Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNING SAMARALI USULLARI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNING SAMARALI USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
91
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aralash texnika / qiziqarli o‘yinlar / boshlang‘ich sinflar / zamonaviy innovatsion metodlar / pantomima. / Mixed technique / interesting games / primary classes / modern and innovative methods / pantomime.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Elmurodova, Sevinch Sultonjon Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tilini o‘qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE METHODS OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY SCHOOLS

This article provides information on productive, modern and innovative methods of teaching English, in order to get learners more interested in primary classes.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNING SAMARALI USULLARI»

om

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O'QITISHNING

SAMARALI USULLARI

Elmurodova Sevinch Sultonjon qizi

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xorijiy til va adabiyot I fakulteti talabasi Email: sevinchelmurodov@gmail. com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tilini o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: Aralash texnika, qiziqarli o'yinlar, boshlang'ich sinflar, zamonaviy innovatsion metodlar, pantomima.

INNOVATIVE METHODS OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY

SCHOOLS

Elmurodova Sevinch Sultonjon qizi

Student of the I faculty of Foreign Languages and Literature of the Uzbekistan

State World Languages University Email: [email protected]

ABSTRACT

This article provides information on productive, modern and innovative methods of teaching English, in order to get learners more interested in primary classes.

Key words: Mixed technique, interesting games, primary classes, modern and innovative methods, pantomime.

KIRISH

Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko'nikmasi hayotimizning ajralmas qismlaridan biri bo'lib kelmoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko'rsatkichi yuqori bo'lganligi sababli ularda til o'rganishga bo'lgan talab yuqoridir. Bunday bilimlarni insonlar dastlab maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab keyinchalik institutlarda, o'quv kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o'rganadilar. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish o'qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga bog'liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o'qituvchi muayyan ta'lim dasturlarini yechishga qodir bo'ladi. Ingliz tilini

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

o'rgatishda o'rganuvchining salohiyat va darajasi, yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o'rgatish yaxshi natija beradi. Psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tillarni tez va oson o'zlashtiradilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir" dey a ta'kidlagan birinchi prezidentimiz Islom Karimov. Ayniqsa, boshlang'ich ta'limda ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lgan qarorlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-1875-soni qaroridir. Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini, asosan, ingliz tilini boshlang'ich sinfdan boshlab o'rgatish, ularni chet tillarini o'rgatishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish uchun umumta'lim maktablarida 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini turli xil qiziqarli o'yinlar tarzida o'qitish va shu bilan birga o'quvchilarning og'zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o'qish va grammatikani o'qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali o'tish bosqichma-bosqich boshlandi.

So'nggi paytlarda ingliz tilini o'rganadigan har qanday yoshdagi odamlar soni juda ko'paymoqda. Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Ammo til o'rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tillarni tez va oson o'zlashtirishini isbotlashgan. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularday taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi va o'rgangan ma'lumotlarni tez xotirada saqlashi buning asosiy sabablaridandir.

MUHOKAMA

Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Uchdan keyin kecha" kitobida yozganidek: " ...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin..". Yana shunga qaratish e'tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun ham ingliz tilini o'rganayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilariga tilni o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til o'rganishga bo'lgan qiziqishini susaytirib qo'yishi mumkin. Chunki boshlang'ich sinfdagi o'quvchilarga chet tilini o'rgatish qiyin, shu bilan birga mas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin:

• Ko'rish orqali eslab qolish. Ma'lumki, yosh bolalar eshitgan ma'lumotlaridan ko'ra, ko'proq ko'rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan, darsni turli xil ko'rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko'zga ko'rinadigan va kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so'zlarni o'rgatish va o'rgangan yangi so'zlari ishtirokida gaplar tuzish. Masalan, kitob (book), stole (table), doska ( blackboard), ruchka (pen), oyna (window) va shu kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko'zga doimo tushib turishi va doimo qo'llanilishi bois, bola bu so'zlarni ixtiyorsiz tarzda o'rganadi.

