Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf / ingliz tili / bolalar / o‘rgatish / qiziqarli / qo‘shiq / harakatlar / tushuntirish / tez va oson / yosh bolalar / aqliy / jismoniy / o‘qituvchi / ovozlar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abbosova Sabrina Tolibjonovna

Mazkur maqola boshlang‘ich sinflarda bolalarga ingliz tili tez oson o‘qitishning samarali metodlari haqida atroflicha yoritilgan. Ushbu maqolada bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish usullari bilan tanishishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O'QITISH

METODIKASI

Abbosova Sabrina Tolibjonovna

Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika institute 2-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11210936

Annotatsiya. Mazkur maqola boshlang'ich sinflarda bolalarga ingliz tili tez oson o'qitishning samarali metodlari haqida atroflicha yoritilgan. Ushbu maqolada bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish usullari bilan tanishishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, ingliz tili, bolalar, o'rgatish, qiziqarli, qo'shiq, harakatlar, tushuntirish, tez va oson, yosh bolalar, aqliy, jismoniy, o'qituvchi, ovozlar.

Аннотация. Эта статья дает вам краткий обзор того, как быстро и легко преподавать английский язык в начальной школе. В этой статье вы узнаете, как научить детей осмысленному и увлекательному английскому языку.

Ключевые слова: элементарно, английский язык, дети, обучение, веселье, песня, действие, объяснение, быстро и легко, маленькие дети, умственное, физическое, учитель,голоса.

Abstract. This article gives you a brief overview on how to teach English quickly and easily in elementary school. In this article, you can learn about meaningful andfun ways to teach English to children.

Keywords: elementary, English, children, teaching, fun, song, action, explanation, quick and easy, young children, mental, physical, teacher, voices.

KIRISH

Bugungi kunda dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o'z ona tilidan tashqari yana bir necha boshqa xorijiy tillarni o'rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi kunda tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash yaxshi samara berishini ko'rsatmoqda. Yurtimizda ham ushbu masalaga jiddiy e'tibor qaratilgan bo'lib, xorijiy tillarni xususan ingliz tilini o'qitishda dunyoning yetakchi tashkilot va universitetlar hamkorligida yangicha yondashuv asosida dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu maqolada chet tillarini xususan, ingliz tilini kichik maktab yoshidagi bolalarga o'rgatish yuzasidan fikrlar yoritilgan.So'nggi bir necha yil ichida chet tilini o'rganish o'z-o'zini rivojlantirishning bir usuli emas, balki zarurat bo'lib qoldi. Chet tili nafaqat maktablar va universitetlarda, balki ko'plab qo'shimcha maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ta'limning majburiy tarkibiy qismiga aylandi. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko'rsatkichi yuqori bo'lganligi sababli, ularda til o'rganishga bo'lgan talab yuqoridir.

Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta'limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.Bunday bilimlarni insonlar dastlab maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab keyinchalik institutlarda, o'quv kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o'rganadilar. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish, o'qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga bog'liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o'qituvchi muayyan ta'lim dasturlarini yechishga qodir bo'ladi. Ingliz tilini o'rgatishda o'rganuvchining salohiyat

vadarajasi, yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o'rgatish yaxshi natija beradi.Psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtiradilar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Maktabga birinchi bor kelgan bola o'z faoliyatining tub mohiyati va vazifasini to'la tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb biladi. Kattalarning ko'rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg'ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o'z ahamiyatini yo'qota boradi va bola o'qishni kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. Bu holatda bola aqliy mehnat ko'nikmasiga ega bo'lmasa uning o'qishdan ko'ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi, o'qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta'limning o'yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma'lumotlar berishi, amalda ko'rsatib isbotlab berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak.

Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e'tiborga olish kerakki, 6-7 yoshli bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo'riqtirib qo'yish va qiziqishini so'ndirib qo'yish mumkin. Shunday ekan, kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o'rgatish ancha mushkul va mas'uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

- qo'shiq va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga ega bo'lmagan;

- harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish.

- Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki

- yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin.

- aqliy va jismoniy harakatlar bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar;

- multfilmlar;

Bolalar til o'rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l.

- rol ijro etish(role play) o'qituvchi biror ma'lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning nomlarini o'rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim.

Misol uchun: bir o'quvchi itning vovillashi, mushukning miyovlashini ko'rsatib bersa, boshqa bir o'quvchi bu tovushlar qaysi hayvon ekanligini ko'rsatish mumkin. - mavzuga oid muhit;

O'qituvchi mavzusiga qarab o'sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar tilni yaxshi o'rganishadi. Masalan: traveling, birthday, in the kitchen va boshqalar. Traveling(sayohat) mavzusida o'qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle,automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish(Tashkent, Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma'lumot beradi. Bu hol o'quvchilarning so'z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini o'stiradi.

Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'rganish uchun yana ko'plab qulay usullar mavjud. Bundan tashqari, bu usullar o'quvchilarning individualligiga va o'ziga xos qobiliyatlariga moslashtirilishi kerak. Quyidagi usullar keng ko'lamda o'rganiladi:

1 O'yinlar: o'yinlar o'rganish jarayonini jismoniy va ma'naviy ravishda o'zgartiradi. So'zlashish, tinglash va yozish o'yinlari o'quvchilarning qiziqishini oshiradi. Multimedia materiallar: video darsliklar, animatsiyalar va interaktiv dasturlar o'quvchilarga

tilni o'rganishda qiziqishlarini oshiradi.

3. Qisqa gaplar va mazmunlar: o'quvchilar o'zlarini ijro etish, masalan, dastur yoki gaplashuvlar

orqali so''zlashishni o'rganishadi, bu esa gapirish mahoratini oshishiga yordam beradi.

4. Amaliy mashg'ulotlar: simulyatsiyalar va muhokama qilish

orqali o'rganish, o'quvchilarning tilni amaliy ravishda o'rganishiga yordam beradi.

5. Interaktiv darslar: kompyuter darsliklar, onlayn platformalar va ilova dasturlari orqali o'quvchilarning o'zlarining tempida va moslashuvlari bo'yicha o'rganishlari mumkin.

6. Musiqalar va qo'shiqlar: qo'shiqlar orqali so'zlar, ritm va intonatsiyani o'rganishni rivojlantiradi.

7. Qahramonlik kitoblar va hikoyalar: kichik hikoyalar, rasmlar va qahramonlik kitoblar o'quvchilarni tilni o'rganishga qiziqtiradi va ularning lug'atlarini oshiradi.

Bu usullar o'quvchilarning aktiv qatnashishini oshiradi va o'zlashtiradi, shuningdek o'z fikrlarini ifodalash va ma'lumotlarni olishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Bilamizki, bolalar qiziquvchan. Ular bir xillikdan tez zerikadi. Shuning uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars o'tish emas, balki bunday usullarni o'zgartirib, yangilab dars o'tish lozim. Aks holda bolalar o'qituvchining qanday dars o'tishini fahmlab olishadi va bunga tayyorgarlik ko'rishadi. Usullarni yangilab dars o'tish bolalarning intilishlarini oshiradi.

Bolalarning maktabda qanday o'qishi, yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko'p jihatdan oila muhiti, mahalla e'tibori hamda maktabgacha ta'lim muassasasidagitarbiyaga bog'liq. Maqolada berilgan ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha axborotning 70 foizini yoshlik davrida olishi aynan bola shaxsining rivojlanishida nechog'liq muhimligidan dalolat beradi.

Demak aynan bolalarning ilk yoshida o'rgangan bilimi ajdodlarimiz aytganidek "toshga bitilishi" bejiz emas ekan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan xolda xorijiy tillarni ham bolalargaerta yoshida o'rgatish til ko'nikma va malakalarining oson o'zlashtirishiga sabab bo'larekan. Ayniqsa ushbu bilim, ko'nikma, malakalar turli o'yin va ta'limiy faoliyatlar orqali singdirib borilsa, bola xorijiy tillarni o'z ona tilisi kabi tabiiy tarzda rivojlantirib boradi. Ta'limiy o'yinlar bolada nafaqat bilim ko'nikma, malakalarni shakllantiradi balki shu bilan birga u bolani jismonan sog'lom rivojlanishini ta'minlaydi, ruhan tetiklashtiradi, o'ziga bo'lgan ishonchnimustahkamlaydi hamda atrofdagilar bilan ijtmoiy munosabatlarni shakllantirishga katta ko'mak beradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat sifatida emas qiziqarli mashg'ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o'tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Boshlang'ich sinf o'quv faoliyatining asosiy vazifasi - bu o'quvchilarni "o'qish"ga, bilim olishga o'rgatishdir. Kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishida ta'limning ta'sirida jiddiy o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlar ularni hayotlarining ma'suliyatli davri bo'lmisho'smirlik davriga o'tish

uchun tayyorlaydi. Bolalarga chet tillarini o'rganish qanchalarmuhimligini tabiiy sharoitlar orqali to'g'ri tushuntirib borilishi darkor. Chunonchi, buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham ko'plab xorijiy tillarni mukammal bilgan, bu tillarda bemalol gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Bunday imkoniyat allomaning dunyo ilm- fanini o'rganishga, buyuk ishlarni amalga oshirishiga turtki bo'lgan. Zero, Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Til bilgan — el biladi».

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR

1. John Adams II Analysis of retirement age in different countries of the world.London

2. 2017.

3. —Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida

4. (PQ-1875-son)IXalq so'zi gazetasi. 2012yil. 12-dekabr.

5. J. Jalolov . —ingliz tilini o'qitish metodlaril —O'qituvchil nashiryoti Toshkent

6. To'Xtasinova, N. R. Q., & Soibjonova, M. T. O. Q. (2022). TAGMA'NO VA

7. PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor

8. asarlari misolida). Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS),

9. 2(4), 141-146.

10. 4.Avlaev O. U. (2020). THE ROLE OF SOCIAL INTELLIGENCE IN PERSONAL

11. DEVELOPMENT. In Association with Novateur Publication India's A

12. Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 692-698.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.