Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mehnat / guruh / mehnat tarbiyasi / tarbiyachi / bolalar / vazifa / tarbiya / ta’lim / kattalar mehnati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Azizova Ziroatxon Baxodirovna, Burxonova Dilruxsor, Botirova Shaxlo

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasining nazariy asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasi berish mazmuni,yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MEHNATNI

TASHKIL ETISH SHAKLLARI

1Azizova Ziroatxon Baxodirovna, 2Burxonova Dilruxsor, 3Botirova Shaxlo

1Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, 2'3Qo'qon davlat pedagogika instituti talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11193767

Anotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasining nazariy asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasi berish mazmuni,yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: mehnat, guruh, mehnat tarbiyasi, tarbiyachi, bolalar, vazifa, tarbiya, ta'lim, kattalar mehnati.

Аннотация. В данной статье рассмотрены теоретические основы трудового воспитания дошкольников, содержание трудового воспитания дошкольников, задачи трудового воспитания в воспитании подрастающего поколения, научно-теоретическая значимость приобщения дошкольников к труду взрослых, уровень освещены вопросы ее изучения и ее значение в настоящее время.

Ключевые слова: труд, группа, трудовое воспитание, воспитатель, дети, задание, воспитание, обучение, труд взрослых.

Abstract. In this article, the theoretical foundations of labor education for preschool children, the content of labor education for preschool children, the tasks of labor education in the education of the younger generation, the scientific theoretical importance of introducing preschool children to adult labor, the level of its study and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: labor, group, labor education, educator, children, task, upbringing, education, adult labor.

Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo'lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir.

Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas. Barcha tirik mavjudot nimanidir iste'mol qilish hisobiga yashaydi, umrini davom ettiradi. Yerda yashovchi mayda qurtqumurshadan tortib, parrandalargacha, suv ostida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan hayvonlargacha ovqatsiz yashay olmaydilar.

Xuddi shuningdek, odamlar ham uzluksiz ovqatlanadi, hayot kechiradi. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli odamlar kiyinishadi, uy-joy qurishadi, savdo-sotiq qilishadi, ijod qilishadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun tirikchilik manbayi bo'lgan pul kerak. Pul topish uchun, o'zlariga kerakli narsalarni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari zarur. Mehnat jarayonida oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur narsalar yaratiladi. Mehnat inson hayotini mazmunli qiladi. Odamlar mehnat qilish jarayonida sog'liqlarini mustahkamlaydilar, obro' orttiradilar va o'z kelajaklarini yaratadilar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug'lab kelganlar. Bizga ulardan meros bo'lib qolgan barcha xazinalar - ilmiy, badiiy kitoblar, san'at asarlari, me'morchilik obidalari mehnat mahsulidir.

Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo'shgan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil al-Buxoriy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishgan, yoshlarni ham mehnat qilishga chaqirishgan. Shu boisdan jahonning barcha xalqlari maqollarida bo'lgani kabi o'zbek maqollarida ham mehnat tarbiyasi markaziy o'rinlarni egallagan. Azaldan mehnatkash, tinib-tinchimas xalqimiz o'zining mehnati bilan bog'larni gulistonga, cho'lni bo'stonga aylantirib kelmoqda. Qadimda ota-bobolarimizning mehnat haqida aytilgan dono naqllari hozirga qadar ham o'z qadrini yo'qotgani yo'q. Masalan:

❖ Mehnat qilsang, ko'ksing tog',

Hurmat qilsang, diling bog'.

❖ Mehnatli non-shakar,

Mehnatsiz non-zahar.

❖ Mehnat baxt keltirar.

❖ Mehnat qilib topganing

Qandu asal totganing.

Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug'laydi, uning samarasi haqida fikr yuritadi. O'zbek bolalar yozuvchisi va shoirlari ham kattalar mehnatining mazmunini yoritib berganlar. Bunga Q.Muhammadiyning "Etik", "Bir hovuch yong'oq", Q.Hikmatning "Suv" kabi she'rlari misol bo'ladi. Yuqorida aytganlarimizdan ko'rinib turibdiki, mehnat har qanday moddiy va ma'naviy boyliklarning asosiy manbayi, shu bilan birga shaxsni har tomonlama kamol toptirishning muhim vositasidir. Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namoyon bo'lishi uchun eng qulay sharoitlar yaratadi va har bir kishida ma'naviy qoniqish hosil qiladi. Har bir bola Maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur. Bolalar bog'chasida, oilada bajariladigan uncha murakkab bo'lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va mohiyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o'zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalar quruvchilarning mehnatini kuzatishyapti deylik. Qurilish maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular ko'tarma kran bilan tushiriladi. Keyin bolalar g'isht teruvchilar, duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, bo'yoqchilar mehnatini kuzatadilar.

