Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TAYANCH KOMPETENSIYALAR'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TAYANCH KOMPETENSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
20
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kompetensiyaviy yondashuv / bola / kompetensiya / rivojlantiruvchi markazlar / tayanch kompetensiya / komunikativ / bilish / idrok / sezgi / ijtimoiy / shaxsiy

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xallokova Maksudaxon Ergashevna, Tillaboyeva Shohsanam Homidjon Qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tayanch kompetensiyalari,kompetensiyaviy yondashish asosida maktabgacha yoshdagi bolalar fikrlash faolligini rivojlantirish masalalari keltirilgan. Shu bilan birgalikda maktabgacha yoshdagi bolalarga kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatlarni tashkil etish toʻgʻrisida soʻz boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TAYANCH KOMPETENSIYALAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TAYANCH KOMPETENSIYALAR 1Xallokova Maksudaxon Ergashevna, 2Tillaboyeva Shohsanam Homidjon qizi

1Fargona davlat universiteti v.b. dotsent (PhD) 2Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11047852 Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tayanch kompetensiyalari,kompetensiyaviy yondashish asosida maktabgacha yoshdagi bolalar fikrlash faolligini rivojlantirish masalalari keltirilgan. Shu bilan birgalikda maktabgacha yoshdagi bolalarga kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantiruvchi markazlarda ta'limiy faoliyatlarni tashkil etish to'g'risida so'z boradi

Аннотация. В статье представлены базовые компетенции дошкольников, вопросы развития мыслительной деятельности дошкольников на основе компетентностного подхода. При этом ведутся разговоры об организации образовательной деятельности в центрах развития дошкольников на основе компетентностного подхода.

Abstract. The article presents basic competencies in preschool children, issues of development of thinking activity ofpreschool children based on the competence approach. At the same time, it is mentioned about the organization of educational activities in centers that develop preschool children based on a competency approach.

Kalit so'zlar: Kompetensiyaviy yondashuv, bola, kompetensiya, rivojlantiruvchi markazlar, tayanch kompetensiya, komunikativ, bilish, idrok, sezgi, ijtimoiy, shaxsiy

Ключевые слова: Компетентностный подход, ребенок, компетентность, центры развития, базовая компетентность, коммуникативная, познавательная, восприятие, интуиция, социальная, личностная.

Keywords: Competency approach, child, competence, developmental centers, basic competence, communicative, knowledge, perception, intuition, social, personal.

KIRISH

Maktabgacha ta'limning sifat va samaradorligiga erishishda bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, bo'sh vaqtlardan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, bolalar uchun o'tkazilgan mashg'ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadga muvofiq jarayondir.Buning uchun esa Maktabgacha ta'limda kompetensiyaviy yondashuv muhim masala hisoblanadi Maktabgacha ta'limda kompetensiyaviy yondashuv deganda bolalarni ta'lim tashkilotlarida egallagan bilimlari orqali kundalik hayotda duch keladigan tanish yoki notanish vaziyatlarda foydalanishga tayyorlashni tushunish demakdir Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan, ahloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, unda "men"obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutadi.

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirishda o'ziga xos metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarlik bilan ishlash davr taqazosiga aylandi. Chunki maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirish keng ma'noli tushuncha bo'lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati, tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta'lim jarayonidagi ishtiroki innavatsion bo'lishi lozimligini talab etadi. "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari" hamda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

"Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida pedagogik-psixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhiga mos va xos adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o'ynab turib o'ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o'yinlarda aks ettiruvchi ta'limiy rivojlantiruvchi o'yin markazlari tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha ta'lim mazmunini oshiradi

Mana shu jarayonda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishga e'tiborni qaratish davr talabi sifatida dolzarbligini hech qachon yo'qotmaydi. Chunki barkamol avlod tarbiyasi har qaysi davlatning eng asosiy ustuvor vazifasi hisoblanadi. Bu borada birinchi prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edilar;-" Har qaysi davlat, har qaysi millat o'z farzandlari qiyofasida, unib-o'sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos eng go'zal fazilatlarni namoyon etadigan, uning ezgu orzu-niyatlarini amalga oshirishda mardlik va fidoyilik ko'rsatishga qodir bo'lgan o'z tayanchi va suyanchini ko'rishi tabiiydir"

Darhaqiqat, bugungi avlod istiqbolda yangi O'zbekistonning taraqqiyotini ta'minlashi uchun ham jismoniy va ma'naviy sog'lom, intellektual salohiyatli bo'lishi talab etiladi. Bu talab maktabgacha ta'lim va tarbiya tashkilotlarida voyaga yetayotgan yosh avlodning ta'limi va tarbiyasiga bo'lgan e'tiborni oshirishni taqozo etadi. Shu maqsadda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarni tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha muhim ishlar amalga oshirildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Bolalarni o'ynab turib o'ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o'yinlarda aks ettiruvch ta'limiy rivojlantiruvchi markazlar tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi boshqa shu kabi omillar maktabgacha ta'lim mazmunini oshiradi.

