O'SIB KELAYOTGAN YOSH AVLODGA TA'LIMIY VA DIDAKTIK O'YINLAR ORQALI TA'LIM BERISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Imyaminova Shuhratxon Salijanovna
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti filologiya ( Nemis tili )
fakulteti
Katta O'qituvchisi professor Hafiza Qo'chqorova Sherbabayevna
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti filologiya ( Nemis tili )
fakulteti o'qtuvchi
Matchanova Yulduz Rahmanova
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti filologiya fakulteti ( Nemis tili)
Xabibullayev Fayzulla Nabibullayevich
Farg'ona davlat universiteti tabbiy fanlar fakulteti o'qituvchisi Abduraximov Iskandar Nodirjon o'g'li
Farg'ona davlat universiteti Harbiy ta'lim fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6651425 Annotatsiya. Ushbu maqolada o'sib kelayotgan yosh avlodga har xil o'yinlar va psixologik harakatlar orqali ta'lim berish va yosh bolalarga ta'lim berishda ularni o'rganayotgan faniga qiziqtirish, ularni zeriktirmaslik va o'quvchi yoshlar bilan bilan muloqot qilishda nutq ma'daniyatini ham shakllantirishning zamonaviy uslub va tamoyillari haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: ta'limiy o'yinlar, ko'rgazmali material, didaktik o'yinlar, qoidali-harakatli o'yinlar, stol-bosma o'yinlar. Og'zaki so'zli o'yinlari, o'yin tempi va ritmi, sensor madaniyati.
MODERN APPROACHES TO TEACHING THE GROWING YOUNGER GENERATION THROUGH EDUCATIONAL AND DIDACTIC GAMES Abstract. This article provides information on the modern methods and principles of teaching the growing younger generation through various games and psychological movements and to interest young children in the science they are studying, not to make them bored, and also to formulate the meaning of speech in communicating with the young people of the reader.
Keywords: educational games, visual material, didactic games, rule-moving games, table-printing games. Verbal Games, pace and rhythm of the game, sensory culture.
Аннотация: В данной статье представлена информация о современных методах и принципах воспитания подрастающего поколения посредством различных игр и психологических действий и воспитания детей раннего возраста с целью заинтересовать их изучаемой наукой, не дать им скучать, а также сформировать речевую культуру в общении с учащейся молодежью.
Ключевые слова: развивающие игры, наглядный материал, дидактические игры, игры с правилами, настольно-печатные игры. Словесные игры, темп и ритм игры, сенсорная культура.
fakulteti talabasi
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ВОСПИТАНИЮ ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ ПОСРЕДСТВОМ УЧЕБНО-ДИДАКТИЧЕСКИХ ^PA
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 2
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
"Farzandlarimizning qobiliyatini ro 'yobga chiqarishga bolalikdan e 'tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko 'plab Beruniy, Ibn Sino, Ulug'beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman."
(Mirziyoyev Sh.M.)
KIRISH
Ta'lim sohasidagi bosh maqsad - ta'lim va tarbiyaning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an'analari va urf-odatlari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar asosida ta'lim - tarbiya jarayoni mazmunini tubdan o'zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir.Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so'ng mashg'ulotlar, o'yinlar, bilim berish orqali amalga oshirildi. Bola har doim buyumlar, hodisalar orasida bo'ladi. Doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko'radi, nimagadir quloq soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarak-atrof buyum va narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta'sir etadi va sezgi hosil bo'ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. Bolada aqliy malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish, eng oddiy faoliyat usullari predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo'lmagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'limiy o'yinlar va ularning ahamiyati. Ta'limiy o'yinlar ta'limiy o'yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o'yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o'yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. o'yinda o'yin maqsadi, o'yin qoidalari, o'yin harakatlari o'rtasida uzviy aloqa mavjud. O'yin maqsadi o'yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O'yin qoidasi esa, o'yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o'yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Ta'limiy o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o'yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O'yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o'yin mazmunini boyitadi. Ta'limiy o'yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida ta'limiy o'yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o'yinlar mashg'ulot jarayonida va o'yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o'tkaziladi. Bunda o'yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi
O'quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o'zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O'qitish jarayonida har bir o'quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o'quv materiali o'zidan keyin o'qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo'ladi. Boshqa tushunchaning o'zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o'zaro bog'liqli o'qitilishi natijasida hosil bo'ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o'zida hosil qilinmasdan, balki o'zaro aloqada bo'lgan bir qancha darslarni o'tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. Shuning uchun o'qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak.