Bolalarni qurilish bilan tanishtirish davomida bilib olgan barcha tasavvur va tushunchalari, ularning ko'zi oldida ajoyib bino bunyod etgan kishilar mehnatining go'zalligi namoyon bo'ladi. Tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga gul soluvchi kishilar mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda ularning mohirona chizgan rasmlari natijasida chinni idishlarning har xil jilo berib turlanishidan zavqlanib, "Ularning qo'llari gul ekan", deydilar. Bularning barchasi bolalarda kishilar mehnatiga muhabbat uyg'otadi. Pedagog bolalarni mehnatning moddiy boylik keltiruvchi tomonini ham, estetik tomonini ham ko'ra bilishga o'rgatadi. Bahor kunlarining birida tarbiyachi bolalarni daraxtlar gullab turgan boqqa olib kiradi. Gulsafsar va piyongul bilan o'ralgan yo'lkalarga qum sepilgan, daraxtlarning tanasi bog'bonlar tomonidan ohak bilan oqlangan. Tepada esa gullab turgan o'rik, gilos, olma, olcha, shaftoli, gullarning atrofida asalarilar guvillashib uchib yuribdi. Bularning hammasi bolalarda ajoyib zavqli kechinmalar uyg'otadi.

Mehnat bolalarning jismoniy rivojlanishida zarur shartlardan biri hisoblanadi. Mehnatda bola o'zining ishlash, harakat qilish ehtiyojini qondiradi, harakatlarning aniq, uyg'un bo'lishini ta'minlaydi. Mehnat jarayonida bola organizmining umumiy hayotiy faoliyati, uning chidamliligi ortadi. Bolalarning turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etishlari, kattalar mehnati bilan tanishishlari ularning tevarak-atrofdagi hayot haqida, kishilarning o'zaro munosabatlari to'g'risida, narsalar va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari haqida, qurilmalar va

asboblar to'g'risida muayyan tasavvurlarga ega bo'lishlariga yordam beradi. Mehnat bolalardan diqqat, o'tkir zehnlilik, topqirlik, bilib olgan malaka va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llay bilish, ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog'ozni buklash, kerakli uzunlikni o'lchash, andozaga qarab shaklni qirqib olish kabi harakatlarni) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni so'zlab berishga to'g'ri keladi. Bular bola nutqini yangi so'zlar bilan boyitadi, uning mantiqiy bog'liq ravishda grammatik jihatdan to'g'ri shakllanishiga imkon beradi. Bolalarni eng oddiy mehnat qurollari materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishtirish kerak. MTTdagi mehnat ularni maktabdagi politexnik ta'limga tayyorlaydi. Mehnatning axloqiy qimmati uning jamiyat uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Mehnat har bir bolani o'z mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishga, uning jamiyat hayotiga kirib borishiga, o'zini shu jamiyatning a'zosi deb his etishiga imkon yaratadi. Har bir bola oilada, bolalar mehnatida o'z ulushi borligini his eta bilishi lozim. Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va intizomlilikni, burch hissini tarbiyalaydi. Shuning uchun bolalarni jamoa mehnatida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi ahamiyati shundaki, mehnat jarayonida ular borliqni faol anglay boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoniyati yaratiladi. Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi.

• Maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasi berish mazmuni.

Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog'cha yoshidagi bolalarni jismoniy aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir. Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib tashkil etiladi, unga to'g'ri rahbarlik qilingandagina yetarli natijaga erishish mumkin. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining o'ziga xos tomonlari ko'pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o'rganib chiqilgan. Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma'lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog'cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo'lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga, mashinadan - stolga, stoldan -mashinaga ko'chiradi va hokazo. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni ko'rsatib, uni mashinada ortib olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashinasida shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab qo'ya boshlaydi. «Qatnov» bir necha marta takrorlanib, barcha kubiklar joyiga yig'ishtirib qo'yiladi. Bolalar faoliyatida maqsad paydo bo'ladi. Keyingi galda bolaning o'zi o'ynayotgan o'rtoqlariga o'ynab bo'lgandan keyin o'yinchoqlarni mashinada joyiga olib borib qo'yishni aytadi. Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo'yish qobiliyati moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, o'yinchoqlar yasash va boshqalar. Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini ko'rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko'p vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o'z ishlaridan o'zlari qoniqmaydilar.

