MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIMIY O'YINLAR VA
ULARNING AHAMIYATI *Babayeva Dono Razzaqovna, 2Ochilova Xilola SHeraliyevna
1Pedagogika fanlari nomzodi, professor, Toshkent davlat pedagogika universiteti 2O'qituvchi, Toshkent davlat pedagogika universiteti 1donobabaeva68@mail.ru.
1Tel:+ 90 999-80-79. https://doi.org/10.5281/zenodo.10801634
Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalarni o'yin orqali milliy ma'daniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, ularni atrof-muhit, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu hodisalarni tushunish, go'zallikni ko'ra bilish va mas'uliyat xissini oshirish kabi masalalar yoritilgan.
Kalit so'zlar: ta'limiy o'yinlar, ko'rgazmali material, didaktik o'yinlar, qoidali-harakatli o'yinlar, stol-bosma o'yinlar. Og'zaki so'zli o'yinlari, o'yin tempi va ritmi, sensor madaniyati.
Аннотация. В данной статье рассматриваются такие вопросы, как приобщение детей через игру к национальной культуре и общечеловеческим ценностям, их восприятие и впечатления от окружающей среды, жизни, понимание того или иного явления, умение видеть красоту, повышение чувства ответственности.
Ключевые слова: развивающие игры, наглядный материал, дидактические игры, игры-правила-действия, настольные игры. Словесные словесные игры, темп и ритм игры, сенсорная культура.
Abstract. This article covers issues such as introducing children to national culture and universal human values through play, their perceptions and impressions of the environment, life, understanding of one or another phenomenon, the ability to see beauty, and increasing the sense of responsibility.
Keywords: educational games, visual material, didactic games, rule-action games, board games. Verbal word games, game tempo and rhythm, sensory culture.
Ta'limiy o'yinlar ta'limiy o'yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o'yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o'yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. o'yinda o'yin maqsadi, o'yin qoidalari, o'yin harakatlari o'rtasida uzviy aloqa mavjud. O'yin maqsadi o'yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O'yin qoidasi esa, o'yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o'yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Ta'limiy o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o'yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O'yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o'yin mazmunini boyitadi. Ta'limiy o'yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O'yinda o'yin tempi va ritmi katta rol o'ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko'p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o'yin ishtirokchilarini to'g'ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Ta'limiy o'yinlarning quyidagi turlari mavjud:
a) buyum va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan;
b) stol-bosma; d) ogzaki so'z o'yinlari.
Buyum va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o'ynaladigan o'yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning
tasavurlari, diqqatlari o'yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to'g'risida umumiy tushuncha hosil bo'ladi. O'yinda o'ynaladigan har bir buyum yoki o'yinchoq o'zining tashqi ko'rinishiga ega bo'lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o'yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
Stol-bosma o'yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o'stirish imkonini beruvchi o'yin usulidir. Bu o'yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi.
Didaktik o'yinlar ta'limiy o'yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o'yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o'yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O'yinda o'yin niyati, o'yin qoidalari, o'yin harakatlari o'rtasida uzviy aloqa mavjud. O'yin niyati o'yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O'yin qoidasi esa, o'yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o'yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o'yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O'yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o'yin mazmunini boyitadi.
Didaktik o'yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o'yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o'yinlar mashg'ulot jarayonida va o'yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o'tkaziladi. Bunda o'yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o'yinlarda quyidagi koidalarga amal kilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta'sir etish.
2. So'ralganda javob berish.
3. O'rtoqlari fikrini eshita olish.
4. O'yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. O'yin qoidasini bajarish.
6. O'z xatosini tan olish.
Didaktik o'yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O'yinda o'yin tempi va ritmi katta rol o'ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko'p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o'yin ishtirokchilarini to'g'ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan; b) stol-bosma; d) og'zak i- so'z o'yinlari.