Maktabgacha ta'lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. U ta'limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi.Davlat o'quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Kompetensiya - bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.

Kompetentli bola o'z bilim, ko'nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo'llashi, o'z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o'z ichiga oladi. MAKTABGACHA YOSHDAGI (6-7 YOSH) BOLANING

TAYANCH KOMPETENSIYALARI

• Kommunikativ.

• Ijtimoiy.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

• Shaxsiy ("Men" kontsepsiyasini qurish).

• Bilish.

Kommunikativ kompetensiya - atrofdagi odamlar bilan o'zaro munosabatlarning konstruktiv usullari va vositalariga ega bo'lishni taqozo qiladi; muloqot qilish va yuzaga kelgan o'yin, bilish, maishiy va ijodiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish qobiliyati. Bu kompetensiyaga nutqni rivojlanish ham kiradi. Nutq bolaning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi hamda dunyoni bilishi uchun zarur vositadir. Mazmunga boy va rag'batlantiruvchi ta'lim muhitida bolalar og'zaki va yozma muloqot ko'nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularga o'zlariga ishonishga, boshqalar bilan munosabatlarni o'rnatishga, dunyo haqidagi tushunchalarini shakllantirishga mashg'ulotlarda ishtirok etishga va loyiha ishlarini jamoa bo'lib bajarishga yordam beradi. Bolalar kattalar va boshqa bolalar tomonidan tushunilishlari uchun o'zlarini namoyon etishlari mumkin. Ular aytilganlarni tushunish uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savol va topshiriqlarni eshitadilar va shunga mos javob berishadi. Ular nutqni, ayniqsa o'qish va yozishni o'z ichiga olgan mashg'ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular nutqning turli shakl va funktsiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak bo'lganda ularni turli xil muloqot holatlarida moslashtiradilar.

Bu kompetensiya, shuningdek, axborot olish uchun turli xil aloqa vositalari va kanallardan mustaqil foydalanish qobiliyatini o'z ichiga oladi; ta'lim olishi va rivojlanishida foydalanish uchun kerakli ma'lumotlarni qidirish, tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga solish, o'zgartirish, saqlash qobiliyatini mustahkamlaydi.

Ijtimoiy kompetensiya - bu bolaning belgilangan tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya qilgan holda tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda ishlash qobiliyati. Bolalar boshqalarni hurmat qilishni va ularning aytganlarini hisobga olishni o'rganadilar. Guruhlarda samarali ishlash uchun zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalariga amal qiladilar. Muammoli vaziyatlarda ular yoshi va individual rivojlanish xususiyatlariga mos ravishda ularni hal qilish harakatlarini amalga oshiradilar. Ular tobora ko'proq o'zlarini guruhningbir qismi sifatida ko'radilar va o'z huquq hamda majburiyatlari borligini tushunadilar. Ular individual farqlarga ochiq. Bolalar boshqalar bilan uyg'unlikda yashashlari mumkin. Ular turli insonlar bilan muloqot qilishadi va atrofdagilarning madaniy jihatdan xilma-xilligini tan oladilar, ularga yordam beradilar va qo'llab-quvvatlay oladilar.

Shaxsiy kompetensiya ("Men" konsepsiyasini yaratish). Shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sog'lom turmush tarzini amalda qo'llash mahoratini o'z ichiga oladi. Bolalar hayotdagi o'z o'rnini biladilar, o'zlarining, shuningdek, boshqalarning farovonligi haqida g'amxo'rlik qilishga o'rganadilar. Bola mustaqil va u o'ziga ishonadi. O'zining kuchli va zaif tomonlarini biladi, ularni bartaraf etish ustida ishlay boshlaydi. U o'zining boshqalardan farqli tomonlarini tushunadi. O'z g'oyalarini ilgari suradi va targ'ib qila oladi; o'zi uchun qaror qabul qilishni o'rganadi. U qanday tanlashni biladi, o'z oldiga maqsadlar qo'yadi. O'z harakatlari uchun tashabbus va mas'uliyatni namoyon qiladi. O'zining yaxshi ko'rgan narsasi, qiziqishlari, his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashadi. O'sib borayotgan jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi. O'z ehtiyojlarini bildiradi va ularni qondirishni biladi, o'zini boshqara oladi; sog'lom turmush tarzi qoidalariga, madaniy-gigiyenik tartib qoidalarga rioya qiladi, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadi, o'z salomatligi uchun mas'uliyatni namoyon qiladi.

