Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH'

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
820
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TARBIYA / O'YINCHOQ / BADIIY ADABIYOT / TAYYORLOV / MAKTABGACHA TA'LIM / HIKOYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Inomova M.Yu., Ermatova L.G.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola har tomonlama maktab ta’limiga tayyorlanadi. Ular orasida bola nutqini rivqjlantirish eng asosiylaridan hisoblanadi. Ularning so‘z boyligi oshishi ravon gapirishi va o‘z fikrini to‘liq ifoda etib, aytib bera olishi juda muhim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTRODUCTION OF FICTION LITERATURE TO PRESCHOOL CHILDREN

In preschool education, a child is prepared for a comprehensive school. Among them, the development of children's speech is one of the most important. It is important for them to be able to speak freely and fully express their thoughts.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH»

Inomova M. Yu.

Jizzax Davlatpedagogika institut o 'qituvchisi (phd)

mustaqil izlanuvchisi Ermatova L. G.

Jizzax shahar 12-sonli Davlat MTT tarbiyachisi

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNI BADIIY ADABIYOT

BILAN TANISHTIRISH

Annotatsiya: Maktabgacha ta'lim muassasalarida bola har tomonlama maktab ta'limiga tayyorlanadi. Ular orasida bola nutqini rivqjlantirish eng asosiylaridan hisoblanadi. Ularning so 'z boyligi oshishi ravon gapirishi va o 'z fikrini to 'liq ifoda etib, aytib bera olishi juda muhim.

Kalit so 'zlar. Tarbiya, o 'yinchoq, badiiy adabiyot, tayyorlov, maktabgacha ta 'lim, hikoya.

Inomova M. Yu., PhD teacher independent seeker Jizzakh State Pedagogical Institute

Ermatova L.G. educator

Jizzakh city State MTT No12

INTRODUCTION OF FICTION LITERATURE TO PRESCHOOL

CHILDREN

Annotation: In preschool education, a child is prepared for a comprehensive school. Among them, the development of children's speech is one of the most important. It is important for them to be able to speak freely and fully express their thoughts.

Keywords. Education, toys, fiction, preparation, early childhood education, storytelling.

Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to'g'ri keladi: ta'lim-tarbiya - biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezidentimiz. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi.

Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko'ra,

мЭкономнка h соцнумм №6(97)-1 2022

www.iupr.ru

88

inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o'zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishida bog'cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko'rsatib turibdi.

Demak bolalarning eng sevimli va qiziqarli faoliyatlaridan biri bu o'yinchoqlarni ko'rib chiqish va tasvirlashdir. O'yinchoqlarga qarab hikoya tuzishning ma'nosi juda keng. U tarbiyalanuvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi, birgalikda hikoya qilish malakalarini rivojlantiradi, xotira, diqqat e'ribor va irodani mashq qildiradi. Hayotda hosil bo'lgan tajribalarini, idroklarini mustahkamlaydi; kam gapiradigan bolalarning nutqiy muloqotga kirishib ketishiga ta'sir etadi, ularning hayotlarini sermazmun va quvnoq qiladi; lug'atini faollashtiradi, bog'langan nutqning rivojlanishiga yordam beradi. O'yinchoqlarga qarab hikoya tuzish maktabgacha ta'limning kichik guruhlaridan boshlab savod o'rgatish davri jarayonigacha davom etadi. O'yinchoqlar bo'yicha mashg'ulotni tashkil etishda o'yinchoqlarni tanlashga jiddiy e'tibor berish kerak. Kichik guruh bolalariga tasvirlash ushun taklif etiladigan o'yinchoqlar o'zining ba'zi bir xususiyatlariga ega: o'yinchoqlar nomi bo'yicha bir xil bo'lishi mumkin, biroq tashqi ko'rinishi jihatidan bir-biridan farq qilishi kerak (katta va kichkina ayiqchalar; sochi mayda o'rilgan, do'ppi kiygan va sochiga lyenta taqilgan qo'g'irchoq; qizl va yasli piramidalar, kubiklar va hokazolar).

Katta va savod o'rgatishga tayyorlov guruhlarida taxminan quyidagi o'yinchoqlarni tanlash mumkin (tarbiyachi oldindan o'yinchoqlar to'plami ro'yxatini tuzib qo'yadi):

Qog'ozdan yasalgan to'q sariq, zarg'aldoqrang bayroqcha; matodan yasalgan yashil rangdagi bayroqcha; plastmassadan va metalldan qilingan chelakchalar; har xil kattallikdagi qo'g'irchoqlar to'plami; qayiqchalar (o'yinchoqlar nimadan yasalganligini, nomini, rangini bildiruvchi so'zlarni mustahkamlash ushun).

