Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
112
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mehnat / tarbiya / didaktika / o’yinchoq / kattalar mehnati / mehnatsevarlik / mashg’ulot / ishlanma / qo’l mehnati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Isoqova G.U.

Ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida mehnat tarbiyasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish va bolalarda yoshlikdan mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish yo’llari, usullari ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Isoqova G. U.

Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti magistri

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida mehnat tarbiyasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish va bolalarda yoshlikdan mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish yo 'llari, usullari ko 'rsatib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: mehnat, tarbiya, didaktika, o'yinchoq, kattalar mehnati, mehnatsevarlik, mashg'ulot, ishlanma, qo'l mehnati.

Isokova G.U., master Turkestan New Innovation University

IMPROVING THE MECHANISMS OF FORMING LABOR EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION

EDUCATORS

Abstract. This article shows the ways and methods of improving the mechanisms of formation of work education among children of preschool educational organization andforming a positive attitude to work in children from a young age.

Key words: work, education, didactics, toy, adult work, diligence, training, development, manual labor.

Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog'cha yoshidagi bolalami jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir. Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalaning o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib tashkil etiladi, unga to'g'ri rahbarlik qilingandagina yetarli natijaga erishish mumkin.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining o'ziga xos tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o'rganib chiqilgan. Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma'lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog'cha yoshidagi bolalaming mehnati biror jarayonga oid harakat bo'lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Masalan:gulzorda, ekinzorda ishlash, o'yinchoqlar yasash va boshqalar. Shunday qilib, butun bog'cha yoshi davrida mehnat va o'yin o'zaro bog'liq holda kechadi, biroq har

qanday holda ham bolalar mehnatini o'yinga aylantirish, ularning farqini ishlab chiqarish noto'g'ri bo'lar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta'sirida asta-sekin bolalar mehnati o'z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi.

Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga havas hissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik omil deb qarash kerak. Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar o'rtoqlarining bahosi va o'ziga-o'zi baho berish katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan buyumlari o'yin va mashg'ulotlarda qo'llanilsa, ular o'zlari yasayotgan buyumlar yanada sifatli bo'lishiga intiladilar.Mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirishning asosiy omilidir. Shuning uchun har bir bola maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab mehnat jarayonida ishtirok etishi kerak.

Bolalar bog'chasida, oilada bajariladigan, murakkab bo'lmagan har bir topshiriq bolaning kundalik vazifasiga aylanishi lozim. Bola mehnatning ahamiyatini, mohiyatini tushunib yetishi uchun tarbiyachi kattalar mehnati, bolalarning o'zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish bo'yicha ekskursiyalar uyushtiradi. Quruvchilar mehnatini kuzatish jarayonida bolalar g'isht teruvchining, bo'yoqchi, duradgorning mehnati bilan tanishadi. Bolalar qurish bilan tanishish davomida bilib olgan barcha tasavvur va tushunchalari, ularning ko'zi oldida ajoyib bino barpo etgan kishilar mehnatining go'zalligi namoyon bo'ladi. Mehnat bolalardan diqqat, o'tkir zehnlilik, topqirlik, ijodkorlik, qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayoni bola nutqini yangi so'zlar bilan boyitadi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida mehnat tarbiyasi ikki yo'nalishda amalga oshiriladi: 1. Bolalarning o'zlarini mehnatga o'rgatish. 2. Kattalar mehnati bilan tanishtirish.

Mehnat qilish muntazam ravishda bo'lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa, kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanib boradi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni quyidagi mehnat turlariga jalb qilib boriladi: o'z-o'ziga xizmat qilish, xo'jalik-maishiy mehnat, tabiat quchog'idagi mehnat, qo'l mehnati. 0'z -o'ziga xizmat qilish bolalar mehnatining bir turi bo'lib, unda bolalar ilk yoshdan boshlab, mustaqil ovqatlanishga, yechinib-kiyinishga, o'yinchoqlarini yig'ib qo'yishga o'rgatiladi. Bolalar mehnatining bu turi bolalarni tartibli, intizomli, odobli bo'lishga undaydi.

Mustaqillik sifatlari rivojlanadi. Bolalar xojalik-maishiy mehnatga bolalar bog'chasida va oilada o'rgatib boriladi. Mashg'ulotdan so'ng stol ustidagi buyumlarni yig'ishtirish, choy idishlarini, o'yinchoqlarini yig'ishtirish va hokazolar bunga misol bo'la oladi. Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Mehnatning bu turi orqali bolalar tuproqni ekin ekishga tayyorlash, ko'chat o'tqazish, hayvonlarni parvarishlash kabi malakalarni egallab oladilar.

