Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI'

YANGI O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

80
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy qudrat / ijtimoiy-ma‟naviy hayot / ilm-fan taraqqiyoti / barkamol avlod / zamonaviy mexanizm / tizimda variativ dastur / o„sishi tendensiyasi / shaxsini tarbiyalash. / economic power / socio-spiritual life / development of science / mature generation / modern mechanism / variable program in the system / growth trend / personality education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maftuna Axmedova

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, uning ijtimoiy-ma‟naviy hayot darajasining yuksalishi ta‟lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta‟limni rivojlantirish tendensiyalari haqida so‟z borgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The economic power of each country, the rise of its socio-spiritual life level is determined by the competitiveness of the educational system and the development of science. This article talks about the trends in the development of preschool education

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI»

YANGI O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI

Maftuna Axmedova

Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, uning ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta'limni rivojlantirish tendensiyalari haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy qudrat, ijtimoiy-ma'naviy hayot, ilm-fan taraqqiyoti, barkamol avlod, zamonaviy mexanizm, tizimda variativ dastur, o'sishi tendensiyasi, shaxsini tarbiyalash.

ABSTRACT

The economic power of each country, the rise of its socio-spiritual life level is determined by the competitiveness of the educational system and the development of science. This article talks about the trends in the development of preschool education.

Keywords: economic power, socio-spiritual life, development of science, mature generation, modern mechanism, variable program in the system, growth trend, personality education.

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, uning ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu boisdan ham, O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, iqtisodiyotning turli sohalari uchun eng malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo'lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan maktabgacha ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutadi.

Bugungi kunda bu kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ko'plab chora tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lib, buning natijasida maktabgacha ta'lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish tizimi isloh qilindi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimi qayta ko'rib chiqildi, oliy ma'lumotli mutaxassislar

January, 2023

341

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ikki pog'onali tizimi joriy etildi. Maktabgacha ta'lim sohasiga yetuk va raqobatbardosh kadrlar yetkazib berish tizimi yangidan joriy qilindi va bolalar salomatligi va qamroviga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, oxirgi yillarda turli omillar ta'sirida maktabgacha ta'lim tizimida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash borasida rivojlanish o'rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish ko'rsatkichlari o'sishi tendensiyasi kuzatilmagan edi. Bunga sabab esa maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlashning aniq shaklining ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasi yetarli o'rganilmaganligi kabi omillar sabab bo'ldi.

NATIJALAR

Hozirga kelib maktabgacha ta'lim sohasida nodavlat sektorini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, xususan davlat-xususiy sheriklikning 10 dan ortiq yangi shakllari me'yoriy-huquqiy bazasi shakllantirilgan holda, sohani rivojlantirishga qaratilgan keng imtiyozlar joriy etildi. Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga 2018-2022-yillar davomida jami 4,03 trln. so„m miqdorida subsidiyalar ajratildi. Bugungi kunda 1 301 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi (yirik loyihalar) hamda 20 408 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Sohaga investisiyalarni jalb etishda keng imkoniyatlardan foydalanilmoqda. Davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga byudjet subsidiyasini ajaratish tizimi shaffofligini ta'minlash hamda korrupsiya holatlari oldini olish maqsadida tizimni raqamlashtirish ishlari olib borildi va Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimini (NMTTBAT) joriy etildi. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (nodavlat MTTlar) joriy etildi va Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar

miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblab chiqish boshlandi.

Jumladan, ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo'yilganligi maktabgacah ta'lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan tendensiyalardan ekanligidan dalolat beradi.

MUHOKAMA

Shuni alohida ta'kidlash joizki, bugungi kunda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishi va tarbiyalanuvchilarning davomatini shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali elektron hisobini yuritib borayotganligi maktabgacha ta'lim tashkilotlari raqamlashtirishga o'tib borayotganligi va rivojlanish bosqichida ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ayniqsa nodavlat MTTlarga davlat byudjeti mablag'lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va ularni moliyalashtirish uchun elektron to'lov hujjatlarni Moliya vazirligining axborot tizimlariga jo'natilayotganligi, oilaviy MTT ochish uchun tadbirkorning ERI bilan imzolangan elektron arizasini qabul qilib olishi, soliq va kadastr organlarning axborot tizimlaridan ma'lumotlar tekshiradi, sanitariya-epidemiologiya va yong'in xavfsizligi organlarining elektron xulosalarini olishi hamda Maktabgacha ta'lim vazirligining xulosalari asosida elektron bitimni shakllantirib borayotganligi fikrimiz dalilidir.

Bugungi kunga kelib nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarish axborot tiziminining afzalliklari nimalardan iborat, subsidiyalar hamda barcha soliq va davlat ushlanmalarni avtomatik ravishda hisoblashi natijasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun subsidiyalarni hisoblash va hisobot topshirishda byurokratik ovoragarchiliklar va qog'ozbozlik yo'qoldi hamda buxgalter jalb etish zarurati qolmadi.

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni alohida aytish mumkinki, bugungi kunda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. E'tirof etish kerakki, mazkur qonunlar va me'yoriy hujjatlar, farmonlarning ishlab chiqilishi o„z navbatida maktabgacha ta'lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada takomillashuviga, sohaga oid barcha munosabatlarning huquqiy asoslari mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta'lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta'lim pedagoglariga qo'yiladigan talablarning qayta ko'rib chiqilishi tom ma'noda maktabgacaha ta'lim sohasini dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.

REFERENCES

1.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to,g'risida"gi qarori.

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

3. L.R.Mirjalolova Tanlov fani moduli T.: Iste'dod, 2018. - 223 b

4. Ksendzova, GF Maktabgacha ta'lim tizimini modernizatsiya qilishda psixologik-pedagogik yordam / GF Ksendzova // Yakutsk IPKRO nashriyoti, 2006 yil - S 146148

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.