Научная статья на тему 'KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING XORIJIY TIL O`RGANISH USULLARI'

KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING XORIJIY TIL O`RGANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yondashuv / interfaol metodlar / raqobatbardosh / malaka / metodika / zamonaviy ta’lim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Marjona Abduraximova, Zilola Tursunboy Qizi Rozikova

Ushbu maqolada ingliz tilini kichik yoshdagi bolalarga va boshlang`ich sinf o`quvchilariga qiziqarli va interaktiv yondashuv asosida o`qitish yoritiladi. Bunga qo`shimcha tarzda ,o`rgatish jarayonida qo`llaniladigan turli metod va o`yinlar haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING XORIJIY TIL O`RGANISH USULLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversite^

KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING XORIJIY TIL O RGANISH

USULLARI

Marjona Abduraximova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti, Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili) yo'nalishi 2-bosqich talabasi E-mail: abduraximovamarj ona15 @gmail .com

Ilmiy rahbar: Zilola Tursunboy qizi Rozikova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti o'qituvchisi E-mail: rozikova1625@gmail.com

ANOTATSIYA:

Ushbu maqolada ingliz tilini kichik yoshdagi bolalarga va boshlang'ich sinf o'quvchilariga qiziqarli va interaktiv yondashuv asosida o'qitish yoritiladi. Bunga qo'shimcha tarzda ,o'rgatish jarayonida qo'llaniladigan turli metod va o'yinlar haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: yondashuv,interfaol metodlar, raqobatbardosh, malaka, metodi-ka, zamonaviy ta'lim.

ABSTRACT:

This article covers the teaching of English to young children and elementary school students based on an interesting and interactive approach. In addition, information is provided about various methods and games used in the teaching process

Keywords: approach, interactive methods, competitive, qualification, methodology, modern education

Rivojlanib borayotgan zamonda xorijiy tillarni bilish, ularni muloqotda va fan-texnika doirasida qollay olish asosiy talablardan hisoblanmoqda.Bu esa chet tillarini bolalarga kichik yoshdan o'rgatishni zaruratga aylantirmoqda.Bu borada esa katta kuch va mehnat talab qilinishi hech kimga sir emas.Bolalarga chet tilllarini o'rgatishda maxsus yondashuv va professional metodlar talab qilinadi.Olimlar tomonidan aniqlanishicha, 6 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilarida 5 yoshdan 6 yoshgacha bolgan maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan moslashish-ning past psixofiziologik holati qayd etildi. Bundan xulosa shundaki, maktabgacha yoshdan boshlang'ich maktab yoshiga o'tishda, bir turdagi yuklarda aniqlangan bo-lalarning psixofiziologik reaktivligining o'ziga xos xususiyatlari boshqa testlarni

April 23-24, 2024

696

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversto

o'tkazishda saqlab qoladi.

Avvalllari chet tilini bilish faqat ba'zi maxsus sohalarda talab qilingan bo'lsa, endilikda esa kamida bitta xorijiy tilni bilish zaruratga aylanmoqda. Kichik yoshdagi va boshlang'ich sinflardagi bolalarga xorijiy tillarni o'rgatish quyidagi maqsadlarni qamrab oladi:

- kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tildagi ilk muloqot konikmalarini shakllantirish;

- maqsadlarga erishishda, hayotiy o'zaro muloqot holatida fikrni va emotsiya-larini tushuntirish uchun xorijiy tildan foydalanishdan foydalanish malakasi;

-xorijiy tillarga nisbatan bolalar ongida ijobiy munosabat uyg'otish ;

- chet mamlakatlar madaniyatiga qiziqishni shakllantirish.

Xorijiy tilni o'rganish uchun kichik yoshdan o'rganish muhim bo'lishining sab-ablaridan biri, o'quvchi qancha yosh bo'lsa, shuncha lug'at boyligi ham kam bo'ladi. Bolalarda muloqot qobilyati kattalarning muloqot qobilyatlari kabi emas. Bu ho-latdan shuni tushunish mumkinki,xorijiy tilni o'rganganda, ona tili va xorijiy tilo'rtasidagi katta farqni unchalik sezmaydi va bolaning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari ko'proq bo'ladi.Kichik yoshdagi bolalarga chet tillarini o'qitish bir qadar mushkul ish. Agar bollar passiv tashkil etilgan ,zerikarli darslarga qatnashishsa bu ularda tilga bo'lgan yoqtirmalik va ba'zi hollarda nafrat tuyg'usini ham uyg'otishi mumkin. Kichik yoshdagi va boshlang'ich sinf bolalari bilan faqatgina professional mutaxassis ishlashi zarur.kichik yoshda ingliz tilini o'rganish bolada nutqiy kompe-tensiyani ham shakllantirib boradi, bu holat esa ingliz tilini o'rganishning ilk bos-qichida quyidagi xususiyatlarni qamrab oladi:

-fonetik jihatdan takrorlash va talaffuz qobilyatini bosqichma-bosqich shakllantirish;

- inglizcha lug'at boyligini o'rganish va faollashtirish;

- kichik miqdordagi oddiy grammatik qurilmalarni o'zlashtirish, izchil bayon etish qobilyatini shakllantirish.