Qo'l mehnati. Mashg'ulot, o'yin, mehnat faoliyati uchun bolalarning o'z qo'llari bilan buyumlar tayyorlashi qo'l mehnati hisoblanadi. Qo'l mehnati orqali bolalarda ijodkorlik, topag'onlik, bilimdonlik xislatlari o'sadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning mustaqil mehnatini tashkil etishning ikki shaklidan: yakka tartibdagi mehnat va jamoa tartibidagi mehnatdan foydalaniladi.

Tarbiyachining vazifasi-bolalarni tarbiyalash maqsadida ularning imkoniyatlarini eng ko'p darajada ro'yobga chiqarishdir. Yakka tartibdagi mehnat turli maqsadlar bilan amalga oshiriladi. Ko'p hollarda u tarbiyachi tomonidan bolalardan kimdir ta'lim beruvchi mashg'ulotda qatnasha olmagan yoki o'z shaxsiy xususiyatlari tufayli biror mehnat jarayonini o'zlashtira olmagan taqdirda tashkil etiladi.

Tarbiyachining vazifasi bolaga mehnat jarayonining yaxlit yoki uning eng og'ir qismini bajarishini o'rgatishdan iborat. Yakka tartibdagi mehnat bola mazkur mehnat jarayoniga qiziqish bildirib, uni xatosiz bajarishni o'rganishga intilganda, uning tashabbuskori bo'lib maydonga chiqqanda yuz beradi. Masalan, 5 yoshli qizaloq tarbiyachidan o'zini ertaga navbatchi qilib tayinlashini so'rab murojaat qiladi: «Men qoshiqlarni taxlashni o'rganib olaman. Bugun yanglishib, ularni noto'g'ri taxladim. Ertaga, albatta, ularni to'g'ri joylashtiraman». Bu o'rinda mehnatga rahbarlik qilish hali o'zlashtirib olinmagan mehnat usullarini shakllantirishga qaratiladi.

Ko'p hollarda tarbiyachi maslahat berishdan, o'z-o'zini nazorat qilish, mehnat usullarini eslatishdan foydalanadi. Katta guruhlardagi yakka tartibdagi mehnat u yoki bu mehnat jarayonlariga qiziqishning shakllanish ko'rsatkichi bo'lib qoladi. Bolalar jonivorlarni parvarish qiladilar, o'yinchoqlar yasaydilar, biror narsa tikadilar. Umuman o'z tashabbuslari bilan o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan mehnat turlari bilan shug'ullanadilar.

Bolalarning jamoa bo'lib mehnat qilishini maktabgacha yoshdayoq kuzatish mumkin. Jamoa mehnatiga quyidagilar xosdir: umumiy maqsad, ishlovchilar o'rtasida mehnat taqsimoti, mehnatning jamoa natijasi, mehnat ishtirokchilarining umumiy mas'uliyati, ularning bir-biriga bog'liqligi. Jamoa mehnatining eng oddiy turi umumiy mehnat bo'lib, u bolalarni ikki jihatdan birlashtirish bilan ajralib turadi, u ham bo'lsa umumiy maqsad va mehnatning umumiy natijasidir. Mehnat jarayoni xuddi yakka tartibdagi kabi kechadi. Masalan, har bir bola bir tup o'simlik barglarini artadi, umumiy yakunda esa hamma o'simliklar toza bo'ladi. Natijalarni yagona mehnat natijasi qilib umumlashtirish har kimga o'zining ishi jamoa qilgan ishiga bog'liqligini tushunish imkonini beradi. Biroq bolalar tegishli mehnat jarayonini o'rganib olganlaridan keyin umumiy mehnatni joriy qilish mumkin.

Mehnat tarbiyasi -bolalarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek muayyan ijtimoiy foydali harakat ko'nikma va malakalarinishakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo'lib, ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O.U Hasanboyeva- Maktabgacha ta'lim pedagogikasi T.: Ilm ziyo. 2006.

2.F.R.Qodirova - Maktabgacha pedagogika Toshkent: Tafakkur nashriyoti.2019

3.P.Yusupova. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi», Toshkent, 1993. 4.Shodmonova Sh., "Maktabgacha ta'lim pedagogikasi" Toshkent: - 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.