Tarbiyachi bolalarni o'z faoliyatlarini taxminiy rejalashtirib olishlariga o'rgatish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim. Shunday qilib, butun bog'cha yoshi davrida mehnat va o'yin o'zaro bog'liq holda kechadi, biroq har qanday holda ham bolalar mehnatini o'yinga aylantirish, ularning farqini ishlab chiqarish noto'g'ri bo'lar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta'sirida asta- sekin

bolalar mehnati o'z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi.

Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga havas hissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik omil deb qarash kerak. Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar o'rtoqlarining bahosi va o'ziga-o'zi baho berish katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan buyumlari o'yin va mashg'ulotlarda qo'llanilsa, ular o'zlari yasayotgan buyumlar yanada sifatli bo'lishiga intiladilar. Maktabgacha ta'lim yoshi davrida bolalarning Yoshi ulg'ayishi bilan mehnat sabablari ham o'zgarib boradi. Mutaxassislarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijasi shuni ko'rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o'zlashtirib olar ekanlar. Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o'z mehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar. Masalan, onalar va buvilar uchun 8-martga sovg'a tayyorlash, kichiq guruh bolalari maydonchasini yig'ishtirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarni yamab berish, konsert va teatr qo'yib berish va boshqalar bolalardagi mehnatning muayyan natijasiga intilish uyg'otadi, faoliyatning ijtimoiy sabablarini anglatib, mehnatga havasini, ishni bajarishda bolalarning o'z oldilariga qo'yadigan talablarini oshiradi.

V.I.Loginovaning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlaridata'kidlanishicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ularmehnat va mehnat malakalari to'g'risidagi bilimlar sistemasini o'zlashtirib olishlari kerak ekan:

1. Mehnat maqsad qo'yish va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi: maqsad -mehnat tasviri.

2. Mehnat qilishdan ko'zlangan maqsad bo'yicha kerakli materiallarni tanlab (ajratib) olish.

3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajratib) olish.

4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.

Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari

Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishini singdirib borishdir. Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir, shuning uchun ularni guruhlar bo'yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi (V.I.Loginova]:

Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga pedagogik ta'sir ko'rsatish bilan belgilanadi:

1. Bolalarni maqsad qo'yishga, mehnat malakalari, ko'nikmalari, mehnat madaniyati bo'yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini tanlab olishga o'rgatish.

2. Bolalarda bo'lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat jaryonlarini mehnatda qatnashuvchilar o'rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish.

3. Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish, buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg'otish orqali mehnat natijalariga erishish, katta guruhlarda esa mehnatning ijtimoiy ahmiyatli ekanligini tushinib yetish.

Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga qaratilgan:

1) Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat qilayotganini tushuntirish.

2) Bolalarda mehnat ahliga hurmatni, ularga qo'lidan kelganicha yordam berish xohishlarini tarbiyalash.

3) Kattalarning mehnat natijalaririi asrab-avaylashga o'rgatish.

Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan:

- Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda qatnashish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o'z shaxsiy mehnatiga nisbatan to'g'ri munosabatni tarbiyalash.

- Javobgarlik, mustaqillik, maqsadga qaratilganlilik, qat'iylik, tashabbuskorlik va faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola shaxsining axloqiy sifatlarini tarbiyalash.

- Madaniy xulq va o'z tengdoshlariga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalash, o'zaro kelishgan holda birga ishlay olish, jamoa ishida natijaga erishguncha o'z mehnati bilan qatnashish, o'zi va o'rtoqlarining mehnatini xolisona baholash, yordam.

• Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari.

Bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari quyidagilardan iboratdir:

1. Bolalarni bo'lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo'yishga o'rgatish.

2. Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o'rgatish.

3. O'z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga o'rgatish.

4. Mehnat malakasi va ko'nikmalarini o'rgatish.

5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qancha vaqtda bajarilganligiga qarab o'zining va boshqalarning ishini to'g'ri baholashga o'rgatish.