Buyum va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o'ynaladigan o'yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o'yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to'g'risida umumiy tushuncha hosil bo'ladi. O'yinda o'ynaladigan har bir buyum yoki o'yinchoq o'zining tashqi ko'rinishiga ega bo'lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o'yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
Stol-bosma o'yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o'stirish imkonini beruvchi o'yin usulidir. Bu o'yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi.
Og'zaki so'zli o'yinlari katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladi. Ular bolaning eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o'z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga
o'rgatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o'yinlar bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'yin turlarida didaktik maqsad va o'yin materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoidali-harakatli uyinlar asosini bolaning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish, yugurish, sakrash, chirmashib chiqish, uloqtirish, emaklash kabi harakatlar o'yin mazmunini belgilaydi. Qoidali-harakatli o'yinlar kelib chio'ishiga ko'ra: a) xalq milliy o'yinlari; b) mualliflik o'yin turlariga bo'linadi.
Har ikkala o'yin turida ham asosiy mezon o'yin qoidasi bo'lib hisoblanadi. Harakatli o'yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, bolalarda tezkorlik, epchillik, mardlik kabi olijanob fazilatlarni tarbiyalab boradi. Ko'pchilik harakatli o'yinlar jamoa bo'lib o'ynashga mos bo'lib, bu jamoada uyushgan holatda harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi. Qoidali harakatli o'yinlarni o'tkazishda bolalarga rolni to'g'ri taqsimlash, o'yin jarayonini kuzatib borish, unga rahbarlik qilish, o'z vaqtida yaxshi harakatlarni rag'batlantirish o'yin nufuzini oshiradi. O'yin jarayonida quvnoq kayfiyat, ijobiy his-tuyg'ular yuzaga keladi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o'yin syujeti ochiq xarakterga ega bo'ladi. Masalan, «To'pni quvla!», «To'pni ushlab ol!». Katta yoshdagi bolalar uchun o'yin maqsadi, qoidasi va o'yinni tashkil etish murakkablashadi. Qoidali-harakatli o'yinlar avval jismoniy tarbiya mashg'ulotida o'rganiladi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
- milliy o'yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
- xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
- bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlari va musobaqalar o'tkazish.
Milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
1-2 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: «Barmoqqa-barmoq», «G'oz-g'oz», «G'oz tursin», «Bup-bup», «Toy-toy», «Poezd», «Achom-achom» o'yinlari, go'dak endi bir-ikki qadam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
3-4yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: «Ot o'yin», «Ko'z boylagich», «Chori chambar», «Avval akam», «Tayoq irg'itish», «Quloq cho'zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».
4-5 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o'yin», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan».
Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do'ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi, ko'k terak». Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko'nikmalari
shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga tayyorlanib boriladi.
Bolalarni yangiliklarni qabul qilishlari va bunga moyilliklari hamda fe'l-atvori har-xil bo'lishiga qaramay tarbiyachi bolalarni mustaqil fikrlash, mushohada qilish, xulosa chiqarishga o'rgatishi lozim. Ta'lim tizimida sodir bo'layotgan o'zgarish va yangilanishlar bolalarga yangi bilim, ko'nikma va malakalarini berish bilan bir qatorda, bolalarni o'ziga va boshqa insonlarga, jamiyatga, tabiatga nisbatan o'zgarishini, vatanparvarlik g'oyalarini ongiga va qalbiga singdirishini ham ko'zda tutadi. O'yinlarda bolalarga harakatlarning so'zdagi ifodasini o'z ifoda harakatlari va o'yinchoqlar harakatlari bilan taqqoslashni o'rgatish. O'yinda o'ynaladigan har bir buyum yoki o'yinchoq o'zining tashqi ko'rinishiga ega bo'lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o'yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
REFERENCES
1. N.N.Djamilova."Maktabgacha metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi" TDPU. 2017y.
2. D.R. Babayeva. "Bolalarni nutqini o'stirish nazariyasi va metodikasi". -Т.: "Ilim ziyo zakovat". 2022y.
3. G.O. Najmiddinova. Дошкольная педагогика. TDPU. 2022y.
4. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. 2023y.