Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI MEHNATSEVARLIKKA TARBIYALASH'

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI MEHNATSEVARLIKKA TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1134
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TAYYORLOV GURUHI / MEHNATSEVARLIK / TARBIYA / USUL / AFZALLIK

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nasimova N.Q., Haydarova Sh.

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlarida bolalarni mehnatsevarlikka tarbiyalashning usullari va afzalliklari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION OF CHILDREN TO LABOR IN PREPARATORY ORGANIZATIONS PREPARATORY GROUPS

The article describes the methods and benefits of accustoming children to industriousness in the preparatory groups of preschool education.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI MEHNATSEVARLIKKA TARBIYALASH»

Nasimova N. Q.

Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Buxoro davlat universiteti Haydarova Sh.

2-boschiq magistranti Buxoro davlat universiteti

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI MEHNATSEVARLIKKA

TARBIYALASH

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlarida bolalarni mehnatsevarlikka tarbiyalashning usullari va afzalliklari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Tayyorlov guruhi,mehnatsevarlik,tarbiya,usul,afzallik.

Nasimova N.Q. lecturer

department of preschool education Bukhara State University Haydarova Sh.

2nd stage master Bukhara State University

EDUCATION OF CHILDREN TO LABOR IN PREPARATORY ORGANIZATIONS PREPARATORY GROUPS

Annotation: The article describes the methods and benefits of accustoming children to industriousness in the preparatory groups of preschool education.

Keywords: Preparatory group, diligence, training, method, preference.

Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog'cha yoshidagi bolalarni jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahami-yatga egadir. Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o'ziga xos xu-susiyatlarini e'tiborga olib tashkil etiladi, unga to'g'ri rahbarlik qilingandagina yetarli natijaga erishish mumkin. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining o'ziga xos tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o'rganib chiqilgan. Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma'lum maqsadga qaratilganligidir. Bolalarda mehnat tarbiyasini o'rgatish avvalo oiladan boshlanadi. Oilasida bobo-buvisi bor bolalar urf-odatlar, qadriyatlar va mehnat tarbiyasi haqida ko'proq tushunchaga ega bo'ladi. Oilada ota-onalar

bolaning tarbiyasiga juda kata e'tibor qaratadilar. Shu bilan birga maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham bu davom etadi. Mehnat tarbiyasining vazifalarini o'rganar ekanmiz biz albatta bolalarga mehnat qilish va boshqalar mehnatini hurmat qilish, sabr-matonatlilik, chidamlilik, kattalarning mehnatini asrab-avaylash, o'rtoqlariga yordam berish va xolisona baholas h kabi xususiyatlarini ko'rishimiz mumkin.

Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan taiim olishga o'qishga ishtiyoq uyg'otish lozim. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta'lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabk i o'quv elementlarini o'rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta'lim olishga tayyor bo'lishi kerak. Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xu- losalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta'lim berish imkoniyatiga ega bo'lishi shart. Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo'lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir.

Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun sarflagan vaq- ti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas.

Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo'yish qobiliyati moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, o'yinchoqlar yasash va boshqalar.

Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri bo'lgan pedagogik jarayon.

Mehnatsevarlik - mehnat turidan qat'iy nazar uni sevib, unga sadoqatli bo'lgan, uni malakali bajaruvchi kishining fazilati.

Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini ko'rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko'p vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o'z ishlaridan o'zlari qo-niqmaydilar. Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo'lib, narsa va buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq uchun zarur ekanligi to'g'risida tushuncha berib boriladi. Masalan, o'simliklarni, hayvonlarni parva- rish qilish orqali ulardan olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda ishlatilishi to'g'risida bilim va tushunchalar berib boriladi.

Kattalarning mehnati bilan tanishtirish yana quyidagi maqsadni ko'zlab ham amalga oshiriladi: kattalar mehnati to'g'risida aniq bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va mehnat natijalarini qadrlashga o'rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbat uyg'otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga o'rgatish.

