Научная статья на тему 'Ta’limiy o’yinlarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalar'

Ta’limiy o’yinlarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalar Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
669
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
qobiliyat / texnologiya / muvaffaqiyat / intallekt / salohiyat / tezkorlik / topqirlik / zukkolik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sarvinoz A’zam Qizi Fayzulloyeva, Feruza Baxshullo Qizi Shamsiddinova

Ushbu maqolada o‘yin faoliyati uning mehnat va ta’limiy faoliyatdagi yetakchi o‘rini uzviy bog‘liqligi, olim va pedagoglarning pedagogik g‘oyalari, ta’limiy o‘yinlar bolalarning amaliy faoliyati sifatida e’tirof etilishi, va bu jarayonning bola uchun natijadorligi, o‘yin texnologiyalari va bola hayotidagi ahamiyati, uning xususiyatlari haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ta’limiy o’yinlarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalar»

Ta'limiy o'yinlarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalar

Sarvinoz A'zam qizi Fayzulloyeva Buxoro davlat universiteti Feruza Baxshullo qizi Shamsiddinova Buxoro davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'yin faoliyati uning mehnat va ta'limiy faoliyatdagi yetakchi o'rini uzviy bog'liqligi, olim va pedagoglarning pedagogik g'oyalari, ta'limiy o'yinlar bolalarning amaliy faoliyati sifatida e'tirof etilishi, va bu jarayonning bola uchun natijadorligi, o'yin texnologiyalari va bola hayotidagi ahamiyati, uning xususiyatlari haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: qobiliyat, texnologiya, muvaffaqiyat, intallekt, salohiyat, tezkorlik, topqirlik, zukkolik

Innovative technologies in the organization of educational

games

Sarvinoz Azam kizi Faizulloyeva Bukhara State University Feruza Bakhshullo kizi Shamsiddinova Bukhara State Pedagogical Institute

Abstract: In this article, game activity is linked to its leading place in work and educational activities, pedagogical ideas of scientists and pedagogues, recognition of educational games as a practical activity of children, and the importance of this process. General information is given about the effectiveness for the child, game technologies and their importance in the child's life, its features.

Keywords: ability, technology, success, intelligence, potential, speed, resourcefulness, ingenuity

O'yin bola o'zligining namoyon bo'lishi, va uning yanada shakllanishi, takomillashishi uchun eng muhim usulidir. O'yinlarning bolalar hayotida muhim o'rni bor va alohida ahamiyatlidir. O'yinlar asosan mehnat va ta'limiy faoliyatlarda yetakchi o'rin egallaydi. Bu faoliyatlar bilan doimiy ravishda uzviy bog'liqdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etgan o'yinlar boladagi barcha mavjud xususiyatlarni, imkoniyatlarni ishga tushuradi. Bola harakatlanadi, muloqotga kirishadi, fikrlaydi va shu bilan birga idrok etadi, ehtiyojini qondiradi, bajarayotgan

ishini oqibatini anglaydi.

Zamonaviy pedagogikada Y.A.Komenskiyning pedagogik g'oyalari, shu bilan birga K.D.Ushinskiy, AS.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g'oyalari ahamiyatlidir. "Bolalar o'yini ko'p asrlik tarixga ega, - deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U insonning o'zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan". deydi. Yan Amos Komenskiy o'yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to'g'ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o'yin - bolaning barcha qobiliyat ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin davomida tengqurlari bilan do'stlashadi - deydi. Y.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va bolani uyg'un rivojlanish sharti sifatida qaraydi. Bola o'yinlariga kattalarning e'tiborli bo'lishni, ularga oqilona rahbarlik qilish lozimligini maslahat bergan edi. P.F.Lestgaftning fikricha - "Bolalar o'zlarining o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar",- deydi. Bu faoliyatlar bolaning shakllanishida, takomillashuvida muhim o'rinlidir.

O'yin jarayonida bolalar eng avvalo o'z ehtiyojlarini qondiradilar, tevarak-atrofdagi borliqni o'z o'yinlarida aks ettiradilar. O'yin jarayoni shunaqa bir keng qamrovli jarayonki bunda bolalarning intallekti shakllanadi, bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi.

Erkin faoliyat jarayonidagi aksariyat o'yinlar bola tomonidan yaratiladi va rollar ham o'zlari tomondan taqsimlanadi. Bolalar rollarni bajararkan hayoti davomida ko'rgan bilganlari, hayotiy bilimlariga tayanadi. Shular asosida o'ziga berilgan obrazni gavdalantiradi. Bajarayotgan roli bo'yicha tasavvurlari yetarli bo'lmasa o'rtoqlari yoki kattalar tomonidan faoliyat to'ldiriladi. Bu vaziyatda bola bilimlarini mustahkamlab oladi.