Bilish kompetensiyasi bilim olish, o'qish va o'rganish; mustaqil ravishda izlanish, tahlil qilish va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

atrofolamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o'z ichiga oladi. Harakat va o'zaro munosabatlar orqali bolalar bilim olish va o'rganish strategiyalarini ishlab chiqadilar. Ular atrofolamdagi yangi ob'yektlarni o'rganadilar va kashf etadilar. Boshqalar bilan o'yin va o'zaro muloqot jarayonida ular kuzatadilar va tajriba o'tkazadilar. Ular muammolarni tushunish va hal qilish uchun yangi imkoniyatlar topadilar. Ular o'zlarining kashfiyotlari bilan o'rtoqlashadilar va asta-sekin mustaqil, o'z-o'zini boshqaradigan, tahlil qila oladigan va ijodkor shaxsga aylanadilar.Bolalar muammoni hal qilishga e'tibor qaratishlari, muammolarni hal qilish strategiyalarini ishlab chiqishlari va atrofdagi dunyoni tushunish va tushuntirish uchun maqsadlar qo'yishda kognitiv qobiliyatlarini ishga solishlari mumkin. Bolalar o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini davom ettirishlari, o'rganishdan zavqlanishlari va o'rganganlarini baham ko'rishlari, kashfiyotlarini boshqalar bilan bo'lishishlari mumkin.

Bilishga oid faollik bu ijtimoiy tajribani o'zkashtirishga yo'naltirilgan mustaqillik va atrof olamga qiziqishda ifodalanuvchi shaxsiy xususiyatdir.

Bilishga oid faollikni rivojlantirish fikrlash va idrok etish jarayonida bo'ladi va sifatli o'zgarishlar hamda ko'rsatkichlar bilan aniqlanadi.energetik kuch quvvatli bola faoliyatga qiziqadi ,bilishda tirishqoqlikni namoyon etadi mazmunli o'qishjarayonida faoliyat natijalari, vaziyatdagi madaniy jihatlarini belgilaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilishga oid faollikni rivojlantirish savollarda, mulohazalarda, namoyon bo'ladi va alohida sohadagi maqsadga yo'nalganlik bilan tavsiflanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilishga oid faollik latin rivojlantirish uchun muhim vosita o'yin texnalogiyalaridan foydalaniladigan mashg'ulotlar hisoblanadi. Shuningdek, bola o'zini o'z faoliyatining subyekti sifatida his qilishi uchun barcha mumkin bo'lgan va yoshiga mos bo'lgan jihozlardan samarali foydalanish ham bolaning kompetensiyalarini to'laqonli rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida markazlardagi faoliyatlar ham bolaning tayanch kompetensiyalari rivojlanishi uchun juda muhim hisoblanadi. Markazlardagi faoliyatlar orqali bolaning bilish jarayonlari shakllantirish, diqqat, sezgi idrok, mayda matorikalarini o'stirib borish, bolalarda insonparvarlik tuyg'ularini shakllantirib borib, ijobiy obrazlarni yaratish imkoniyati ham paydo bo'ladi.

XULOSA.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki maktabgacha ta'lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. U ta'limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi.Misol uchun kommunikativ kompetensiyani aytadigan bo'lsak nafaqat bola hayoti uchun balki kattalar hayotida ham muhim hisoblanadi. Inson muloqotga kirishmas ekan ijtimoiylasha olmaydi. Bilish kompetensiyani esa bu insonni komolotga yetaklaydi. Shunday ekan bolaga ta'lim berishda tayanch kompetensiyalarini doimo e'tiborda olish va rivojlantirib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. CRITERIA FOR NON-EDUCATIONAL INSTITUTIONS TO IMPROVE THE QUALITY OF EDUCATION ME Khallokova World Bulletin of Social Sciences (WBSS)Available Online at:https://www ...

2. Нодавлат таълим муассасаларида таълим тизимини модернизациялаш М Халлокова Общество и инновации 3 (1), 151

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

3. M.Xallokova. Nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim tizimini modernizatsiyalash. Obshestvo I innovatsii 3 (1), 151-157, 2022

4. Khallokova, M. E. (2018). Important Aspects of Establishing Non-State Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2)

5. Khallokova, M. (2022). Modernization of the education system in non-governmental educational institutions. Society and Innovations, 3 (1), 151-157.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.