Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH'

MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
191
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamlashtirish / yangi tizim / axborot tizimi / bolalar bog`chasi / elektron to`lov / taomnoma / sog`lom ovqatlantirilishini / biometrik identifikatsiya / digitization / new system / information system / kindergarten / Electronic payment / meal plan / healthy eating / biometric identification.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qodirova Nargiza Rahmatillo Qizi

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Bugungi kunda ma’rifiy va ma’naviy hayotimizda sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. So‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar ijtimoiy hayotga raqamli texnologiyalarni faol joriy etish bilan birga aholining elektron xizmatlardan foydalanish, davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazish hamda aholining raqamli ko‘nikmalarini oshirish kabi ustuvor vazifalarni belgilamoqda. Davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tizimida zamonaviy o'qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, jumladan, bolalarning o'sishi hamda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi jarayonlarini monitoring qilish, ota-onalar tomonidan to`lanadigan badall pullari onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratilganligi haqida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The economic power of each country, the rise in the level of socio-cultural life is determined by the competitiveness of the educational system and the development of science. Today, significant changes are taking place in our educational and cultural life. The reforms carried out in recent years, along with the active introduction of digital technologies into social life, set priorities such as the use of electronic services by the population, the gradual transition of state services to electronic form, and the improvement of digital skills of the population. It is planned to create an educational system that can meet the needs of the times. This article talks about the introduction of modern forms of teaching, new pedagogical and information technologies in the preschool education system, including monitoring the processes of children's growth and inclusion in preschool education, and the possibility of paying fees paid by parents online.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH Qodirova Nargiza Rahmatillo qizi

Andijon davlat Pedagogika institute magistranti. mamasoliyevanargiza3@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7342200

Annotatsiya. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Bugungi kunda ma'rifiy va ma'naviy hayotimizda sezilarli o'zgarishlar yuz bermoqda. So'nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar ijtimoiy hayotga raqamli texnologiyalarni faol joriy etish bilan birga aholining elektron xizmatlardan foydalanish, davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich elektron shaklga o'tkazish hamda aholining raqamli ko'nikmalarini oshirish kabi ustuvor vazifalarni belgilamoqda. Davr talabiga javob bera oladigan ta'lim tizimni yaratish ko'zda tutilmoqda. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tizimida zamonaviy o'qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, jumladan, bolalarning o'sishi hamda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi jarayonlarini monitoring qilish, ota-onalar tomonidan tolanadigan badall pullari onlayn rejimda to'lash imkoniyatiyaratilganligi haqida soszyuritiladi.

Kalit so^zlar: raqamlashtirish, yangi tizim, axborot tizimi, bolalar bogchasi, elektron tolov, taomnoma, soglom ovqatlantirilishini, biometrik identifikatsiya.

Аннотация. Экономическая мощь каждой страны, подъем уровня социокультурной жизни определяются конкурентоспособностью системы образования и развитием науки. Сегодня в нашей образовательной и культурной жизни происходят существенные изменения. Проводимые в последние годы реформы, наряду с активным внедрением цифровых технологий в общественную жизнь, ставят приоритетные задачи, такие как использование населением электронных услуг, постепенный переход государственных услуг в электронный вид, совершенствование цифровых навыков. населения. Планируется создать образовательную систему, отвечающую требованиям времени. В данной статье рассказывается о внедрении современных форм обучения, новых педагогических и информационных технологий в систему дошкольного образования, в том числе о мониторинге процессов роста детей и включения в дошкольное образование, а также о возможности оплаты взносов родителей в онлайн-режиме.

Ключевые слова: oцифровка, новая система, информационная система, детский сад, Электронная оплата, план питания, здоровое питание, биометрическая идентификация.

Abstract. The economic power of each country, the rise in the level of socio-cultural life is determined by the competitiveness of the educational system and the development of science. Today, significant changes are taking place in our educational and cultural life. The reforms carried out in recent years, along with the active introduction of digital technologies into social life, set priorities such as the use of electronic services by the population, the gradual transition of state services to electronic form, and the improvement of digital skills of the population. It is planned to create an educational system that can meet the needs of the times. This article talks about the introduction of modern forms of teaching, new pedagogical and information technologies in the preschool education system, including monitoring the processes of children's

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

growth and inclusion in preschool education, and the possibility ofpaying fees paid by parents online.

Key words: digitization, new system, information system, kindergarten, Electronic payment, meal plan, healthy eating, biometric identification.

Kirish. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib boryabdi. Mamlakatimizda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim vazifaga aylangan. Raqamlashtirish nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ayniqsa, vaqtni tejashda, zarur ma'lumotlarni tez va oson topishda qulay hisoblanadi. Bundan tashqari ortiqcha xarajatlarni, korrupsiyani keskin kamaytiradi. O'zbekiston o'z oldiga kuchli demokratik, ilg'or rivojlangan davlatlar safidan mustahkam o'rin egallashni maqsad qilgan. Bu boradagi islohotlar esa xalqimizga munosib sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilmoqda. "Bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo'lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz - ijtimoiy ahvolidan qat'i nazar, bog'cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta'lim yo'nalishi bilan to'liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat..."1. Tashkilotlarni raqamli o'zgartirish jarayoni - yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo'ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi. Raqamli o'zgartirish turli darajalarga erishib, ular o'rtasidagi farq ikkita atama - "raqamli ko'rinishga keltirish" va "raqamlashtirish" o'rtasidagi farq bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Raqamli ko'rinishga keltirish bu axborotni jismoniy vositalardan raqamli vositalarga o'tkazishdir. Raqamli ko'rinishga keltirishga misollar elektron kitoblar, elektron to'lovlar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o'zgarishi ro'y bermaydi, u faqat eleklron shaklga ega bo'ladi, xolos.

