Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HAR TOMONLAMA RIVOJLANISHIDA MEHNAT TARBIYASINING TUTGAN O`RNI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HAR TOMONLAMA RIVOJLANISHIDA MEHNAT TARBIYASINING TUTGAN O`RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / mehnat / faoliyat / tarbiyachi / bola / munosabat / ziyoli / madaniyatli shaxs / ulug‘laydi / davlat xizmati / ota-ona / burch / mas’uliyat / maydoncha / gulchi / quruvchi / rassom / mehnat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sanginova Gulnoza Baxodirovna

Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida mehnat tarbiyasining mazmuni. Mehnat har qanday moddiy va manaviy boyliklarning asosiy manbai. Mehnat faolyatini egallash, mehnat jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishining mazmuni tanishtirishning ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HAR TOMONLAMA RIVOJLANISHIDA MEHNAT TARBIYASINING TUTGAN O`RNI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HAR TOMONLAMA RIVOJLANISHIDA MEHNAT TARBIYASINING TUTGAN

ORNI

Sanginova Gulnoza Baxodirovna

Qo'qon Universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11211792

Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida mehnat tarbiyasining mazmuni. Mehnat har qanday moddiy va manaviy boyliklarning asosiy manbai. Mehnat faolyatini egallash, mehnat jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishining mazmuni tanishtirishning ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, mehnat, faoliyat, tarbiyachi, bola, munosabat, ziyoli, madaniyatli shaxs, ulug'laydi, davlat xizmati, ota-ona, burch, mas'uliyat, maydoncha, gulchi, quruvchi, rassom, mehnat.

Аннотация. В данной статье рассматривается содержание трудового воспитания в развитии детей дошкольного возраста. Труд является основным источником любого материального и духовного богатства. Выделены научно-теоретическая значимость, степень его изученности, а также актуальная актуальность введения значения приобретения трудовой деятельности, освоения трудового процесса вместе с его составляющими.

Ключевые слова: воспитание, труд, деятельность, воспитатель, ребенок, отношение, интеллигент, культурный человек, прославляет, государственная служба, родитель, долг, ответственность, детская площадка, флорист, строитель, художник, работа.

Abstract. This article examines the content of labor education in the development of preschool children. Labor is the main source of any material and spiritual wealth. Taking on labor activity is, first of all, the content of mastering the labor process along with its components.

Keywords: education, labor, activity, educator, child, attitude, intellectual, cultured person, glorifies, public service, parent, duty, responsibility, playground, florist, builder, artist, work.

Mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbayi,barcha moddiy va ma'naviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy shart-sharoitlaridir,ushbu bilan birga inson xayotiy faolyatining asosiy shakllaridir, kishi xayotining mazmuni va xar bir jamiyat azosining vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan jamiyatning axloqiy prinsipi xisoblanib kelingan.Mehnat-faqat shaxsiy moddiy faravonlik manbaigina emas, balki xalqqa xizmat qilish, vatanimiz gullab yashnashi va uning qudratini oshirishning asosi xamdir.

Madaniyatli kishi mehnatsevar bo'lib yetishadi. Mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, tarbiyalalanganligi avvalo mehnatga bo'lgan munosabatida ko'rinadi. Mehnat insonni ulug'laydi go'zallikga chorlaydi.Mehnatsiz turmush mazmunsiz o'tadi. Mehnat qilmaydigan inson hayoti zerikarlidir.U ma'naviy qashshoq, jismoniy zaif boladi. Uzoq umur ko'rish siri ham mehnatdadir. Mehnat qilmasang, xatto buyuk istedod xam so'nadi, mehnat har qanday qobilyatni rivojlantiradi.Terlab-pishib qilingan mehnat erta hosil beradi, mehnatdan qobilyat, qobilyatdan iste'dod, undan esa

daxolik paydo bo'ladi. Xammasining zamirida sidqi dildan qilingan mehnat yotadi.Mehnat baxt timsoli ekanligi xammaga ayon.Inson yaralgandan buyon mehnat faolyati bilan shug'ullanib kelgan.Mehnat har qanday moddiy va manaviy boyliklarning asosiy manbai. Inson hayotida mehnatning ahamiyati hamma vaqt barcha xalqlarning eng asl farzandlari-mutafakkirlari, olimu-fozillarning diqqat markazida bo'lgan.

Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namayon bo lishi uchun eng qulay sharoitlar yaratadi va har bir kishida ma'naviy qoniqish hosil qiladi. Har bir bola maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etish izarur.Bolalar boqchasida,oilada bajariladigan uncha murakkab bo'lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va mohiyatini tushunib yetishish uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o'zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalar quruvchilarning mehnatini kuzatishyapti, deylik.Qurulish maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular ko'tarma kran bilan tushuriladi. Keyin bolalar g'isht teruvchilar, duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, bo'yoqchilar mehnatini kuzatadi. Bolalarning qurilish bilan tanishish davomida bilib olgan barcha tasavvur va tushunchalari ularnig ko'z oldida ajoyib bino bunyod etgan kishilar mehnatining go'zalligi namayon bo'ladi. Mana, tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga gul soluvchi kishilar mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda moxirona chizgan rasmlari natijasida chinni idishlarning har xil jilo berib turlanishidan zavqlanib "ularning qollari gul ekan", deydilar. Bularning barchasi bolalarda kishilar mehnatiga muhabbat uyg'otadi.Pedagog bolalarni mehnatining moddiy boylik keltiruvchi tomonini xam estetik tomondan ham ko'ra bilishga o'rgatadi. Bolalarning eng oddiy mehnat qurollari, materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishtirish kerak.Har bir bola oilada bolalar mehnatida o'z ulushi borligini his eta bilishi lozim.

