Научная статья на тему 'BOG’CHA BOLALARI VA MAKTAB O’QUVCHILARIGA INGLIZ TILINI OSON SAMARALI O’RGATISH METODIKASI'

BOG’CHA BOLALARI VA MAKTAB O’QUVCHILARIGA INGLIZ TILINI OSON SAMARALI O’RGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Xorijiy tillar / bog’cha bollari / boshlang’ich o’quvchilar / metodika / o’qitish metodika / zamonaviy yondashuvlar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nilufar Isayeva

Ushbu ilmiy maqolada maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy tillarni oson va samarali o’qitish metodikasi va zamonaviy yondashuvlari mavzusida xorijiy tillarni turli metodikalar oraqli o’rganish tomonlari ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOG’CHA BOLALARI VA MAKTAB O’QUVCHILARIGA INGLIZ TILINI OSON SAMARALI O’RGATISH METODIKASI»

BOG'CHA BOLALARI VA MAKTAB O'QUVCHILARIGA INGLIZ TILINI OSON

SAMARALI O'RGATISH METODIKASI Nilufar Isayeva

SamDCHTI Payariq xorijiy tillar fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10801720 Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy tillarni oson va samarali o 'qitish metodikasi va zamonaviy yondashuvlari mavzusida xorijiy tillarni turli metodikalar oraqli o'rganish tomonlari ochib berilgan

Kalit so'zlar: Xorijiy tillar, bog'cha bollari, boshlang'ich o'quvchilar, metodika, o'qitish metodika, zamonaviy yondashuvlar.

Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatimizda chet tillarini o'rganishga katta e'tibor berib kelinmoqda. Jumladan, 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori hamda 2013-2014-o'quv yilidan boshlab umumta'lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni uzluksiz o'rgatishning joriy etilishi buning isbotidir. Hozirgi kunda nafaqat maktab, litsey, va oliy o'quv yurtlari talabalariga, balki M.T.M. tarbiyalanuvchilari va turli sohada ishlovchi xodimlarga ham chet tilini, xususan, ingliz tilini o'rgatish yo'lga qo'yilgan.Chet til ta'limida sifat va samaradorlikni ta'minlash maqsadida chet tillarni o'rganish/o'rgatish yoshini qisqartirish tajribasi ommalashib bormoqda. Chet til, xususan, ingliz tilini kichik yoshdan o'rganish va o'rgatish ham o'z tarixiga ega. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi,kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e'tiborga olish kerakki, 6-7 yoshli bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo'riqtirib qo'yish va qiziqishini so'ndirib qo'yish mumkin. Turli xil metodikalardan foydalish kerak. Bola tili chiqishidan oldin avval eshitgan keyin gapirgan, ingliz tilini o'rganishda ham xuddi shunday. Avval eshitadi keyin gapiradi. Misol qilib bog'cha bollariga inglizni alifbosini o'rgatmoqchi bo'lsak ularga yozdirmasligimiz kerak chunki ular kichkina bo'lganligi sababli yozishni o'qishni bilishmaydi lekin eshitishni ko'rishni bilishadi. Alifbonini jajji bolajonlarga o'rgatishda Alifboni katta qilib oq varaqlar alohida yozib chiqamiz. Birinchi marta tarbiyachini o'zi har bir harfni tanishtirib chiqadi, tanishtirish davomida turli xil metodlardan yoki o'yinlardan yoki televizorga Alifboni qo'yib o'rgatishimiz mumkin zerikib qolmaslik uchun. Alifboni biroz o'rgatilish davomida orada qo'shimcha "Tetiklashtiruvchi" o'yin metodini qo'llab yuborasak jajji kichkintoylarimizga yaxshi bo'ladi jismoniy harakatlar orqali o'ynaladi. Bu metod birinchi hamma jajji kichkintoylarimiz o'rinlaridan turib oladi. Ushbu o'yinda 3ta buyruq ketadi va harakatlarni kichkintoylar bilan birgalikda FIRE, AIR va WATER tarbiyachi kichkintoy o'quvchilarga shu 3ta buyruqdan qaysi biri aytsa va shu buyruqni to'g'ri bajargan o'quvchimiz o'yinni davom etadi. Yutqazib qo'ygan o'quvchimiz joyiga o'tirib oladi. Ushbu o'yinda kichkintoylarimiz qanchali diqqatini jamlab olishini tekshirib olamiz. Ushbu o'yinni o'ynasa zerikish yuqoladi. O'yindan so'ng yana mavzuni takrorlab olamiz biron bir metod orqali. Ushbu o'yinni boshlang'ich maktab o'quvchilari ham foydalanishi mumkin. Boshlang'ich maktab o'quvchilari hali endi yozishni o'rganayotgan vaqtda toliqishi mumkin shu paytda charchoqni yuq qilish va qo'llarimizni og'rig'ini qoldirish maqsadida foydalanish mumkin. Ushbu o'yindan keyin charchoqlar unitiladi va o'qishga qiziqish ortadi. Bilamizki, bolalar qiziquvchan.