6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.

7. Jamoa mehnat faoliyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni shakllantirish.

Maqsad qo'yish. Maqsad qo'yish kattalar taklif etgan maqsadni qabul qilishdan boshlab to

o'zi mustaqil maqsad qo'yadigan bo'lguncha rivojlanib boradi (o'simlikka suv quyishdan to uni o'stirguncha). Bolalarning o'z oldilariga maqsad qo'yib ish bajarishlarini rivojlantirishlari uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:

1. Bolalar mehnat qilishdan ko'zlangan maqsadni tushunib yetishlari kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, undan ko'zlangan natija nima?);

2. Kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga o'xshashlar tarzida ko'rsatmali tasavvur eta

bilish;

3. Ishning mo'ljallangan vaqtda bajarilishi;

4. Bolalar kuchi yetadigan ishlarni qilishi (masalan, ko'chat o'tkazish, o'simlikni sug'orish, ularni parvarish qilish va hokazo) kerak.

Bola o'z mehnatidan ma'lum bir natijaga ega bo'lishni anglab yetgan taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini mustaqil belgilaydi va ishtiyoq bilan mehnat qiladi. Mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olish - Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bilmasa, u hech qachon mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bolalar mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan, tikishda ipni o'lchab kesib olish, ninaga o'tkazish, uchini tugish, tikish; o'yinchoq yasash uchun egish, bukish, taxlash, burchaklarini bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olishlari kerak bo'ladi. Bu ish harakatlarini ma'lum tartib bilan bajarish uchun har bir bola o'z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola bilishi kerak. Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga tarbiyachi o'rgatadi: mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli materiallarni, mehnat qurollarini tanlaydi va uni har bir bola oldiga tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati jarayonini qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi. O'rta va katta guruhlarga borganda bu harakatlarni mustaqil bajarishga o'rgatadi.

Bolalar kattalar bilan birgalikda mehnat qilishlari orqali mehnat malaka va ko'nikmalarini tez va oson egallab oladilar, ularning kattalar mehnati to'g'risidagi bilimlari boyiydi, bunday mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydi. Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirishda hamma metod va vositalardan keng ravishda foydalaniladi. Shunday qilib kattalar mehnati bilan tanishtirish bolalar mehnat va axloqiy tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalar xo'jalik-maishiy mehnatga MTTda va oilada jalb etiladi. Uning mazmuni har xil bo'ladi: xona va MTT maydonchasini yig'ishtirish, stolni bezatish va stoldagi idish-tovoqlarni yig'ishtirish, choy idishlarini, qo'g'irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, mashg'ulotga kerakli materiallarni tayyorlab qo'yish, mashg'ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig'ishtirib olish va hokazo. Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'simlik va hayvonlar, yil fasllari, jonsiz tabiat to'g'risidagi bilimlar manbayi, bolalarda mehnatsevarlikni, tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalash vositasidir, shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni ekishga tayyorlash va o'g'itlash, ko'chatni o'tkazish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka va ko'nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog'ligini mustahkamlaydi. Qo'l mehnati - mashg'ulot, o'yinlarga mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan o'yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo'yicha bolalar mehnatidir (qog'oz qiyqimlarini tashlash uchun, o'simliklar urug'i uchun qutichalar, qo'g'irchoq kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o'xshash narsalar tayyorlash). Qo'l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi narsa, buyum vujudga keladi. Bolalar yopishtirish, bo'yash, qirqish, arralash, mix qoqishni, tikish va shunga o'xshash oddiy mehnat malaka va ko'nikmalarini egallab oladilar. Ularda ijodkorlik, topog'onlik, zehnlilik xislatlari o'sadi. Bolalarda mehnat faoliyatini shakllantirish. Mehnat faoliyati har xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, har xil mehnat turlarini birlashtiruvchi keng tushunchadir. Mehnat jarayoni-mehnat faoliyatining o'ziga xos bir bo'lagi bo'lib, uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy qismlari, mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol-aslahalari, biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qilingan barcha mehnat harakatlari, mehnat sabablari va mehnat mahsuli yaqqol ko'zga tashlanadi. Mehnat faoliyatini egallash - bu birinchi navbatda mehnat jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.