Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHIDA TARBIYALANUVCHILARINI INGLIZ TILIDA TPR METODI ORQALI PRODUKTIV FAOLLASHTIRISH'

MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHIDA TARBIYALANUVCHILARINI INGLIZ TILIDA TPR METODI ORQALI PRODUKTIV FAOLLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta`lim tashkilotlari / qo‘shiqlar / matnlar / Umumiy jismoniy taqlid metodi (TPR).

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Asiljonova Shohsanam Doniyor Qizi

Ayni paytda farzandlari maktabga borishdan oldin biron bir chet tilini (asosan ingliz tilini) o‘rganishni boshlashlarini xohlaydigan ota-onalar soni ortib bormoqda. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish bilan bog‘liq muammolarni misollar yordamida hal qilish yo`llari ko`rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHIDA TARBIYALANUVCHILARINI INGLIZ TILIDA TPR METODI ORQALI PRODUKTIV FAOLLASHTIRISH»

MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHIDA TARBIYALANUVCHILARINI INGLIZ TILIDA TPR METODI ORQALI PRODUKTIV FAOLLASHTIRISH

Asiljonova Shohsanam Doniyor qizi

Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" mutaxassisligi 2-kurs

tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11255868

Annotatsiya. Ayni paytda farzandlari maktabga borishdan oldin biron bir chet tilini (asosan ingliz tilini) o'rganishni boshlashlarini xohlaydigan ota-onalar soni ortib bormoqda. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatish bilan bog'liq muammolarni misollar yordamida hal qilish yo llari ko 'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta 'lim tashkilotlari, qo'shiqlar, matnlar, Umumiy jismoniy taqlid metodi (TPR).

Аннотация. В настоящее время растет число родителей, желающих, чтобы их дети начали изучать иностранный язык (в основном английский) еще до того, как они пойдут в школу. Цель данной статьи - на примерах решить проблемы, связанные с обучением английскому языку детей дошкольного возраста.

Ключевые слова: дошкольные образовательные организации, песни, тексты, метод общего физического подражания (ОФР).

Abstract. Currently, the number of parents who want their children to start learning a foreign language (mainly English) before they go to school is increasing. In this article, ways to solve problems related to teaching English to preschool children with the help of examples are considered.

Keywords: preschool educational organizations, songs, texts, Total physical responce

(TPR).

Kirish

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatish bugungi kunda dolzarb masala sifatida qaralyapti va u kundan kunga oz muhimligini oshishi bilan ahamiyatlidir. Buning isbotini 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875 "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risida qabul qilingan qarori misolida korishimiz mumkin. Unda belgilanishicha respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o'rganish umumta'lim maktablarining birinchi sinflaridan o'yin tarzidagi darslar va og'zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o'qish va grammatikani o'zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tili darslari

Yuqorida aytib o'tilganidek, bazi MTTlar o'zlarining barcha dasturlarini ingliz tilida olib borishlari mumkin; ammo, odatda, maktabgacha ta'lim muassasalarida haftasiga dasturlariga muvofiq bir necha ingliz tili darslari o'tkaziladi. Ba'zi bolalar bog'chalari tushdan keyin ingliz tili darslarini taklif qilishadi, boshqalari esa ularni ertalabki dasturga kiritadilar, bu shubhasiz afzalroqdir, chunki bolalar tushdan avvalgi soatlarda ancha hushyor va ularning diqqati va konsentratsiyasi ancha yuqori hisoblanadi. Har bir dars 30 minutgacha davom etadi. Bolalar odatda yoshiga qarab to'rt guruhga bo'linadi: 3-4 yoshli bolalar (ularning o'qishi asosan harakatga

asoslangan faoliyat bilan cheklangan), 4-5 yoshlilar, 5-6 yoshlilar va 6-7 yoshlilar (ularning ta'lim ba'zi drama texnikasini ham o'z ichiga olishi mumkin). Ingliz tili darslarida faqat bir nechta bolalar qatnashganida, ular ba'zan bilimlariga qarab bo'linadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatish bo'yicha ba'zi takliflar va ko'rsatmalar mavjud. Shu ko'rsatmalarga muvofiq o'qituvchilar ingliz tilini o'rgatishda ushbu yoshdagi bolalarning tabiiy rivojlanish xususiyatlariga rioya qilishlari kerakligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, berilgan tavsiyalarga ko'ra ingliz tilini o'rgatishda yodda tutish kerak bo'lgan o'nta qoida mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

1. tushunish qobiliyati;

2. o'yinlar va harakatlardan foydalanish;

3. bilvosita o'qitish;

4. tasavvurni rivojlantirish;

5. barcha sezgilarning faollashishi;

6. faoliyatni o'zgartirish;

7. mustahkamlash;

8. individual yondashuv;

9. ona tilidan foydalanish;

10. ijobiy motivatsiyadan foydalanish.

TPR metodi bilan ingliz tili darslari masligulotlaii.