O'z-o'ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shakli sifatida yosh guruhlarida tashkil etiladi. U kun tartibidagi uyqu va sayrdan oldin va keyingi jarayonlar: ovqatlanish, kiyinish va yechinish, kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy bog'liqdir. Maktabga tayyorlov guruhida beriladigan topshiriqlar yana ham murakkablashadi. Bunday topshiriqlar endi javobgarlikva boshqa kishilarga mehribonlarcha munosabatda bo'lish hissi- ni shakllantirish bilan bog'liq bo'lishi mumkin: kichkina guruh bolalarini sayrga chiqishdan oldin, uyqudan keyin kiyinishiga yordam berish; ularning stolini tushlik ovqatga tayyorlab berish, enagaga toza sochiqlarni osishga, toza choyshablarni olib kelishga yordamlashish va hokazo.

Topshiriq uzoq vaqt bajarilishi mumkin. Masalan, maium bir gul yoki bir qancha gullar bir hafta davomida parvarish qilinishi yoki bu ish yanada uzoqroq cho'zilishi mumkin (biror o'simlikni ekish va o'stirish).

Tarbiyachi bolalarning topshiriqni bajarishlariga rahbarlik qilish bilan ham axloqiy, ham mehnat tarbiyasining muhim tomonlarini amalga oshiradi, mehnatda qatnashish istagini, o'rtoqlariga g'amxo'rlik va e'tibor bilan qarash ruhini singdira -di, bolalarni tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro xushmuoma- la bo'lishga odatlantiradi, topshirilgan ishda burch va javob- garlikni sezish hissini, natijaga erishishda sabotlilikni tarbiyalaydi.

Navbatchilik - bu jamoa uchun mo'ljallangan mehnat faoliyatining shakli bo'lib, u majburiy tartibda bajariladi. Tarbiyachi bolalarni o'simlik va hayvonlarni kuzatishga, o'zgarishlarni aniqlab borishga, burchakdagi o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'lishga, ularda yuz beradigan o'zgarishlarni ko'ra bilish va ular to'g'risida so'zlab berishga o'rgatadi. Yozda navbatchilarga ertalab gulpushtalarni sug'orish, guldasta tuzash, gul solingan guldonlar suvini almashtirish topshiriladi.

Maktabga tayyorlov guruhi bolalari hayvonlarga ovqat berish vaqtini, miqdorini, ovqatni mustaqil tayyorlashni, kataklarni tozalashni bilishlari kerak.

Navbatchilarning vazifasi va bajargan ishining sifati nazorat qilib boriladi. Bunday nazoratda bolalarning o'zlari qatnashsalar yana ham yaxshi bo'ladi. Mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydigan qilib rejalashtirilishi lozim. U ma'lum izchillik bilan amalga oshirib borilishi kerak.

Bolalarga to'g'ri mehnat tarbiyasi berishda kattalarning bir-biri bilan o'zaro do'stona munosabat bilan hamkorlikda ishlashlari ijobiy natija beradi. Maktabgacha ta'lim tshkilotlari maktabga tayyorlov guruhining tarbiyalanuvchilari ancha ziyrak va tarbiyachisi buyurgan barcha vazifalarni bajara oladi. Mashg'ulot jarayonida kerakli bo'lgan tarqatma materiallarini va ko'rgazmalarni tarqatib mashg'ulot tugashi bilan yig'ishtirishga yordam beradi. Bolalarga mehnat tarbiyasini berish va kattalar yoki o'rtoqlari mehnatini hurmat qilishga o'rgatishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Мирзаева, Дилфуза Шавкатовна, Насиба Курбон Кизи Насимова, and Наргиза Супхоновна Хдкимова. "Арт-педагогика для дошкольников." Scientific progress 2.7 (2021): 1201-1205.

2. Raximqulovich I. S. METHODS OF WORKING WITH TEXT IN LITERARY READING LESSONS IN ELEMENTARY SCHOOL //EPRA International Journal of Multidisciplinary Research. - 2020. - Т. 1. - С. 345-347.

3. Rakhimkulovich I. S. Specific Features of the Text in the Cognitive-Pragmatic Approach //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 8.

4. Rakhimkulovich I. S. READING AND MOTHER TONGUE TEACHING IN PRIMARY SCHOOL DEVELOPMENT THROUGH WORKING ON TEXT. -2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.