Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR HAYOTIDA O‘YIN FAOLIYATINING O‘RNI'

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR HAYOTIDA O‘YIN FAOLIYATINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yosh / o‘yin / faoliyat / rivojlanish / ta’sir / o‘yin turlari / rolli / harakatli / ta’limiy / musiqiy-ta’limiy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Turg‘Unova Bibigul Po‘Latjon Qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o‘yin faoliyatining ahamiyati, maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘yin faoliyatidan to‘g‘ri va unumli foydalanish, o‘yin turlarining bola jismoniy, psixik rivojlanishiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR HAYOTIDA O‘YIN FAOLIYATINING O‘RNI»

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR HAYOTIDA O'YIN FAOLIYATINING O'RNI

Turg'unova Bibigul Po'latjon qizi

Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani 9-DMTT tarbiyachisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11202287

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o'yin faoliyatining ahamiyati, maktabgacha ta'lim tashkilotida o'yin faoliyatidan to'g'ri va unumli foydalanish, o'yin turlarining bola jismoniy, psixik rivojlanishiga ta'siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yosh, o 'yin, faoliyat, rivojlanish, ta'sir, o'yin turlari, rolli, harakatli, ta'limiy, musiqiy-ta'limiy.

Abstract. The article analyzes in theoretical and practical terms the importance of play activities in the life of preschoolers, the correct and effective use of play activities in a preschool educational organization, the influence ofplay types on the physical and mental development of a child.

Keywords: preschool age, game, activity, development, influence, types of games, role-playing, mobile, educational, musical and educational.

Donolar aytgan ekanlarki, "bolalar hayotni o'yin orqali o'rganadilar, ular yashaydilar, o'ynaydilar, o'rganadilar".

O'yinlar xalq pedagogikasining tarbiya vositalaridan biri hisoblanadi. Asrlar davomida o'yinlar rivojlanib, yangilanib kelmoqda.

O'yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolatga yetishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. O'yin orqali bolalar tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va atrof - muhit haqidagi bilmi yanada kengayib boradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'yin faoliyatidan to'g'ri va unumli foydalanish, har - bir o'tkaziladigan mashg'ulotlar va sayr faoliyatining samaradorligini oshirib boradi. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida o'yin faoliyati turli xil shaklda voqeaband - ijroli, harakatli, ta'limiy, musiqiy-ta'limiy kabi yo'nalishda olib boriladi. O'yin bolalar uchun qiziqarli, mazmunli bo'lishi uchun tarbiyachi o'yin qoidasi bilan yaqindan tanish bo'lishi kerak.

O'yin mashg'ulotlaridan voqeaband - ijroli o'yinlar orqali bolalar tafakkuri kengayadi va qiziqishlari rivojlanadi. Rolli o'yinlar orqali bolalarga ularni qurshab turgan kishilarning kundalik hayoti, o'zaro munosabatlari, turmush kechirish yo'sinlari bilan tanishib boradi. Bolalar hamisha kattalarga taqlid kilishadi, qo'g'irchog'ini erkalayotgan qizcha onasining so'zini takrorlaydi, qo'g'irchog'ini beshikka belab alla kuylaydi, mana shu birgina o'yin orqali unda oila sharoitidagi ko'nikmalar hosil bo'layotganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari "Shifokor", "Sartaroshxona", "Do'konda", "Quruvchilar", "Tikuvchilar", "Bog'cha", "Maktab - maktab" kabi o'yinlar orqali maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qalbida kasbga qiziqish, faollik, o'zgalarga mehnatiga hurmat, ahil va inoqlilik, shirinsuhanlik kabi hislatlar o'stirib boriladi. Bolalar yoshiga mos ertaklardan, rus xalq ertagi " Sholg'om", "Bo'g'irsok", o'zbek xalq ertagi "Zumrad va Qimmat", "Ikki echki" kabilarni sahnalashtirish, qo'shiqlarni, she'rlarni, hazillarni yod oldirish bola xotirasini mashq qildiradi, fikrni to'plash qobiliyatini, so'z boyligini, nutq faoliyatini, estetik madaniyatini, bolalarda ijrochilik mahoratini, o'ziga bo'lgan ishonch kabi qobiliyatlarni tarkib topishiga yordam beradi.

