Научная статья на тему 'QOIDALI O‘YINLAR BOLALARGA TA’LIM BERISH SHAKLI SIFATIDA'

QOIDALI O‘YINLAR BOLALARGA TA’LIM BERISH SHAKLI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
5118
184
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QOIDALI O‘YINLAR / TA’LIM BERISH SHAKLI / TАRBIYА / TАRBIYАCHI SHАXSI / KАSBIY SIFАTLАR / TАLАBLАR

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Ganiyeva V.Yu.

O’yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo’ladi. O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san`atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan bo’lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Maqolada qoidali o‘yinlar bolalarga ta’lim berish shakli sifatida fikr yurutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GAMES WITH RULES AS A FORM OF EDUCATION OF CHILDREN

The game appears as an important means of education. Since ancient times, the game has attracted the attention of teachers, psychologists, philosophers, ethnographers, art critics.

Текст научной работы на тему «QOIDALI O‘YINLAR BOLALARGA TA’LIM BERISH SHAKLI SIFATIDA»

Ganiyeva V. Yu.

Qo^qon davlatpedagogika instituti o^qituvchisi

QOIDALI O'YINLAR BOLALARGA TA'LIM BERISH SHAKLI

SIFATIDA

Annotatsiya. O'yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo'ladi. O'yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san^atshunos olimlar diqqatini o'ziga tortib kelgan bo'lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Maqolada qoidali o'yinlar bolalarga ta'lim berish shakli sifatida fikr yurutilgan.

Tayanch iboralar: qoidali o'yinlar, ta'lim berish shakli, tarbiya, tarbiyachi shaxsi, kasbiy sifatlar, talablar.

Ganieva V. Yu. lecturer

Kokan State Pedagogical Institute

GAMES WITH RULES AS A FORM OF EDUCATION OF CHILDREN

Abstract. The game appears as an important means of education. Since ancient times, the game has attracted the attention of teachers, psychologists, philosophers, ethnographers, art critics.

Key words: games with rules, form of education, education, teacher's personality, professional qualities, requirements.

O'yin inson o'zligining namoyon bo'lishi, uning takomillashuv usulidir. O'yin bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va talim bilan uzviy aloqada bo'lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo'ladi. Bola shug'ulanadigan ko'pchilik jiddiy ishlar o'yin shaklida bo'ladi. O'yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi:

-bola harakat qiladi - gapiradi -idrok etadi -o'ylaydi.

O'yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo'ladi. O'yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san'atshunos olimlar diqqatini o'ziga tortib kelgan bo'lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o'z o'yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o'sha davrdagi bazi

qabilalarning sholi sepish jarayoni o'yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.

YA.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g'oyalari hozirgi zamon bolalar o'yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o'yini ko'p asrlik tarixga ega- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, -insonning o'zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan».

Yan Amos Komenskiy o'yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to'g'ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha o'yin -bolaning barcha qobiliyat ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyidi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin davomida tengqurlari bilan do'stlashadi. Ya. A. Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va bolani uyg'un rivojlanis h sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o'yinlariga etiborli munosabatda bo'lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi.

P.F.Lestgaft bolalar o'z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan tasurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.

Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg'or olim va pedagoglar o'zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.

Tarbiyachilar bolalar o'yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi

lozim:

1. O'yin bilan mehnat o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish

2. O'yinda bolalarning bo'lajak mehnat axliga xos bo'lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.

Shu tariqa o'yin:

- tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir;

- o'yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o'zgarishi bilan uning mazmuni ham o'zgaradi, o'yin malum maqsadga yo'naltirilgan ongl i faoliyat bo'lib, uning mehnat bilan ko'p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga hizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida boladagi o'quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o'ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o'qiydi.

Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo'l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir.

Keyingi bosqich aks ettirish o'yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o'yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta lim-tarbiyaviy ishlarini ma lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o'z o'yinlarida qo'llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o'yini mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va

ikkinchi yoshdagi bolalar o'yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo'lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish keraqligini aks ettiradi.

Navbatdagi bosqich rolli o'yin bo'lib, unda bolalar o'zlariga tanish bo'lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatilarini aks ettiradilar.

Bolalar o'yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o'yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi. Shunday qilib, MTTning pedagogik jarayonda o'yinning tutgan o'rni juda katta bo'lib, o'yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berishda keng foydalaniladi. Zero:

•o'yiin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo'ladi;

•o'yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashqil etish shaklidir;

•o'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; •o'yin bolalarga ta'lim va tarbiya berishning metod va usulidir; •o'yin bolalarni o'quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o'yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o'yinining rivojlanish darajasiga ta'sir etish mumkinligini ko'rsatdi.

Bolalar o'yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko'ra xilma -xildir. O'yin faoliyati bola hayotida muhum o'rin tutadi. Qoidali o'yinlarning esa alohida o'rni bo'lib, o'yin davomida bola shaxs sifatida shakillanib boradi. •Qoidali o'yin turlari.

Qoidali o'yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o'yinlarga quyidagilar kiradi: -didaktik o'yinlar -harakatli o'yinlar -musiqaviy o'yinlar -ermak o'yinlar.

O'yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o'yinni maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O'yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o'tishini ta'minlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o'zgarishlar yuz beradi.

Bola o'ynayotib o'z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni o'rganadi. Ijodiy o'yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo'l ochiladi.

O'yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O'yin jarayonida yuz bergan kechilmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o'yin bolada yaxshi hislarni, ulug'vor orzular va intilishlarni, sog'lom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi.

O'yin mustaqil faoliyat bo'lib, bu jarayonda bolalar o'z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechilmalar birlashtiradi. Shuning uchun o'yin do'stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o'yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o'yinga jalb qilish, bolalar o'rtasida do'stlikka, haqqoniylikka, o'rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o'rnatishdan iborat.

Adabiyotlar ro'yxati: l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori.

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

3.O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo'yiladigan "Davlat talablari". 2018-yil 3-iyul

4."Ilk qadam" davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan

5.O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturi Konseppiyasi.Vazirlar Maxkamasining 1999-yil 27-maydagi qaroriga ilova.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.