Научная статья на тему 'YANGI O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV'

YANGI O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1999
194
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta‟lim tizimida / ta‟lim sifati / taʼlim tizimini isloh qilish / moslashuvchan modellar / davlat talablari / zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalar / quality of education in the preschool education system / reform of the education system / flexible models / state requirements / modern information and communication technologies

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maftuna Farxadovna Axmedova

Mamlakatimizda maktabgacha ta‟lim uzluksiz ta‟lim tizimining ajralmas qismiga aylangan. Ta‟limning mazkur bo„g„inini rivojlantirish, shu asnoda bolaning intellektual shaxsini shakllantirish, ta‟lim xizmatlarini yaratish orqali sifat darajasini oshirishga alohida e‟tibor qaratilayotgani sohadagi izchil islohotlarning natijasi bo„lmoqda. Ushbu maqolada yangi O'zbekistonda maktabgacha ta'limni rivojlantirishga zamonaviy yondashuv xaqida so‟z borgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In our country, preschool education has become an integral part of the continuous education system. The development of this link of education, the formation of the child's intellectual personality, and the creation of educational services, are paying special attention to improving the quality level, which is the result of consistent reforms in the field. This article talks about the modern approach to the development of preschool education in the new Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «YANGI O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022

YANGI O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV

Maftuna Farxadovna Axmedova

JDPI, Maktabgacha ta'lim mutaxassisligi magistr talabasi

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas qismiga aylangan. Ta'limning mazkur bo'g'inini rivojlantirish, shu asnoda bolaning intellektual shaxsini shakllantirish, ta'lim xizmatlarini yaratish orqali sifat darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani sohadagi izchil islohotlarning natijasi bo'lmoqda. Ushbu maqolada yangi O'zbekistonda maktabgacha ta'limni rivojlantirishga zamonaviy yondashuv xaqida so'z borgan.

Kalit so'lar: maktabgacha ta'lim tizimida ,ta'lim sifati, ta'lim tizimini isloh qilish, moslashuvchan modellar, davlat talablari, zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalar.

ABSTRACT

In our country, preschool education has become an integral part of the continuous education system. The development of this link of education, the formation of the child's intellectual personality, and the creation of educational services, are paying special attention to improving the quality level, which is the result of consistent reforms in the field. This article talks about the modern approach to the development of preschool education in the new Uzbekistan.

Keywords: quality of education in the preschool education system, reform of the education system, flexible models, state requirements, modern information and communication technologies.

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, maktabgacha ta'lim bola shaxsining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Zero, maktabgacha ta'lim tashkilotida puxta tayyorlanib maktabga chiqqan bolajonlarning yutuqlarga erishish imkoniyati kengayadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga oid davlat talablarida mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, jahon tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsad qilib olinadi.

July, 2022

45

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 7 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas qismiga aylangan. Ta'limning mazkur bo'g'inini rivojlantirish, shu asnoda bolaning intellektual shaxsini shakllantirish, ta'lim xizmatlarini yaratish orqali sifat darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani sohadagi izchil islohotlarning natijasi bo'lmoqda. Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 100 maqsadida maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangani ham katta e'tiborga molik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta'lim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat e'tiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolag'a bo'lmaydi. So'nggi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda. Maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi.

Ma'lumki, Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yo'naltirilgan maxsus davlat ta'lim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lib, bolalarni maktab ta'limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori misolida ko'rsak, mazkur konsepsiya maktabgacha ta'lim tizimini yana-da takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, bir so'z bilan aytganda, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan bo'lib, jarayonning ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab beradi. Konsepsiya tasdiqlangandan so'ng o'tgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida maktabgacha ta'lim tizimida yangi Qonun qabul qilindi, yangi loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib

kelinmoqda.

July, 2022

NATIJALAR

Maktabgacha ta'lim sohasi har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tartiyalash va maktabga tayyoгlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, taMil^ shuni ko'гsatdiki, oxiгgi yillaráa tuгli omil^ ta'siгida maktabgacha ta'lim tizimida bolalami maktab ta'limiga tayyoriash boгasida гivojlanish o'miga, oгqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalami maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'гsatkicЫaгi o'sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so'nggi 20 yil davomida davlat tasan-ufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodгoq kamayib, bugungi kunda respublika bo'yicha bolalaming maktabgacha ta'lim bilan qaшrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil shakllaming ishlab chiqilmaganligi, гivojlangan mamlakatlaming tajгibasi yetarii daгajada o'гganilmaganligi, faoliyat yuгitayotgan pedagog kadriaming aksariyati oliy ma'lumotli emasligi, ta'lim sifati monitoringi yuгitilmaganligi kabi omil^ sabab bo'ldi. Davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali maгosimdagi nutqida: "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog'cha yoshidagi bolalami maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz", - deb ta'kidlagan edi. DaAaqiqat, o'tgan qisqa vaqt mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbiriari to'g'risida»gi, «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqamvini tubdan takoшillashtiгish choгa-tadbiгlaгi to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziriigi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi farmon va qarariari, shuningdek, "Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yilla^a mo'ljallangan Dasturi hamda гespublikada maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» asosida misli ko'rilmagan isЫaг amalga oshiгildi.

MUHOKAMA

Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish ham Konsepsiyaning asosiy yo'nalishlaridan biridir Mazkrn- tizimda innovatsiyalami, ilg'oг pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kompyuteгlaг bilan ta'minlash, internet taгmog'iga ulanishi bosqichma-bosqich

July, 2022

41

amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta'limda tartiya samaradoriigini oshirish yuzasidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yana-da takomillashtirish mavzusida tuman (shaha^ Maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan o'quv-seminarlar, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarda "OPEN EMIS" tizimidagi xato kamchiliklami tuzatish bo'yicha amaliy ko'nikmalaг beгilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev qaroriga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan va u quyidagilarni nazarda tutadi:

• maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

• maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

• bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

• maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalami, ilg^ pedagogik va axborat -kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

• maktabgacha ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta'minlash;

• maktabgacha ta'lim tizimiga maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;

• maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning sog'lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta'minlash;

Shungingdek, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi»;

4- 2019-2024 yillaráa O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko^satkichlari;

4- 2025-2030 yillaráa O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko'reatkichlari tasdiqlangan.

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziriigi har yili 1 dekatoga qadar o'tayotgan yilning «Yo'l xaгitasi» bajarilishi yakunlaгini batafsil o'гganish asosida keyingi yil uchun «Yo'l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi

July, 2022

48

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 7 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, «Yo'l xaritalari»ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.

Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblanib, u har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xamda ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida. 05.04.2018 y. PQ-3651.

2. Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash manzilli dasturi to'g'risida. 02.07.2018 y. PQ-3822. 2018 yilda

3. Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimcha kiritish to'g'risida. 08.08.2018 y. PQ-3904.

XULOSA

July, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.