Ular bir xillikdan tez zerikadi. Shuning uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars o'tish emas, balki bunday usullarni o'zgartirib, yangilab dars o'tish lozim. Aks holda bolalar o'qituvchining qanday dars o'tishini fahmlab olishadi va bunga tayyorgarlik ko'rishadi. Usullarni yangilab dars o'tish bolalarning intilishlarini oshiradi. Xulosa qilib aytganda,kichik yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat sifatida emas, qiziqarli mashg'ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o'tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o'rganish qanchalar muhimligini tabiiy sharoitlar orqali to'g'ri tushuntirib borilishi darkor.Chunonchi, buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham ko'plab xorijiy tillarni mukammal bilgan, bu tillarda bemalol gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Bunday imkoniyat allomaning dunyo ilm- fanini o'rganishga, buyuk ishlarni amalga oshirishiga turtki bo'lgan. Zero, Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Til bilgan — el biladi». Psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtiradilar. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi,kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi buning asosiy sabablaridandir. . Shuni e'tiborga olish kerakki, 6-7 yoshli bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo'riqtirib qo'yish va qiziqishini so'ndirib qo'yish mumkin. Shunday ekan,kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o'rgatish ancha mushkul va mas'uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: qo'shiq va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga ega bo'lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish. Bolalar til o'rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi.Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l.

-rol ijro etish(role play) o'qituvchi biror ma'lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning nomlarini o'rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim. Misol uchun: bir o'quvchi itning vovillashi, mushukning miyovlashini ko'rsatib bersa, boshqa bir o'quvchi bu tovushlar qaysi hayvonga tegishli ekanligini bilib, uning inglizcha nomini aytishi zarur. O'qituvchi mavzusiga qarab o'sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar tilni yaxshi o'rganishadi. Bolalarda topishmoqlarning javobini topishga qiziqish kuchli. Shuning uchun o'qituvchi topishmoqni ingliz yoki o'zbek tilida aytsada, uning javobini bolalardan ingliz tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar so'zlarni tez o'rganishadi.

- amaliy mashg'uIotlar(mevalar va boshqa oziq-ovqatlarni tatib ko'rish, gullarni hidlab ko'rish); Bu jumlani bir amaliyotchi psixologning fikrlari bilan izohlash mumkin: " Bolalarning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi, qulog'i, tovush organi, muskul sezgisi va, hatto, agar iloji bo'lsa, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak». Masalan: o'qituvchi bir o'quvchining olmani tatib ko'rishi paytida uning rangi qizil(red) yoki yashil(green), ta'mi shirin(tasty) yoki nordon(),xushbo'y() hidi haqida ma'lumot berishi va boshqa o'quvchilarga ham mevalarni yedirib, u bolalardan o'sha meva haqida inglizcha ma'lumotlar berishini talab qilishi lozim.Bu hol bolaning keyingi o'rganishlarida ham yordam beradi.O'qituvchi o'quvchilardan ranglarning inglizcha nomini so'rab qolsa, bola darrov meva yegan paytini eslaydi, qizil-red, yashil-green ekanligini tez xotirlaydi. Demak, bunday usuldan foydalanish o'quvchining ma'lumotni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishini ta'minlaydi. Undan tashqari chet tilini o'rganayotgan bir vaqtda o'rgatish davomida atmasfera ham o'sha

o'rganilayotgan chet tilida bo'lish kerak. Misol qilib maktabgacha o'quvchilarga ingliz tilini o'rgatish davomida iloji boricha faqat ingliz tilida gapirish kerak chunki o'sha yoshdagi bollar hali yozishni yoki o'qishni bilishmaaydi ular eshitish orqali o'rganadi atmasfera qanchali yaxshi bo'lsa o'quvchilarni o'rganishi tezroq va oson va samarali bo'ladi. Undan tashqari o'sha atmasfera uyda ham bo'lsa nur ustiga al'lo nur bo'ladi tezroq o'zlashtirish va ingliz tilida gapirish ehtmoli ko'proq. Maktabgacha yoki boshlaang'ich o'quvchilarga darsdan keyin qo'shimcha mashg'ulotlardan keyin uydagi muloqat jarayoni o'zbek tilida emas ingliz tilida bo'lsa inglizni o'rganish osonroq. Agarda o'z tilini unitib qo'ymasin degan maqsadda yoki tili o'zbek tilida emas ingliz tilini chiqishini xoxlashmasa gaplashish jarayoni ingliz tilida to'liq gapirishmasa ham kundalik hayotimiz ko'p ishlatiladigan so'zlardan o'zbek tilida emas ingliz tilida gapirish kerak o'sha so'zni mazmunini tushunib qaysi holatlarda ishlatib gapirishini tushunib yetganidan keyin kundalik hayotimiz ishlatiladigan boshqa yangi so'zni gapish jarayonida ishlasak ingliz tilida gapish darajasi asta sekin oshsa ham juda yaxshi esda qoladi va ingliz tilida nutqi ham oshadi. Undan tashqari ota onani o'zi bilishmasa ham ijtimoiy tarmoqlardan kundalik hayotimiz ishlatiladigan so'zlarni farzandiga o'rgatish jarayonida o'zini ham ingliz tilida nutq jarayoni o'sadi.

Xulosa qilib aytganda xorijiy tillarni o'rganish jarayonida turli metodikalar orqali o'rganish yoki o'rgatish mktabgacha va boshlang'ich o'quvchilariga xorijiy tillarni tezda oson va samarli o'rgatish va kundalik hayotimizda yoki kelajagimizda o'z hissani qo'shadi .

REFERENCES

1. Yuldasheva , D. A. Kichik yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatishning innovatsion usullari/

2. Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillaahtirish chora- tadbirlari to'g'risid ( Pq- 1875-son) Xalq so'zi gazetasi. 2012. 12-dekabr

3. J. Jalolov . - ingliz tilini o'qitish metodlari - O'qituvchil nashriyoti Toshkent

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.