Chiqarilayotgan qarorlar yuzasidan maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'qitish uchun mo'ljallangan dasturlar ishlab chiqilgan bo'lib, dasturlar asosida bugungi kunga qadar darslar olib borilmoqda. Berilgan dasturlar asosida tayyorlangan manbaalar bilan bir qatorda, o'qituvchilar uchun maktabgacha ta'lim jarayonida ingliz tilini o'rgatish faoliyatida foydalanishi va qo'llashi uchun ko'plab bosma o'quv materiallari mavjud. Ingliz tilini o'rgatish faoliyati har bir sinf uchun mini-kitoblar (2001), yoki "Bolalar uchun ingliz tili"- 2003 kabi o'quv qo'llanmalarni namuna sifatida taqdim qilishimiz mumkin. Bolalar plakatlar, kartochkalar, rasmlar, videolar, kitoblar, rasmli lug'atlar kabi turli turdagi vizual materiallarni ko'rishdan zavqlanadilar. Bu jarayonda qo'l mehnati asosida tayyorlangan va turli nashriyotlar tomonidan tayyor ishlab chiqarilgan materiallarni birlashtirib foydalanish noan'anaviy ahamiyat kasb etishi hammamizga ma'lumdir. Bolalar bayram yoki tug'ilgan kun tabriknomalari kabi qiziqarli mashg'ulotlar va mashqlar bilan shug'ullanishni yaxshi ko'radilar. Bu yoshda bolalarning diqqatini va konsentratsiyasini ushlab turadigan bir nechta o'qitish usullari mavjud. Ular quyidagichadir:

* amaliy ishlar usuli;

* rasm chizish va suhbat usuli;

* sh'rlarni kuylash va o'qish usuli;

* Total physical response(TPR)-Umumiy jismoniy taqlid metodi.

Berilgan vaqt davomida bolajonlar turli hil meva nomlarini tahmin qilishni boshjlaydilar, so'ngra o'qituvchi sumkasidan, masalan, bananni chiqaradi va uni taxmin qiladigan bolajon ball oladi. Eng ko'p ball to'plagan bola g'alaba qozonadi. Bu faoliyat bolalarni meva va sabzavotlar kabi tabiiy oziq-ovqatlarni ko'proq iste'mol qilishga o'rgatishimizga yordam beradi.[6]

Shuningdek, izlanishlarimiz jarayonida maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tili o'qitish uchun tayyorlangan dasturlar bilan tanishib chiqqan holda, ingliz tilida produktivlikni o'rgatishni ta'limning ilk davrlaridan boshlab bolalarga singdirish maqsadida yangi dasturni tavsiya qilmoqchimiz. Ushbu dasturda ta'lim jarayoniga o'zgartirish kiritmagan holda faqatgina

mavzular va ularda qo'llaniladigan leksikaga ahamiyat berib, yangi metodikalar orqali ingliz tilini produktiv o'rgatish ko'zda tutiladi. Quyida shu dasturni ko'rishimiz mumkin:

Xulosa

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatish, shubhasiz, agar u bolaning tabiiy rivojlanishiga javob bersa va uning yoshiga mos kelsa, mazmunli bo'ladi [1]. Bundan tashqari, ingliz tili o'qituvchisi maqsadli tilni yetarli darajada bilsa, ta'limning ushbu bosqichida ingliz tilini o'qitishning tegishli metodologiyasini o'zlashtirsa va u yosh bolalarni o'qitishga ishtiyoq bilan yondashsa, muvaffaqiyat qozonadi. Shuningdek,yangi xorijiy tilni o'zlashtirish bolalar uchun ham muhimdir, chunki ular o'z ona tilini o'zlashtirganidek, inliz tilni ham o'zlashtiradilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875 "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risida qarori. 10.12.2012y

2. Peacock, M. (2001). Pre-service ESL teachers' beliefs about second language learning: A longitudinal study. System, 29(2), 177-195.

3. Henter, R. (2014). Affective factors involved in learning a foreign language. Procedia-Social and Behavioral Sciences, 127, 373-37В.

4. Английский для малышей. Учебно-методический комплект для детей 4-6 лет. Шишкова И.А., Вербовская М.Е

5. Nigmatov, A. (2022). Maktabgacha ta'limda ekologiya va chiqindilar menejmenti.maktabgacha ta'lim tarbiya uchun o'quv-metodik qo'llanma.toahkent, Innovatsiya-ziyo.

6. Asilj onova, S. THE CONTENT OF IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING ENGLISH TO CHILDREN OF THE PREPARATORY GROUP FOR SCHOOL. Academic research in educational sciences, 5 (2), 96-102.

7. Kalmuratov T.N. ALGORITHM FOR EDUCATION QUALITY MANAGEMENT IN NONSTATE SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS ON THE BASIS OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP. «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnaliVolume 2 Issue 5. 7 bet

В. Mavlonov N. Sh Approaches to the formation and development of information competence of teachers, J: JournalNX-A multidisciplinary peer reviewed journal 2021-yil fevralda, 45-4В

9. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

10. https://skyteach.ru/2020/ll/2l/ecology-lesson-ideas/

11. https://englishinn.ru/texts-on-the-topic-ecologu-ecological-problems.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.