«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JISMONIY TARBIYANING AHAMIYATI
Yuldasheva Xikoyatjon Abduxamidovna
Namangan viloyati Kosonsoy tumani 12-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11229801
Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning ahamiyati yoritilgan.
Kalit so'zlar: ilk qadam, fiziologiya, psixologiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy imkoniyatlar, bolalarning jismoniy va fiziologik imkoniyatlari, kompleks texnologiyalar.
Maktabgacha ta'lim sohasida so'nggi yillarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi, maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, me'yoriy-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi, «Ilk qadam» davlat o'quv dasturi ishlab chiqildi, shuningdek, 3-6 yoshli qizlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida «Zumradoylar davrasi» to'garaklari, zamonaviy ta'lim dasturlari joriy qilindi. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida «...maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish» kabi vazifalar belgilanib, bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning jismoniy va fiziologik imkoniyatlarini rivojlantirishning innovasion texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishda jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanishi uslubiy va pedagogik nuktai nazardan tug'ri tashkillashtirish uchun bolalar fiziologiyasi va psixologiyasini yaxshi o'rganishga doimo ma'lum ilmiy pozitsiyalardan murojaat qilishlari hamda shularga suyangan xolda xar bir mashg'ulot oldidan anik vazifalar kuyilishi lozim.
Bolaning jismoniy rivojlanishiga mavjud tadqiqot yondashuvi, uni o'rganish bilan bog'liq muammolarning hajmi va tabiati jismoniy rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlarining murakkabligi va ko'p qirrali ekanligidan dalolat beradi.
V.M.Zuev tadqiqotlaridagi ma'lumotlar ko'ra maktabgacha bo'lgan davr turli jinsli bolalarda asosiy o'lchamlari bo'yicha xarakatlar anikligining notekis va xar xil muddatli rivojlanishi bilan tavsiflanishi xakida xulosa chikarish imkonini beradi. Tajriba kizlarning besh va olti yoshlarda, o'g'il bolalarning esa yetti yoshga kelib makonda aniq xarakatlanishga oid topshiriqlarni bajarishda ustunroq ekanligini ko'rsatdi. Besh va olti yoshga o'tgan ug'il bolalarda xarakatning vaqt o'lchamini takrorlash aniqligi qiz bolalarnikiga nisbatan yuqorirok, yetti yoshli o'g'il bolalar esa tengdosh qizlarga nisbatan topshiriqni yomonrok uddalagan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish bo'yicha ko'plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Mazkur ishlarni tahlil qilish tadqiqotimiz yo'nalishini aniqlab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi.
«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY
1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang'ich ta'limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish.
2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun o'quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o'tkazish.
3. Maktabgacha ta'limning muqobil shakllari uchun yangi o'quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
4. «Ilk qadam» davlat o'quv dasturini keng joriy etish.
5. Tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o'rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish.
6. Rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo'lgan bolalar ta'limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta'lim, eng yangi reabilitasiya va abilitasiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta'lim umumiy tizimi integrasiyalashuviga ko'maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta'lim yo'nalishlarini ishlab chiqish.
Hulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim rol o'ynaydi, ularning jismoniy, neyrofiziologik, psixologik, ijtimoiy va intellektual rivojlanishiga yordam beradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-sonli qarori.
2. Abdullaeva N.Sh. Bolalar rivojlanishini nazorat qilishga variativ yondashuv// Maktabgacha ta'lim metodikasi va nazariyasi, Toshkent, 2019 yil 3-son, B.10-12.
3. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet
4. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021
5. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)