• Qo'shiq va she'rlar orqali tushunish yoki eslab qolish qiyin bo'lgan so'zlarni musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so'zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning og'zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari , shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin.

• TO raqobatdosh grammatika va so'z boyligini o'zlashtirishga yordam beradigan o'yinlarning aksariyatini o'z ichiga oladi. Bunda bolalar o'qituvchi bergan turli xil topshiriqlarni bajaradi. Natijada o'quvchilar orasida raqobat vujudga kelib, til o'rganishga bo'lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy mutafakkirlari aytganidek: "Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga keladi".

• Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira olamiz. Masalan, bunda bolalar o'yin o'ynashi, qo'shiqlar aytishdi, rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi so'zlarni ko'rsatib berishi mumkin. Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o'quvchi faqat bitta narsa orqali cheklanib qolmaydi.

• Multfilmlar orqali o'rgatish. Ma'lumki, bolalar turli xil multfilmlarni ko'rishga qiziqadi. Ingliz tilidagi multfilmlarni ko'rish jarayonida esa, multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l.

• Qiziqarli o'yinlar orqali o'rganish; Ingliz tili fanini o'qitishda turli xil o'yinlar orqali o'rgatishning o'rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o'yinlar o'ynatib turish sinfda fanni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, faol bo'lmagan o'quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi. Quyidagi o'yinlar so'zimizga misol bo'la oladi.

•" Quvnoq topishmoqlar" (Merry Riddles) o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o'zlariga notanish bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoq javobini topadilar.

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

• "Pantomima" ( pantomime). Bunda o'qituvchi o'quvchilarga biron bir so'zni aytadi va o'quvchi uni ko'rsatadi. Qolgan o'quvchilar esa so'zni topib, inglizcha nomini aytishi kerak bo'ladi.

• Sezgi a'zolar orqali o'rganish( sabzavot, mevalar, oziq-ovqatlarni tatib ko'rish, turli xil buyumlarni ushlab ko'rish, gullarni hidlab ko'rish). Ushbu yangi metodni o'rganishdan oldin bir amaliyotchi psixologning fikrlarini keltirish kerak: "Bolalarning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi, qulog'i, tovush organi, muskul sezgisi va hatto, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak".

Darhaqiqat, sezgi a'zolar orqali til o'rganish boshqa usullarga qaraganda foydali va samarali hisoblanadi. Masalan, o'quvchi birgina olmani tatib ko'rish jarayonida uning rangi, ta'mi, hajmi, hidi qanday ekanligini biladi va uning inglizcha nomini ham aytadi. Natijada esa, o'qituvchi bolalardan ranglarning inglizcha nomini so'rab qolsa, bolalar darrov meva yegan paytini eslaydi. Demak, bunday usullardan foydalanish o'quvchining ma'lumotlarni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilariga til o'rgatishni majburiyat sifatida emas, aksincha, qiziqarli o'yinlar va innovatsion metodlardan foydalangan holda olib borishi, ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta'lim tizimli ham o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqish bilan o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. " Boshlang'ich sinflarda ingliz tili o'qitishning innovatsion usullari". Nodira Qurbonaliyeva. Maqola.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonli qarori.

NATIJA

XULOSA

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

3. Bekmuratova U.B "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish " // Toshkent 2012.

4. Toliboboeva, S. J. (2020). Teaching intercultural communication in English. Science and Education, 1(Special Issue 2), 152-156.

5. Ashirbayeva, A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. ScienceandEducation 1, (SpecialIssue 2).

6. Umirova, Z. (2020). IMPORTANCE OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES. International Scientific Conference of Students and Young Scientists "TARABIALEMI".

7. Juldasheva, N. N. (2020). Xorijiy tillarni o'qitishda axborot texnologiyalar va innovatsion metodlarning o'rni. Молодой учений, (12), 332-333.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.