Harakatli o'yinlar bolalardan epchillikni, chaqqonlikni, diqqatni bir joyga jamlashni, sezgirlikni talab kiladi. Xalq o'yinlaridan "Ismingni eslab qol", "Ko'z bog'lagich", "Oq terakmi,

ko'k terak", "G'ozlar", "Qushim boshi", "To'p-tosh", "Jami" o'yinlari orqali bolalarda harakat faoliyati rivojlantirilib boriladi, mustaqil faoliyati, jismoniy quvvati oshirilib, o'zligiga ishonch ruhi o'stirib boriladi. Shuningdek turli o'yinchoqlar bilan uynash tup, arkoncha, ot,arava, velosiped kabilar bilan uynaladigan o'yinlar orqali ular qalbida musobaqalashish hislari uyg'otib boriladi. Ayniqsa to'p o'yinlari bolalarning barcha tana harakatlarini rivojlanishiga katta yordam beradi, shuning uchun to'plar rangi yorqinroq, yengil, yumshoq, bolalar uchun o'ynashga qulay bo'lishi kerak. Bolalar bilan sport xonalarida emaklash, sirpanish, tirmashib chiqish, arqon tagidan o'tish mashqlarini o'rgatish va shunga doir quyidagi: "Ona tovuq va jo'jalar", "Arqonga tegmay o'tchi", "Olishish", "Tortishmachoq" kabi o'yinlarni bolalarga o'rgatish orqali ularda ishoraga binoan harakat, jamoa bilan o'ynash, qoidaga amal kilish, chamalash, diqqatni jamlash kabi hususiyatlar tarbiyalanadi.

Ta'limiy o'yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish malakasi o'stirib boriladi. O'yin ko'rgazmalilik, oddiydan murakkabga o'tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi ta'limiy o'yinlarni o'tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o'yindan to'g'ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya'ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta'limiy o'yinlar orqali bolalar eshitish, kurish, sezish a'zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o'rganadilar. Ta'limiy o'yinlar kichik guruhlarda quyidagi xilda o'tkaziladi.

O'yinchoklar bilan o'ynaladigan o'yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko'ylaklar" .

Stol ustiga qo'yib o'ynaladigan o'yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko'rsat", "Kimning qo'lida nima bor?".

Og'zaki usuldagi ta'limiy o'yinlar- "Qo'g'irchoq Lolaxonni cho'miltiramiz", "Qo'g'irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini top" kabi o'yinlar kiradi.

Eshitish va ko'rish a'zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "Qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu uychada kanday hayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu o'yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari, kiyim-kechak va boshqalar kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko'rish va eshitish, esda saqlab qolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o'ynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topaloq", "Oshqovoq pishdi", "Loy o'yini", "Bog'bonlar" o'yinlari orqali mehnatga muxabbat ruhi tarbiyalanib boradi.

Bolalar qalbida musiqaga bo'lgan muhabbat hissini oshirishda musiqiy- ta'limiy o'yinlarning roli beqiyosdir. Tarbiyachi bolalarga turli xil musiqa asboblarini ko'rsatib, chalib berish orqali, cholg'u asboblarining ovozi va tuzilishi va turlari bilan tanishtirib boradi. "Ovozidan top", "Nimada chalyapman", "Qo'ng'iroq qanday jaranglayapti" kabi o'yinlar orqali tarbiyachi bolalarga ovoz va cholg'u asboblarining tovush xususiyatlarini farqlashga o'rgatadi. "Tapur-tupur qayrag'och", "Tomga tosh otdim", "O'ynab ber", "Sanamalar", "Mushtum va kaftchalar", "Yomg'ir" kabi milliy o'yinlar orqali bolalarni musiqa ritmiga mos harakat, o'yinli ashulani ijro etish, qarsaklar va mimik harakatlarni to'g'ri bajarishga o'rgatib boriladi.

- G'ozlar, bir so'z deysizmi?

- G'a, g'a - g'a!

- Totli suli yeysizmi?

- Ha, ha - ha

- Nega patni silaysiz?

- G'oq, g'oq - g'oq.

- Mendan nima tilaysiz?

- Boq, boq, boq"!

Bu xildagi she'rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, hayotiy tassurotlardan xulosa

chiqarishga o'rgatib boradi.

Demak, xulosa qilib aytganda o'yin faoliyatining kichkintoylar hayotida tutgan o'rni

beqiyosdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

2. Alvested M. Pedagogy and interdisciplinarity: Research on the reformed kindergarten teacher education (KTE) in Norway

3. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ: FxGoFyzp5QC

4. G Nazirova. MaKTaorana KaTTa emjarH 6o.na.napaa xa.nK OF3aKH h>kojh BOCHTacHja mh^hh Fypyp xhcchhh maKaaaHTHpHm-H>kTHMOHH neaarorHK 3apypnHT cufoaTHja. Science and innovation 1 (B8), 2067-2077

5. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

6. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

7. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

8. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

9. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citati on_for_view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

10. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

11. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

12. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

13. https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

14. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

15. SA Albertovich - INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & ..., 2022 -gejournal.net Issues of the formation of the professional component of future teachers (on the example of the science of physical culture)

16. Albertovich S. A. Jismoniy tarbiya mashgulotlarida katta maktabgacha yoshdagi bolalarda oyin mashqlaridan foydalanib chaqqonlik va epchillikni rivojlantirish //FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI. - 2022. - T. 3. - №. 6. - C. 56-60.

17. Albertovich S. A. Social factors of organization and management of sports training in higher education //ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603. - 2022. - T. 11. - №. 12. - C. 28-31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.