Soatlar, pochta qutisi, telyefon, paroxod, aytomobillar, samolyotlar (shakl va fazoni bildiruvchi, oldinda, yuqorida, orqada kabi so'zlarni mustahkamlash va tushuntiruvshi hikoya lar tuzish ushun).

Juft o'yinchoqlar to'plami: past va baland ikkita piramida; ikki xil avtomobil; mushusk va kuchuk; har xil rangdagi ikkita otcha; ikkita har xil qo'g'irchoq (o'ngda, chapda, yonda, ketma-ket so'zlarini mustahkamlash hamda taqqoslovchi hikoya tuzish uchun).

Bu hikoya turi tarbiyalanuvchilarning bog'lanishli nutqini rivohantirishga, muloqotga o'rgatishda, o'z his-tuyg'ularidan foudalanish va uni bog'langan holda bayon etishga odatlantiradi. O'z fikrlarini aniq, ravshan va tushunarli tarzda bayon etish malakasi shakllanadi. Bu hikoya turining rivojlanish asosi bolalar hayotining mazmunidir. Bolalar xikoyasining mavzulari ushun sayrlar, sayohatlar, mehhat va bayramlar asos bo'ladi. Tevarak-atrofdagi narsa-buyumlar va hodisalarni kuzatish, she'rlar, badiiy asarlardan parcha o'qib berish,

'^KOHOMHKa h соцнумм №6(97)-1 2022

www.iupr.ru

89

tasvirlashga asoslangan ta'limiy o'yinlar o'tkazish, bolalar nutqini badiiy so'z va iboralar bilan boyitish ularni o'z hayotlaridagi qiziq voqealar haqida hikoya qilib bera olish qobiliyatini rivojlantirishning muhim shartlari hisoblanadi. O'z tajribalaridan hikoya tuzish maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'rta guruhidan boshlanadi.

Bolalarga o'zlariga tanish bo'lgan, yaqinda bo'lib o'tgan aniq-ravshan voqealar mavzu sifatida taklif etiladi: "Bizning bayram", "Biz onamizga qanday sovg'a tayyorladik?''', "Biz anhorga qanday bordik?". Yaqin atrofdagi kishilar myehnati bilan bog'liq bo'lgan mavzularni ham taklif etish mumkin: "Oshxonada kim ishlaydi?", "Zulfiya ora - bizning farroshimiz". Shuningdyek, ota-onalarning mehnatlari bilan bog'liq bo'lgan mavzularda ("Mening otam va onam qayerda ishlaydilar?") hikoya lar tuzdirish mummkin. Yuqoridagi mavzularda mashg'ulot o'tkazishdan avval tarbiyachi bolalarni oshxonaga olib boradi, farrosh mehnati bilan tanishtiradi, ota-onalarga bolalariga o'z kasblari haqida (Qayerda kim bo'lib ishlaydi? bu kasb nimasi bilan muhim?) gapirib berishlarini aytadi. Sayrlar, tarbiyalanuvchilarning mehnat, tabiat to'g'risida kichik hikoyalar tuzishlari ushun asos bo'lib hisobiailadi. Avval bolalar narsa-buyumlar yoki tabiatdagi mehhat va turli hodisalar haqida voqeaviy hikoya lar tuzishga o'rgatiladi. ("Biz tomorqada qanday ishladik?", "Biz qanday qilib qushchani boqdik?") Tarbiyachi hikoya ushun mavzu tanlar ekan, u bolalarni bog'chaga yaqin bo'lgan tabiat manzaralari bilan tanishtiradi, savohat yoki sayrning mazmunini va maqsadini belgilaydi. Tarbiyalanuvchilarni hikoya tuzishga tayyorlash ishlari sayohat, kuzatishlar vaqtida olib boriladi. Tarbiyachi bolalarga sayohatda, sayrda ko'rgan kuzatganlari bo'yicha savollar beradi.

Faoliyat oxirida tarbiyachi: "Bizning bog'imiz haqida nima deyish mumkin, u qanday?" degan savol beradi va hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyaning namunasini beradi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning taassurotlarini mustahkamlash maqsadida ta'limiy o'yin o'tkazadi. Rasmni ko'rishni taklif etadi yoki she'r aytib beradi. Taklif bergan mavzuda hikoya qilishga o'rgatishni jamoa bo'lib hikoya tuzishdan boshlash ma'qul. Tarbiyachi hikoyani boshlaydi, tarbiyalanuvchilar uchun katta bo'lmagan tasvirlashlar bilan hikoya qilib beradilar. Tarbiyachi hikoyani yozib borishi va mashg'ulotning oxirida o'qib berishi maqsadga muvofiqdir. O'z tajribalaridan (xotiradan) hikoya tuzishning muhim metodik usullardan biri - bu bolalar diqqatini qaysidir, qandaydir voqeani eslash va uni o'z hikoyasi yuzasidan o'tkazadigan suhbatida esga tushirishni aytadi, hikoyaning asosiy qismlarini belgilaydi (avval nimani hikoya qilamiz, nima bilan (qanday) yakunlaymiz).