TADQIQOT NATIJALARI
TA'LIMIY O'YINLARDA QUYIDAGI QOIDALARGA AMAL QILINISHI KERAK
1. Navbatma-navbat ta'sir etish.
2. So'ralganda javob berish.
Ta'limiy o'yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O'yinda o'yin tempi va ritmi katta rol o'ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko'p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o'yin ishtirokchilarini to'g'ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Ta'limiy o'yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan; b) stol-bosma; d) og'zaki so'z o'yinlari. Buyum va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o'ynaladigan o'yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o'yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to'g'risida umumiy tushuncha hosil bo'ladi. O'yinda o'ynaladigan har bir buyum yoki o'yinchoq o'zining tashqi ko'rinishiga ega bo'lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o'yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi. Stol-bosma o'yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o'stirish imkonini beruvchi o'yin usulidir. Bu o'yin turiga
a) loto;
b) juft rasmlar;
d) domino;
e) labirint kiradi.
Lug'atni boyitish uchun yordam beradigan ta'limiy o'yinlarning turlari. Ta'limiy o'yinlar. Didaktik o'yinlar ta'limiy o'yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o'yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o'yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O'yinda o'yin niyati, o'yin qoidalari, o'yin harakatlari o'rtasida uzviy aloqa mavjud. O'yin niyati o'yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O'yin qoidasi esa, o'yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o'yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi
MUHOKAMA
Didaktik o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o'yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O'yin qoidasiga rioya etish, unga amal qilish o'yin mazmunini boyitadi. Didaktik o'yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o'yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o'yinlar mashg'ulot jarayonida va o'yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o'tkaziladi. Bunda o'yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi.
DIDAKTIK O'YINLARDA QUYIDAGI QOIDALARGA AMAL QILINISHI KERAK
3. O'rtoqlari fikrini eshita olish.
4. O'yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. O'yin qoidasini bajarish.
6. O'z xatosini tan olish.
1. Navbatma-navbat ta'sir etish.
2. So'ralganda javob berish.
3. O'rtoqlari fikrini eshita olish.
4. O'yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. O'yin qoidasini bajarish.
6. O'z xatosini tan olish
Didaktik o'yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O'yinda o'yin tempi va ritmi katta rol o'ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko'p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o'yin ishtirokchilarini to'g'ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o'yin syujeti ochiq xarakterga ega bo'ladi. Masalan, «To'pni quvla!», «To'pni ushlab ol!». Katta yoshdagi bolalar uchun o'yin maqsadi, qoidasi va o'yinni tashkil etish murakkablashadi. Qoidali-harakatli o'yinlar avval jismoniy tarbiya mashg'ulotida o'rganiladi. So'ngra boshqa jarayonlarda takroran o'ynatilishi lozim. «Bolajon» dasturida turli yosh guruhlari bo'yicha o'tkaziladigan harakatli milliy o'yinlar turkumlari kiritilgan.
Milliy xalq o'yinlari ikki guruhga bo'linadi:
1. Milliy harakatli o'yinlar.
2. Milliy xalq o'yinlari.
Milliy harakatli o'yinlar sport turlari bilan hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog'lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil bo'lib hisoblanadi. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari jamlangandir.
Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, o'sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Foydalanlgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. // Barkamol avlod -O'zbekiston kelajagining poydevori. -T.: 1997, 20-29 b.
2. «Sog'lom avlod davlat dasturi to'g'risida»: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 2000-yil, 15-fevral // Xalq so'zi. 2000, 16-fevral.
3. O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». // Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: 1997, 46 b.
4. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. -T.: 2016 y., 29-dekabr
5. NUTQ O'STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI \\BABAYEVA DONO RAZZAQOVNA\\
XULOSA
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022 № 2
6. Ochilov M. O'qitish usuli - pedagogik texnologiyalarning asosiy komponenti // Xalq ta'limi. 1999, №6, 32-35 b.
7. Otavaliyeva O'. Bola tarbiyasida bog'cha va oila hamkorligi. -T.: O'qituvchi, 1994, 72 b.
8. Turdiboyev, S., & Abdurakhimov, I. (2021). COPYRIGHT IS THE FOUNDATION OF OUR DEVELOPMENT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1159-1160.
9. Nigora, Y. (2022). Peculiarities of Studying Family Law in Islam. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 7, 185-188.
10. Nigora, Y., & Viloyat, D. (2022). Rights of Women in Islam at Accession and Into Marriage. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 7, 189-195.