O'yin faoliyati davrida bolalar nazoratsiz qolmasliklari lozim. Nazorat ostida bo'lgan bolalar faoliyatida tarbiyachining o'rni muhimdir. Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda vatanga muhabbat, ijodkorlik, o'z xalqiga, atrofga ijobiy munosabatni shakllantiradi va mustahkamlaydi. Bolalarda jasurlik, to'g'rilik, o'zini tuta bilishlik, halollik, mehribonlik kabi sifatlarni ham aynan o'yin orqali tarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir.

Ta'limiy o'yinlar - bolalarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga mos ravishda tanlanadi va ularga bilim berishning eng qulay metodi sanaladi. Ta'limiy o'yinlar bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi. Ta'limiy o'yinlar bolalarning faoliyatda o'rgangan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o'zining tajribalari amalda qo'llay olishga o'rgatadi, bolaning dunyoqarashini kengaytiradi, fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi, ijodkorligini oshiradi, sensor jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibada sinab ko'rib mustahkamlab olishda imkon beradi. Ta'limiy

o'yinlar ta'lim jarayonini qiziqarli, qulay va yengilroq o'tishini ta'minlaydi. Bolalar yoshlariga mos o'yin tarzda tashkil etilgan barcha ta'limiy faoliyatlar bola tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Aynan bu ta'limiy o'yinlar bolarni aqliy rivojlantirish maqsadida yaratilgan. Bunday o'yinlarga bir qancha misol keltirish mumkin. Masalan " Juftini top" "Rangiga qarab top", "Shakliga qarab top" kabi o'yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Katta guruh bolalari uchun esa ozgina murakkabroq "Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?", "Kasblar haqida bilasizmi?", "Hayvonlarning hayot tarzi" va boshqa o'yinlarni ko'rsatish mumkin. Har bir keltirilgan o'yinlarning qoidalari mavjud. Qodalar aytib o'tiladi va bolalar qoidalarga asosan faoliyat yuritadilar. Qoidalar bolalarning xulqini, o'zaro bir-biriga bo'lgan munosabatini boshqarib, kerakli tomonga yo'lantirib turadi. Qoidalar bu - bolalar harakatlarini baholovchi o'lchovdir. Bolalarning qoidalarga asoslanib o'yinlarda ishtirok etishi, ularning mas'uliyatliligini, mustaqillikni, o'zini-o'zi nazorat qilishini, o'zaro bir-birini nazorat qila bilish qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi. O'yinga ma'suliyat bilan yondoshgan bola o'zining topag'onligi, diqqati va xotirasini, o'zining menligini namoyon qila oladi.

Har bir o'yinning qoidasi bilan birga maqsadi va natijasi ham mavjud. Pedagog faoliyat yakunida maqsadga erishilganini, ko'zlangan natija amalga oshirilganligini tahlil etib borishi lozim. Har bir ta'limiy o'yinning muayyan natijasi mavjud, natija esa o'yinning finali hisoblanadi. Masalan: Topishmoqlarni javobini toppish o'yini. Topishmoqlarni javobini topish bu o'yin qoidasi, tezkorlik va topqirlik, zukkolik bilan javob berish bu natijadir. Ta'limiy o'yinning natijasini muhokama qilish, bolaning bo'shliqlarini aniqlashdagi eng qulay vaziyat sanaladi.

Ta'limiy o'yinlar ularning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuniga ko'ra turlarga ajratiladi.

Ta'limiy o'yinlarning turlari:

- buyum va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar

- stol usti bosma o'yinlar

- og'zaki, so'z o'yinlari.

Har qanday ta'limiy o'yinlar turlaridan qat'iy nazar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish vositasi bo'lib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda o'yin bolada mehnatga bo'lgan qiziqishi orttiradi, muloqotga kirishishi ya'ni, kommunikativ muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beradi, shaxsiy iqtidori, qiziqishi, bilimi va o'zligini namoyon etishiga imkon yaratadi, hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo'ljalni to'g'ri olish ko'nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi, ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratadi, ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi. insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy, milliy va

umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishga e'tibor qaratadi, o'yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti.

- T.: "Fan va texnologiya". 2019 y. -296 bet.

2. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2013 y. -279 bet.

3. M.X. To'xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010 y. -400 bet.

4. O'. Tolipov, M. Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. T.: "Fan". 2006 y.

5. T. Madumarov, M. Kamoldinov. Innovasion pedagogik texnologiya asoslari va uni ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llash. T.: "Talqin", 2012 y.

6. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti.

- T.: "Fan va texnologiya". 2019 y. -296 bet.

7. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.

8. A.X.Qosimov, F.A.Xoliqova. Peagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar/ Ma'ruzalar matni. Tuz.: T.: TATU, 2004 y.

9. N.S.Sayidahmedov, S.A.Abduraximov Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya monografiya. - T.: OPI, 2010 y.

10. S.M. Raxmonova, D.M. Murotovna. Ta'lim jarayonida pedagogning innovatsion kasbiy faoliyati va xususiyatlari. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 2181-0842 VOLUME 4, ISSUE MAY 2023. https://drive.google.com/file/dA90Zcnat7oUsSvaN14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 862-866 bet

11. S.M.Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.