Tadqiqot ob'ekti va uslubiyatlari. Prezidentimizning 2020 - yil 6 - noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida 2022 - yil 1 - yanvarga qadar maktabgacha ta'lim tizimida zamonaviy o'qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, jumladan, bolalarning o'sishi hamda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi jarayonlarini monitoring qilish bo'yicha "Bolalar bog'chasi" axborot tizimini ishga tushirish va unga kiritiladigan ma'lumotlar shaffofligini ta'minlash belgilangan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim xizmatlari uchun elektron to'lov _

Uzbekistan Respublikasi Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasi 29-dekabr 2020-yil. Tizimlarini joriy etish, sohada axborot tizimini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish kabi vazifalar ham yuklatilgan. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan "Bolalar bog'chasi" axborot tizimi yordamida bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olishni monitoring qilish, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari agentligi bilan axborot tizimi integratsiyasi orqali bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga navbatga qo'yish va qabul qilish uchun yo'llanma olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta'lim vazirligi MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llagan holda avtomatik hisobga oladigan "Bolalar bog'chasi" axborot tizimini takomillashtirish loyihasini ishlab chiqdi.

Tadqiqot natijasi va ularning muhokamasi. Ushbu tizimni yo'lga qo'yish maqsadida respublikamizning bir nechta maktabgacha ta'lim tashkilotlari tajriba-sinov sifatida belgilandi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Buning uchun tashkilotlarda biometrik identifikatsiya qurilmalari o'rnatildi. Tajriba-sinovi muvoffaqiyatli amalga oshirildi. Tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta'lim vazirligi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 2022 - yil 1 - iyunga qadar "Bolalar bog'chasi" tizimining takomillashtirilgan ko'rinishini yurtimizdagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy etish rejalashtirildi va hozirgi kunda respublikamizdagi barcha MTT lar yangi tizim bo'yicha o'z faoliyatlarini amalga oshirilib kelmoqda. Yangi tizim orqali bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotidagi har bir daqiqasi nazoratda bo'ladi. Xodimlarning ham har bir kuni, soatigacha ko'rsatilib boriladi. Agar MTTning biror xodimi ishdan vaqtli ketsa yoki sababsiz ishga kelmasa, ularning ish soati to'laqonli yozilmaydi. Bu esa, o'z navbatida, davomat masalasida kuzatilishi mumkin bo'lgan ba'zi ko'rinishdagi korruptsion holatlarga ijobiy yechim bo'lmoqda. Tizim ishga tushirilganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada o'z samarasini ko'rsatayotganini mutaxasisslar ta'kitlab o'tishmoqda. Shuningdek, tizimda oziq-ovqat xarajatlarini avtomatik hisobga olish, tahlil o'tkazish va lavozimlar bo'yicha kadrlar etishmovchiligini aniqlash maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining kadrlar salohiyati haqidagi ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish mumkin. Mas'ullarning ta'kidlashicha, ushbu tizimga o'tilganidan so'ng tashkilotlardagi anchayin noqulayliklar bartaraf qilingan. Dastlab bu tizimni tushunib olish qiyinchilik tug'dirgan bo'lsa-da, hozirgi kunda qiyinchiliksiz foydalanilmoqda. Bu tizim nafaqat tarbiyalanuvchilar, balki xodimlarni ham tartib-intizomga o'rgatdi. Qolaversa, bolalarning salomatligini asrash, sog'lom ovqatlanishini ta'minlashda ham ahamiyati katta bo'lyapti. Ilgari bolalarning tana harorati tanometrda o'lchanardi. Hozirgi qurilma avtomatik ravishda bolaning tana haroratini ko'rsatadi va ota-ona bolasining sog'lomligiga ishonch hosil qilib, ko'ngli xotirjam holda keta oladi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bola bog'chaga qabul qilinmaydi va ota-onalarga davolanish bo'yicha ko'rsatma beriladi. Mazkur tizim MTTda oziq-ovqat xarajatlarini nazorat qilishda ham afzalliklarga ega. Oshxonada ovqat tayyorlash plitalari oldida elektron tarozi qo'yilgan. Tarozi ko'rsatkichlarini ko'rish uchun qulay bo'lgan joyda internet tarmog'iga ulangan 3 ta kamera o'rnatilgan. Taomnoma bo'yicha oziq-ovqat mahsulotlari bevosita qozonga solishdan avval majburiy tartibda elektron tarozida tortiladi. Biometrik identifikatsiya qilish joriy etilgani MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilarining yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirish, xodimlarning ish vaqti va tarbiyalanuvchilarning davomatini real vaqt rejimida monitoring qilish, MTTlarda oziq-ovqat xarajatlarini avtomatik hisobga olishni zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali yuritish imkonini bermoqda. Bugungi kunda tajriba-sinov natijalaridan olingan xulosalar asosida uni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. Loyiha doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan holda, tasdiqlangan standart taomnoma asosida bolalarni ovqatlantirishga mo'ljallangan "Yagona mavsumiy taomnoma"ni joriy etish ko'zda tutilgan.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi faoliyatlarni amalga oshirishdan maqsad — maktabgacha ta'lim tizimini raqamlashtirish hisobiga mehnat resurslarini tejash, ish unumini oshirish hamda tizimning ochiq va shaffofligini ta'minlashdir.

REFERENCES

1.https://xs.uz

2.https://uz up wiki.one.

3.Maktabgacha ta'lim vazirligining Mdo.uz saytidan olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.