Mehnatning aqliy tomondan rivojlantirishdagi ahamiyati shundaki ,mehnat jarayonida ular borliqni faol anglay boshlaydilar. Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasini berish ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi. Yosh avlodga berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu hisoblanadi.Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarni etiborga olib tashkil etiladi, unga to'g'ri rahbarlik qilgandagina yetarli natijaga erishish mumkin. Maktabgacha yoshidagi bolalarning o'ziga xos tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o'rganib chiqilgan. Bolalar mehnatining muhim belgisi ularning ma'lum maqsadga yo'naltirilganligi.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnati inson jarayonga oid xarakat bo'lib,u faqat kattalarning rahbarligi natijasida amalga oshirilishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni o'z faolyatlarini taxminiy rejalashtirib olishlariga o'rgatishi va ular faolyatiga rahbarlik qilib olishi lozim. Shunday qilib maktabgacha ta'lim yoshi davrida mehnat va o'yin o'zaro bog'liq holda kechadi, biroq har qanday holda ham bolalar mehnatini o'yinga aylantirish, ularning farqini yo'qqa chiqarish noto'g'ri bo'lar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta'sirida asta -sekin bolalar bolalar mehnati o'z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etillishi bilan mustaqil faolyat sifatida ajratib boriladi. Mehnatda uning beradigan samarali bo'ladi. Mehnat qilish muntazam tarzda bo'lib unda hamma bolalar ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanadi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qutidagi mehnat turlariga jalb qilinadi: o'z-o'ziga xizmat qilish, xo'jalik va maishiy mehnat, tabiat quchog'idagi mehnat va qo'l mehnati. O'z-o'ziga xizmat qilish bu bolalar mehnatining bir turi bo'lib ,unda bolalar ilk yoshdan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvunishga, kiyinish va yechinishga, o'yinchoqlarni yechintirib qo'yishga o'rgatiladi. O'z-o' ziga xizmat qilsh jarayonida bolalarda mustaqillik ma'lum maqsad bilan xarakat

qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar qo'llaridan kelgan ishni o'zlarib ajarishga o'rganadilar. O'z-o'ziga xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg'otadi, batartiblikka, intizomli bo'lishga, xulq-odobga o'rgatadi. Bolalar xo'jalik va maishiy mehnatga bolalar boqchasida va oilada jalb etiladi. Uning mazmuni har xil boladi :xona va bog'cha maydonchasini yig ishtirish ,stolni bezatish va stoldagi idish tovoqlarni yig ishtirish, choy idishlarini qo'g'irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, mashg'uotga kerakli narsalarni tayyorlab qo'yish, mashg'ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig ishtirib qo'yish va boshqalar. Tabiatdagi mehnat bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lib o' simlik va hayvonlar, yil fasllari va jonsiz tabiat to'g'risidagi bilimlar manbai,bolalarda mehnatsevarlikni,tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash vositasidir. Shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi bilan tuproqni yoqishga tarbiyalash va o'g'itlash,ko'chatni o'tkazish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka va ko'nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog'ligini mustahkamlaydi.

Qo'l mehnati-mashg'ulotlar ,o'yinlarda mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan o'yinchoq va qurulmalarni tayyorlash bo'yicha bolalar mehnatidir. Qo'l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi-narsa buyum vujudga keladi.Bolalar yopishtirish, qirqish, bo'yash arralash, mix qoqishni, tikish va shunga o'xshash oddiy mehnat malaka va ko'nikmalarni egallab oladilar. Ularda ijodkorlik, topog'onlik, zexnlilik xislatlari o'sadi.Bolalarda mehnat faolyatini shakllantirish mehnat faolyati -xar xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, xar xil mehnat turlarni birlashtiruvchi keng tushunchadir.Mehnat jarayoni-mehnat faoliyatning o'ziga xos bo'lagi bo'lib, uning tarkibida esa mehnat faolyatining hamma tarkibiy qismlari, mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol aslahalari, biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qilingan mehnat xarakatlari, mehnat sabablari va mehnat tahsili yaqqol ko'zga tashlanadi. Mehnat faolyatini egallash-bu birinchi navbatda mehnat jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir.Shunga qarab bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular quyidagilardan iboratdir:

1. Bollarni bo'lajak mehnat faolyati oldidan maqsad qo'yishga o'rgatish.

2. Mehnat jarayonini, mehnat faolyatini eng oddiy rejalashtirib olishga o'rgatish.

3. O'z ish joyini tayyorlab olishga ,mehnat madaniyatiga o'rgatish.

4. Mehnat malakasini va ko'nikmalarini o'rgatish.

5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamyati qancha vaqtda bajarilganligiga qarab o'zining va boshqalarning to'g'ri baholashga o'rgatish .

6. Mehnat faolyati sabablarini shakllantirish .

7. Jamoa mehnat faolyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni shaklantirish. REFERENCES

1. l.Z.B.Qodirov. Komil inson tarbiyasining pedagogik asasrlari. T-2001.

2. M.Quramov. Oila - milliy tarbiya o'chog'i. Xalq ta'limi .jurnal. T-2007

3. U.Otavaliyeva. Bola tarbiyasida bog'cha va oila xamkorligi. T-2008.

4. MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARNING MAKTAB TA'LIMIGA AXLOQIY TAYYORGARLIGINING MEZONI M Norquziyeva - Мактабгача таълим журнали, 2021

5. THE ROLE OF EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN SHAPING THE PROFESSIONAL STABILITY OF STUDENTS. M Norquzieva - Theoretical & Applied Science, 2020

6. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA O'YIN TURLARINING MAZMUNI M Norquziyeva - MaKTaGrana Tat.nHM ^ypHa^H, 2021

7. A3H30Ba 3upoaT. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

8. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.