Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY-NAZARIY ASOSLARI'

O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY-NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

333
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy ta’lim / ta‟lim dasturlari / intellektual / estetik tarbiya / jismoniy rivojlantirish / uzluksiz ta‟lim / ilk qadam / ta'lim sifati / rejalashtirish dasturi. / modern education / educational programs / intellectual / aesthetic education / physical development / continuous education / first step / quality of education / planning program

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maftuna Furqatovna Yakubova

Ushbu maqolada O‟zbekistonda maktabgacha ta'limni rivojlantirishning huquqiy-nazariy asoslari haqida so‟z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about the legal and theoretical foundations of the development of preschool education in Uzbekistan

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY-NAZARIY ASOSLARI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 1 | 2023

ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHNING

HUQUQIY-NAZARIY ASOSLARI

Maftuna Furqatovna Yakubova

Jizzax davlat pedagogika universiteti magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda maktabgacha ta'limni rivojlantirishning huquqiy-nazariy asoslari haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim, ta'lim dasturlari, intellektual, estetik tarbiya, jismoniy rivojlantirish, uzluksiz ta'lim, ilk qadam, ta'lim sifati, rejalashtirish dasturi.

ABSTRACT

This article talks about the legal and theoretical foundations of the development of preschool education in Uzbekistan.

Keywords: modern education, educational programs, intellectual, aesthetic education, physical development, continuous education, first step, quality of education, planning program.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim tizimini yaxlit uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalari sanaladi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida qator islohotlar o'tkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo'lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, 2018-yilning sentabr oyidan tatbiq qilinadigan yangi maktabgacha ta'lim dasturi davlat talablariga asoslangan va respublikadagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari yangi dastur bilan tanishtirilgan. Davlat va dastur talablarini o'zida jamlagan hujjatlar paketi barcha mintaqalardagi MTTlarga yetkazilgan. Bundan tashqari, O'zbekistonda birinchi

January, 2023

367

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

marta hammaga mavzuiy rejalashtirish dasturlari tarqatilganligi ham maktabgacha ta'lim tashkilotlarining metodik jihati desak mubolag'a bo'lmaydi. "Ilk qadam" deya nomlangan yangi dasturning asosiy tamoyili - ta'lim jarayoniga qo'shilayotgan kichik yoshli bolalarning ilk qadamlari sanalib, bu dastur asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya ishlari yanada mukammallashdi. "Umuman olganda, davlat talablarida kichik va maktab yoshigacha bo 'lgan bolalarni besh yo'nalishda rivojlantirish kerakligi ko'rsatilgan. Bu besh yo'nalishni rivojlantirib, bola 4 kompetensiyaga ega bo'ladi, ya'ni u 1-sinfga chiqishga motivatsiya oladi", - degan edi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin. Ushbu dastur asosida bilim olish jarayonini o'yinlar orqali rivojlantirish yotadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo'nalish kabi tushunchalar rivojlana bordi, sog'lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o'zlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashdi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulotlar sifati yanada oshdi, zamonaviy ta'lim berish ommalashdi.

NATIJALAR

O'zbekistonda maktabgacha ta'limni rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev qaroriga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangani ham sohani eivojlantirishga qaratilgan muhim qadam desak mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu

> konsepsiya o'zida quyidagilarni nazarda tutadi:

> maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

> maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

> bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

> maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

> maktabgacha ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta'minlash;

> maktabgacha ta'lim tizimiga maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va

rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

> maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning sog'lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta'minlash;

Shungingdek, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi»ning ishlab chiqilishi, 2019-2024 yillarda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari hamda 20252030 yillarda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlanganligi ham maktabgacha ta'lim sohasining huquqiy asosini ta'minlashga hizmat qiladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bu kabi normativ -huquqiy hujjatlarnin yuritish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi har yili 1 dekabrga qadar o'tayotgan yilning «Yo'l xaritasi» bajarilishi yakunlarini batafsil o'rganish asosida keyingi yil uchun «Yo'l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, «Yo'l xaritalari»ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi. Ushbu monitoringga ko'ra har bir MTTning normativ huquqiy hujjatlari tahlil qilinadi.

MUHOKAMA

Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yaxshi ish haqi to'lanmasa, bu kasbga qiziqish bo'lmaydi, albatta. Shu kunga qadar qanchadan-qancha tajribali, yaxshi kadrlar past ish haqi sabab bu kasbni tark etgan. Shu bois joriy yilning mart oyida Prezidentning pedagoglarning maoshini oshirishga doir qarori chiqqanligi ham sohani rivojlantirishning ustuvor vazifasini ta'minladi. Agrippina Shinning so'zlariga ko'ra, o'tgan 27 yil davomida maktabgacha ta'lim tizimidagi tarbiyachilar va MTT xodimlarining tarif stavkasi biror marta oshirilmagan. Shu boisdan ham 2018 -yilning mart oyida Maktabgacha ta'lim vazirligi birinchi marta pedagoglarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga oshirish taklifi bilan chiqdi. Shu yilning sentabridan oliy ma'lumotga ega pedagoglar uchun bazaviy tarif stavkalari yana 30 foizga oshirildi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg'un rivojlantirish sohasidagi ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, sifatli maktabgacha ta'limni tashkil etishda davlat talablarini qayta ko'rib chiqish; mavjud amaliyot va ilg'or xorijiy tajri bani o'rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo'yicha

ishlar olib borildi.

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XULOSA

Hozirgi kunda maktabgacha ta'limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o'quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. maktabgacha ta'limni uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas, birlamchi bo'g'ini sifatida takomillashtirish bo'yicha davlatimiz rahbari tomonidan qator muhim hujjatlar qabul qilinib borilayapti. Bu esa maktabgacha ta'lim sohasini yanada takomillashga qaratilgan chora tadbirlar sifatida e'tirof etilayapti desak mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» PQ-2707-son qarori. // «O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami», 2017 yil 9 yanvar, 1-son, 11-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» PQ-3261-son qarori. // «Xalq so'zi» gazetasining 2017 yil 11 sentyabrdagi 181 (6875)-soni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to,g'risida"gi qarori.

4.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to,g'risida"gi qarori.

5. L.R.Mirjalolova Tanlov fani moduli T.: Iste'dod, 2018. - 223 b

6.Ksendzova, GF Maktabgacha ta'lim tizimini modernizatsiya qilishda psixologik-pedagogik yordam / GF Ksendzova // Yakutsk IPKRO nashriyoti, 2006 yil - S 146148

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.