulining asosiy vazifalari:

- Bolalarda atrof olamga nisbatan qiziqish uyg'otish;

- Bolalarni yangiliklardan o'yin shaklida xabardor etish;

- Har bir tarbiyalanuvchining o'zini namoyon qilishiga imkon yaratib berish;

- Do'stona muhitni yaratish va boshqalarni his qila olish tuyg'usini rivojlantirish;

- Tadqiqotchilik va mustaqil fikrlashga o'rgatish.

Ushbu usulning foydali tomonlari:

- Bola rejalashtirish va tahlil qilishga o'rganadi;

- Jamo bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'ladi;

- Maqsad sari qat'iy harakat qilish ishtiyoqi kuchayadi;

- O'yinlar jarayonida u kuzatuvchidan ishtirokchiga aylanadi va uning ilgari ochilmagan qirralari paydo bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Maktabgacha bo'lgan yosh — bolalarning tug'ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim berish boshlangan paytga qadar bo'lgan yoshi hisoblanadi. Bolalar odatda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga uch yoshga qadam qo'ygan paytlaridan qabul qilinadilar. Bu yoshdagi bolalarda "Men" konsepsiyasi shakllanayotgan davr hisoblanadi va bolalarning xatti-harakatlari ko'proq o'z shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi. Mazkur yosh davridan boshlab bolalarda refleksiyani shakllantirishga e'tibor qaratib boriladi. Ammo bu yoshdagi bolalarda o'zini anglash endi ro'y berayotgan jarayon bo'lganligi sababli ularda bu holat refleksiv tayyorlagarlik bosqichi sanaladi. Bolalarda refleksiya u bilan amalga oshiriladigan tadqiqotlarda to'laqonli rivojlanadi. Tadqiqiy bilish - bu eng samarali bilish hisoblanadi. Integral tarzda tashkil qilinadigan o'quv-tarbiyaviy jarayonlarda bolalar ham eshitib, ham ko'rib va tadqiq qilish imkoniga ega bo'ladilar. Bunday mashg'ulotlarni sifatli tashkil qilish nafaqat ta'limda samaradorlikni ta'minlash, balki bolalar qiziquvchanligini oshirish asosida ularni mustaqil tadqiqiy faoliyatlarga jalb qilinadi. Bola o'z oldiga tadqiqot maqsadini qo'yishni, uni amalga oshirish algoritmni tuza boshlaydi. (ustoz loy tayyorlash uchun tuproqqa suv qo'shdilar, men ham shunday qilaman, toshsiz tuproq bilan suv topishim kerak) Shuning uchun ta'limda tarbiyalanuvchilarda refleksiv kompetensiyalarni rivojlantirish uchun refleksiv ta'lim muhitini yaratish lozim. Chunki aynan shu muhit orqali bola o'zini anglash, o'z imkoniyatlarini boshqarish va xatti-harakatlarining natijasi haqida xulosa chiqarishni o'rganib boradi. Bolalar tadqiqiy bilish jarayonini tashkil etishda ularda refleksiv madaniyatni shakllantirishga e'tibor qaratish lozim. Bola har bir harakatini ma'lum bir aniqlikdagi ketma-ketlikda bajarishi va bu jarayondagi bola faoliyatidagi sifat uning refleksiv madaniyati hisoblanadi. Refleksiv madaniyat uni kelgusida kasbiy yo'nalishini aniqlash imkoniyatini beradi. Tadqiqiy bilishga qaratilgan faoliyatlarni amalga oshirish davomida bola o'z-o'zini anglab boradi, faoliyatlarini tahlil qila boshlaydi, xatolarini korreksiya qilish haqida o'ylaydi va keyingi faoliyatlarini rejalashtirishi mumkin. Albatta bu holat bolalarda samarali bo'lmasligi mumkin, lekin maktabgacha yosh davrining 6-7-yilligida bola o'z harakatlariga maqsadli baho berishni o'rganadi. Masalan, bola aytishi mumkin: ovqatim to'kilmasligi uchun men qoshiq tagiga ikkinchi qo'limni tutdim; eshik qulflanib qolmasligi uchun men uni sekinroq yopdim; gullar qurib qolmasin deb ularga suv quydim.... kabi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi kun tartibida belgilangan kunlik faoliyatlar tizimli tarzda kun davomida amalga oshiriladi. Kunlik faoliyatlar davomida har bir faoliyatni boshqa faoliyatlar bilan integrallash mumkin. integrativ yondashuv orqali har bir faoliyat orqali boshqa faoliyatlar mazmunini yoritish mumkin. misol uchun ertalabki davra suhbatida qo'l yuvish odobi haqida gap ketayotgan bo'lsa, bolalar bilan birgalikda lupa orqali ularning qo'llari tozaligini yoki qaysidir mevaning tozaligini tekshirib ko'rish mumkin. suhbat va tajriba integratsiyasi barcha bolalar uchun qiziqarli va ta'sirli bo'ladi va keyingi faoliyatlarida qo'llarining tozaligiga jiddiy e'tibor qaratishni odatga aylantiradi.

Bolaning refleksiv faoliyati darajasi uning kasbiy yo'nalishini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Uning xatti-harakatlarini kuzatish, tadqiqiy faoliyatlari mazmuni unda kasbiy layoqatni ko'rsatib beradi. Xalilova N.I shaxsda kasbiy refleksiyani yuzaga keltirishning quyidagi dinamikasini belgilab o'tgan:

- refleksiv tayyorgarlik;

- refleksiv qobiliyat;

- refleksiv ijodiy imkoniyat;

- refleksiv kompetentlik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 25, 2024

Garchi bu tarkibiy tuzilma talaba-yoshlardagi kasbiy refleksiyani yuzaga chiqarish bo'yicha oldiga surilgan nazariya bo'lsada, uni maktabgacha yoshdagi bolalarda samarali refleksiv faoliyatni shakllantirish bo'yicha faoliyat nazariyasi sifatida ham olish mumkin. buning sababi refleksiv faoliyat bolalarda ham aynan shu ketma-ketlikda rivojlanadi.