Shuningdek, bu hikoya turida tarbiyachining hamma hikoyasi ham katta rol o'ynaydi. Bolalarni o'z tajribalaridan hikoya qilishga fikirlashga o'rgati sh ularni o'zlariga yaqinroq bo'lgan mayzuda ancha uzoq so'zlashishga o'rgatadi va ijodiy hikoya tuzishga zamin tayyorlaydi. Maktabgacha ta'limning keyingi bosqichida bu hikoya turining roli ancha ortadi, bir guruhdagi tarbiyalanuvchilar ko'rgazmali qurolsiz hikoya tuza boshlaydilar. Xotiradan

"Экономика и социум" №6(97)-1 2G22

www.iupr.ru

90

hikoya tuzishning hamma turlari bo'yicha (shaxsiy, jamoa tajribalaridan, ko'rgazmali qurolsiz tasvirlashga oid ta'limiy o'yinlar) mashg'ulotlar tashkil etiladi.

Bolalarning ijtimoiy hayot hodisalari, kishilar mehnati bilan tanishish doirasi kengayadi. Shuning ushun ham ularning hikoya mavzulari murakkablashishi mumkin. Masalan, katta guruh tarbiyalanuvchilari qurilishdagi kishilarning mehnatlarini kuzatganlaridan so'ng, tikuv ustaxonasiga (atelyega) va boshqalarga sayohatga borishgach, ularga quyidagi mavzularda hikoya tuzish taklif etilishi mumkin: "Bu uni kim qurgan?", "Kiyimlarni qanday tikadilar?", "Bizning dam olishimiz ushun kimlar mehnat qilgan?" va hokazo.

Maktabgacha ta'limning keyingi bosqichlarida esa quyidagi mayzular berilishi mumkin: "Biz kutubxonada bo'ldik", "Maktabdagi darslar", "Biz shirinliklar fabrikasida nimalarni ko'rdik?" va hokazo. Ushbu guruhlarda tabiat to'g'risidagi mavzular ham murakkablashadi.

Keyinchalik tarbiyalanuvchilar hikoyasi uchun bayramlar, kattalar mehnati, tabiat manzaralari haqida kichik rasmli albomcha tuzish mumkih. O'z shaxsiy tajribasidan hikoya tuzishga bemor o'rtog'iga yoki boshqa shahardagi tengdoshlariga jamoa bo'lib xat matni tuzish ham kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shavkat Mirziyoyev Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish. Toshkent 20.10.2017.y.

2. Qosimova K., Matjonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. T., TDPU. 2008.

3. Roziqov O., Mahmudov M., Adizov va boshqalar. Ona tili didaktikasi. Toshkent - Yangi asr avlodi- 2005 yil.

4. Qodirova F., Qodirova M. Bolalar nutqini o'stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent - 2006 yil.

5. Saparova R. va boshqalar. «Alifbye», T., «Ma'naviyat», 2005 yil.

6. Abdullayeva q. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. T., "Tarbiyachi ", 1996

yil.

7. Baxronova A. БУЛАЖАК БОШЛАНГИЧ СИНФ У^ИТУВЧИЛАРИНИ ДАРСДАН ТАШ^АРИ ТАРБИЯВИЙ ФАОЛИЯТНИ АМАЛГА ОШИРИШГА ТАЙЁРЛАШ ЙУЛЛАРИ //Физико-технологического образование. - 2022. - Т. 1. - №. 1.

8. Бахронова А. И. БУЛАЖАК БОШЛАНГИЧ СИНФ УКДГУВЧИЛАРИНИ ДАРСДАН ТАШКДРИ ТАРБИЯВИЙ ФАОЛИЯТНИ АМАЛГА ОШИРИШГА ТАЙЁРЛАШ ЙУЛЛАРИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 1074-1082.

9. Бахронова А. И. БУЛАЖАК БОШЛАНГИЧ СИНФ УКДГУВЧИЛАРИНИ УКУВЧИЛАРНИ АХЛО^ИЙ ТАРБИЯЛАШГА ТАЙЁРЛАШДА ДАРСДАН ТАШ^АРИ ИШ ШАКЛЛАРИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 1083-1089.

"Экономика и социум" №6(97)-1 2022

www.iupr.ru

91

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.