Xorijiy tilni o'rgatish motivatsiyani talab qiladi. Kichik yoshdagi bolada esa xorijiy tilga nisbatan pozitiv psixologik munosabatni yaratish zarur va bu motivatsiyani shakllantirish usularidan biri o'yin o'ynash hisoblanadi. O'yin bu ham ko'ngilochar dam olish daqiqasi va qiziqarli darsni tashkil etish usulidir. Ta'lim ja-rayonidagi o'yinlar quyidagi turlarga bo'linadi: vaziyatli, badiiy,raqobatbardosh, rit-mik-musiqiy va boshqalar.

Vaziyatli bu bir necha sabablarga ko'ra aloqa muloqot vaziyatini aks ettiradi-gan rol o'ynash o'yinlari hisoblanadi. Rolli o'yinlar -bu kichik yoshdagi bolalarning muayyan rollarni o'ynashi, hayotiy vaziyatlardagi o'yin faoliyati, masalan: ustoz va

April 23-24, 2024

697

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

o'quvchi,bemoq-shifokor,qo'shiqchi-muxlis va boshqalar.

Raqobatbardosh savodxonlikni va lug'at boyligini o' stirishga xizmat qiluvchi o'yinlarni qamrab oladi.Bu turdagi o'yinlar g olibi tilni yaxshi biluvchi bola sana-ladi.Bu turli xil krossvordlar, labirintlar, lisoniy vazifalar aks etgan o'yinlar.

Ritmik-musiqiy o'yinlarda bolalarga audio hikoya ertaklar qo'yib eshittiriladi. Bu o'yin turlari bolalarda kayfiyatni ko'tarishga va til o'rganish jarayonidagi muvaf-faqiyatlarga sababchi bo'ladi.

Xulosa qilsak, kichik yoshdagi bolalarga va boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tili darslarini tashkil etishda interfaol o'yin va metodlardan foydalanish zarur. Har bir metod til o'rganish jarayonida ancha samarali bo'ladi. Ingliz tili o'rgatishda bolalarning yoshiga va shaxs xususiyatiga xos kitoblar, ko'rgazmalar, har xil audi-omatnli ertaklar, hikoyalar, turli xil o'yinlar, suhbatlar, krossvordlardan foydlanish o'quv jarayonini yanada samarali bo'lishiga xizmat qiladi.

REFERENCES:

1. Galskova N.D. Nikitenko Z.N. Chet tillarni o'qitish nazariyasi va amaliyoti. bosh-lang'ich maktab: uslubiy qo'llanma.-M.: Airis-press, 2004.

2. Astafieva M.D. Ingliz tilini o'rganayotgan bolalar uchun ta'til. - M.: Mozaikasintez, 2009 y.

3. Ivanova M.V. Bolalar uchun ingliz tili. - M.: AST: Astrel, 2009 y.

4. Guseva L.P. Biz o'ynaymiz, o'qitamiz, o'zlashtiramiz - biz ingliz tilini bilishni xohlaymiz. - Rostov n / a: Feniks, 2009 y.

5. Zemchenkova T.V. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ingliz tili. - M.: VAKO, 2008 yil.

6. Z.T.Rozikova. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA XORIJIY TILNI O'QITISHDA BOLALARNING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH, 2022,319-322-betlar

7. Rozikova, Z. T. (2022). KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI O'QITISH METODLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(12), 200-206.

8. Rozikova, Z. (2023, December). METHODOLOGY OF USING LANGUAGE LEARNING APPLICATIONS IN KINDERGARTEN. In Fergana state university conference (pp. 131-131).

9. Rozikova, Z. (2023). ANALYSIS OF LANGUAGE LEARNING APPLICATIONS. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(6), 237-242.

698

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

chjrchiaäavlatfisdagogikaän^rsitei^—

10. Rozikova, Z. (2023). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA XORIJIY TILNI O'QITISH VA DARSDA TIL O'RGANISH ILOVALARIDAN FOYDALANISH. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

699

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.