Bolalar hayotining uchinchi yiliga kelib o'z-o'zini anglash yuzaga chiqa boshlaydi. Ular o'zlarini o'rab turgan borliqni tushunishga harakat qiladilar. Ularda xayol rivojlanib, atrof-olam haqida tasavvurlar shakllana boshlaydi, ammo o'z shaxsiy xayollarini aniq borliqdan ajratishlari qiyin kechadi. Ular o'z harakatlari ma'lum oqibatlarga olib kelishini tushuna boshlaydilar va o'zlari uchun xulq-atvor borasida ma'lum bir cheklovlarni o'rnatishga o'rganadilar. Bunda ana shu yoshdagi guruh bolalarida boshqalardan farq qiluvchi quyidagi holat namoyon bo'ladi: hozircha ular tobe' va itoatkor ekanligini namoyon qilayotgan bo'lsalar-da, bir daqiqadan so'ng talabchan va injiq bo'lib qoladilar.

3-4 yoshli bolalardagi o'z harakatlariga turli cheklovlar qo'yishga intilishni undagi refleksiv tayyorgarlik bosqichi deyish mumkin. Chunki bola ota-onasi va yaqinlari bilan munosabatda o'zining ijobiy xislatlarini namoyon qilishga va salbiy odatlarini ko'rsatmaslikka urinadi. Mana shu holatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, bola o'z istaklari va odob-axloq normalari o'rtasidagi tavofutni anglashga urinmoqda va ayrim harakatlaridagi salbiy natijalarni anglab bormoqda. Mazkur jarayonlarga e'tibor berish va bola ko'nikmalarini mustahkamlash uchun uning faoliyatini doimiy kuzatish va "og'ishlar" yuz berganda uni bartaraf etish choralarini ko'rish lozim. Misol uchun, bola shirinlik yeyishni yaxshi ko'radi va onasidan doim shirinlik so'raydi, ammo doimiy ta'qiq va yoki qo'rqitishlar tufayli u shirinlik unga zarar keltirishini bilib olgan. Shu holatlarda u faqat bir donagina olishni so'raydi va yeb bo'lgach boshqa ololmasligini sezib xarxasha qilishga o'tadi. Mana shu holat bolaning istaklari bilan ularning natijasini anglash orasidagi qarama-qarshilik bo'lib, bola tajribasiz bo'lganligi sabab shaxsiy ehtiyojlari ustun kela boshlaydi. Aynan shu holatlarda bolaning ko'zlariga qarab, qilayotgan xatti-harakatlarining natijasi unga ertak, voqea yoki vizual materiallar orqali tushuntirilsa bola tinchlanadi. Bu yo'lni qo'llash esa ota-onadan sabr va bilimni talab qiladi.

Bolalar - kuzatish, tajriba o'tkazish va savollar berish orqali dunyo qanday tuzilganini bilishga intiladigan tabiatshunoslardir. Kattalar ushbu hayratlanish va qiziqish tuyg'usini, izlanishni davom ettirish istagini qo'llab-quvvatlasa, ular bolalarga butun hayoti davomida izlanish olib borishlari uchun poydevor yaratishga yordam beradi. Tadqiqiy bilish bolani kashfiyotlar olamiga yetaklaydi va unda ijodiy ko'nikmalarni rivojlantiradi. Yapon olimi Masaru Ibuka "Har bir bolada daho yashirin" deydi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, tadqiqiy-bilish va samarali faoliyat yordamida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bolaning intellektual rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ular o'zaro bog'langan va bir-birining ishini faollashtiradi. Bola qo'llari bilan qanchalik ko'p ish qila olsa, bilimini shunchalik mustahkamlaydi. U qo'llari bilan nimadir yasash orqali individual xarakter xususiyatlarini rivojlantiradi.

Pedagoglar yoki ota-onalar bolaga predmetlarning xususiyatlarini tushunishga yordam beradigan juda oddiy, lekin samarali metodlar orqali unda zarur sifatlar va qobiliyatlarni rivojlantirishi mumkin. Qum, loy, suv, qor, muz, magnit, qog'oz kabilar bilan o'ynaladigan o'yinlar tadqiqot xarakteriga ega. Hozirgi paytda uyda yoki ta'lim tashkilotida tajriba o'tkazish usullari haqidagi ma'lumotlarni osongina topish mumkin, kattalar ularning ba'zilaridan foydalansa bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Bolalar bilan tadqiqiy-bilish faoliyatini o'tkazish alohida shart-sharoitlarni talab qilmaydi. Tajribani har qanday faoliyat vaqtida o'tkazish mumkin. Misol uchun, bola rasm chizayotganda bo'yog'i tugab qoldi. Unga bo'yoqni o'zi tayyorlab ko'rishini taklif qiling. U qanday harakatlar bajarishini, nima qilishini kuzatib turing. Siz aralashmang va yo'l-yo'riq ko'rsatmang. U ko'k va sariq rangni aralashtirish kerakligini fahmlaydimi? Agar u hech qanday natija chiqara olmasa, ikkita bo'yoqni aralashtirish zarurligini ayting. Sinab ko'rish va xatolar orqali bola to'g'ri yechimni topadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.